Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

Hujjat 10.09.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6191-son Farmoni, 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qaroriga muvofiq, shuningdek, mamlakatning turistik jozibadorligini oshirish, chet el talabalariga O‘zbekistonda ta’lim olish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish hamda xorijdagi fuqarolarimizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi:

ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan 16 yoshigacha;

16 yoshga to‘lganda;

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi olinganda;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti yoki ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda.

ID-karta olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:

belgilangan shakldagi ariza-anketa;

ilgari berilgan pasport yoki ID-karta;

tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);

vakolatli organning qarori (ID-karta ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilganida);

davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitansiya majburiy emas).

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Ma’lumotlarni yig‘ish punkti (ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, davlat xizmatlari markazlari)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida:

arizachining biografik ma’lumotlarini tizimga kiritadi;

shaxsning elektron ko‘rinishdagi qo‘l barmoq izlarini yig‘adi;

shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi;

ID-kartani rasmiylashtirish uchun elektron ta�abnoma shakllantiradi.

Ariza berilgan kun davomida

3-bosqich

Davlat personallashtirish markazi

ID-karta olish uchun ariza topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjudligi va to‘g‘riligini tekshiradi;

a) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmagan holda:

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantiradi va shakllantirilgan elektron talabnomani ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi;

b) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lsa:

shakllantirilgan elektron talabnomani ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi.

Axborot tizimi vositasidareal vaqt rejimida

4-bosqich

Ma’lumotlarni yig‘ish punkti

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini personallashtiradi va beradi.

Hujjatlar to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng bir ish kuni davomida

5-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi

Quyidagi holatlarda ID-kartani tiklash yoki almashtirish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ariza bilan murojaat qiladi:

ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda;

ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;

ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda yoki ID-kartaga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganda, ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan.

Holat yuz berganda besh ish kuni ichida

6-bosqich

Ma’lumotlarni yig‘ish punkti

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtiradi va beradi.

ID-kartani tiklash yoki almashtirish uchun ariza berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida

7-bosqich

Ichki ishlar vazirligi

16 yoshga to‘lgan fuqarolarga identifikatsiya ID-kartalari berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasi va AT “Xalq banki”ga taqdim etadi.

Real vaqt rejimida

8-bosqich

Davlat soliq qo‘mitasi

Identifikatsiya ID-kartalari berilgan 16 yoshga to‘lgan fuqarolarni soliq to‘lovchi sifatida hisobga oladi.

Ma’lumotlar olingan kuni

9-bosqich

AT “Xalq banki”

Identifikatsiya ID-kartalari berilgan 16 yoshga to‘lgan fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga oladi.

Ma’lumotlar olingan kuni

10-bosqich

Ichki ishlar vazirligi

Fuqaroning biografik ma’lumotlari o‘zgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda bu haqidagi ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasi va AT “Xalq banki”ga taqdim etadi.

O‘zgarish bo‘lgan kuni real vaqt rejimida

”.

ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs:

ota-onalar, vasiylarning (homiylarning) ixtiyoriga ko‘ra — bola tug‘ilgandan 16 yoshigacha;

16 yoshga to‘lganda;

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqanda yoki fuqarolikni yo‘qotganda;

O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki ID-kartaning amal qilish muddati tugaganda.

ID-karta olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga quyidagilarni taqdim etadi:

belgilangan shakldagi ariza-anketa;

chet davlat fuqarosining milliy pasporti (O‘zbekiston Respublikasida doimiy ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi uchun ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);

ilgari berilgan yashash guvohnomasi yoki ID-karta;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasi (O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqqan yoki fuqarolikni yo‘qotgan holatda);

tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma (ID-karta birinchi marotaba rasmiylashtirilayotganda);

vakolatli organlar tomonidan berilgan arizachining fuqaroligi tugaganligini tasdiqlaydigan hujjat (chet davlat fuqaroligidan chiqqan yoki yo‘qotgan holatda);

davlat boji to‘langanligi haqida kvitansiya (elektron to‘lov tizimlari orqali to‘langanda kvitansiya majburiy emas).

Zaruratga ko‘ra

2-bosqich

Ma’lumotlarni yig‘ish punkti (ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari, davlat xizmatlari markazlari)

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida:

arizachining biografik ma’lumotlarini tizimga kiritadi;

shaxsning elektron ko‘rinishdagi qo‘l barmoq izlarini yig‘adi;

shaxsni old tomondan raqamli formatda suratga oladi;

ID-kartani rasmiylashtirish uchun elektron talabnoma shakllantiradi.

Ariza berilgan kun davomida

3-bosqich

Davlat personallashtirish markazi

ID-karta olish uchun ariza topshirgan O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjudligi va to‘g‘riligini tekshiradi;

a) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lmagan holda:

jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini shakllantiradi va shakllantirilgan elektron talabnomani ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi;

b) arizachida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami mavjud bo‘lsa:

shakllantirilgan elektron talabnomani ma’lumotlarni yig‘ish punktiga yuboradi.

Axborot tizimi vositasida real vaqt rejimida

4-bosqich

Ma’lumotlarni yig‘ish punkti

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini personallashtiradi va beradi.

Hujjatlar to‘liq qabul qilib olingandan so‘ng bir ish kuni davomida

5-bosqich

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs

Quyidagi holatlarda ID-kartani tiklash yoki almashtirish uchun ma’lumotlarni yig‘ish punktiga ariza bilan murojaat qiladi:

ID-karta yo‘qotib qo‘yilganda;

ID-karta yoki chip yaroqsiz holga kelganda;

ID-karta egasining familiyasi, ismi, otasining ismi, millati, tug‘ilgan sanasi, jinsi o‘zgarganda yoki ID-kartaga kiritilgan ma’lumotlarda noaniqliklar mavjudligi aniqlanganda, ushbu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan.

Holat yuz berganda besh ish kuni ichida

 

6-bosqich

Ma’lumotlarni yig‘ish punkti

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida unga ID-kartani rasmiylashtiradi va beradi.

Ariza berilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida

7-bosqich

Ichki ishlar vazirligi

16 yoshga to‘lgan shaxslarga identifikatsiya

ID-kartalari berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat soliqqo‘mitasi

va AT “Xalq banki”ga taqdim etadi.

Real vaqt rejimida

8-bosqich

Davlat soliq qo‘mitasi

Identifikatsiya ID-kartalari berilgan 16 yoshga to‘lgan shaxslarni soliq to‘lovchi sifatida hisobga oladi.

Ma’lumotlar olingan kuni

9-bosqich

AT “Xalq banki”

Iden�ifikatsiya ID-kartalari berilgan 16 yoshga to‘lgan shaxslarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga oladi.

Ma’lumotlar olingan kuni

10-bosqich

Ichki ishlar vazirligi

Shaxsning biografik ma’lumotlari o‘zgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda yoki bekor qilinganda bu haqidagi ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasi va AT “Xalq banki”ga taqdim etadi.

O‘zgarish bo‘lgan kuni real vaqt rejimida

”.

o‘n beshinchi xatboshi o‘n oltinchi xatboshi deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi