Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.08.2019-y., 06/19/5780/3559-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PF-42-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son)
Oldingi tahrirga qarang.
mazkur Farmonning 6-bandida belgilangan shartlarga muvofiq bo‘lgan hamda xo‘jalik faoliyatidan tushadigan jami mablag‘ning 60 foizdan ko‘prog‘i ustav faoliyatida ularning o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulot va (yoki) ko‘rsatayotgan servis xizmati ulushiga to‘g‘ri keladigan xorijiy, shu’ba va qo‘shma korxonalar chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kiradi;
mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan imtiyoz belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida joylashgan va o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan chet el investitsiyalari ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalargagina taalluqlidir.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

1.

Investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi unifikatsiyalashgan qonun hujjatini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2018-yil
31-dekabrgacha

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Xolmuro�ov),
LBMA (Sodiqov),
Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),
TSV (Xo‘jayev),
Adliya vazirligi (Davletov),
TIV (Kamilov),

Davlat raqobat qo‘mitasi (G‘ulomov),

MB (Nurmurotov)

2.

Aksiyadorlik jamiyati ustav jamg‘armasining minimal miqdorini 400 mln.so‘mgacha kamaytirish.

Qonun loyihasi

2018-yil
15-sentabrgacha

Davlat raqobat qo‘mitasi (G‘ulomov),
LBMA (Sodiqov),
Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),
Adliya vazirligi (Davletov)

3.

Chet ellik jismoniy shaxslarga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona muassisi (qatnashchisi) sifatida bevosita harakat qilish huquqini berish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2018-yil
30-sentabrgacha

Adliya vazirligi (Davletov),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),
LBMA (Sodiqov)

4.

Xorijiy investitsiyalar ulushining minimal miqdorini 15 foizgacha pasaytirish.

5.

O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibini takomillashtirish, shu jumladan akkreditatsiya muddatini 5 yilgacha uzaytirish va akkreditatsiya uchun to‘lov haqini uch baravar kamaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil
30-sentabrgacha

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Xol�urodov),
Moliya vazirligi (Haydarov),
TSV (Xo‘jayev),
SSP (Ikromov)

6.

Respublika hududlarining brendini yaratish hamda reklama (roliklar)ni yetakchi telekanallarda joylashtirish, festivallar va anjumanlarda, ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etish, original shiorlarni ishlab chiqish yo‘li bilan ularni targ‘ib etishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
30-sentabrgacha

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Xolmurodov),
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Umarov),
LBMA (Sodiqov),
Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),
TIV (Kamilov),
TSV (Xo‘jayev),
SSP (Ikromov)

7.

Hamkor mamlakatlarning biznes hamjamiyatlari ishtirokida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatini yoritishga, shu jumladan investorlarni qonunchilikdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qilishga qaratilgan jahon miqyosidagi anjumanlarni tashkil etish va o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2018-yil
30-oktabrgacha

LBMA (Sodiqov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Xolmurodov),
TIV (Kamilov),
TSV (Xo‘jayev),
SSP (Ikromov)

8.

Hududlar bo‘yicha alohida- alohida mahsulot eksportining prognoz ko‘rsatkichlarini hisobga olish va uning statistikasini yuritish tartibini bekor qilish.

Mahsuloti eksport qilinayotgan hududlar:

eksport operatsiyalarining barcha qatnashchilarini, shu jumladan mahsulot ishlab chiqaruvchi va ko‘maklashuvchi organlarni;

jismoniy shaxslar tomonidan olib chiqib ketilayotgan mahsulot hajmlarini;

prognoz ko‘rsatkichlari bajarilishi to‘g‘risidagi hisobot bilan bog‘liq eksport operatsiyalariga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni bartaraf etishni hisobga olgan holda eksport statistikasini yuritish tartibini tasdiqlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil
1-sentabrgacha

Davlat statistika qo‘mitasi (Begalov),
TSV (Xo‘jayev),
DBQ (Azimov)

9.

Intellektual mulk obyektiga bo‘lgan huquqning ishonchli himoya qilinishini ta’minlash kafolatlarini kuchaytirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil
10-noyabrgacha

Adliya vazirligi (Davletov),
Intellektual mulk agentligi (Fayzullayev),
Bosh prokuratura (Saidkarimov)

10.

Konsessiya munosabatlarini rivojlantirish, shu jumladan konsessiyaviy bitim muddatini oshirish.

Qonun loyihasi

2018-yil
1-dekabrgacha

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),
LBMA (Sodiqov),

Davlat raqobat qo‘mitasi (G‘ulomov), Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Xolmurodov),
Moliya vazirligi (Haydarov)

11.

Xorijiy investorlar tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish va xorijiy ishchi kuchini jalb etish sohasida ruxsatnomalar tartib-taomillaridan o‘tishni soddalashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihalari

2018-yil
30-sentabrgacha

Adliya vazirligi (Davletov),
Mehnat vazirligi (Qudbiyev),
IIV (Bobojonov),
DXX (Igamov),
Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

12.

Xususiy sektorda quyidagilarni nazarda tutuvch� mehnat qonunchiligini takomillashtirish:

muddatli mehnat shartnomalari tuzish asoslarini kengaytirish;

ishga qabul qilishning yangi shakllarini (bir martalik, soatbay), shuningdek, mehnatga soatbay haq to‘lash tartibini joriy etish;

ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini, jumladan ogohlantirish muddatini qisqartirgan holda tugatish imkoniyatini kengaytirish.

Qonun loyihasi

2018-yil
15-noyabrgacha

Mehnat vazirligi (Kudbiyev),
Adliya vazirligi (Davletov),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),
Moliya vazirligi (Haydarov)

13.

Soliq krediti institutini joriy etishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ishlab chiqish.

Tahliliy axborot

2018-yil
30-sentabrgacha

DSQ (Musayev),
Moliya vazirligi (Haydarov),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),
LBMA (Sodiqov),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Xolmurodov)

14.

Investitsiya shartnomalarini tuzish va amalga oshirish tartibini takomillashtirish, bunda, shu jumladan, investitsiya shartnomalarini tuzish huquqini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga topshirish, tartib-taomillarni optimallashtirish nazarda tutilsin.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil
20-oktabrgacha

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Xolmurodov),
LBMA (Sodiqov),
Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),
Adliya vazirligi (Davletov)

15.

Qonunchilikning barqarorligi va prognoz qilinishini ta’minlashga, shuningdek, huquqiy boshqarishning haddan ortiq yukini bartaraf etishga qaratilgan qonun ijodkorligi faoliyatining zamonaviy usullarini joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
30-noyabrgacha

Adliya vazirligi (Davletov),
Bosh prokuratura (Saidkarimov), Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

16.

Investitsiya kiritish shart-sharoitlarini yomonlashtiruvchi omil sifatida e’tirof etiladigan holatlar ro‘yxatini kengaytirish, ushbu holatlarni qonun darajasida nazarda tutib, kafolatni qo‘llash bo‘yicha xulosa taqdim etadigan vakolatli organni belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2018-yil
1-dekabrgacha

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Xolmurodov),
LBMA (Sodiqov),

Adliya vazirligi (Davletov),
Bosh prokuratura (Saidkarimov),
Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

17.

Buxgalteriya hisobining milliy standartlarini moliyaviy hisobotining xalqaro standartlari bilan uyg‘unlashtirish choralarini ko‘rish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-noyabrgacha

Moliya vazirligi (Qo‘chqorov),
DSQ (Musayev),
LBMA (Sodiqov)

18.

Yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini ishlab chiqish va kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
1-noyabrgacha

“Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev), Qurilish vazirligi (To‘xtayev),
Adliya vazirligi (Davletov)

19.

Qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lmagan yer uchastkalariga (birinchi bosqichda – binolarni yer uchastkalari bilan birga sotishda va ko‘chmas mulk qurilishida) xususiy mulk huquqini bosqichma-bosqich joriy etib, ularni fuqarolik aylanmasiga tatbiq etishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
1-noyabrgacha

Adliya vazirligi (Davletov), “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi (Abdullayev)

20.

Valyuta mablag‘lari tushishini kechiktirishga yo‘l qo‘yganligi uchun tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima sanksiyalari qo‘llanilishini bekor qilish (davlat ishtirokidagi korxonalar bundan mustasno).

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
30-noyabrgacha

DSQ (Musayev),
Moliya vazirligi (Haydarov),
Hisob palatasi (Ikromov),
Bosh prokuratura (Saidkarimov)

21.

“Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2018-yil
30-avgustgacha

Vazirlar Mahkamasi (Xolmurodov),
SSP (Ikromov),
Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev),
Oliy sud (Dehqonov)

22.

Litsenziyalash va ruxsatnoma berish tartib-taomillaridan o‘tish tizimini tubdan isloh qilish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

tadbirkorlik sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash va ruxsatnoma berish tartib-taomillaridan o‘tish to‘g‘risidagi qonunchilikni unifikatsiyalash, jumladan litsenziyalash va ru�satnoma berish tartib-taomillariga nisbatan Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi Qonunnormalarini qo‘llash;

yangi tizim doirasida past toifadagi xavf-xatarga mos keladigan alohida faoliyat turlari va harakatlarini amalga oshirish uchun xabardor qilish tartibini joriy etgan holda xavf-xatarlar toifalari asosida litsenziyalash va ruxsatnoma berish tartib-taomillaridan o‘tish tizimining yangi tasnifini tasdiqlash;

litsenziyalash va ruxsatnoma berish tartib-taomillaridan o‘tish tizimining investitsiya muhitiga ta’sirini baholash metodikasini tadbirkorlik subyektlari sarf-xarajatlarini baholashning standart modeli asosida ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2018-yil
1-dekabrgacha

LBMA (Sodiqov),
Adliya vazirligi (Davletov),
SSP (Ikromov)

23.

Birinchi navbatda qurilish va moliya sohalarida, shu jumladan 2018-2019-yillarda 5 tadan kam bo‘lmagan obyektlarda aksiyalarni aholiga birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy joylashtirishni o‘tkazish orqali xususiylashtirish jarayonlarini hamda aksiyadorlik kompaniyalariga xususiy kapitalni jalb etishni jadallashtirish;

o‘rnatiladigan tartibga muvofiq savdo tashkilotchilari davlat mulki obyektlarining narxini qadamba-qadam pasaytirib borish mexanizmini sotuvchi bilan kelishmasdan mustaqil ravishda qo‘llaydilar.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil
20-sentabrgacha

Davlat raqobat qo‘mitasi

(G‘ulomov),

Moliya vazirligi (Haydarov),

Iqtisodiyot vazirligi (Xodjayev)

24.

Ta’lim sohasiga, shu jumladan chet ellarning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallarini ochish va masofaviy o‘qitish mexanizmlarini tatbiq etish;

yetakchi xorijiy oliy o‘quv yurtlarini litsenziyalashni bekor qilib, ular tomonidan berilgan diplomlarni qo‘shimcha tartib-taomillarsiz, shu jumladan akkreditatsiya qilmasdan e’tirof etish orqali investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2018-yil
10-noyabrgacha

OO‘MTV (Madjidov),
LBMA (Sodiqov),

Adliya vazirligi (Davletov)

 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi