Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
05.09.2018
[
OKOZ:
1.
19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.03.00.00 Ijtimoiy-madaniy masalalar bo‘yicha hamkorlik / 19.03.01.00 Umumiy masalalar]
[
TSZ:
1.
Tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar / Umumiy masalalar]
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan Misr Arab Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi o‘rtasida
Anglashuv memorandumi
Yoshlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida
Toshkent, 5-sentabr 2018-yil
(O‘zbekiston Respublikasi uchun 2018-yil 5-sentabrdan kuchga kirgan)
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va Misr Arab Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi, keyingi o‘rinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
O‘zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishga intilib,
yoshlar sohasidagi hamkorlik ikki xalq o‘rtasidagi yaqinlashuv va o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etishiga ishongan holda,
ikki davlat yoshlari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini yanada rivojlantirish istagida,
quyidagilar to‘g‘risida o‘zaro anglashuvga erishdilar:
1-modda
Mazkur Memorandumning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi yoshlari o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, ikki mamlakat yoshlarining har tomonlama rivojlanishini ta’minlash sohasida Tomonlarning o‘z vakolatlari va mazkur Memorandum qoidalari doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirishdan iborat.
2-modda
Tomonlar mazkur Memorandum doirasida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshiradilar:
Tomonlar tarafidan o‘tkaziladigan xalqaro yoshlar konferensiyalari, davra suhbatlari, festivallar, ko‘rgazmalar, oromgohlar va boshqa tadbirlarning ishida yoshlar delegatsiyalarining ishtirokini ta’minlash;
har ikkala davlatlar yoshlari uchun seminarlar tashkil qilgan holda quyidagi sohalarda to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yanada rivojlantirish:
Yoshlar va volontyorlik faoliyati;
Yoshlar va san’at;
Yoshlar turizmi.
3-modda
Mazkur Memorandum doirasida hamkorlik bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarning moliyaviy shartlari Tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan, joriy yil uchun nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari hisobidan belgilanadi.
4-modda
Tomonlar o‘rtasida almashiladigan barcha ma’lumotlar qat’iy ravishda maxfiy hisoblanadi va boshqa Tomonning oldindan yozma roziligisiz uchinchi tomonga oshkor etilishi mumkin emas. Shuningdek, ulardan mazkur Memorandumda nazarda tutilmagan maqsadlarda ham foydalanilmaydi.
5-modda
Tomonlar o‘z davlatlaridagi qonun va qoidalarga rioya qilish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.
6-modda
1. Mazkur Memorandum imzolangan sanadan boshlab kuchga kiradi va uch (3) yillik muddatga tuziladi hamda Tomonlardan biri navbatdagi muddat tugashidan kamida uch oy avval Memorandum amal qilishini tugatish niyati to‘g‘risida boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, o‘z-o‘zidan keyingi uch yillik muddatlarga uzayaveradi.
2. Mazkur Memorandum qoidalarini talqin qilish yoki qo‘llashda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar, kelishish uchun biron-bir milliy, xalqaro va uchinchi tomon sudiga murojaat qilinmasdan, Tomonlar o‘rtasida do‘stona maslahatlashuvlar orqali hal qilinadi.
3. Mazkur Memorandum Tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishilgan har qanday boshqa tadbirlarni va tashriflar almashish imkoniyatini istisno etmaydi.
4. Mazkur Memorandum amal qilishining tugatilishi mazkur Memorandum qoidalari asosida kuchga kirgan hamda uning amal qilishi tugatilishi paytida tugallanmagan hamkorlik sohalariga daxl qilmaydi.
Toshkent shahrida 2018-yil 5-sentabrda ikki asl nusxada, har biri o‘zbek, arab va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Mazkur Memorandum qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi,
(imzolar)
×
×