Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

ILOVA
2019 — 2022-yillarda respublikada regbini yanada kompleks rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi

Hujjat 30.10.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni bilan tasdiqlangan Olimpiya sport turlarini 2018 — 2021-yillarda keyinchalik rivojlantirish va ommalashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturining 21-bandiga muvofiq Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq qishlog‘ida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tomonidan o‘quv-mashq jarayonini o‘tkazish uchun O‘zbekiston regbi federatsiyasining sport bazasini qurish ko‘zda tutilgan;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Iqtidorli sportchi yoshlarni tanlash (seleksiyalash) va regbi bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot jarayonini sifatli tashkil qilish faoliyati samaradorligini oshirish

1.

Ta’lim va sport-ta’lim muassasalarida, shuningdek, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, respublikaning boshqa tashkilotlarida regbi bo‘yicha bo‘limlar, seksiyalar, to‘garaklarni xatlovdan o‘tkazish.

2019-yil dekabr

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

2.

Innovatsion ilmiy-uslubiy ishlanmalar va ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda regbi-7 va regbi-15 bo‘yicha tayyorgarlik dasturlarini ishlab chiqish.

2019-yil dekabr

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

(M. Boltaboyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

3.

Innovatsion ilmiy-uslubiy ishlanmalar va ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda regbi bo‘yicha seleksionerlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturini ishlab chiqish.

2019-yil dekabr

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

(M. Boltaboyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

4.

Sport maktablarining regbi bo‘yicha bo‘limlarida o‘quv-mashg‘ulot jarayonining samarali tashkillashtirilishini monitoring qilish tizimini joriy etish.

2019-yil dekabr

Ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

(M. Boltaboyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

5.

Regbi bo‘yicha seleksionerlarni moddiy rag‘batlantirish va taqdirlash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish.

2020-yil yanvar

O‘zbekiston regbi federatsiyasi mablag‘lari

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

6.

Regbi bo‘yicha iqtidorli o‘smir sportchilarni saralash (seleksiyalash) maqsadida sport ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida tizimli asosda musobaqalarni tashkillashtirish.

Kalendar rejaga muvofiq

Mahalliy budjet,

O‘zbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

7.

Bolalar va o‘smirlar sport maktablariga ishga qabul qilinayotgan regbi bo‘yicha trenerlar nomzodlarini O‘zbekiston regbi federatsiyasi bilan kelishish tartibini ishlab chiqish va joriy qilish.

2020-yil yanvar

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

8.

Regbi bo‘yicha taniqli mahalliy hamda xorijiy sportchi va trenerlarni jalb qilgan holda, yosh sportchilar uchun festivallar, shuningdek, mahorat darslarini o‘tkazish.

Kalendar rejaga muvofiq

O‘zbekiston regbi federatsiyasi mablag‘lari

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

9.

Iqtidorli regbichilarni saralash (seleksiyalash) maqsadida umumta’lim maktablari, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari va oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida regbi musobaqalarini tashkillashtirish.

Kalendar rejaga muvofiq

Mahalliy budjet va homiylar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Regbi bo‘yicha saralash (seleksiya) ishlarini amalga oshirish maqsadida yoshlar, ayniqsa uning uyushmagan qismi o‘rtasida “Oltin oval” turnirini va boshqa musobaqalarni tizimli asosda o‘tkazish.

Kalendar rejaga muvofiq

Mahalliy budjet va homiylar mablag‘lari

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (A. Sa’dullayev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

II. Regbini ommalashtirish, yoshlarni sport klublariga, seksiyalarga va to‘garaklarga faol jalb qilish, ularda keng shug‘ullanish imkoniyatlarini yaratish

11.

Mamlakatda regbining rivojlanishi, aholi turli qatlamlari, eng avvalo yoshlar o‘rtasida ushbu sport turiga bo‘lgan talab va takliflarning mutanosibligi monitoringini o‘tkazish.

2019-yil noyabr

-

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

12.

Mamlakatda regbini ommalashtirish va targ‘ib qilish media rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish.

2019-yil noyabr

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov),

Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

13.

Regbini rivojlantirayotgan tashkilotlar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, bosma nashrlar va internet-resurslarda maqolalar e’lon qilish, shuningdek, teleko‘rsatuvlar turkumini tayyorlash va videoroliklarni joylashtirish.

Doimiy

Ijrochilar mablag‘lari

Milliy teleradiokompaniya (A. Xodjayev),

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Ko‘chimov),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

14.

Regbi bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish hujjatlarini, shuningdek, regbi musobaqalari o‘tkaziladigan stadionga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish.

2019-yil oktyabr

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

15.

Bolalar va o‘smirlar sport maktablari, umumta’lim maktablari, respublika olimpiya zaxiralari kollejlari qoshida qo‘shimcha seksiya va to‘garaklarni tashkil etish orqali bolalar va yoshlarni, mehribonlik uylari va maktab-internatlarning tarbiyalanuvchilarini, shuningdek, voyaga yetmaganlarni regbi bilan shug‘ullanishga jalb qilish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil qilish.

Doimiy

-

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

16.

Mavjud sport salohiyati, sport zaxiralari, trenerlar tarkibi va moddiy-texnik bazadan kelib �iqqan holda respublikaning har bir hududida regbini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil oktyabr

-

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

17.

Yoshlar, talabalar, o‘quvchilar va aholining boshqa qatlamlarini regbi bilan shug‘ullanishga jalb qilish, ta’lim muassasalari, sport jamiyatlari, tashkilotlar, mahallalarda regbi to‘garaklari va seksiyalarini tashkil qilish, tuman, hududiy va respublika musobaqalarini o‘tkazish.

2019 — 2022-yillar davomida

Ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Q. Rafikov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (X. Xosilov),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

18.

“Yoshlik”, “Talaba”, “MHSK”, “Dinamo”, “Lokomotiv”, “Kasaba uyushmalari” va boshqa jismoniy tarbiya va sport jamiyatlarining regbi bo‘yicha klublarini tashkil etish.

2020-yil fevral

Ijrochilar mablag‘lari

Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov),

Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Milliy gvardiya (B. Toshmatov),

Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Q. Rafikov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ (X. Xosilov),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

III. Regbi bo‘yicha trenerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish

19.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-uslubiy ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi bazasida regbini rivojlantirayotgan trenerlar, hakamlar va mutaxassislarni shartnoma asosida qayta tayyorlash va ularning malaka oshirishlarini tashkil qilish.

Doimiy

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

20.

Regbi bo‘yicha terma jamoalar va sport maktablari bo‘limlari uchun zaxira tarkibini samarali tayyorlashni ta’minlash maqsadida ilmiy-uslubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqish.

2020-yil yanvar

Ijrochilar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

(M. Boltabayev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

21.

Regbi bo‘yicha malakali trener kadrlarni tayyorlash maqsadida trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan shaxslar uchun lokal trenerlik kurslarini o‘tkazish.

Hududiy regbi federatsiyalari talabnomalariga muvofiq

O‘zbekiston regbi federatsiyasi mablag‘lari

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

22.

Regbini rivojlantirayotgan trenerlar, sportchilar va tashkilotlarning faoliyati samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimini ishlab chiqish va joriy qilish.

2019-yil noyabr

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

23.

Taniqli mahalliy va xorijiy trenerlar hamda mutaxassislarni jalb qilgan holda, hududiy jamoalar trenerlari uchun respublika trenerlik kurslarini tashkil qilish va o‘tkazish.

Hududiy regbi federatsiyalari talabnomalariga muvofiq

O‘zbekiston regbi federatsiyasi mablag‘lari

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

24.

Regbi bo‘yicha trener va hakamlarning xorijiy mamlakatlarda malakasini oshirishni (stajirovkasini) tashkil qilish.

Grafik-rejaga muvofiq

O‘zbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablag‘lari

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

25.

Taniqli mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, faoliyat yuritayotgan trener va hakamlar uchun malaka oshirish kurslarini o‘tkazish.

Grafik-rejaga muvofiq

O‘zbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablag‘lari

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

26.

O‘zbekiston Respublikasida regbi bo‘yicha hakamlarni tanlash mezonlarini ishlab chiqish va joriy qilish.

2020-yil yanvar

-

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

27.

Yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, regbichilar va boshqa mutaxassislarni tayyorlashning dolzarb masalalari bo‘yicha har yilgi ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarni o‘tkazish.

Grafik-rejaga muvofiq

O‘zbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablag‘lari

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

28.

O‘zbekiston regbi federatsiyasi vakillarining yetakchi xorijiy markazlarda stajirovkalarini tashkil qilish.

Grafik-rejaga muvofiq

O‘zbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablag‘lari

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev)

IV. Regbi bo‘yicha nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasining sifatli va samarali tayyorgarligini ta’minlash

29.

Istiqbolli o‘yinchilarni jalb qilgan holda regbi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangilangan tarkibini shakllantirish va tasdiqlash.

2020-yil fevral

-

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Milliy olimpiya qo‘mitasi (R. Shaabduraxmanov)

30.

2024 va 2028-yillarda o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida O‘zbekiston regbi sportchilarini xalqaro malakaviy musobaqalarda ishtirok etish uchun tayyorlash rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil fevral

-

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Milliy olimpiya qo‘mitasi (R. Shaabduraxmanov)

31.

Markaziy Osiyo, MDH mamlakatlari, Osiyo va Yevropa jamoalari bilan O‘zbekiston milliy terma jamoasining regbi bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlarini tizimli asosda tashkil etish.

2019 — 2022-yillar davomida

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablag‘lari

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Milliy olimpiya qo‘mitasi (R. Shaabduraxmanov)

32.

Regbi bo‘yicha terma jamoalar a’zolarining (o‘smirlar, yoshlar, kattalar) har yili 3 — 6 ta o‘quv-mashq yig‘inlarida va 4 — 8 ta xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash.

2019 — 2022-yillar davomida

O‘zbekiston regbi federatsiyasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va homiylar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Milliy olimpiya qo‘mitasi (R. Shaabduraxmanov)

33.

Regbi infratuzilmasi rivojlangan mamlakatlarda o‘quv-mashq yig‘inlarini tashkil etish.

2019 — 2022-yillar davomida

O‘zbekiston regbi federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va homiylar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Milliy olimpiya qo‘mitasi (R. Shaabduraxmanov)

34.

Regbi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2022-yilda Xanchjou shahri (Xitoy)da o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlarida ishtirokini ta’minlash.

2022-yil sentyabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi, Milliy olimpiya qo‘mitasi va homiylar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Milliy olimpiya qo‘mitasi (R. Shaabduraxmanov)

V. Milliy va xalqaro musobaqalar g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash, shuningdek, regbi bo‘yicha trenerlar va mutaxassislarni ijtimoiy va moddiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish

35.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi regbi bo‘yicha sport musobaqalarini o‘tkazishning to‘rt bosqichli tizimini joriy etish:

I bosqichda — sport klublari, seksiyalari jamoalari o‘rtasidagi sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

II bosqichda — sport klublari, seksiyalari o‘rtasidagi sport musobaqalarida g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasida tuman (shahar) sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

III bosqichda — tuman (shahar) sport musobaqalarida g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasida hududiy sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok);

IV bosqichda — hududiy sport musobaqalarida g‘olib chiqqan jamoalar o‘rtasida respublika sport musobaqalari (chempionat, birinchilik, kubok).

Kalendar rejaga muvofiq doimiy

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

36.

Regbi bo‘yicha terma jamoalar tarkibiga kiritish uchun tanlab olingan milliy va xalqaro musobaqalarning g‘oliblari va sovrindorlarini — mamlakat hududlaridagi iqtidorli o‘smir sportchilarni rag‘batlantirish mexanizmlarini joriy qilish.

2020-yil fevral

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

37.

Regbi bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan O‘zbekiston Respublikasi milliy sport terma jamoasi va ularning zaxirasi sportchilari va trenerlariga energiya sarflanishining o‘rnini to‘ldirish va jismoniy resurslarni tiklash mablag‘lari to‘lanishini ta’minlash.

Doimiy

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

38.

Eng yaxshi trener, sportchi, sport hakami va boshqa mutaxassislar, shu jumladan regbini rivojlantiruvchi tashkilot rahbari va homiy nomiga ega bo‘lish uchun respublika tanlovi o‘tkazilishini tashkil etish.

Yil yakunlari bo‘yicha

O‘zbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablag‘lari

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

39.

Regbi bo‘yicha trener va mutaxassislarning ijtimoiy-maishiy va moddiy shart-sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

2020-yil fevral

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

VI. Regbining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va infratuzilmasini takomillashtirish

40.

Ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablari hamda bolalar va o‘smirlar sport maktablarining regbi bo‘limlarini zamonaviy talablarga javob beradigan sport jihozlari va inventar, sport kiyimlari va poyabzali bilan ta’minlash.

Doimiy

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

41.

2020-yilga mo‘ljallangan jismoniy tarbiya va sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash manzilli dasturiga Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq qishlog‘ida O‘zbekiston regbi federatsiyasining sport bazasi qurilishini kiritish.

2019-yil noyabr

Davlat budjeti va homiylar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xo‘jayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

42.

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida regbi bo‘yicha o‘quv-mashg‘ulot bazasini tashkil etish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2020-yil fevral

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

43.

Quyidagi sport bazalarini O‘zbekiston regbi federatsiyasiga biriktirish:

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi sport klubi stadioni;

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi stadioni;

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti stadioni;

“To‘qimachi” stadioni.

2019 — 2022-yillar davomida

-

Mudofaa vazirligi (B. Qurbonov),

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (Q. Rafikov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov)

44.

Ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida regbi bo‘limlarini ochish uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish.

2020-yil sentyabr

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

45.

Quyidagi sport bo‘limlarini xalqaro standartlar talablariga javob beradigan zamonaviy regbi inventari va uskunalari bilan jihozlash va qo‘shimcha jihozlash:

Samarqand shahridagi olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan maktab-internatini;

Farg‘onadagi sportning o‘yin turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabini;

hududlardagi regbi bo‘yicha bolalar va o‘smirlar sport maktablarini.

2020-yil avgust

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston regbi federatsiyasi va homiylar mablag‘lari

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (D. Nabiyev),

O‘zbekiston regbi federatsiyasi (S. Safoyev)

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi