Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 16.04.2020 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-apreldagi PQ-4678-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2020-y., 07/20/4678/0440-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2019-y., 06/19/5624/2471-son)
6. “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PQ-3487-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) xarid qilishning alohida tartibi belgilanadigan, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarining ro‘yxatiga kiritilsin va mazkur korxonalarga nisbatan qabul qilinayotgan qarorning 2-bandida nazarda tutilgan shartlar tatbiq etilsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

1.

Qora metallar parchalari va chiqindilarini tayyorlash balansini tuzish va bajarish tartibini qayta ko‘rib chiqish,
shu jumladan ularni tayyorlash bo‘yicha bir oylik grafiklarni tasdiqlash hamda balansni bajarish bo‘yicha vazirliklar, idoralar va hokimliklar tomonidan oylik hisobotlar taqdim etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 1-fevralga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
“O‘zmetkombinat” AJ (T. Azamatov)

2.

Qora metallar prokati sotib oluvchilarni birjada ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019-yil 1-fevralga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Davlat raqobat qo‘mitasi (N. Sharipov)

3.

Tovarlarning soni, hajmi, narxi va ularni sotib olish shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avvaldan (bir sutka oldin) taqdim etish yo‘li orqali birja savdolarida sotilayotgan tovarlar haqida xaridorlarni xabardor etish mexanizmlarini takomillashtirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019-yil 1-fevralga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Davlat raqobat qo‘mitasi (N. Sharipov),

O‘zRTXB (F. Ibragimov)

4.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-avgustdagi 634-son “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonalarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giqaroriga“Olmaliq KMK” AJ Nodir metallar va qattiq qotishmalarni ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi mulkining ishlatilmaydigan davlat mulki obyektlarini Toshkent viloyati hokimligiga topshiriladiganlar tarkibidan chiqarib tashlanishini nazarda tutadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

Vazirlar Mahkamasining qarori

2019-yil 1-fevralga

qadar

Davlat raqobat qo‘mitasi (N. Sharipov),

Toshkent viloyati hokimligi (G‘. Ibragimov)

5.

Qonun hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutadigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish:

ijro ishi yuritish doirasida xatlangan metall parchalari, qora va rangli metallar chiqindilari, tarkibida rangli va qora metallar bo‘lgan tabiiy va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarni “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha va erkin (kelishilgan) narxda sotish;

korxonalar va tashkilotlar tomonidan rejalashtirilayotgan tarkibida rangli va qora metallar bo‘lgan tabiiy va ma’naviy eskirgan asbob-uskunalarni hisobdan chiqarish (utilizatsi� qilinishi) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “O‘zmetkombinat” AJ va “O‘zikkilamchiranglimetall” AJga taqdim etish, shuningdek mazkur majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2019-yil 1-aprelga

qadar

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

“O‘zmetkombinat” AJ (T. Azamatov),
“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ(K. Akulov),

Bosh prokuratura (S. Saidkarimov),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

6.

Mis-molibden rudalarini boyitish bo‘yicha texnologik ko‘rsatkichlarni oshirish va zamonaviy texnologik yechimlarni foydalanishga topshirishni nazarda tutuvchi “TOMS ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti” MChJ (Rossiya) loyihasi asosida “Olmaliq KMK” AJ mis boyitish fabrikalarini (MOF va MOF-2) 2019 — 2021-yillarda rekonstruksiya qilish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar kompleksi

2019 — 2021-yillar

“Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov),

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev)

7.

“TOMS ilmiy-tadqiqot va loyiha instituti” MChJ (Rossiya) tomonidan:

foydali qazilmalar va tovar mahsulotlari (mis, molibden va oltin) ishlab chiqarishni oshirish sxemasini oqilona amalga oshirishni nazarda tutuvchi “Olmaliq KMK” AJ yangi mis boyitish fabrikasining (MOF-3) loyihasini;

tovar mahsulotlari (mis va oltin) ishlab chiqarishni oshirishni nazarda tutgan holda oksidlangan ruda, shlaklar
va eski
saqlagichlarda saqlanayotgan qoldiqlarni qayta ishlash loyihalarini ishlab chiqish.

Investitsiya loyihalari

2021-yil 1-dekabrga

qadar

“Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov),

Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev)

8.

Homiylik (xayriya) yordami ko‘rsatish taomillarini tartibga solish, investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchisi orqali o‘xshash bo‘lmagan obyektlarni tashkil etish va moliyalashtirish bo‘yicha takliflar kiritish.

Tahliliy ma’lumot,
zarur hollarda, normativ-huquqiy hujjat

2019-yil 1-mayga qadar

Vazirlar Mahkamasi (A. Sultanov),

Davlat raqobat qo‘mitasi

(N. Sharipov),
Adliya vazirligi (R. Davletov),

“Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov),

“O‘zmetkombinat” AJ (T. Azamatov),
“O‘zikkilamchiranglimetall”AJ(K. Akulov)

9.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilgan holda, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlarida kon-metallurgiya sohasi korxonalari tomonidan shaxsiy ehtiyojlar va mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalanish uchun olib kiriladigan xomashyolar va materiallarni sinov va ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha mustaqil laboratoriyalarni o‘rnatilgan tartibda yaratish va akkreditatsiyadan o‘tkazish.

Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar

2019-yil davomida

“O‘zstandart” agentligi (D. Sattarov),
Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (D. Li),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),

Moliya vazirligi

(A. Xaydarov),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (Sh. Vafayev)

10.

Ammoniy sulfati, kaliy sulfati, NPK, oltingugurt asosida suyuq va suvda eruvchan o‘g‘itlarni ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi “Mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarishda oltingugurt kislotasidan samarali foydalanish” investitsiyaviy loyihasining pasportini ishlab chiqish.

Investitsiyaviy loyiha

pasporti

2019-yil 1-martga qadar

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (S. Bekenov),
“O‘zkimyosanoat” AJ (D. Pak), Iqtisodiyot vazirligi
(B. Xodjayev),

Toshkent viloyat hokimligi (G‘.Ibragimov)

11.

Quyma-prokat kompleksining lozim darajada ishlashi uchun “O‘zmetkombinat” AJni 260 MVtdan kam bo‘lmagan quvvatli tashqi elektr bilan ta’minlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-yanvarga qadar

“O‘zbekenergo” AJ (U. Mustafoyev),
Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
“O‘zmetkombinat” AJ (T. Azamatov)

12.

Olmaliq shahrida “Olmaliq KMK” AJ mablag‘i hisobiga qurilayotgan ko‘p kvartirali uylarni sotish davrida “O‘zshahar qurilish invest” MChJni qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etish bo‘yicha takliflarni kiritish.

Normativ-huquqiy

hujjat

2019-yil 15-yanvarga qadar

Moliya vazirligi (A. Xaydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev),
Qurilish vazirligi (A. To‘xtayev),
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi(S. Bekenov),
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (Sh. Vafayev)

13.

Rangli metallar, ularning parchalari va chiqindilari, shuningdek, qora metallar parchalari va chiqindilarini noqonuniy tayyorlash, sotib olish, ulardan foydalanish va sotishni bartaraf etish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish.

2019-yil uchun qo‘shma harakatlar rejasi

2019-yil 10-yanvarga qadar

Bosh prokuratura (E. Tadjiyev),
IIV (P. Bobojonov),
Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov),
DXX,
“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ (K. Akulov)

14.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan “O‘zikkilamchiranglimetall” AJning ishlab chiqarish sexlari va kanalizatsiyalari tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirish masalasini o‘rganish.

Tahliliy ma’lumot

2019-yil 10-yanvarga qadar

Davlat ekologiya qo‘mitasi (B. Qo‘chqorov),

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi (L. Kudratov),

“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ (K. Akulov)

15.

Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali huzurida:

“Rangli va nodir metallar metallurgiyasi”, “Qora metallar metallurgiyasi”, “Quyish ishi”, “Metallarni bosim bilan qayta ishlash”, “Ochiq tog‘-kon ishlari”, “Yer osti tog‘-kon ishlari”, “Foydali qazilmalarni boyitish”, “Marksheyderlik ishi”, “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish hamda boshqarish”, “Tog‘ elektromexanikasi” va boshqa ixtisosliklar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash professional kollejini;

matematika, fizika, kimyo, axborot texnologiyalari, lingvistika va iqtisodiyot fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasasini ochish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2020-yil 1-avgustga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),
“Olmaliq KMK” AJ (A. Xursanov),

Toshkent viloyat hokimligi (G‘. Ibragimov)

5-banddagi “1-yanvarya 2019 goda” so‘zlari “1-marta 2019 goda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-ilovaning nomlanishidagi “1-yanvarya 2019 goda” so‘zlari “1-marta 2019 goda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
b) to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi