Alohida hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektning ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlari monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan to‘g‘ri deb topilishi mumkin, basharti xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z harakatlarining ijobiy samarasi, shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi ijobiy samarasi ko‘rib chiqilayotgan tovar bozori uchun salbiy oqibatlardan ortiq bo‘lishini isbotlay olsa.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va
to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik subyektlarini qo‘shib yuborish, birlashtirish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan shaxslar yoki organlar monopoliyaga qarshi davlat organiga quyidagilarni taqdim etadilar:
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi va
to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda xo‘jalik yurituvchi subyektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar tugatilishi munosabati bilan ularni reyestrdan chiqarish to‘g‘risida yozib qo‘yish ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan faqat monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olib amalga oshiriladi.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan bitimlarni tuzish uchun shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organiga bunday bitimlarni tuzish uchun rozilik berish haqida iltimosnoma taqdim etishlari va qaror chiqarish uchun zarur bo‘lgan axborotni ma’lum qilishlari lozim.