Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar sug‘urta qildiruvchi, shuningdek sug‘urtalangan shaxslar va naf oluvchilar o‘zlariga taalluqli ma’lumotlarga doir yozma rozilik berganda uchinchi shaxslarga oshkor qilinishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar sug‘urta qildiruvchilarning roziligini olmagan holda sug‘urtalovchilar tomonidan sudga, prokurorga, qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud bo‘lgan taqdirda esa, surishtiruv va tergov organlariga, sudning undiruvni sug‘urta qildiruvchining mol-mulkiga qaratish yoki bu mol-mulkni xatlash haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat ijrochilariga belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar, bundan sug‘urta qildiruvchilarning va sug‘urtalangan shaxslarning sog‘lig‘i holati, bank hisobvaraqlari mavjudligi, ushbu hisobvaraqlardagi pul qoldiqlari va pul harakati haqidagi ma’lumotlar mustasno, qonunchilikda majburiy sug‘urta bo‘yicha belgilangan majburiyatning sug‘urta qildiruvchilar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlariga sug‘urta qildiruvchilarning roziligi olinmagan holda belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar tomonidan taqdim etiladi.