Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
2. Mehnat inspektorlari mazkur modda 1-bandi “a” va “b” kichik bandlariga muvofiq qishloq ho‘jaligi korxonasi rahbarining xususiy turar-joyiga kirishga haqli emas, agar mazkur rahbarning o‘zi rozilik bermasa yoki vakolatli hokimiyat organining alohida ruxsati mavjud bo‘lmasa.
3. Agar 2-bandda belgilangan tartib Tashkilot a’zosining ma’muriy va sud amaliyotiga muvofiq kelmasa, inspektorlar vakolatli hokimiyat organiga darhol ijro etilishi shart bo‘lgan farmoyishlar chiqarilishi uchun yoki choralar ko‘rilishi uchun murojaat qilish huquqiga ega bo‘ladilar.
4. Inspektor tomonidan korxonaga tashrifi davomida aniqlangan kamchiliklar, shuningdek, 2-bandga muvofiq u chiqaradigan farmoyishlar yoki 3-bandga muvofiq u chiqarilishini so‘raydigan farmoyishlar darhol ish beruvchi hamda mehnatkashlar vakillari e’tiboriga yetkaziladi.
Xalqaro Mehnat Byurosi Bosh direktori, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, yuqoridagi moddalar qoidalariga binoan o‘zi ro‘yxatga olgan ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hujjatlari va denonsatsiya aktlarining barchasiga oid to‘la ma’lumotlarni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga ro‘yxatga olish uchun yuboradi.
a) Tashkilotning biror a’zosi tomonidan qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi, qonunning o‘z kuchi bilan, 30-modda qoidalaridan qat’iy nazar, mazkur Konvensiyaning zudlik bilan denonsatsiya qilinishiga olib keladi, bunda qayta ko‘rib chiqilgan yangi konvensiya kuchga kirgan bo‘lishi kerak;

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi