t/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Mas’ul ijrochilar |
1. | Toshkent viloyatining “Oltin halqa” turizm logotipini (yo‘nalishga kiritilgan hududlarning turizm xususiyatlarini umumiy fonda aks ettirgan holda) ishlab chiqish. | 1. Tanlov komissiyasi tarkibini tasdiqlash. 2. Toshkent viloyatining “Oltin halqa” logotipining asosiy talablarini belgilagan holda tanlov e’lon qilish. 2. Tanlov natijalari bo‘yicha takliflarni jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish. 3. Yakuniy natijalarni Tanlov komissiyasida muhokama qilish va logotipni ishlab chiqish. | 2020-yil mart | Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari va homiylik mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
2. | “Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarning kirish joyida tasdiqlangan logotip asosida stella o‘rnatish. | 1. Stella maketini tayyorlash. 2. “Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarning kirish qismida stella o‘rnatiladigan joylarni belgilash. 3. Shahar va tumanlar Toshkent viloyatining “Oltin halqa”siga kirishini ko‘rsatuvchi stella o‘rnatish ishlarni amalga oshirish. | 2020-yil aprel | Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari va homiylik mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi |
3. | Toshkent viloyatining “Oltin halqa” yo‘nalishi bo‘yicha turizm xaritasini ishlab chiqish. | 1. “Oltin halqa” yo‘nalishidagi turizm obyektlarini xatlovdan o‘tkazish va ro‘yxatini shakllantirish. 2. Turizm xaritasini ishlab chiqish. 3. Turizm axborot-markazlari va turoperatorlar orqali turizm xaritalarini turistlarga tarqatish. | 2020-yil mart | Ijrochilar mablag‘lari | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zerdavgeokadastr” qo‘mitasi qoshidagi “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi |
4. | “Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarning turizm salohiyati haqida o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi videoroliklar ssenariysini ishlab chiqish va suratga olish. | 1. “Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarning o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi videoroliklar ssenariysini ishlab chiqish. 2. Tayyorlangan ssenariylar asosida suratga olish ishlarini tashkil etish. | 2020-yil yanvar 2020-yil | Ijrochilar mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi |
5. | “Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarda “Tomosha-kuzatuv maydonlari”ni barpo etish. Ushbu maydonlarda turizm axborot markazlari, Toshkent viloyati haritasini (katta shaklda) joylashtirishga alohida e’tibor qaratish. | 1. “Oltin halqa”ga kiruvchi �ahar va tumanlarda “Tomosha-kuzatuv maydonlari”ni barpo etish uchun yer maydonlarini belgilash; 2. Belgilangan hududlarda “Tomosha-kuzatuv maydonlari”ni barpo etish. | 2020-yil iyul | Tashabbuskorlar mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zerdavgeokadastr” qo‘mitasi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi |
6. | Kumushkon qishlog‘ida yil davomida tashkil etiladigan ommaviy, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar ro‘yxatini, har bir tadbirni tashkil etishning aniq muddatlarini ko‘rsatgan holda shakllantirish va tasdiqlash. | 1. Ommaviy, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar ro‘yxatini shakllantirish. 2. Shakllantirilgan ro‘yxatni tasdiqlash. 3. Ro‘yxat asosida tadbirlarni tashkil etish. | 2020-yil yanvar 2020-yil | Ijrochilar mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi |
7. | Toshkent v�loyati Oqtosh-Chorvoq yo‘nalishida “Aktash-Charvak mountains” har yilgi velopoyga musobaqasini tashkil etish. | 1. Velopoyga tashkil etishning tashkiliy masalalarini hal etish. 2. Velopoyga musobaqasini o‘tkazish. | 2020-yil may-iyun | Ijrochilar mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, “Uzreport” telekanali |
8. | “Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarda zamonaviy ovqatlanish shoxob�alarini tashkil etish, shu jumladan, Toshkent shahri va viloyatlarda mavjud nufuzli restoran va yengil ovqat shoxobchalarining filiallarini tashkil etish. | 1. Zamonaviy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish nuqtalarini belgilash. 2. Aniqlangan hududlarni kelishish uchun Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etish. 3. Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning qarorini qabul qilish. 4. Belgilangan nuqtalarda zamonaviy ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish bo‘yicha loyiha tashabbuskorlarini aniqlash. 5. Loyihalarni amalga oshirish. | 2020-yil fevral 2020-yil fevral 2020-yil mart 2020-yil mart-aprel 2020-2021-yillar | Ijrochilar mablag‘lari | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, “O‘zerdavgeokadastr” qo‘mitasi |
9. | “Oltin halqa”ga kiruvchi shahar va tumanlarda yengil konstruksiyali ovqatlanish shoxobchalarini barpo etish uchun har bir shahar va tumanda kamida 10 ta hudud (nuqta) belgilab, “Shashleek” ovqatlanish savdo nuqtalarini pilot o‘rnatish. | 1. Yengil ovqatlanish shoxobchalarini tashkil etish nuqtalarini belgilash. 2. Aniqlangan hududlarni kelishish uchun Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etish. 3. Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashning qarorini qabul qilish. 4. Belgilangan nuqtalardagi hududlarni vaqtincha foydalanishga berish uchun tashabbuskorlarini aniqlash. 5. Loyihalarni amalga oshirish. | 2020-yil fevral 2020-yil fevral 2020-yil mart 2020-yil mart-aprel 2020-2021-yillar | Tashabbuskorlar mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, “O‘zerdavgeokadastr” qo‘mitasi, “Shashleek” MChJ |
Bo‘stonliq tumani |
10. | Bo‘stonliq tumanida yo‘l atrofida 20 ta turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi majmualarni (turizm axborot markazi, esdalik sovg‘alari shoxobchalari, savdo do‘konlari kafe, avtokempinglar) qurish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 1. Turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi majmualar quriladigan joylarni belgilash. 2. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan loyihalarni Ma’muriy kengashda ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish. 3. “Chorvoq” ETZ direksiyasi va tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida shartnoma tuzish va tarmoq jadvallarini tasdiqlash. 4. Tarmoq jadvallariga muvofiq qurilish ishlarini amalga oshirilishini ta’minlash. | 2020-yil davomida tarmoq jadvallari asosida | Tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, Loyiha tashabbuskorlari |
11. | Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan davlat organlari tasarrufidagi foydalanilmayotgan mehmonxona obyektlarini xatlovdan o‘tkazish, xatlov natijalari bo‘yicha bo‘sh turgan obyektlarni aniq investitsiya majburiyatlarini belgilagan holda belgilangan tartibda sotish choralarini ko‘rish. Bunda, “Chorvoq” suv ombori bo‘yida joylashgan obyektlarning suv omboriga qadar bo‘lgan yer maydonlari haridga qo‘yilmasligini belgilash. | 1. Bo‘stonliq tumanida joylashgan davlat organlari tasarrufidagi foydalanilmayotgan mehmonxona obyektlarini xatlovdan o‘tkazish. 2. Xatlov natijalari bo‘yicha bo‘sh turgan obyektlarning aniq investitsiya majburiyatlarini belgilash. 3. Xatlov natijalari bo‘yicha bo‘sh turgan obyektlarni belgilangan tartibda sotish choralarini ko‘rish. | 2020-yil mart | - | Toshkent viloyati hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
12. | “Chorvoq” erkin turistik zonasi (ETZ) hududiga kiruvchi “Burchmulla” davlat o‘rmon xo‘jaligida salohiyatli investorlarni jalb etgan holda turizm yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish. | 1. Ishchi guruhi tuzish va “Burchmulla” davlat o‘rmon xo‘jaligida turizm obyektlari tashkil etish mumkin bo‘lgan hududlarni aniqlash. 2. Aniqlangan hududlarga investorlarni jalb etish. 3. Investorlar bilan uzoq muddatli ijara shartnomalari tuzish. 4. Shartnomalarga muvofiq turizm obyektlarini tashkil etish. | 2020-2021-yillar davomida | Tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari | O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi |
13. | “Chorvoq” suv omboriga olib boruvchi va atrofidagi avtomobil yo‘llarida xafvsizlikni ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan beton to‘siqlarni (alohida hududlarda) simli (torli) to‘siqlarga almashtirish. | 1. “Chorvoq” suv omboriga olib boruvchi va atrofidagi avtomobil yo‘llarida joylashgan beton to‘siqlarni aniqlash. 2. Beton to‘siqlarni (alohida hududlarda) simli (torli) to‘siqlarga almashtirish. | 2020-yil mart | Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari | Toshkent viloyati hokimligi |
14. | Bo‘stonliq tumanida har yili iyun oyida “Maftunkor tabiat” halqaro ekofestivalini o‘tkazish. | 1. Festivalni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitaning tarkibini shakllantirish. 2. Tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Rejasini tasdiqlash. 3. Tasdiqlangan Rejaga muvofiq tashkiliy ishlarni amalga oshirish. | 2020-yil may | Tashabbuskorlar mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, |
15. | Bo‘stonliq-Toshkent-Bo‘stonliq oralig‘ida yo‘nalishli turistik avtobus va taksi xizmatlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish. | 1. Turistlarning talabini o‘rganish. 2. O‘rganish natijalariga ko‘ra yo‘nalish xaritasini ishlab chiqish. 3. Tashabbuskorlarni jalb etish. 4. Yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlarni yo‘lga qo‘yish. | 2020-yil may | Ijrochilar mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi |
16. | 4R-12 avtomobil yo‘lining Parkent tumanidan Bo‘stonliq tumanigacha bo‘lgan qismlarida turistik yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish. | 1. Yo‘l belgilari o‘rnatiladigan joylarni aniqlash. 2. Belgilangan joylarga yo‘l belgilarini o‘rnatish. | 2020-yil may | Ijrochilar mablag‘lari | Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi |
17. | Bo‘stonliq tumani turizm va servis kasb-hunar kolledji faoliyatini tubdan takomillashtirish choralarini ko‘rish. Bunda, kolledjning o‘quv rejasi va yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish, pedagog-professorlar tarkibini takomillashtirish, turizm laboratoriyalarini tashkil etish, o‘quv binosini moddiy jixozlashga alohida e’tibor qaratish. | 1. Bo‘stonliq tumani turizm va servis kasb-hunar kolledji faoliyatini o‘rganish. 2. O‘rganish natijalariga muvofiq mavjud kamchiliklarni bartaraf etish; | 2020-yil iyun | Ijrochilar mablag‘lari | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi |
18. | Bo‘stonliq tumanida tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan zamonaviy mehmonxona majmuasini qurish uchun yer maydoni ajratish. | 1. Mehmonxona loyihasini ishlab chiqish. 2. Smeta hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash. 3. Mehmonxona barpo etish uchun tashabbuskorga yer maydoni berish. 4. Qurilish ishlarini yakunlash. | 2020-yil davomida | Tashabbuskor mablag‘lari | Toshkent viloyat hokimligi, “Kapital sug‘urta” aksiyadorlik jamiyati |
Parkent tumani |
19. | Parkent tumanining So‘qoq qishlog‘ida har yili may oyida “So‘qoq taomlari gastronomik turizm festivali”ni o‘tkazish. | 1. Festivalni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani tashkil etish. 2. Tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni tasdiqlash. 3. Tasdiqlangan tadbirlarga muvofiq tashkiliy ishlarni amalga oshirish. | 2020-yil may | Tashabbuskorlar mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi |
20. | Parkent tumanining Zarkent hududida har yili avgust oyida “Vino festivali”ni o‘tkazish. | 1. Festivalni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani tashkil etish. 2. Tashkiliy qo‘mita tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlarni tasdiqlash. 3. Tasdiqlangan tadbirlarga muvofiq tashkiliy ishlarni amalga oshirish. | 2020-yil avgust | Tashabbuskorlar mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “O‘zsharobsanoat” agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
21. | Parkent tumanining Kumushkon mahallasida tashkil etilayotgan “Turizm qishlog‘i”da 50 ta oilaviy mehmon uylarini tashkil etish. | Mahalladagi xonadon egalari uchun oilaviy mehmon uylari tashkil etishning tartibi va imtiyozlari yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari hamda seminar- treninglar tashkil etish. | reja-jadval asosida | Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banki kreditlari | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi, tashabbuskorlar |
22. | Parkent-Kumushkon-Parkent yo‘nalishida turistik avtobus va taksi xizmatlarini yo‘lga qo‘yish. | 1. Turistlar talabini o‘rganish. 2. O‘rganish natijalariga ko‘ra yo‘nalish xaritasi tashkil etish. 3. Tashabbuskorlarni jalb etish. 4. Yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlarni yo‘lga qo‘yish. | 2020-yil may | Ijrochilar mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi |
23. | Parkent tumanidagi “Kumushkon turistik qishlog‘i”ni toza ichimlik suv bilan ta’minlash. | 1. Mavjud ehtiyojni o‘rganish. 2. Loyihani ishlab chiqish va davlat investitsiya dasturiga kiritish. 3. Belgilangan tartibda hududni ichimlik suv bilan ta’minlash. | 2021-yil may | Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi | Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
24 | Parkent tumanidagi “Kumushkon turistik qishlog‘i” hududida turistlar uchun sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish. | 1. Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish bo‘yicha joylarni aniqlash. 2. Tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan ho�da sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo etish. | 2020-yil dekabr | Tashabbuskorlar mablag‘lari hisobidan | Toshkent viloyati hokimligi, tashabbuskorlar |
25 | A-373 hamda 4R-12 avtomobil yo‘llarining Angren shahridan Parkent tumanigacha bo‘lgan qismlarida turistik yo‘l ko‘rsatgichlarni o‘rnatish. | 1. Yo‘l belgilari o‘rnatiladigan joylarni aniqlash. 2. Belgilangan joylarga yo‘l belgilarini o‘rnatish. | 2020-yil oktyabr | Ijrochilar mablag‘lari hisobidan | Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi |
26 | Parkent tumanidagi 28 gektar uzumzor maydonida vinochilik turizmiga bag‘ishlangan “Vinochilar maskani” loyihasini amalga oshirish | 1. “Parkent konsalting servis” MChJga tegishli 28 gektar uzumzorni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilikni va vinochilikni rivojlantirish agentligiga (Agentlik) balans qiymatda jamiyatning Agentlik oldidagi qarzdorligi hamda qolgan qismiga jamiyat ustav kapitalidagi davlat ulishini kamaytirish hisobiga o‘tkazish. 2. “Vinochilik maskani” loyihasi doirasida Agentlik tasischiligidagi mas’uliyati cheklangan jamiyati ko‘rinishidagi yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish va 28 gektar yer maydonini ular o‘rtasida taqsimlash. 3. 28 gektar yer maydonida “Vinochilar maskani” loyihasini tayerlash. 4. Mazkur loyihaning tashabbuskorlarini aniqlash uchun tanlov e’lon qilish va Agentlik tomonidan amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash sharti bilan yuridik shaxslardagi Agentlik ulushini g‘oliblarga o‘tkazib berish. 5. Loyihani amalga oshirish. | 2021-yil | Tashabbuskorlar va Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilikni va vinochilikni rivojlantirish agentligi jamg‘armasi mablag‘lari | Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilikni va vinochilikni rivojlantirish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
Ohangaron tumani |
27 | Ohangaron tumanidagi “Shoabdumalik o�a” ziyoratgohini obodonlashtirish va ko‘kalamlashtirish. | 1. Ziyoratgoh atrofidagi yo‘llar, yo‘lkalar va ariqlarni tozalash va obodonlashtirish. 2. Ziyoratgoh atrofiga ko‘p yillik manzarali va mevali daraxtlarni o‘tqazish. | 2020-yil iyun | Mahalliy budjet mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi |
28 | Hunarmandlar savdo markazi, madaniy hordiq chiqarish obyektlari, selfi zonasi va savdo do‘konlarini tashkil etish. | 1. Ziyoratgoh atrofida turistlar uchun savdo obyektlarini tashkil etish uchun joyni aniqlash. 2. Loyihalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. Loyihani amalga oshirish. | 2020-yil yanvar 2020-yil dekabr | Tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi |
29 | A-373 avtomobil yo‘lining Bo‘ka va Ohangaron tumanlaridan o‘tuvchi qismlarida yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish. | 1. Yo‘l belgilari o‘rnatiladigan joylarni aniqlash. 2. Belgilangan joylarga yo‘l belgilarini o‘rnatish. | 2020-yil avgust | Ijrochilar mablag‘lari | Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi |
Angren shahri |
30 | Angren shahrining “Lashkarak” mahallasi hududida ekoturizm va tog‘ turizmini rivojlantirish. | 1. Ekoturizm loyihalarini amalga oshiridigan tashabbuskorlarni aniqlash. 2. Loyihalarni amalga oshirish. 3. Tashkil etilgan turizm obyektlarini OAVda targ‘ib qilish. | 2020-yil iyul | Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banki kreditlari | Toshkent viloyat hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, tijorat banklari, tashabbuskorlar |
31 | A-373 avtomobil yo‘lining Ohangaron tumani va Angren shahridan (“Lashkarak” mahallasigacha 20 km, Yangiobod mahallagacha 15 km) o‘tuvchi qismlarini rekonstruksiya qilish. | 1. “Lashkarak” mahallasiga boruvchi yo‘lni holati va uni ta’mirlash bo‘yicha nuqson dalolatnomasini tuzish va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash. 2. Loyiha-smeta hujjatlariga asosan mablag‘ ajratish. 3. 2020-yil Investitsiya dasturiga kiritish. 4. Yo‘llarni ta’mirlash va asfalt qilish ishlarini amalga oshirish. | 2020-yil yanvar 2020-yil | Investitsiya dasturi asosida | Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi |
32 | A-373 avtomobil yo‘lining Ohangaron tumani va Angren shahridan o‘tuvchi qismlarida yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish. | 1. Yo‘l belgilari o‘rnatiladigan joylarni aniqlash. 2. Belgilangan joylarga yo‘l belgilarini o‘rnatish. | 2020-yil oktyabr | Ijrochilar mablag‘lari | Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi |
33 | A-373 avtomobil yo‘lining Ohangaron tumani va Angren shahridan o‘tuvchi qismlarida turistlar uchun sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish. | 1. Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish uchun joylarni aniqlash. 2. Tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda ularni barpo etish. | 2020-yil sentyabr | Tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, tashabbuskorlar |
34 | “Lashkarak” mahallasini ichimlik suv bilan ta’minlash. | 1. Mavjud ehtiyojni o‘rganish. 2. Loyiha-smeta loyihalarini ishlab chiqish va davlat investitsiya dasturiga kiritish. 3. Belgilangan tartibda hududni ichimlik suv bilan ta’minlash. | 2021-yil dekabr | Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi | Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi |
Chinoz tumani |
35 | Chinoz tumanidagi “Baliq bozori” va uning atrofidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalarini rekonstruksiya qilish va atrofini obodonlashtirib, gastronomik turizm uchun shart-sharoitlar yaratish. | 1. Rekonstruksiya qilinadigan va yangi quriladigan obyektlar loyihalarini tayyorlash. 2. Loyiha tashabbuskorlarini aniqlash. 3. Loyiha asosida obyektlarni qurib foydalanishga topshirish. | 2020-yil aprel | Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banklari kreditlari | Toshkent viloyati hokimligi |
36 | Tashrif buyuruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Baliq bozori” oldidagi avtoturargohlarni qayta ta’mirlash. | 1. Mavjud avturargohlar holatini aniqlash. 2. Ta’mirtalab avtoturargohlarni tabdirkorlik subyektlarini jalb qilgan holda qayta ta’mirlash. | 2020-yil aprel | Tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, tashabbuskorlar |
37 | M-39 avtomobil yo‘lining Zangiota va Chinoz tumanlaridan o‘tuvchi qismlarida yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish. | 1. Yo‘l belgilari o‘rnatiladigan joylarni aniqlash. 2. Belgilangan joylarga yo‘l belgilarini o‘rnatish. | 2020-yil mart | Ijrochilar mablag‘lari | Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi |
Bo‘ka tumani |
38 | Bo‘ka tumanida loyiha asosida turistlar tashrifi uchun gastronomik turizm talablariga mos “Osh markazi”ni tashkil etish. | 1. “Osh markazi”ni tashkil etish uchun tashrif uchun qulay joyni aniqlash. 2. Obyekt loyihasini tayyorlash. 2. Loyiha tashabbuskorini aniqlash. 3. Loyiha asosida obyektlarni qurib foyda�anishga topshirish. | 2020-yil sentyabr | Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, tijorat banki kreditlari | Toshkent viloyati hokimligi |
39 | M-34 avtomobil yo‘lining Chinoz va Bo‘ka tumanlaridan o‘tuvchi qismlarida yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish. | 1. Yo‘l belgilari o‘rnatiladigan joylarni belgilash. 2. Belgilangan joylarga yo‘l belgilarini o‘rnatish. | 2020-yil may | Ijrochilar mablag‘lari | Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Toshkent viloyat hokimligi |
40 | M-34 avtomobil yo‘lining Chinoz va Bo‘ka tumanlaridan o‘tuvchi qismlarida turistlar uchun sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish. | 1. Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish uchun joylarni aniqlash. 2. Sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda barpo etish. | 2020-yil may | Tadbirkorlik subyektlari mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, tashabbuskorlar |
Zangiota tumani |
41 | Toshkent shahar “Erkin” postidan “Zangiota” ziyoratgohiga borish yo‘lida belgilangan talablarga mos yo‘l belgilarini o‘rnatish. | 1. Yo‘l belgilari o‘rnatiladigan joylarni aniqlash. 2. Belgilangan joylarga yo‘l belgilarini o‘rnatish. | 2020-yil iyun | Ijrochilar mablag‘lari | Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Toshkent viloyat hokimligi |
42 | “Oltin halqa”ning turizm marshrutlarini ishlab chiqish. | 1. Tashkil etilgan turistik obyektlarning ro‘yxatini shakllantirish. 2. Ushbu ro‘yxat asosida turizm marshrutlarini ishlab chiqish. 3. Turizm marshrutlarini turoperatorlar va turagentlarga taqdim etish. | 2020-yil may | Ijrochilar mablag‘lari | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi |
43 | “Oltin halqa”ni ijtimoiy saytlar va OAVda targ‘ib va tashviq qilish. | 1. OAVga tashkil etilgan turistik obyektlar to‘g‘risida ma’lumot berish. 2. OAV va blogerlar uchun infoturlar tashkil etish. | doimiy | Ijrochilar mablag‘lari | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi |
44 | Tashrif buyuruvchilar maroqli dam olishlari uchun ko‘ngilochar va madaniy tadbirlar o‘tkazish. | 1. Turistlar uchun taqdim etiladigan tadbirlar ro‘yxatini shakllantirish. 2. Tadbirlarni sahnalashtirish. 3. Haftaning ma’lum kunlari tadbirlarni o‘tkazish. | doimiy | Mahalliy budjet mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi |
45 | Tashkil etilgan turistik joylarda Internet tezligini oshirish va Wi-Fi zonalarini tashkil etish. | 1. Turistik obyektlardagi mavjud simsiz qurilmalarni yangilari bilan almashtirish. 2. Xarajatlarni aniqlash va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash. 3. Wi-Fi zonalarini tashkil etish. | 2020-yil davomida | Ijrochilar mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tashabbuskorlar |