Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

ikki oy muddatda mazkur qarorning 7-bandida belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqsin;
Oldingi tahrirga qarang.
12. Sog‘liqni saqlash vazirligiga mazkur qarorning 11-bandida xarid qilinishi belgilangan tibbiy texnikalarni yetkazib berish haqidagi import shartnomalarini “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan o‘tkazgan hamda kontrakt tuzilganligi to‘g‘risidagi axborotni maxsus axborot portaliga joylashtirgan holda, eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzishga ruxsat berilsin.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-sentabrdagi PF-6311-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2021-y., 06/21/6311/0861-son)
mazkur qarorga 3-ilovada nazarda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlarning ijrosi to‘g‘risida har chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib borsin;
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Mablag‘

Moliyalashtirish manbasi

Mas’ul ijrochilar

I. Gematologiya va onkologiya xizmatlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar

1.

Hududlardagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini zarur asbob-uskunalar, shu jumladan mobil mammograflar, immunogistokimyoviy tadqiqotlar o‘tkazish uskunasi, onkomarkyerlarni aniqlash reaktiv komplektlari, onlayn rejimda ma’lumotlar uzatish imkonini beradigan kamerali mikroskop va qon komponentlari bilan ta’minlash.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil
1-noyabr

Hisob-kitoblarga asosan

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari,

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

2.

Bemorlarning onkologiya va gematologiyaga ixtisoslashtirilgan davlat tibbiyot muassasalari yo‘llanmalari asosida pozitron-emission tomografiya tekshiruvidan o‘tishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil

1-avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(U. Sobirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

3.

Gematologiya, onkologiya, klinik immunologiya, transfuziologiya kabi yo‘nalishlar laboratoriya yo‘nalishlari bo‘yicha yosh mutaxassislarning xorijdagi yetakchi ilmiy va tibbiyot markazlari ish joylarida malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi bilan bog‘liq xarajatlarni to‘liq qoplab berish tartibini ishlab chiqish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil
1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(U. Sobirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

4.

Onkologiya, onkogematologiya va gematologiya xizmatlari tibbiy xodimlarining ish haqini sog‘lig‘iga yetkaziladigan zararni hisobga olgan xolda qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil
1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(U. Sobirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

5.

Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bemorlarning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan respublika ixtisoslashgan markazlarga temir yo‘l va aviatransport vositalari orqali kelishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil

1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Transport vazirligi

(I. Mahkamov)

6.

Aholi orasida gematologik va onkologik kasalliklarni erta aniqlash, bemorlarni davolash va ularning profilaktikasini kuchaytirish uchun xorijiy grantlar, texnik va boshqa tashqi beg‘araz ko‘mak mablag‘larini jalb etish.

Amaliy
chora-tadbirlar

Doimiy

Hisob-kitoblarga asosan

Grant mablag‘lari

Investitsiyalar
va tashqi savd� vazirligi

(B. Abidov)

7.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida gematologik va onkologik kasalliklarni erta aniqlash dasturini tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i

2021-yil

1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov, U. Sobirov,

E. Basitxanova)

8.

Kattalar va bolalarda gematologik, onkologik va immunologik kasalliklarga tashxis qo‘yish, davolash hamda bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatish standartlari va klinik protokollarini Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida qayta ishlab chiqish.

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i

2021-yil

1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(U. Sobirov),
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

9.

Gematologik, onkologik va irsiy immunologik kasalliklarga chalingan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bo‘yicha axborot tizimini joriy etish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil yakuniga qadar

Hisob-kitoblarga asosan

Sog‘liqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari,
grant mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Azizov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(O. Pekos)

10.

Gematologiya va onkologiya kasalliklarida foydalaniladigan dorilar ro‘yxatini ularning samaradorligini hisobga olgan holda har yili yangilab borish.

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i

Har yili

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

11.

Onkologik kasalliklarning og‘ir va davolab bo‘lmaydigan bosqichidagi bemorlar uchun og‘riq qoldiruvchi narkotik noinyeksion vositalarni belgilangan tartibda respublikada ro‘yxatdan o‘tkazish choralarini ko‘rish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2022-yil
1-mart

“Dori-darmon” AK

(U. Salixbayeva),
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

(S. Kariyev)

12.

2019 — 2021-yillarda qurilishi va rekonstruksiya qilinishi rejalashtirilgan, mablag‘lar manbai aniqlanmagan tibbiyot muassasalarini ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Iqtisodiy taraqqiyot

va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(A. Boboyev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

II. Gematologiya xizmatini yanada rivojlantirish

13.

Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazini (keyingi o‘rinlarda — Respublika gematologiya markazi) Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasi manzili bo‘yicha yangi qurilgan binolarga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul joylashtirish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil

1-sentabr

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Qurilishi vazirligi

(B. Zokirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

14.

Yangi binolarni zamonaviy talablar asosida, xususan ularda kattalarva bolalar uchun alohida jarrohlik, jonlantirish, intensiv terapiya, transfuziologiya va transplantalogiya bo‘linmalari, radio diagnostika va radiodavolash bo‘linmasi, bakteriologik laboratoriya, maxsus ovqatlanish bo‘linmasini barpo etish, bolalar ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratishni nazarda tutgan holda qurish ishlarini olib borish va tibbiy texnikalar bilan jihozlash.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil

1-sentabr

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi

(B. Musayev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Qurilish vazirligi

(B. Zokirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

15.

Respublika gematologiya markazi yangi binolarga joylashtirilayotganligini inobatga olgan holda uning tuzilmasi, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini qayta ko‘rib chiqish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yil

1-oktabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(J. Abruyev)

16.

Respublika gematologiya markazi huzurida Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil

1-avgust

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi

(B. Musayev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

17.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarida bolalar gematologiyasi bo‘linmalari negizida umumiy shtatlar va statsionar o‘rinlari doirasida bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo‘linmalarini tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-2022-yillar davomida

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(U. Sobirov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

18.

Qon komponentlarini qabul qiluvchi gematologik kasalliklarga chalingan bemorlarda ushbu jarayonlarning xavfsiz o‘tishini ta’minlashga doir sarf materiallarini xarid qilish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yild?n boshlab
har yili

7,7 mlrd so‘m

Onkogematologik va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

19.

Yoshlar, shu jumladan oliy ta’lim o‘quv yurtlarida tahsil oluvchi talabalar orasida beg‘araz donorlikni targ‘ib qilish bo‘yicha volontyorlik faoliyatini tashkil etish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

Doimiy

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(U. Sobirov),

Milliy gvardiya

(R. Djurayev),
Mudofaa vazirligi

(B. Kurbonov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov),

Yoshlar ishlari agentligi

(A. Sa’dullayev)

20.

Gematologik, onkogematologik va davolanishi qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni “target” dori vositalari bilan ta’minlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yildan boshlab
har yili

7,7 mlrd so‘m

Onkogematologik
va davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan bemorlarni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

21.

Qon preparatlari ishlab chiqarish uchun Respublika qon quyish markazi va “Qon preparatlari” IIChK xalqaro standartlar talablariga javob beradigan ishlab chiqarish va laboratoriya uskunalar bilan jihozlash choralarini ko‘rish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2022-2023-yillar

Hisob-kitoblar asosida

Xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi

(B. Abidov)

22.

Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi filiallarini gen-molekulyar tadqiqotlar o‘tkazish uchun asbob-uskunalar bilan ta’minlash zaruratini o‘rganib chiqish.

Tahliliy material va asoslangan taklif

2021-yil
1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Samarqand va Farg‘ona viloyat hokimliklari

III. Onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish

23.

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (keyingi o‘rinlarda — Respublika onkologiya markazi) uchun Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasining bo‘sh turgan hududida zamonaviy yangi bino-inshootlar kompleksini qurish va jihozlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yil

1-sentabr

Hisob-kitoblarga asosan

Mahalliy budjet va investorlar

mablag‘lari

Toshkent shahar hokimligi

(J. Artikxodjayev),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Qurilish vazirligi

(B. Zokirov)

24.

Aholiga ko‘rsatiladigan onkologiya yordamini takomillashtirish va onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun Davlat budjetidan:

2021-yilda qo‘shimcha 60 �lrd so‘m;

2022-yildan boshlab 125 mlrd so‘m miqdorda mablag‘ ajratish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil

15-iyun

2022-yildan boshlab

60 mlrd so‘m

125 mlrd so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

25.

Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarining “Ayollar maslahatxonalari” tarkibida “Onko-nazorat” (Cancer-nazorat) xonalarini tashkil etish va ularda faoliyat ko‘rsatuvchi shifokorlarni tayyorlash.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil

yakuniga qadar

Hisob-kitoblarga asosan

Ajratilgan budjeti mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(E. Basitxanova),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

26.

Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida “Onko-nazorat” xonalarini jihozlash standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i

2021-yil

1-iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(E. Basitxanova)

27.

“Onko-nazorat” xonalari orqali:

odam papillomasi virusiga — OPV-test usuli bilan skrining dasturini;

ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash bo‘yicha skrining tekshirishlarni joriy qilish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2022 — 2025-yillar

8,3 mlrd so‘m

7,5 mlrd so‘m

Islom taraqqiyot bankining kredit mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(E. Basitxanova)

28.

Qizlar va ayollar orasida onkologik kasalliklar tarqalishini oldini olish va erta diagnostika qilish quyidagi milliy dasturlar asosida amalga oshirish:

9 — 14 yoshdagi o‘smir qizlarni odam papillomasi virusiga qarshi vaksina bilan emlash;

30 — 55 yoshdagi ayollar orasida bachadon bo‘yni va 45 — 65 yoshdagi ayollar orasida ko‘krak bezi saratoni skriningi.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil

1-avgust

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(E. Basitxanova),
Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

29.

Respublika onkologiya markazida tashkil etilgan mammografik skrining nazorati bo‘yicha “screening.mammo.uz” axborot boshqaruv va canser-registr tizimini barcha hududlar kesimida ishga tushirish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil

1-oktabr

1,1 mlrd so‘m

Islom taraqqiyot bankining kredit mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Azizov)

30.

Respublika onkologiya markazida malakali onkolog mutaxassislarni tayyorlash maqsadida simulatsion laparoskopik markazini tashkil etish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2022-yil
1-iyul

Hisob-kitoblarga asosan

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(U. Sobirov),
Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

31.

O‘sma oldi kasalliklar va xavfli o‘smalar, xususan ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratoni kasalliklari bo‘yicha tuman (shahar) miqyosida:

diagnostika va davolash standartlarini;

tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha klinik bayonnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i

2021-yil
1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Inoyatov, U. Sobirov,

E. Basitxanova),
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi
(kelishuv asosida)

32.

Onkologik dori vositalarini mahalliylashtirish choralarini ko‘rish hamda ushbu toifadagi dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini soddalashtirish.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-yil
1-oktabr

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

(S. Kariyev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmanov)

33.

Onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarning og‘ir va davolab bo‘lmaydigan bosqichida ularga narkotik va psixotrop vositalarini buyurish tartibini soddalashtirish, shuningdek, og‘riq qoldiruvchi narkotik noinyeksion vositalarni ro‘yxatga olish va amaliyotga tatbiq etishni yo‘lga qo‘yish.

Ijrochilar qo‘shma qarori

2021-yil

1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(U.Sobirov),
Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),
Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

(S. Kariyev)

34.

O‘sma kasalliklarini immunogistokimyoviy, molekulyar va genetik tekshirishlar uchun yangi reagentlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirilgan tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat lo�ihasi

2021-yil

1-avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi
(U. Sobirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov)

36.

Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha xorijiy davlatlar institutlari filiallarini tashkil etish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil
1-avgust

Hisob-kitoblarga asosan

Investorlar mablag‘lari

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Z. Mirzayev),

Xorazm viloyat hokimligi

(F. Ermanov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Inoyatov)

37.

Respublika onkologiya markazining Namangan va Farg‘ona viloyatlari filiallariga mavjud ehtiyojdan kelib chiqib qo‘shimcha bemor o‘rinlari (koykalar) ajratish.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil
1-avgust

Hisob-kitoblarga asosan

Mahalliy va respublika budjetlarining mablag‘lari

Namangan viloyati hokimligi

(Sh. Abdurazzakov),

Farg‘ona viloyati hokimligi

(X. Bozorov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(U. Sobirov)

38.

Respublika onkologiya markazining Samarqand viloyati filialiga ajratilgan 3-sonli tug‘ruq kompleksi binosini ta’mirlash.

Amaliy
chora-tadbirlar

2021-yil
1-avgust

Hisob-kitoblarga asosan

Mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari

Samarqand viloyati hokimligi

(E. Turdimov)

39.

Tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada faoliyat yurituvchi onkolog shifokorni Respublika onkologiya markazining viloyatlardagi filiali rahbarining tavsiyasi asosida lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish tizimini joriy etish.

Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i

2021-yil
1-sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Xadjibayev)

40.

Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti huzuridagi “Radiopreparat” davlat korxonasi faoliyatini o‘rganish hamda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan onkologik kasalliklar sohasida foydalaniladigan radiofarmatsevtik preparatlarni respublika tibbiyot tashkilotlarida qo‘llanilishi hajmini kengaytirish choralarini ko‘rish.

Amaliy
chora-tadbirlar

doimiy

Yadro fizikasi instituti
(I. Sodiqov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(U. Sobirov)

(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi