Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.01.2019
Hujjat 02.02.2012 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risidagi” Qonuniga asosan, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi qaror qiladi:
2. Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qo‘mitasi tomonidan 1999-yil 27-iyulda 12-son bilan tasdiqlangan “Korxonalarning iqtisodiy nochorligini aniqlash bo‘yicha mezonlar tizimi” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin (1999-yil 25-avgust, ro‘yxat raqami 803 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 10-son).
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-y., 11-son, 81-modda) muvofiq ishlab chiqilgan va iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan sudgacha sanatsiya yoki bankrotlik taomilini qo‘llash takliflarini ishlab chiqish maqsadida, mulkida davlat ulushi mavjud bo‘lgan hamda yirik korxonalarning moliyaviy holatini tashhis qilish orqali iqtisodiy tavakkalchilik va iqtisodiy nochorlik alomatlarini aniqlash uchun korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini monitoring va tahlil qilish mezonlarini belgilaydi.
Muddati uch oydan ortiq o‘tgan qarz haqidagi ma’lumotlar Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrda 140-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (AV, 2003-yil 24-yanvarda 1209-son bilan ro‘yxatga olingan) Buxgalteriya balansi 1-sonli shaklining 602-satr 4-ustunidan yoki Buxgalteriya balansiga ilova “Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrovkasi”ning 4-satr 3-ustunidan olinadi (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son).
12. “Iqtisodiy tavakkalchilik” guruhiga kiruvchi korxonalar III bo‘limning 5-bandida ko‘rsatilgan to‘lov qobiliyatiga ega emaslik belgilari yoki III bo‘limning 7-8-bandlarida ko‘rsatilgan past rentabellik va moliyaviy tavakkalchilik belgilari mavjudligiga qarab aniqlanadi.
eng kam oylik ish haqining besh yuz borabaridan kam bo‘lmagan muddati o‘tgan kreditorlik qarzdorligi mavjud korxona — yuridik shaxs to‘lov qobiliyatiga ega emaslik, past rentabellik (zarar) va III bo‘limning 6-bandida ko‘rsatilgan o‘z aylanma mablag‘lari bilan ta’minlanmaganlik belgilari mavjud bo‘lsa, u korxona “to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega emas” kichik guruhiga mansub bo‘ladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi