1. 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmon joriy etiladigan teatr-konsert tashkilotlari va o‘quv yurtlari ro‘yxati
1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. 1995-yil 20-oktabrdagi 1280-son Farmon joriy etiladigan teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlarining, teatr va musiqa san’ati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari va konsertmeysterlarining lavozimlari ro‘yxati
2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda farmonning 1-ilovasiga muvofiq lavozim maoshiga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli to‘lash Tartibini hamda ishdan bo‘shagan taqdirda farmonning
2-ilovasiga muvofiq asosiy pensiyaga qo‘shiladigan har oylik ustamalar to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligining buyurtmanomasi bo‘yicha 1996-yildan boshlab, 1-bandda ko‘rsatilgan teatr-konsert tashkilotlari va o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 3-ilovaga
* muvofiq zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar.