1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, ta’lim va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalari ro‘yxati
1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmon tatbiq etiladigan Teatr-konsert va boshqa madaniy-ma’rifiy muassasalarning ma’muriy-boshqaruv, badiiy-rahbar, badiiy, artist, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari, shuningdek, mutaxassislarining, ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda konsertmeysterlarning lavozimlari ro‘yxati
2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi, Mehnat vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda farmonning 1-ilovasiga muvofiq lavozim maoshiga uzoq muddat xizmat qilganligi uchun har oyda taqdirlash puli to‘lash Tartibini hamda ishdan bo‘shagan taqdirda farmonning
2-ilovasiga muvofiq asosiy pensiyaga qo‘shiladigan har oylik ustamalar to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi Madaniyat vazirligining buyurtmanomasi bo‘yicha 1996-yildan boshlab, 1-bandda ko‘rsatilgan teatr-konsert tashkilotlari va o‘quv yurtlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun 3-ilovaga
* muvofiq zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsinlar.