Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

ILOVA
Zo‘rlik hamda o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish, ushbu harakatlardan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “YO‘L XARITASI”

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish

1.

Qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

2021-yil iyun

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2021-yil iyun

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

3.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki o‘z joniga suiqasd qilgan yoki qasd qilishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan ishlash tartibini tasdiqlash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2021-yil avgust

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

4.

O‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori

2021-yil iyul

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Yoshlar ishlari agentligi

5.

Markaz xodimlari hamda jabrlanganlarning xavfsizligini ta’minlash, Markaz binolarini qo‘riqlash choralarini ko‘rish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil iyun

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari faoliyatini amaliy va uslubiy jihatdan ta’minlash

6.

1146 “ishonch telefoni”ga uchinchi shaxslarning, shu jumladan qo‘shnilar, kommunal xizmat xodimlari, tibbiyot muassasalari va dorixonalar xodimlari, maktab psixologlari hamda anonim shaxslar tomonidan oilaviy zo‘ravonlik holatlari to‘g‘risida xabar berish tartibini ishlab chiqish.

Maxsus yo‘riqnoma

2021-yil iyul

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, Ichki ishlar vazirligi, Axboro� texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning bilim va malakasini oshirish maqsadida o‘quv-seminarlar tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlarining ichki ishlar organlari mahalla huquq-tartibot maskanlari profilaktika inspektorlari bilan hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat

2021-yil iyul

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, Ichki ishlar vazirligi

9.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari mutaxassislari uchun “xavf-xatar guruhi”dagi xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish.

Metodik qo‘llanma

2021-yil iyul-avgust

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Jamiyatda zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirish

10.

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” g‘oyasini hayotga tatbiq etish maqsadida notinch va muammoli oilalarni o‘z vaqtida aniqlash, ulardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, nizoli holatlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar rejasi

2021-yil avgust

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Yoshlar ishlari agentligi

11.

Oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, vizual video-animatsion kliplar, qisqa metrajli filmlar va ko‘rsatuvlar tayyorlash orqali zo‘ravonlik qurbonlari uchun amaliy yordam olish bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini amalga oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Bosh prokuratura, MTRK, EOAVMA, AOKA

12.

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida yoritish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, ommaviy axborot vositalari, manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni kasbga o‘qitish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida ularni hunarmandchilikka o‘rgatish bo‘yicha o‘quv-kurslarini tashkil qilish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil davomida

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

14.

Nizoli vaziyatlarni, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatishni va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni, ularning kelib chiqishiga olib keladigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash bo‘yicha so‘rovlar o‘tkazib borish.

Ijtimoiy so‘rovlar

Doimiy

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, ommaviy axborot vositalari

15.

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazl�ri, “AZIZ-AYOL.UZ” yagona interaktiv milliy platformasi faoliyati hamda “ishonch telefoni”ni ommalashtirish maqsadida ular to‘g‘risida ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, ommaviy axborot vositalari

16.

Xotin-qizlarning tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanish holatlarining oldini olish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida joylarda targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja asosida

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari, manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan hududlarda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusi bo‘yicha ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va ommaviy axborot vositalari orqali aholi e’tiboriga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil noyabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi, ommaviy axborot vositalari, manfaatdor vazirlik va idoralar


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi