Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2021-y., 07/21/5076/0347-son)

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Xizmatga qabul qilishning sifat jihatdan yangi tartibini o‘rnatish, shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, qonuniylikni ta’minlash va xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish

1.

Ichki ishlar organlarida xizmat qilishga nomzodlarni saralab olishning adolatli va shaffof tizimini yaratib, o‘rnatilgan tartiblarni tubdan soddalashtirish va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish zarurligini hisobga olgan holda quyidagilar nazarda tutiladi:

xizmatga va o‘qishga qabul qilishning amaldagi qoidalari va tartib-taomillari talablarini bir vaqtda qabul qilish (rad etish) to‘g‘risidagi yakuniy qaror muddatini saralashning barcha bosqichlari boshlanishidan 30 ― 40 kungacha qisqartirish nuqtai nazaridan qayta �o‘rib chiqish;

Internet va ijtimoiy tarmoqlarda malakali mutaxassislar va iqtidorli yoshlarni jalb qilish maqsadida xizmatga qabul qilish talablari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish mexanizmi;

tanlovning saralash bosqichlari, shu jumladan imtihonlar topshirish jarayonining jamoat nazoratini o‘rnatish orqali shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini joriy etish;

ichki ishlar organlari tahliliy va yuridik ta’minlash bo‘linmalariga xizmatga birinchi bor qabul qilinayotgan nomzodlarni dastlabki saralash tanlovlaridan ozod qilish;

jalb qilish bo‘yicha faol choralarni qabul qilish va respublikaning boshqa oliy ta’lim muassasalarini bitiruvchi-a’lochilarini qabul qilishda imtiyozlar o‘rnatish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 25-sentabr

IIV (R. Xatamov)

2.

Ichki ishlar organlarida xizmatni ado etishda psixologik jihatdan ta’minlashni takomillashtirish choralarini ko‘rish, u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

qabul va attestatsiya komissiyalari, shu jumladan maxsus unvonlarni berish bo‘yicha komissiya faoliyatida psixolog-mutaxassislarning ishtirok etishi individual suhbat o‘tkazish natijasiga ko‘ra har bir nomzod bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishda hisobga olinadigan xulosa tuzish majburiyligi;

maqsadli tayyorlovni, birinchi galda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda tashkillashtirish va ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha keyinchalik barcha hududiy va sohaviy tuzilmalarda “assessment markazlarini” (psixologik vaziyatni baholash markazlari) ochgan holda psixologlar guruhini shakllantirish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 25-sentabr


2018-yil 20-sentabrda tasdiqlash




Tadbirlar rejasiga muvofiq amalga oshirish

IIV (R. Xatamov, R. Ergashev)

3.

Toshkent shahar IIBBda nomzodlarni ichki ishlar organlarida xizmatga qabul qilishda ko‘rgazmalar ro‘yxati, info-kiosk, hujjatlarning o‘zgarib turish bosqichini elektron tablodagi monitoringi, kutish inventari va h.k. bilan jihozlangan namunaviy markazini sinov tarzida barpo etish va faoliyatini tashkillashtirish.

Tadbirlar rejasi

2018-yil 5-sentabrda tasdiqlash


2018-yil 1-noyabrgacha amalga oshirish

IIV (R. Djurayev, R. Xatamov, R. Ergashev)

4.

Shaxsiy tarkib bilan tarbiyaviy ishlarni olib borishning samarali tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda joriy etish:

tuman (shahar, tarmoq, saf) ichki ishlar organlari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatini tashkil etish;

shaxsiy tarkibni burchga sodiqlik, qonuniylik va xizmat intizomiga qat’iy rioya qilish ruhida tarbiyalash bo‘yicha tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda barcha darajalardagi rahbarlarni baholash mezonlarini aniqlash;

shaxsiy tarkibning xizmat va oilaviy-maishiy muammolarini ular bo‘yicha ko‘rilgan choralar hisobini yuritgan holda barcha darajadagi rahbarlar tomonidan muntazam o‘rganish tartibini o‘rnatish;

kadrlar va o‘z xavfsizligi bo‘linmalari xodimlarning huquqbuzarliklarini o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish mexanizmini o‘rnatish;

tuman (shahar, tarmoq, saf) ichki ishlar organlari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarini nazorat qilish va hisobot berishi tartibini joriy etish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 25-sentabr

IIV (R. Xatamov)

5.

Ichki ishlar organlarining tashqi tarmoq xizmatlari faoliyatiga yo‘llarda, ko‘chalarda, maydonlarda va h.k. xizmatni olib borishda unga qat’iy rioya qilish majburiyati va nazorat qilish mexanizmini o‘rnatgan holda “hulq-atvor va muomala madaniyati kodeksi”ni ishlab chiqish va joriy etish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 1-oktabr

IIV (T. Aripov, R. Xatamov)

6.

Ichki ishlar organlari o‘z xavfsizligi bo‘linmalari faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda tanqidiy ko‘rib chiqish:

hududiy va tarmoq ichki ishlar organlarining o‘z xavfsizlik bo‘linmalari birliklarini markaziy apparatning shtat jadvaliga topshirish;

nomzodlarni o‘z xavfsizlik boshqarmasiga saralash parametrlari, ularni lavozimga tayinlash, lavozimdan ozod qilish va boshqa tarmoq xizmatlariga o‘tkazish tartibi;

ichki ishlar vaziriga har chorakda takliflar kiritish bilan birga o‘z xavfsizlik bo‘linmalari faoliyatining samaradorligini baholash mezonlari va tahlili mexanizmini joriy etish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 10-sentabr

IIV (R. Xatamov)

7.

O‘z xavfsizlik bo‘linmalari tomonidan tezkor-qidiruv faoliyatini samarali amalga oshirishning batafsil mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish, bunda quyidagilarni inobatga olish zarur:

ichki ishlar organlarining tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida tezkor potsiziyalarni yaratish darajasini oshirish;

xodimlar jinoyatlarining o‘z vaqtida oldini olish va aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini amalga oshirish usularini takomillashtirish;

xodimlar shaxsiy xavfsizligini ta’minlashning samarali amaliyotini tatbiq etish, shaxsiy tarkibning jamiyatga qarshi qo‘pol hulqiga chek qo‘yish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 24-oktabr

IIV (D. Nazarmuxamedov)

8.

Ishdagi yangi talablarni hisobga olgan holda vazifalarni samarali bajarishga qodir, ichki ishlar organlarining tezkor va tergov bo‘linmalaridan malakali xodimlar bilan to‘ldirish maqsadida kamida yarmini yangilashni nazarda tutib, o‘z xavfsizlik bo‘linmalarida faoliyat olib b�rayotgan xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish.

Reja-jadval

2018-yil 28-avgustda tasdiqlash


2018-yil 1-oktabrgacha amalga oshirish

IIV (P. Bobojonov)

9.

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining samarali faoliyatini tashkil etish, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

ichki ishlar organlari tizimida malaka oshirishning yagona siyosatini belgilash va amalga oshirish;

Ichki ishlar vazirligining o‘quv markazlari faoliyatini uslubiy muvofiqlashtirishni tashkil etish;

ichki ishlar organlari tizimida malaka oshirishning uzluksiz jarayonini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishda o‘tkazilayotgan islohotlarning mohiyatini xodimlarga o‘z vaqtida yetkazish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 25-sentabr

IIV (R. Xatamov)

10.

Quyidagilar bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar ko‘rish:

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutini joylashtirish, obod qilish va moddiy-texnik jihozlash, shuningdek o‘ziga xos faoliyatni hisobga olgan holda to‘laqonli faoliyatini ta’minlash uchun boshqa masallarni hal etish.

O‘quv yig‘inlarini joylarda tashkillashtirish maqsadida Ichki ishlar vazirligining barcha akademik litseylarida Malaka oshirish institutining filiallarini (auditoriyalarini) yaratish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2018-yil 25-oktabr

IIV (R. Ergashev),

Moliya vazirligi (A. Xaydarov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Qisqa muddatli o‘quv yig‘inlarini tashkillashtirish tartibini joriy etish, u quyidagi tizimni o‘z ichiga oladi:

barcha darajalardagi rahbarlar tarkibini xizmat faoliyatidan ajralmagan holda Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining joylardagi filialida bevosita qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

shaxsiy tarkibni masofaviy o‘qitish usullarini faol qo‘llash, ularga tizimdagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida yetkazish;

respublika hududlari o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashishning ilg‘or tajribalarini almashish maqsadida ichki ishlar organlari faoliyati yo‘nalishlari kesimida malaka oshirish o‘quv kurslarini o‘tkazish;

shartnoma asosida boshqa oliy ta’lim muassasalari va davlat organlaridan, shu jumladan xorijiy mamlakatlardan malakali mutaxassislarni malaka oshirishga jalb qilish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 1-noyabr

IIV (R. Xatamov)

II. Ichki ishlar organlarida ko‘p darajali kadrlar zaxirasini shakllantirish, samarali rotatsiya tizimini joriy etish

12.

Yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlarini ko‘rish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

yosh kadrlarni istiqbolli va amaldagi rahbarlar zaxirasiga kiritish tartibi va aniq mezonlarini nazorat mexanizmini o‘rnatgan holda belgilash;

Ichki ishlar vazirligi oliy ta’lim muassasalarining a’lochi-bitiruvchilar faoliyatini monitoring qilish va karyera jihatidan ko‘tarilishini nazorat qilish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 25-sentabr

IIV (R. Xatamov, Sh. Norgitov)

13.

Lavozimini 5 yildan ortiq vaqtdan buyon egallab turgan ichki ishlar organlarining rahbarlar tarkibi faoliyatini tanqidiy o‘rganish, zamonaviy talablarga javob bermaydigan rahbarlarni egallagan lavozimidan ozod qilish yoki lavozimini pasaytirish.

Reja-jadval

2018-yil 28-avgustda tasdiqlash


2018-yil 1-noyabrgacha amalga oshirish

IIV (R. Xatamov)

14.

Ichki ishlar organlari kadrlar bo‘linmalari uchun “e-Kadr” avtomatlashtirilgan markazlashgan axborot tizimini ishlab chiqish va uning faoliyatiga joriy etish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

hududlar va xizmatlar kesimida kadrlar tarkibi hisobi, elektron hisob-kitob va har kunlik tahlilini yuritish;

mazkur sohada har oylik hisobotni shakllantirish bilan birga �odimlar lavozimi o‘zgarishi, ularning rotatsiyasi va karyera jihatdan o‘sishi monitoringi;

shaxsiy tarkib to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ishlashning yagona mezonlarini belgilash;

ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tashni tashkillashtirishni samaradorligini kompyuterlashgan nazoratini amalga oshirish.

Texnik vazifa, tashkiliy tadbirlar kompleksi

2018-yil 1-noyabr

IIV (R. Ergashev, R. Xatamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sodiqov)

15.

Ichki ishlar organlari xodimlarining tubdan yangicha formali kiyim, atributika va farqlash belgilarini xalqaro standartlarni va fuqarolar ongida ushbu huquqni muhofaza qilish tuzilmasining ijobiy imijini shakllantirish zaruriyatini hisobga olgan holda joriy qilish bo‘yicha takliflar kiritish.

Axborot xati namunalari bilan

2018-yil 20-sentabr

IIV (R. Ergashev, R. Xatamov),
Bosh prokuratura (E. Tadjiyev),

Moliya vazirligi (A. Haydarov)

III. Ichki ishlar organlari faoliyatinining boshqaruv va nazorat-tahliliy ta’minotini takomillashtirish

16.

Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamentining samarali faoliyatini tashkil etish, bunda quyidagilarni nazarda tutish:

haqiqiy tarkib topayotgan tezkor va kriminogen vaziyatni inobatga olgan holda ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini muvofiqlashtirilgan tarzda joy-joyiga qo‘yish hamda boshqarishning samarali mexanizmini joriy etish;

jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida tizimli tahliliy ishlarni amalga oshirish mexanizmlarini o‘rnatish;

tahliliy ishlarni ichki ishlar organlarida aniqlanayotgan amaliy muammolar va kriminogen vaziyatni prognozlashtirishni tizimli tahlil qilishga yo‘naltirish;

mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlarni amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan zimmadagi vazifalar ijrosining ta’sirchan idoraviy nazoratini amalga oshirish;

ichki ishlar organlarida ish yuritish mexanizmini va hujjat aylanish tartibini takomillashtirish;

ichki ishlar organlari tizimining barcha darajalarida normativ-huquqiy hujjatlarning o‘z vaqtida, bir xil va to‘liq ijrosini ta’minlash.

2018-yil 10-sentabr

IIV (D. Nazarmuxamedov, Sh. Norgitov)

17.

Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamentini tahliliy va boshqarish qobiliyatlari ustun bo‘lgan malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 1-oktabr

IIV (R. Xatamov, Sh. Norgitov)

18.

Hududiy ichki ishlar organlarining samarali faoliyati ustidan ta’sirchan idoraviy nazoratni tashkillashtirish, bunda quyidagilar nazarda tutilsin:

hududiy ichki ishlar organlari faoliyatining muammolarini dastlabki tarzda o‘rganib, ular faoliyatida natijadorlikni oshirish bo‘yicha maqsadli qarorlar qabul qilgan holda Ichki ishlar vazirligi hay’atining sayyor va tezkor majlislarini o‘tkazish;

hududiy ichki ishlar organlarini har uch yilda kamida bir marotaba tekshirib, u o‘tkazilgandan keyin bir yil ichida faoliyatini nazorat tartibida o‘rganish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 10-sentabr

IIV (D. Nazarmuxamedov, Sh. Norgitov)

19.

“Jinoyatchilikka qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlagani uchun” idoraviy ko‘krak nishonini ta’sis etish, quyidagi sohalarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan ichki ishlar organlari, shu jumladan chet el politsiya tuzilmalari xodimlarini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlarini taqdirlash nazarda tutiladi:

huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish;

yashirinib yurgan shaxslar va o‘g‘ilangan moddiy boyliklarni qidirish;

kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

ichki ishlar vaziri buyrug‘i

2018-yil 10-sentabr

IIV (R. Xatamov)

20.

Ichki ishlar vazirligi faoliyati tizimini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilinayotgan chora-tadbirlarni keng yoritishga bag‘ishlangan tele-, radioeshittirishlar turkumi, bosma axborot va maqolalarni Internet tarmog‘i orqali tashkillashtirish va fuqarolar ongida ichki ishlar organlarining ijobiy imijini shakllantirish.

Tadbirlar rejasi

2018-yil 5-sentabrda

Tadbirlar rejasini tasdiqlash

IIV (T. Aripov, K. Burxonov),

MTRK (A. Xodjayev),

UzMAA (L. Tangriyev)

 LexUZ sharhi
6-band yettinchi xatboshisi “tashkilotlaridan xodimlar” degan so‘zlardan keyin “shuningdek, ichki ishlar organlarining katta amaliy ish tajribasiga ega pensionerlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
14-band quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
16-band “xizmat intizomiga rioya etilishi” so‘zlaridan keyin “va tarbiyaviy ishlar samarali amalga oshirilishi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi