Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 29.01.2022 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi (keyingi o‘rinlarda — Respublika kengashi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PQ-55-sonli qaroriga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-yanvardagi PF-61-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022-y., 06/22/61/0084-son)
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi PQ-4749-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari ajratilganligi, shuningdek, ehtiyojmand oilalar farzandi bo‘lgan xotin-qizlar uchun oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni ikki baravarga oshirish orqali ikki mingtaga yetkazilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)

1.

T.K. Narbayeva

Oliy Majlis Senati Raisi, Kengash raisi

2.

Q.M. Rafikov

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi, Kengash raisining o‘rinbosari

3.

G.M. Marufova

mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Kengash raisining o‘rinbosari

4.

E.M. Borisova

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasining raisi

5.

F.K. Bo‘tayeva

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining a’zosi, shoira

6.

G.A. Zokirova

O‘zbekiston xalq artisti

7.

T.A. Ishmetov

moliya vaziri

8.

A.V. Shin

maktabgacha ta’lim vaziri

9.

A.M. Xadjibayev

sog‘liqni saqlash vaziri

10.

N.B. Xusanov

bandlik va mehnat munosabatlari vaziri

11.

O.A. Nazarbekov

madaniyat vaziri

12.

R.A. Maxmudova

Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari

13.

S.B. Ortiqova

Bosh prokurorning o‘rinbosari

14.

Sh.U. Turdikulova

innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari

15.

R.S. Irmatov

jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari

16.

E.I. Basitxanova

sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari

17.

A.I. Ikramov

ichki ishlar vazirining o‘rinbosari

18.

A.K. Kuchimov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

19.

A.Z. Sa’dullayev

Yoshlar ishlari agentligi direktori

20.

D.M. G‘ulomova

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari

21.

T.U. Aripova

Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti direktori, akademik

22.

M.M. Xodjimatov

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari

23.

S.S. Saidov

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

24.

N.X. Rahimova

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori

25.

A.A. Xaitov

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

26.

K.N. Irisbekova

AT “Aloqabank” boshqaruvi raisi

27.

F.I. Salomov

AT “Xalq banki” boshqaruvi raisi

28.

G.A. Rashidova

AT “Xalq banki” boshqaruvi raisining o‘rinbosari

29.

J.A.Ortiqxo‘jayev

Toshkent shahar hokimi

30.

U.A. Jalmenov

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpog‘iston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi Kengashi raisi

31.

lavozimiga ko‘ra

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari

32.

Q.S. Sanaqulov

“Navoiy KMK” DK bosh direktori

33.

A.K. Dobrix

Namangan shahridagi “Iftixor kiyim sanoat” MChJ rahbari, Oliy Majlis Senatining a’zosi

34.

S.T. Ergasheva

“Tashpulat stroy invest” MChJ rahbari

35.

N.E. Karimova

“Istiqbolli avlod” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari

36.

M.A. Ilxomov

Toshkent shahar Uchtepa tumani “Uchtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi

37.

J.T. Shermuxamedova

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qoshidagi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi

38.

T.A. Gribanova

Toshkent shahridagi 158-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori

39.

Z.B. Sanokulova

Gimnastika bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxirasi sport maktabi o‘qituvchi-murabbiysi

40.

lavozimiga ko‘ra

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi ijro etuvchi direktori

41.

N.M. Egamberdiyeva

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Kengash kotibi

Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish

1.

Har bir mahallada “Ayollar maslahat kengashi” jamoatchilik tuzilmasining faoliyatini samarali tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2021-yil 15-aprel

-

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Xalq ta’limi vazirligi (Sh. Shermatov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Xotin-qizlarni, shu jumladan nogironligi bo‘lgan ayollarni davlat va jamiyat oldidagi fidokorona xizmatlari uchun rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi davlat mukofotlarini ta’sis etish to‘g‘risida taklif kiritish.

O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi

2021-yil 10-aprel

-

Oliy Majlis palatalari (kelishuvga ko‘ra)

3.

Tadbirkorlik, fermerlik, dehqonchilik, kasanachilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xotin-qizlargaqo‘shimcha imtiyozlar berish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-aprel

-

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (B. Axmedov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov), Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (D. Kasimov)

4.

Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirishda xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar tayyorlash.

Axborot-tahliliy ma’lumot

2021-yil 15-aprel

-

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Oilada sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” g‘oyasini hayotga tatbiq etishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasida Oila institutini yanada mustahkamlash konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-iyun

-

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash

6.

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi past bo‘lgan 20 ta tumanda yashayotgan xotin-qizlarni oilaviy biznesga va xususiy tadbirkorlikning turli sohalariga keng jalb etish, ularning bandligini ta’minlash maqsadida kichik korxonalar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

-

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

“Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” faoliyati samaradorligini oshirish, xotin-qizlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishda markazlarning o‘quv sifatini yaxshilash va qamrovini kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-aprel

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov), Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (N. Kuziyev), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

8.

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi nizom hamda jamoatchilik kengashining 2021-yilga mo‘ljallangan ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar)lardagi xotin-qizlar jamoatchilik kengashlarining namunaviy tarkibi va nizomini tasdiqlash.

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining tashkiliy yig‘ilishi qarori

2021-yil 15-aprel

-

Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi (T. Narbayeva, Q. Rafikov)

9.

“Ayollar daftari”ni yuritish orqali ayollar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan tartibda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish:

bandligini ta’minlash;

tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanish bo‘yicha ko‘maklashish;

tadbirkorlikka jalb etish;

moddiy yordam ko‘rsatish;

turar-joy ijara kompensatsiyasini to‘lash;

tibbiy xizmat ko‘rsatish;

huquqiy yordam ko‘rsatish;

psixologik yordam ko‘rsatish.

2021-yil davomida

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Jamoat ishlari jamg‘armasi, “Ayollar daftari” jamg‘armasi,

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi, Xalqaro moliyaviy institutlarning kredit, grant va boshqa mablag‘lari

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi (K. Rafikov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Bosh prokuratura (N. Yo‘ldoshev), Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov), AT “Xalq banki” (F. Salomov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Mahallalarda xotin-qizlarning moliyaviy-iqtisodiy savodxonligini oshirishga qaratilgan oyliklar tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-aprel

-

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov),Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (J. Qo‘chqorov),Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

11.

Ozodlikdan mahrum etish joylaridan qaytgan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, bandligini va ta’lim olishlarini ta’minlash.

Chora-tadbirlar dasturi

2021-yil 15-aprel

-

Ichki ishla� vazirligi (P. Bobojonov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev), Adliya vazirligi (R. Davletov)

12.

Xotin-qizlarga kredit ajratish orqali ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish.

1. Tadbirkorlik qilish istagi bo‘lgan xotin-qizlarning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan ro‘yxat asosida kasb yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv kurslarini o‘tagan xotin-qizlarga kredit olish uchun tavsiyanoma berish.

3. Berilgan tavsiyanomalar asosida ularning qiziqishi bo‘yicha bankning namunaviy biznes rejalarini taklif etish va kredit ajratish.

4. Ajratilgan kreditlarning sarflanishini doimiy o‘rganish va tadbirkorlik yo‘nalishida yuzaga keladigan muammolarga amaliy yordam berib borish.

2021-yil davomida

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Oilaviy tadbirkorlikni rivojlan-tirish dasturi doirasida ilgari ajratilgan kreditlarning qaytgan mablag‘lari

AT “Xalq banki” (F. Salomov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

13.

Xotin-qizlar muammolarini hal qilish maqsadida xalqaro donorlarning grantlarini jalb qilish choralarini ko‘rish.

1. Loyiha takliflarini ishlab chiqish.

2. Donor tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish.

3. Donor tashkilotlar bilan loyiha takliflarini kelishish.

Doimiy ravishda

-

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzakov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov)

14.

Xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan elektron tijorat platformasini yaratish.

1. Elektron tijoratni o‘rgatishga yo‘naltirilgan portalning loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash.

2. Elektron portalni yaratish va ishga tushirish.

3. Xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun tayyor biznes namunalarni o‘z ichiga olgan bo‘limlarni (elektron kitoblar, audio va video qo‘llanmalar) doimiy yangilab borish.

2021-2022-yillar davomida

Xalqaro donorlar grantlari

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi (T. Narbayeva), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

15.

Aholi demografiyasini chuqur tahlil qilish asosida tug‘ish yoshidagi ayollarning sog‘lig‘ini yaxshilash choralarini ko‘rish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

16.

Yolg‘iz, boquvchisi yo‘q I guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni belgilangan tartibda “Saxovat” internat-uylariga joylashtirish.

1. Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan tegishli �okimlik va fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va tegishli komissiyadan o‘tkazish.

2. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi maxsus komissiyasining xulosasini olish.

3. Tegishli hududga xizmat ko‘rsatuvchi “Saxovat” internat-uyiga joylashtirish.

Doimiy ravishda

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

17.

Ruhiy holati buzilganligi sababli nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni belgilangan tartibda “Muruvvat” internat-uylariga joylashtirish.

1. Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan tegishli hokimlik va fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda zarur hujjatlarni rasmiylashtirish va tegishli komissiyadan o‘tkazish.

2. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi maxsus komissiyasining xulosasini olish.

3. Hududga xizmat ko‘rsatuvchi “Muruvvat” internat-uyiga joylashtirish.

Doimiy ravishda

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

18.

Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni o‘rnatilgan tartibda Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga qarashli sanatoriylarda sog‘lomlashtirish.

1. Tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi, fuqarolar yig‘ini va tibbiyot xodimlari tomonidan hududiy sog‘lomlashtirish sanatoriylariga yo‘llanma berish uchun surunkali kasalligi mavjud, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarni tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

3. Sanatoriylarda sog‘lig‘ini tiklash uch?n salomatligida moneligi bo‘lmagan xotin-qizlarga belgilangan tartibda yo‘llanmalar berish.

Doimiy ravishda

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi (B. Musayev), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

19.

Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarni respublika va viloyat davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda belgilangan tartibda bepul davolash choralarini ko‘rish.

1. Tuman (shahar) tibbiyot muassasalari, fuqarolar yig‘inlari tomonidan surunkali kasalligi mavjud, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarni tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

3. Tibbiy ko‘rik xulosasi asosida respublika va viloyat davolash-profilaktika muassasalarida statsionar sharoitda bepul davolash choralarini ko‘rish.

Doimiy ravishda

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

20.

Og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlash.

1. Protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya texnik vositalariga muhtoj, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ularni belgilangan tartibda reabilitatsiya texnik vositalari va protez ortopediya buyumlari bilan bepul ta’minlash.

Doimiy ravishda

Ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

21.

Xotin-qizlarning maishiy sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan ayollarga qulaylik yaratish maqsadida bolaning ilk rivojlanishiga xizmat qiladigan maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini yanada kengaytirish.

1. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yolg‘iz ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli ro‘yxatga kiritish orqali qabul qilish, shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan ayollarga farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shu jumladan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalariga berish xarajatlarini budjetdan qoplash yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2021-yil 15-aprel

Mahalliy budjetmablag‘lari

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

2. Mahallalarda bo‘sh turgan va foydalanilmayotgan binolar (xonalar)ni xatlovdan o‘tkazish.

2021-yil 15-may

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan mahallalarda maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan bolalarning ro‘yxatini shakllantirish.

2021-yil 15-may

4. Maktabgacha ta’limga ehtiyoji mavjud mahallalarda, shu jumladan qishloq joylarida maktabgacha ta’limning muqobil shakllarini tashkil qilish va ularni zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

2022-yil 1-yanvar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Maktabgacha ta’lim vazirligi (A. Shin)

III. Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi ishtirokini kengaytirish

22.

Respublikadagi oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan, xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalariga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari asosida o‘qishga jo‘natiladigan tinglovchilar orasidagi xotin-qizlarning ulushini kamida 20 foizga ko‘paytirish.

1. Bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarni tanlov asosida xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalariga jo‘natish dasturini ishlab chiqish.

2021-yil 15-aprel

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari

“El-yurt umidi” jamg‘armasi (A. Bekmurodov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)

2. Bakalavriat bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarning “El-yurt umidi” jamg‘armasining ochiq stipendiya tanlovlarida faol ishtirok etishini ta’minlash.

doimiy ravishda

3. Stipendiya tanlovida ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan xotin-qizlarni xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim, ilmiy yoki boshqa muassasalariga ta’lim olishga yuborish choralarini ko‘rish.

doimiy ravishda

23.

Xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalarini, innovatsion va biznes g‘oyalarini, ixtirochilik, ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash.

Chora-tadbirlar rejasi.

2021-yil 15-aprel

-

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)

24.

Xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida zamonaviy ijtimoiy va siyosiy faol xotin-qizlarning milliy imijini keng targ‘ib qilish.

Media-reja.

2021-yil 15-aprel

Homiylar va tashabbus-korlar mablag‘lari

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova)

25.

Xotin-qizlarning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “INNOWOMENWEEK” haftaligini o‘tkazish.

1. Startap loyihalarini joriy qilmoqchi bo‘layotgan xotin-qizlarni aniqlash va ularning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish.

2. Xotin-qizlarning biznes rejalarini tayyorlash yuzasidan bilim va malakalarini oshirish bo‘yicha seminarlar tashkil qilish.

3. Tadbirkor ayollar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni keng targ‘ib qilish maqsadida ko‘rgazmalar tashkil qilish.

2021-yil 1-iyun

Homiylar va tashabbus-korlar mablag‘lari

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattorov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

26.

Ayollarning jamiyatdagi muammolarini, jumladan turli kasb va ijtimoiy mavqega ega xotin-qizlar hayotini yoritib beruvchi milliy serial, badiiy, hujjatli, tarixiy, qisqa metrajli filmlar, ijtimoiy roliklarni suratga olish, teleloyihalar tayyorlash.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Xalqaro donorlar grantlari, homiylar mablag‘lari

“O‘zbekkino” Milliy agentligi (F. Abduxalikov), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi (M. Xojimatov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev)

27.

Xotin-qizlarga motivatsiya berish maqsadida fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etish va treninglar o‘tkazib borish.

Tashkiliy chora-tadbirlar.

Doimiy ravishda

-

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

28.

“O‘zbekiston xotin-qizlari: hayotiy maqsadlar, qadriyatlar va yo‘nalishlar” mavzusida sotsiologik tadqiqot o‘tkazish.

Ijtimoiy so‘rov va boshqa o‘rganishlar natijalari asosida tahliliy ma’lumot tayyorlash.

2021-yil 1-iyul

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

“Ijtimoiy fikr” markazi (N. Rahimova), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva)

29.

Xotin-qizlarning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini o‘rganish, tizimli tahlil qilish va muammolarni hal etish masalalarida tadqiqotlar samaradorligini oshirish.

Reja-jadval asosida ilmiy asoslangan tahliliy ma’lumotlar, tavsiyalar va takliflar ishlab chiqish.

Doimiy ravishda

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari

Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi (G. Marufova), “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva), “Ijtimoiy fikr” markazi (N. Rahimova)

30.

Fuqarolar yig‘inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mutaxassislar uchun manzilli o‘quv kurslarining onlayn platformasini yaratish.

1. O‘quv kurslarining yo‘nalishlarini belgilash.

2. O‘quv dasturlarini ishlab chiqish.

2021-yil 15-aprel

-

Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi (G. Marufova), “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti (N. Egamberdiyeva)

3. Maxsus platformani ishlab chiqish, zarur manbalar bilan ta’minlash va onlayn o‘qishni yo‘lga qo‘yish.

2021-yil 1-sentabr

31.

Xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlarni kuchaytirish.

1. Hududlarda xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha sport va piyoda sayohatlar marafonlarini tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Marafonlar o‘tkazilishi haqidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borish.

2021-yil 1-may

-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (A. Karimov), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash” vazirligi (G. Marufova), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)

32.

“Mahallamizning faxriy hunarmand ayoli” loyihasini amalga oshirish.

1. “Mahallamizning faxriy hunarmand ayoli” loyihasini hududlarda amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

2. Eng samarali faoliyat yuritayotgan hunarmand ayollar ro‘yxatini shakllantirish, o‘tkaziladigan uchrashuvlar va mahorat darslari grafigini tasdiqlash.

3. Loyiha o‘tkazilishi haqidagi ma’lumotlarni rasmiy veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilib borish.

2021-yil 1-oktabr

Tashkilotchilar mablag‘lari

“Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi (G. Marufova), Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduxalikov)

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi