“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish va korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ushbu Nizom “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
mansabdor shaxslar, shu jumladan, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga maxfiylik asosida ko‘maklashuvchi shaxslar;
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasi birinchi qismining 1 — 3-bandlari,
uchinchi qismi hamda beshinchi qismining
1-bandi asosida ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini tugatish haqidagi qaror prokuror tomonidan tasdiqlanganda yoki sudning ajrimi qonuniy kuchga kirganda;