O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi rais B. Mirboboyev, sudyalar A. G‘afurov, F. Kayumov, S. Koshayeva, B. Miralimov, G. Pirjanov va K. Uljayevdan iborat tarkibda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 14-moddasiga amal qilgan holda “O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 15-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish haqidagi ishni ochiq majlisida ko‘rib chiqdi.
Masala “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining 25-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Konstitutsiyaviy sudga murojaati munosabati bilan sudyalar A. G‘afurov, G. Pirjanov va S. Koshayevaning tashabbusi bilan kiritildi.
Konstitutsiyaviy sudga Adliya vazirligi murojaat qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi PF-5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 9-bandiga asosan Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritishni so‘ragan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 15-moddasida Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki ushbu organlar mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan hujjat chiqarilishi natijasida fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi tomonidan to‘lanishi kerak deb belgilangan.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib va “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 14, 31, 32, 33-moddalariga, “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Qonunning 5, 26-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
3. Ushbu qaror “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 33-moddasiga muvofiq “Xalq so‘zi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida va boshqa tegishli rasmiy manbalarda e’lon qilinsin.