T/r | Tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar |
I. Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish |
1. | Manfaatdor vazirlikl�r, idoralar va sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) o‘rtasida sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha memorandumlar tuzish. | Memorandumlar | 2019-yil 1-mayga qadar | — | Jismoniy tarbiyava sport vazirligi (D. Nabiyev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), “Vatanparvar” MKT(R. Niyazov), O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov) |
2. | Qonunchilikka avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel turlari hamda olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha respublika musobaqalarida birinchi, xalqaro musobaqalarda (Olimpiya o‘yinlari, Osiyo o‘yinlari, jahon chemp�onati va Osiyo chempionatida) birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rinlarni egallagan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilariga tegishli oliy ta’lim muassasalariga ta’limning ushbu sohadagi yo‘nalishlariga umumiy qabul kvotalari doirasida test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonlarsiz qabul qilish huquqini berishga yo‘naltirilgan o‘zgarishlar kiritish. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 2019-yil 1-fevralga qadar | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov) |
3. | Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish uchun me’yoriy hu�jatlarni hamda sport texnikasi va inshootlariga bo‘lgan talablarni ishlab chiqish. | Me’yoriy hujjatlar | 2019-yil 1-sentabrga qadar | Ijrochilar va buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), manfaatdor vazirliklar va idoralar |
4. | Respublikaning har bir hududida mavjud sport salohiyati, sport rezervlari, murabbiylar tarkibi va moddiy-texnik jihozlanganlikdan kelib chiqqan holda sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Me’yoriy hujjat | Ishlab chiqish va tasdiqlash — 2019-yil 1-iyunga qadar Amalga oshirish– 2019 — 2021-yillar | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
5. | Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlar, murabbiylar va sportchilar faoliyatining samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimini ishlab chiqish va joriy qilish. | Me’yoriy hujjat | 2019-yil 1-mayga qadar | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov) |
II. Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha murabbiylar va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini joriy etish |
6. | Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha mutaxassislar uchun tajriba almashish va malaka oshirish bo‘yicha yetakchi xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda seminarlar, kurslar hamda mahorat darslarini tashkil qilish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019 — 2021-yillar | Ijrochilar va buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Milliy olimpiya qo‘mitasi (U.Axmadjonov) |
7. | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti sportning texnik va amaliy turlari hududiy markazlari (keyingi o‘rinlarda-markazlar) negizida seksiyalar va to‘garaklar rahbarlari uchun o‘quv-uslubiy seminarlar va mashg‘ulotlar tashkil etish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019 — 2021-yillar | Ijrochilar va buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari | “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov) |
8. | O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida shartnoma asosida sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha sport tashkilotlarining seksiya va to‘garaklari mutaxassislari va o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish. | Tashkiliy tadbirlar | Doimiy | Ijrochilar va buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov) |
9. | Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha o‘quv-metodik qo‘llanmalar tayyorlash va nashr qilish. | O‘quv-metodik qo‘llanma | 2019 — 2021-yillar | Ijrochilar va buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov) |
III. Sportning texnik va amaliy t�rlari bo‘yicha milliy va xalqaro musobaqalar g‘oliblari va sovrindorlarini rag‘batlantirish hamda murabbiylar va mutaxassislarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash |
10. | Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha quyidagilarni ko‘zda tutuvchi to‘rt bosqichli sport musobaqalari tizimini joriy qilish: I bosqich — sport seksiyalarining sportchilari o‘rtasidagi sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar); II bosqich — sport seksiyalari o‘rtasidagi musobaqalarda g‘olib bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi tuman (shahar) sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar); III bosqich — tuman (shahar) sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi hududiy sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar); IV bosqich — hududiy sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi respublika sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kuboklar). | Tashkiliy chora-tadbirlar | Kalendar rejaga muvofiq doimiy | Ijrochilar va buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari, kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, homiylar mablag‘lari | Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) |
11. | Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha terma jamoalar tarkibiga kiritish uchun mamlakat hududlaridan tanlab olingan yosh iqtidorli sportchilar — milliy va xalqaro musobaqalar g‘oliblari va sovrindorlarini rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2019-yil 1-mayga qadar | Ijrochilar va buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari | “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) |
12. | Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha yuqori sport natijalariga erishganO‘zbekiston Respublikasi milliy sport terma jamoalari va ularning zaxira sportchilari va murabbiylariga energetik sarflar o‘rnini to‘ldirish va jismoniy resurslarini tiklash uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lashni ta’minlash. | Tashkiliy tadbirlar | 2019 — 2021-yillar | Davlat budjeti mablag‘lari | Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi(D. Nabiyev) “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) |
13. | Eng yaxshi trener, sportchi, sport hakami va boshqa mutaxassislar, shu jumladan sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilot rahbarlari va homiylar unvonini olish uchun Respublika tanlovini tashkil qilish. | Tashkiliy tadbirlar | Har yili | Ijrochilar va buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari | “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) |
14. | Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha murabbiylar va mutaxassislarning ijtimoiy-maishiy va mo�diy sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish. | Tahliliy ma’lumotnoma | 2019-yil 1-iyulga qadar | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) |
IV. Sportning texnik va amaliy turlari uchun zamonaviy moddiy-texnik va o‘quv-mashq bazasini yaratish hamda sport anjomlari va uskunalari ishlab chiqarishni tashkil etish |
15. | Markazlarni joylashtirish uchun Nukus, Guliston, Navoiy, Samarqand va Termiz, shaharlarida bo‘sh turgan binolarni bepul foydalanish huquqi asosida ajratish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2019-yil 1-fevralga qadar | — | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Davlat raqobat qo‘mitasi (N. Sharipov) |
16. | Markazlarni joylashtirish uchun Nukus, Guliston, Navoiy, Samarqand va Termizshaharlarida ajratilgan binolarni kapital ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019–2020-yillar | Ijrochilar �a buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari | “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov) |
17. | 2019-2020-yillar uchun sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnik va o‘quv-mashq bazasini rivojlantirishning Kompleks dasturni tasdiqlash, unda sport tashkilotlariga sport texnikasi va anjomlarini sotib olishni hamda ularni ishlab chiqarishni tashkil qilishni ko‘zda tutish. | Vazirlar Mahkamasining qarori | 2019-yil 1-sentabrga qadar | Mahalliy budjet mablag‘lari, ijrochilar va buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi(D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) |
18. | Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha barcha mavjud sport inshootlarini pasportlashtirish ishlarini tashkil qilish. | Tashkiliy tadbirlar | 2019-yil 1-iyunga qadar | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) |
19. | Sportning texnik va amaliy turlari uchun sport anjomlari va uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish. O‘rganish natijalari bo‘yicha sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish uchun zarur sport anjomlari va uskunalari ro‘yxatini shakllantirish va ularni O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Tahliliy ma’lumotnoma | 2019-yil 1-mayga qadar | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) |
V. Sportning texnik va am�liy turlarini ommalashtirish, yoshlarni seksiyalar va to‘garaklarga faol jalb qilish, ularning ommabopligini ta’minlash |
20. | Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha faol mashg‘ulotlar uchun parklar, shahar tashqarisidagi maydonlar, ommaviy dam olish joylari, shu jumladan so‘qmoqlar, trassalar va yo‘laklar imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2019 — 2021-yillar | — | Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov) |
21. | Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlarning xalqaro sport tashkilotlari bilan aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2019 — 2021-yillar | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Tashqi ishlar vazirligi (A Kamilov), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov) |
22. | Mamlakatda sportning texnik va amaliy turlari rivojlanishi, sportning ushbu turlariga aholi turli toifalari, eng avvalo, yoshlar o‘rtasida talab va takliflar nisbati monitoringini o‘tkazish. | Tahliliy ma’lumotnoma | 2019-yil 1-avgustga qadar | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov) |
23. | Sportning texnik va amaliy turlarini ommalashtirish va targ‘ib qilish media-rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish. | Media-reja | 2019-yil 1-dekabrga qadar | Ijrochilar va buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari | “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev) |
24. | Ommaviy axborot vositalarida sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantiruvchi tashkilotlar faoliyatini keng yoritish, bosma nashrlarda va internet-resurslarda maqolalar e’lon qilish hamda teleko‘rsatuvlar tayyorlash va videoroliklarni joylashtirish. | Tashkiliy tadbirlar | Doimiy | Ijrochilar va buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari | O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov) |
25. | Qo‘shimcha seksiyalar va to‘garaklar ochish yo‘li bilan bolalarni va yoshlarni, mehribonlik uylari va maktab-internatlar tarbiyalanuvchilarini hamda voyaga yetmaganlarni sportning texnik va amaliy turlari bilan shug‘ullanishga jalb qilish uchun aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil qilish. | Chora-tadbirlar kompleksi | Doimiy | — | Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (X. Umarova), Yoshlar siyosati va sport vazirligi (A. Ikramov), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) |
26. | Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha sifatli sport zaxirasini saralash va shakllantirishni amalga oshirish maqsadida bolalar-o‘smirlar musobaqalarini va turnirlarini tashkil qilish va o‘tkazish. | Kalendar reja | 2019 — 2021-yillar | Ijrochilar va buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Madjidov), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) |
VI. Sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirishga innovatsion texnologiyalarni hamda sportchilarni tayyorlashning o‘quv-mashq jarayoniga ilg‘or usullarni joriy etish |
27. | Oliy natijalar sportini rivojlantirish va o‘quv-mashq jarayoni texnologiyalarini takomillashtirish hamda ilg‘or xorijiy tajribalar asosida sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha terma jamoalarni tayyorlash masalalari bo‘yicha ilmiy-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish va nashr etilgan adabiyotlarni sport tashkilotlari, federatsiyalari (assotsiatsiyalari) o‘rtasida taqsimlash. | Tashkiliy tadbirlar | 2019 — 2021-yillar | Ijrochilar va buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) |
28. | Yangi o‘q otish tirlarni tashkil etish va mavjudlarini modernizatsiyalash, ularni zamonaviy uskunalar, kompyuter trenajyorlari va sport qurollari bilan jihozlash. | Chora-tadbirlar rejasi | 2019–2020-yillar | Ijrochilar va buyurtmachilarning o‘z mablag‘lari | “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) |
29. | Sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha mamlakat terma jamoalarini tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minotini amalga oshirish va o‘quv-mashq jarayonini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish uchun yetakchi sport mutaxassislaridan kompleks ishchi guruhlar tuzish va ishchi guruhlarni zarur zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlash. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2019-yil 15-martga qadar | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) |
30. | Sportning texnik va amaliy turlari sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazishni faollashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar kompleksi | 2019-yil 1-sentabrga qadar | Ijrochilar va homiylarning mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev), Fanlar akademiyasi (B.Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Abduraxmonov), “Vatanparvar” MKT (R. Niyazov), sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari) |