T/r | Litsenziyalanadigan faoliyat turlari, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari nomi | Tartib-taomillarni qisqartirish va soddalashtirish chora-tadbirlari | Amalga oshirish mexanizmi | Ijro muddati | Mas’ullar |
I. Litsenziyalanadigan faoliyat turlari |
1. | Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat | 1. Litsenziyalovchi organ talabgorning arizasini “bir darcha” tamoyiliga asosan yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari bilan birgalikda ko‘rib chiqish tartibini joriy etish orqali mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosalari taqdim etilishini bekor qilish. 2. Ixtisoslashtirilgan no�avlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilgan hollarda, litsenziyalovchi organ talabgorning arizasini “bir darcha” prinsipiga asosan Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda ko‘rib chiqish tartibini joriy etgan holda ularning ruxsatnomalarini taqdim etishni bekor qilish. 3. Nodavlat ta’lim muassasasi filialini ochish tartibiga aniqlik kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihalari | 2020-yil 1-noyabr | Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
2. | Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyat: Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyati | 1. Quyidagi umumiy xarakterdagi va ortiqcha litsenziya talab va shartlarini, shu jumladan ushbu sohaga qo‘yilgan ayrim davlat talablarini bekor qilish: O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonun va qonunchilik hujjatlariga majburiy rioya qilish; har bir auditoriyada videoproyektor yoki diagonali 50 dyuymdan kam bo‘lmagan interaktiv monitor (televizor), kompyuter, audio va videokuzatuv tizimi, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ko‘rgazmali qo‘llanmalar, shuningdek, o‘quv jarayoni va yakuniy test sinovlarining oshkoraligini ta’minlash uchu� yozib olish tizimining mavjud bo‘lishi; o‘quv jarayoniga o‘zlashtirishni oshirishga yo‘naltirilgan o‘qitish monitoringini olib borish va rejalashtirishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etish; har bir o‘qituvchini o‘quv dasturlari, turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqnomalarini o‘z ichiga olgan batafsil texnologik xaritalar bilan ta’minlash; har bir ta’lim oluvchi (tinglovchi)ni butun o‘quv jarayonini qamrab oladigan davlat talablariga muvofiq uch o‘lchamli animatsiya effektlari va videokontentga ega elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash. 2. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslarga avtomototransport vositalarini boshqarayotgan shaxslar (haydovchilar)ning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq malaka oshirish kurslarida bilimlar o‘zlashtirilishi sifatini aniqlash uchun animatsiya effektlariga ega yagona test dasturining mavjud bo‘lishi talabini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihalari | 2020-yil 1-noyabr | Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat nspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi |
3. | Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash | Bugungi kunda belgilangan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi barcha faoliyat turlarini litsenziyalash masalasini qayta ko‘rib chiqish, litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlarini kamaytirishni, ushbu yo‘nalishda ruxsat berish xarakteridagi hujjatlarni olish talab etiladigan hamda xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlarini aniqlash hamda tegishli jarayonlarni soddalashtirishni, shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi Qonun loyihasini ishlab chiqish: kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyat turlarini aniqlash; mazkur faoliyat turlarini litsenziyalanadigan, ruxsat berish xarakteridagi hujjatlarni olish talab etiladigan hamda xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari bo‘yicha tasniflash; litsenziyalarni rezidentlar va norezidentlarga berish tartibini aniqlash; faoliyat turlari bo‘yicha yig‘im va davlat bojlari miqdorlarini aniqlash va ularni to‘lash tartibini belgilash. | Qonun loyihasi | 2021-yil 1-yanvar | Loyiha boshqaruvi milliy agentligi |
4. | Turizm faoliyatini litsenziyalash | 1. Litsenziya olish uchun sertifikatning mavjud bo‘lishi talabini, shuningdek, ustav fondiga qo‘yilgan minimal talablarni bekor qilish. 2. Turoperatorlar xizmatlarini sertifikatlashtirishni ixtiyoriy etib belgilash. 3. Turoper�tor xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun to‘lanadigan yig‘im to‘lovini kirish va chiqish turizm uchun ikki barobarga hamda ichki turizm uchun to‘rt barobarga pasaytirish. 4. Turoperator xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar sonini ikki barobarga qisqartirish va arizani ko‘rib chiqish muddatini 26 kundan 10 kungacha kamaytirish. 5. Muvofiqlik sertifikatini amal qilish muddatini 3 yildan 5 yilgacha uzaytirish hamda inspeksiya nazoratini muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati davrida har 2,5 yilda 1-marta o‘tkazilishini belgilash. 6. Chiqish turizmi yo‘nalishi bo‘yicha litsenziyaga ega bo‘lgan litsenziatlarga muayyan litsenziya talablarini belgilagan holda tibbiy turizm (davolanish uchun fuqarolarni xorijga yuborish) va ta’lim turizmi (xorijdagi ta’lim muassasalariga o‘quvchilarni yuborish) xizmatlarini ko‘rsatish huquqini berish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihalari | 2020-yil 1-noyabr | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
5. | Sug‘urtalovchilarning sug‘urta faoliyatini litsenziyalash | 1. Litsenziya olish uchun talab etiladigan quyidagi hujjatlarni taqdim etishni bekor qilish: litsenziya talabgorining rahbari va bosh buxgalterining malaka talablariga muvofiqligini tasdiqlaydigan hujjatlar — so‘rovnoma, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoxud vako�atli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning ekvivalentligini e’tirof etish to‘g‘risidagi guvohnoma hamda mehnat daftarchasi; litsenziya talabgori rahbari tomonidan tasdiqlangan sug‘urtalash qoidalari (shartlari) ikki nusxada. 2. Sug‘urtalovchining rahbarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish amaliyotini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2020-yil 1-noyabr
2021-yil 1-yanvar
| Moliya vazirligi |
6. | Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash | Litsenziya olish uchun arizani taqdim qilishda “bir darcha” tamoyilini yo‘lga qo‘yish orqali quyidagi tartibni joriy etish: litsenziyalovchi organ 10 kun muddatda litsenziya talabgorining ishtirokisiz quyidagi hujjatlarni vakolatli organlardan so‘rov yo‘li bilan olish; ishlab chiqarish va saqlash inshootlarining, shuningdek, texnologik uskunalarning qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi to‘g‘risida hududiy sanitariya-epidemiologik nazorat organining xulosasi; ishlab chiqarishning qonun hujjatlarida belgilangan mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy boshqarmalari xulosasi; ishlab chiqarishning, ishlab chiqarish va saqlash binolarining qonun hujjatlarida belgilangan yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida hududiy yong‘in nazorati organining xulosasi; “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya sohasida qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash departamentining ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va xavfsizligini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan texnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar hamda o‘lchash jihozlari bilan ta’minlanganligi to‘g‘risida xulosasi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi |
7. | Kredit byurolari faoliyati | Litsenziya olish uchun talab etiladigan quyidagi hujjatlarni taqdim etishni bekor qilish: muassislar umumiy yig‘ilishining kredit byurosini tashkil etish to‘g‘risidagi bayonnomasi; kredit byurosining muassis hujjatlari; kredit byurosining rahbari va muassislari h�qidagi ma’lumotlar; kredit byurosining ustav fondi shakllantirilganligini tasdiqlovchi bank hujjati; davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati; kamida 10 ta tijorat banki bilan kredit almashinuvini amalga oshirishga roziligini tasdiqlovchi hujjati. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Markaziy bank |
8. | Lotereyalar tashkil etish faoliyati | Lotereyalarni tashkil etishda tender asosida yagona operatorni tanlab olish orqali lotereyalarni tashkil etishning yangi uslubini joriy etish orqali Lotereyalar tashkil etish faoliyatini litsenziyalash tartibini bekor qilish. | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi | 2022-yil 1-mart | Moliya vazirligi |
9. | Axborotning kriptografik himoya vositalarini tayyorlash, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish faoliyati | Quyidagi litsenziya talab va shartlarini soddalashtirish: 1) litsenziya talabgorining doimiy shtatida bo‘lishi zarur bo‘lgan mutaxassislar sonini ikkitadan bittaga kamaytirish hamda uning ish stajiga bo‘lgan talab muddatini uch yildan bir yilga qisqartirish; 2) litsenziyalovchi organ tomonidan mutaxassislarni attestatsiyadan o‘tkazishni bekor qilish; 3) litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxatidan xodimlarning davlat sirlariga tegishli deb topilgan ma’lumotlar bilan tanisha olishini tasdiqlaydigan hujjatlarni istisno qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihalari | 2020-yil 1-oktabr | Davlat xavfsizlik xizmati |
10. | Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyati | 1. Litsenziya olish uchun talab etiladigan temir yo‘l transportida tashish jarayoniga, kirish yo‘llarining, harakatlanuvchi tarkibning texnik holatiga, tormoz boshmoqlarining saqlanishi va hisobini yuritishga, harakatlanuvchi tarkibning harakatlanish xavfsizligi va butligini ta’minlashga mas’ul shaxslarni tayinlash to‘g‘risida yuridik shaxs rahbarining buyrug‘idan nusxani taqdim etish talabini bekor qilish. 2. Barcha faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha litsenziya berishdagi davlat boji miqdorini bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari qilib belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihalari | 2020-yil 1-noyabr | Transport vazirligi |
11. | Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, realizatsiya qilish (berish), taqsimlash, tashish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yo‘q qilib tashlash, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda va veterinariyada foydalanish, shuningdek, tarkibida giyohvand moddalari bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish faoliyati | Litsenziya olish uchun ariza taqdim qilishda “bir darcha” tamoyilini yo‘lga qo‘yish orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etish talabini bekor qilish: yuridik shaxsning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi; giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning muomalada bo‘lishi (saqlash, berish, sotish, tayyorlash, foydalanish, yo‘q qilish) sohasidagi ma�’ul xodim uchun oliy farmatsevtika ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi) hamda uni lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi buyruq nusxasi; Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori-darmonlar va tibbiyot texnikasi sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasining giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni ishlab chiqarish sharoitlarining belgilangan standartlarga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar ishlab chiqarish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishda). | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi |
12. | Tibbiy faoliyat | Tezlashtirilgan tartibda litsenziya berish bo‘yicha ariza o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmagan taqdirda, qo‘shimcha to‘langan yig‘imni ariza beruvchiga qaytarish amaliyotini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi |
13. | Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish | 1. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ularning xuddi shunday faoliyat bilan shug‘ullanuvchi filiallari tashkil etilganda har bir filial manzilini asosiy litsenziyada ko‘rsatish amaliyotini joriy qilish orqali filiallarga alohida litsenziya rasmiylashtirish amaliyotidan voz kechish. 2. Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishda oliy tibbiy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarga dorixona mudiri sifatida faoliyat yuritish huquqini berish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihalari | 2020-yil 1-noyabr | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
14. | Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi ishni qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyati | 1. Yagona milliy mehnat tizimiga integratsiya qilish orqali rahbar lavozimiga tayinlash to‘g‘risidagi buyruqning va rahbarning oliy ma’lumotini tasdiqlovchi hujjatlarning ko‘chirma nusxasini taqdim etishni bekor qilish. 2. Xususiy bandlik agentliklari bilan fuqarolar o‘rtasida tuzilayotgan har bir shartnomani maxsus yaratiladigan elektron axborot tizimiga kiritish va uni doimiy yangilab borish talabini litsenziya talab va shartlariga kiritish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihalari | 2020-yil 1-noyabr | Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
15. | Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni va potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish hamda foydalanish faoliyati | Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarning aniq ro‘yxatini shakllantirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Qurilish vazirligi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi |
16. | Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat | Litsenziya olish uchun ariza taqdim qilishda xodimlar ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi, egallab turgan lavozimi, litsenziyalanadigan faoliyat turi bo‘yicha ish stajini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilish talabini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
17. | To‘lov tizimlari operatorlarining faoliyati va to‘lov tashkilotlarining faoliyati | To‘lov tizimlari operatorlarining faoliyatini va to‘lov tashkilotlarining faoliyatini litsenziyalashda litsenziyaning amal qilishini tugatish o‘rniga litsenziyani chaqirib olish tartibini joriy qilish. | “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha qonun loyihasi | 2020-yil 1-dekabr | Markazi? bank |
II. Ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar |
18. | Olib chiqilayotgan va olib kirilayotgan madaniy boyliklarni hisobga olish va olib chiqish huquqini beruvchi sertifikat | 1. Olib chiqish mumkin bo‘lmagan madaniy boyliklarning yaratilgan vaqtini qayta ko‘rib chiqish. 2. Madaniy boyliklarni hisobini yuritish, uning olib chiqilishi va olib kirilishi ustidan yagona davlat nazoratini joriy etish orqali ortiqcha va bir-birini takrorlaydigan ruxsat berish hujjatlari qisqartirish choralarini ko‘rish, madaniy boyliklarni ekspertizadan o‘tkazish jarayonini takomillashtirish. | Axborot-tahliliy ma’lumotnoma Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2021-yil 1-fevral 2021-yil 1-aprel | Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Adliya vazirligi |
19. | Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) taqdim etishni kelishish | Madaniy boyliklarni ochiq savdoga (auksionga) qo‘yish va ochiq savdoga (auksionga) qo‘yishni kelishishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-dekabr | Madaniyat vazirligi |
20. | Filmlarni ommaviy namoyish etishga bir martalik ruxsatnoma | Ruxsatnoma olish uchun talab qilinadigan hujjatlardan filmda bolalarning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotning mavjudligi yoki mavjud emasligi, uning muayyan yosh toifasiga mosligi yoki mos emasligi to‘g‘risidagi tegishli ekspert xulosasining nusxasi taqdim etish tartibini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | “O‘zbekkino” milliy agentligi |
21. | Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino va video tasvirga olish uchun ruxsatnoma | 1. Ruxsatnoma uchun undiriladigan yig‘imni O‘zbekistonda bo‘lib turgan vaqtidan qat’iy nazar bir marta undiriladigan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida belgilash. 2. Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida filmlarni tasvirga olish jarayonini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini ishlab chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihalari | 2020-yil 1-noyabr | “O‘zbekkino” milliy agentligi, Moliya vazirligi |
22. | Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasi | Quyidagi hujjatlarni talab qilishni bekor qilish: agar qonun hujjatlarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa naqd pul tushumi xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan inkassatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi shartnomaning nusxasi yoxud hisob-kitob raqami mavjudligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi bank bilan tuzilgan shartnomaning nusxasi; fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasiga texnik xizmat ko‘rsatish va uni ta’mirlashga tuzilgan shartnomaning nusxasi. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Davlat soliq qo‘mitasi |
23. | Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati | Yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi taqdim etilishini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Transport vazirligi |
24. | Shahar, shahar atrofida, shaharlararo (viloyatlar ichida, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlar tashkil etish va o‘tkazish | Shahar atrofida, shaharlararo (viloyatlar ichida, viloyatlararo) va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini joylashtirish uchun ochiq tenderlarni faqat internet tarmog‘i orqali elektron shaklda o‘tkazish tartibini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2021-yil 1-yanvar | Transport vazirligi |
25. | Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma | Avtomototransport vositasini qayta jihozlash deb tan olinadigan o‘zgarishlarning aniq va to‘liq ro‘yxatini shakllantirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Ichki ishlar vazirligi |
26. | Mahalliy va import qilinadigan veterinariya dori vositalari hamda ozuqabop qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma | 1. Guvohnomani olish uchun talab qilinadigan hujjatlarga quyidagicha aniqlik kiritish: veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning sifat ko‘rsatkichlarini texnik talablar asosida nazorat qilish usullari, tegishli xalqaro yoki davlat farmakopeya maqolalari matnlarini MDHdan tashqari davlatlarda ishlab chiqarilganda talab qilish; veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarning ishlab chiqarilishi bo‘yicha ma’lumotlarni (tayyorlash bo‘yicha texnologik yo‘riqnoma yoki reglament, blok-sxemalar) MDH davlatlarida ishlab chiqarilganda talab qilish. 2. Ruxsatnoma berish uchun xorijiy ishlab chiqaruvchilardan undiriladigan yig‘im miqdorini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjat | 2020-yil 1-noyabr 2021-yil 1-yanvar
| Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi |
27. | Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i | Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish jarayonida arizani bir vaqtning o‘zida muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga texnik shartlarni tayyorlash uchun yuborish tartibini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Davlat xizmatlari agentligi |
28. | Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish | Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etishning aniq asoslarini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-dekabr | Qurilish vazirligi |
29. | Tugatish va konservatsiya qilish, neft va gaz quduqlarini o‘tkazish dalolatnomasi hamda shaxtalarni (konlarni) bir toifadan boshqasiga o‘tkazishni tasdiqlash va kelishish to‘g‘risida xulosa | Neft va gaz quduqlarini tugatishda quyidagi hujjatlarni talab qilishni bekor qilish quduqning haqiqiy qiymati haqida ma’lumot; quduqdan xalq xo‘jaligi maqsadlarida foydalanish mumkin emasligi yoki maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risidagi ma’lumot. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi |
30. | Tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma | Kon yoki uning foydalanish navbatini qabul qilish to‘g‘risidagi Davlat komissiyasining dalolatnomasi nusxasini taqdim etish tartibini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020 yil 1-noyabr | Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi |
31. | Ruda va noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya | 1. Talabgordan mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining kafolat xatlarini olishni talab qilish tartibini bekor qilish. 2. Ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat nomini “litsenziya”dan “ruxsatnoma”ga o‘zgartirish. 3. Barcha jarayonlarni, jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar asosida ruxsatnomani berishni to‘liq elektronlashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihalari | 2020-yil 1-dekabr | Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi |
32. | Yer osti suvlariga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma | 1. Arizani taqdim qilishda “bir darcha” tamoyilini yo‘lga qo‘yish orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etish talabini bekor qilish: gidrogeologik xulosa; davlat ekologik ekspertizasining xulosasi. 2. Yer osti suv resurslaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berish bilan yagona jarayonga birlashtirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihalari | 2020-yil 1-noyabr | Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi |
33. | Kon ajratish dalolatnomasi | 1. Kondan foydalanish uchun mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi qarorini olish tartibini bekor qilish hamda kon ajratish dalolatnomasini kon joylashgan yer uchastkasi ajratilganligini tasdiqlovchi hujjat sifatida belgilash. 2. Uran va uglevodorod konlari bo‘yicha kon ajratish dalolatnomasi berilganda, konga huquqi bo‘lgan shaxs tomonidan yer uchastkasining chegaralarini tuman (shahar) yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastr organlari bilan kelishish tartibini joriy etish orqali yer ajratish to‘g‘risidagi qarorni olish tartibini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihalari | 2020-yil 1-noyabr | Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi |
34. | Kon ishlarini rivojlantirish rejasini kelishish | Integratsiyalangan axborot almashish tizimini joriy etish orqali Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan bir vaqtda kelishish tartibiga o‘tish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi |
35. | Yer osti boyliklari yoki uning qismlarini qazib oluvchi korxonani tugatish va konservatsiya qilishga maxsus loyihani kelishish | Integratsiyalangan axborot almashish tizimini joriy etish orqali Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi va Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi bilan bir vaqtda kelishish tartibiga o‘tish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi |
36. | Sanoat uchun ahamiyatini yo‘qotgan yoki keyinchalik o‘tkazilgan geologiya-qidiruv ishlarida yoxud konni ishga solishda tasdiqlanmagan foydali qazilma zaxiralarini yer osti boyliklaridan foydalanuvchining hisobidan chiqarish to‘g‘risida qaror | Arizani taqdim qilishda “bir darcha” tamoyilini yo‘lga qo‘yish orqali kon ajratish dalolatnomasi nusxasini taqdim etish talabini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi |
37. | Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma | Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnoma beruvchi vakolatli organ sifatida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-dekabr | Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi |
38. | Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma. | Obyektning ixtisoslashuvi o‘zgarib turar joy noturar joy toifasiga o‘tkazilganda yoki noturar joy turar joy toifasiga o‘tkazilganda qurilish bo‘limlari bu haqda tuman (shahar) kadastr bo‘limlari, davlat soliq inspeksiyalari hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarni xabardor qilish mexanizmini yo‘lga qo‘yish va aniq asoslar ro‘yxatini shakllantirish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Qurilish vazirligi |
III. Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyat turlari |
39. | Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma | Shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining kamida 100 baravari miqdorida va qishloq joylarda hamda chekka tog‘li tumanlarda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida shakllangan ustav fondi mavjud bo‘lishi talabini bekor qilish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Davlat soliq qo‘mitasi |
40. | Veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma | 1. Veterinariya sohasidagi (mutaxassisligi) ta’lim muassasasini (oliy, o‘rta-maxsus kasbiy ta’lim) bitirgan jismoniy shaxslarga ushbu faoliyat bilan xabardor qilish tartibida shug‘ullanishga ruxsat berish. 2. Veterinariya davolash-profilaktika ishlari bilan shug‘ullanish uchun tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyligini bekor qilish. 3. Veterinariya davolash-profilaktika faoliyatini o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarga vaqtinchalik mehnat guvohnomalari beriladigan faoliyat (xizmatlar, ishlar) turlari ro‘yxatiga qo‘shish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihalari | 2020-yil 1-noyabr | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi |
41. | Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma | 1. Geodeziya va kartografiya faoliyati bilanshug‘ullanadigan mutaxassislarning Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasida malaka oshirishni yo‘lga qo‘yish va malaka sertifikatini berish tartibini joriy etish. 2. Geodeziya va kartografiya uskunalarini vakolatli organga hisobga qo‘yish amaliyotini yo‘lga qo‘yish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihalari | 2020-yil 1-noyabr | Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi |
IV. Boshqa faoliyat turlari |
42. | Baholash faoliyati | Baholovchi tashkilotlari uchun o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-dekabr | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
43. | Rieltorlik faoliyati | 1. Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq barcha rieltorlik xizmatlarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yagona axborot tizimini joriy qilish va rieltorlik xizmatlarini ushbu tizim orqali bajarish tartibini belgilash. 2. Rieltorlik tashkilotlari uchun o‘zini-o‘zi boshqarish mexanizmini joriy etish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihalari | 2021-yil 1-avgust | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
44. | Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarish faoliyati | Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqish faoliyati bilan faqat “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilishini belgilash. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-dekabr | Markaziy banki |
45. | Farmatsevtika faoliyati: tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish; tibbiy buyumlarni tayyorlash | Tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish va tayyorlash faoliyatini texnik tartibga solish bo‘yicha qoidalarni ishlab chi�ish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2021-yil 1-aprel | Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi |
46. | Xorijiy ishchi kuchini jalb qilish | Chet el fuqarosiga O‘zbekistonda ishlash huquqini beruvchi tasdiqnomani olish tartibini takomillashtirish, shu jumladan tasdiqnomani ish beruvchi yoki chet el fuqarosi olishi mumkinligini nazarda tutish va to‘lanadigan yig‘im summasini oshirish nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqish. | Normativ-huquqiy hujjat loyihasi | 2020-yil 1-noyabr | Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi |
47. | Milliy haydovchilik guvohnomasini berish imtihonlarini o‘tkazish | 1. Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha test sinovlarini olishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash orqali inson omilini keskin kamaytirish choralarini ko‘rish. 2. Eksperiment tariqasida Toshkent shahrida milliy haydovchilik guvohnomasini berish imtihonlari sun’iy ong orqali baholanadigan faqat maxsus tashkil etilgan avtodromda o‘tkazish amaliyotini joriy etish, eksperimentning ijobiy natijalariga asosan boshqa hududlarda ham yangi tartibni 2022-yildan amalga kiritish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2021-yil 1-yanvar | Ichki ishlar vazirligi, Davlat test markazi |