T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddati | Mas’ul ijrochilar |
I. Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasida |
1. | So‘z erkinligi va OAV faoliyati bo‘yicha xalqaro reytinglarda mamlakatning mavqeyini yaxshilashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi va “Yo‘l �aritasi”ni tayyorlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va “Yo‘l xaritasi” | 2019-yil 15-martgacha | Agentlik, manfaatdor idoralar |
2. | Respublika hududlarida davlatga qarashli bo‘lgan bosma OAVning holati va rivojlanish istiqbollarini o‘rganish. | Axborot-tahliliy ma’lumotnoma | 2019-yil 1-maygacha | Agentlik, manfaatdor idoralar |
3. | OAV mustaqilligi sohasidagi kafolatlar va xalqaro standartlarning so‘zsiz amalga oshirilishini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan Media-ombudsman lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2019-yil 1-iyungacha | Agentlik |
4. | “Mualliflik va turdosh huquqlar” to‘g‘risidagi Qonun loyihasini yangi tahrirda hamda mualliflik va turdosh huquqlar, davlat standartlari, texnik reglamentlar va sanitariya me’yorlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish va kiritish. | Qonun loyihasi | 2019-yil 1-maygacha | Adliya vazirligi, Intellektual mulk agentligi, Agentlik |
5. | Jurnalist maqomini oshirish, media jamiyatda o‘zini o‘zi boshqarishning mexanizmlarini shakllantirish hamda jurnalistning umum e’tirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2019-yil 1-iyungacha | O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi, Agentlik |
6. | Sud organlari bilan respublika jurnalistlari o‘rtasida izchil hamkorlikni o‘rnatish, ularning sud majlislaridagi ishtirokini ta’minlash, ochiq sud materiallarini yoritishda mamlakat OAVdan foydalanishni nazarda tutuvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qabul qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2019-yil 1-aprelgacha | Agentlik, Oliy sud, Adliya vazirligi |
7. | OAV huquqlarini ta’minlash va jurnalistlarning o‘z kasbiy faoliyatiga doir majburiyatlariga rioya etishiga oid qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini taftish qilish, O‘zbekiston Respublikasining “Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida”gi va “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonun loyihalarini yangi tahrirda ishlab chiqish. | Qonun loyihasi | 2019-yil 1-noyabrgacha | Agentlik, Oliy Majlis palatalari (kelishuv bo‘yicha), Adliya vazirligi |
8. | Jurnalistlarning Kasb etikasi kodeksini ishlab chiqish va qabul qilish. | Kasb etikasi kodeksi | 2019-yil 1-iyulgacha | Agentlik, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi |
9. | Davriy nashrlarning jozibadorligini oshirish, media-menejmentning zamonaviy usullarini, AKT-imkoniyatlarini hamda samarali marketing ishlanmalarini joriy etish orqali ularning moliyaviy holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2019-yil 1-maygacha | Agentlik |
10. | OAV, tele- va kabel studiyalar, ommabop internet-media, fuqarolik jurnalistikasi (blogerlar) faoliyatidagi muammolarni o‘rganishga bag‘ishlangan turkum uchrashuvlar va “davra suhbatlari” o‘tkazish. | Chora-tadbirlar majmui | tizimli ravishda | Agentlik |
II. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini ta’minlashda matbuot xizmatlari ishlarining samaradorligini oshirish sohasida |
11. | Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari matbuot-xizmatlari faoliyati samaradorligini oshirish, shu jumladan davlat tuzilmalari rahbarlarining mass-media bilan izchil hamkorligini amaliyotga joriy etishni ko‘zda tutuvchi ularning o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish mexanizmini shakllantirish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2019-yil 1-aprelgacha | Agentlik |
12. | Quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash: davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari matbuot xizmatlarining jamoatchilik va OAV bilan samarali hamkorlik qilishiga to‘sqinlik qiladigan asosiy muammolarni muhokama qilish maqsadida OAV vakillari va blogerlar ishtirokida turkum “aqliy hujumlar” va seminarlar o‘tkazish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari matbuot xizmatlari faoliyati ochiqligini ta’minlashda ularning holati va faoliyat samaradorligini yanada oshirish istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek huquqiy va amaliy takliflarni ishlab chiqishga qaratilgan konferensiyalar tashkil etish; davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari, matbuot xizmatlari xodimlari faoliyati ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash uchun uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish; matbuot xizmatlari xodimlarining kasbiy malakasini oshirish, OAV bilan hamkorligini yaxshilash, shu jumladan aloqalar o‘rnatishda mobil texnologiyalardan keng foydalangan holda turkum seminar va treninglar o‘tkazish; keng jamoatchilikni amalga oshirilgan ishlarning natijalari, davlat tuzilmalari faoliyatining mohiyati va istiqboldagi rejalari bilan tanishtirish maqsadida davlat organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan OAV uchun tizimli ravishda press-konferensiyalar tashkil etish hamda ularga OAV bilan samarali hamkorlik o‘rnatishda ko‘maklashish. | Kompleks chora-tadbirlar dasturi | 2019-yil 15-maygacha | Agentlik |
13. | Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini ochiqligini ta’minlashda matbuot xizmatlarining ish samaradorligini yanada oshirish, jurnalistlar, blogerlarning bilimi va kasbiy malakasini oshirish, shuningdek Agentlikka yuklangan boshqa vazifalarni amalga oshirish maqsadida diplomatik korpus, xorijiy va xalqaro tuzilmalar bilan samarali hamkorlikni o‘rnatish. | Chora-tadbirlar majmui | 2019-2020-yillar davomida | Agentlik, Tashqi ishlar vazirligi |
III. Axborot-kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida |
14. | O‘zb�kiston Respublikasining Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi, shu jumladan axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish hamda ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikni tatbiq qilish, xususiy va raqamli (virtual) kutubxonalar tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha Konsepsiya va Dasturni tasdiqlashni nazarda tutuvchi qarori loyihasini tayyorlash. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2019-yil 1-martgacha | Agentlik |
15. | Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida elektron va audio kitoblarni yaratish, shuningdek kitob fondini to‘ldirish uchun xorijiy adabiyotning eng sara namunalarini davlat tiliga va o‘zbek adabiyoti asarlarini xorijiy tillarga tarjima qilish bo‘yicha Media-markaz tashkil etish. | Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar | 2019-yil 1-iyungacha | Agentlik |
16. | Respublika umumta’lim muassasalarida “Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi” loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirish. | Qo‘shma chora-tadbirlar dasturi | 2019-2020-yillar davomida | Agentlik, Xalq ta’limi vazirligi, manfaatdor idoralar |
17. | Har yili respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi tomonidan mahalla fuqarolari yig‘inlarining kitob fondini to‘ldirish bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini tayyorlash. | Qo‘shma chora-tadbirlar dasturi | 2019-yil 15-fevraldan boshlab, har yili | Agentlik, Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi |
18. | Har yili Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda umumta’lim maktablari kutubxonalari uchun zarur badiiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirish va ularni Agentlik korxonalarida tayyorlash bo‘yicha buyurtmalarni joylashtirish. | Qo‘shma chora-tadbirlar dasturi | 2019-yil 15-fevraldan boshlab, har yili | Agentlik, Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi |
19. | Kitobxonlik targ‘ibotini oshirish, nashriyotlar xodimlarining faoliyatini rag‘batlantirish, xalqaro kitob ko‘rgazmalarida nodavlat nashriyotlarning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-yil 1-avgustgacha | Agentlik |
IV. Nashriyot-matbaa faoliyatini rivojlantirish sohasida |
20. | OAV va matbaa korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, noshirlik faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha tomonlarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilovchi yangilangan tartiblarni tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2019-yil 20-aprelgacha | Agentlik |
21. | Nashriyot-matbaa korxonalarining uskunalarini belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan o‘tkazish. | Tashkiliy chora-tadbirlar | 2019-yilning I yarim yilligi | Agentlik |
22. | Agentlik tizimida mavjud obyektlar va jihozlarni to‘liq inventarizatsiya qilish, natijalari bo‘yicha davlat korxonalarini xususiylashtirish, davlat-xususiy sheriklik shakllarini joriy etish va investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan respublika nashriyot-matbaa faoliyatini kompleks rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. | Tashkiliy tadbirlar va Kompleks chora-tadbirlar dasturi | 2019-yilning I yarim yilligi | Agentlik, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
23. | O‘zbeki�ton Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi tomonidan respublika ta’lim tizimi uchun har yili talabalik guvohnomasi, (shu jumladan plastik) reyting daftarchalari, sinf jurnallari, o‘zlashtirish tabellari, attestatlar va boshqa bosma mahsulotlarini Agentlik korxonalarida tayyorlash va ishlab chiqarish uchun buyurtmalarni joylashtirish. | Qo‘shma shartnomalar | 2019-yil 15-fevraldan boshlab, har yili | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Agentlik |
24. | Nashriyot-matbaa uylarining texnologik uskunalarini modernizatsiya qilish, kitob-kanselyariya mahsulotlarini ishlab chiqarish va tarqatish tizimining samaradorligi va shaffofligini ta’minlovchi ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish. | Chora-tadbi�lar majmui | 2020-yil 1-yanvargacha | Agentlik |
25. | Respublika nashriyot-matbaa korxonalari tomonidan nashr etilgan mahsulotlarning majburiy bepul nusxalarini tarqatish tartibini qayta ko‘rib chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2019-yil 1-martgacha | Agentlik, Adliya vazirligi |
26. | O‘zbeki�ton Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining mualliflar bilan ishlash, idoralar bilan kelishish, zarur bo‘lgan ekspert xulosalarini olish va keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarning yakuniy matnlarini tasdiqlash hamda 1-mayga qadar original maketlarini yaratish va nashr etish uchun Agentlikning nashriyot-matbaa korxonalariga taqdim etish tartibini ishlab chiqish va joriy etish. | Idoraviy hujjat | 2019-yil 30-aprelgacha | Xalq ta’limi vazirligi, Agentlik |
27. | Matbaa tarmog‘ining muammolarini o‘rganish va uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. | Chora-tadbirlar dasturi | 2019-yil 1-oktabrgacha | Agentlik |
28. | “O‘qituvchi” brendi ostida ko‘chma kitob do‘konlari loyihasini amalga oshirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2019-2020-yy. davomida | Agentlik |
29. | Maktab darsliklari, o‘quv qo‘llanmalar va daftar mahsulotlarini bezatish va nashr qilish bo‘yicha standartlar, texnik reglamentlar va sanitariya me’yorlarini matbaa sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar hamda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini inobatga olib qayta ko‘rib chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2019-yil 1-iyulgacha | Agentlik |
30. | O‘zbekiston nashriyot-matbaa bozori ishtirokchilari tomonidan kitob-daftar, boshqa matbaa va kanselyariya mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘rnatilgan sifat standartlariga rioya qilinishi bo‘yicha tizimli nazoratni ta’minlash. | Chora-tadbirlar majmui | doimiy | Agentlik, manfaatdor idoralar |
V. Agentlik faoliyatining samaradorligini oshirish sohasida |
31. | O‘zbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2019-yil 15-fevralgacha | Agentlik, Adliya vazirligi |
32. | Kelgusida kadrlar salohiyatini mustahkamlash va ularning kasbiy malakasini oshirish maqsadida Agentlik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish. | Chora-tadbirlar majmui | 2019-yil 1-martgacha | Agentlik |