Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5116-son qaroriga muvofiq tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarga yordam ko‘rsatish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 665-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/665/0942-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar

1.

Hududlardagi ko‘rsatkich va holatlar o‘rganilgan holda, xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha manzilli dasturlarni tasdiqlash.

Chora-tadbirlar dasturi

Bir hafta muddatda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatadigan psixologlarning o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish borasidagi tajribalarini oshirish maqsadida metodik qo‘llanma va tavsiyalar ishlab chiqish.

Metodik qo‘llanma
va tavsiyalar ishlab chiqish

2021-yil dekabr

Xalq ta’limi vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti

3.

Mahallalarda fuqarolar yig‘ini raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma’naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari va bevosita aholi bilan ishlaydigan mutasaddi tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun ruhiy bemorlar, ruhiyatida yuz bergan o‘zgarishlar tufayli o‘z joniga suiqasd qilgan shaxslar bilan ishlashga qaratilgan adabiyotlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish va chop etishni tashkil etish.

O‘quv-metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqish
va chop etish

2022-yil

yanvar mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

“Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti

II. Xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar

4.

O‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘p sodir etiladigan hududlarda tajribali psixolog mutaxassislarni jalb etgan holda “Psixolog qabuli”, “Biz sizni eshitamiz”, “Psixolog bilan uchrashuv” kabi mavzularda fuqarolar bilan yakka tartibda uchrashuvlarni tashkil etish hamda uchrashuvlar natijasini tahlil qilib, manzilli choralar belgilash.

Uchrashuvlar

tashkil etish

Alohida tasdiqlangan reja asosida

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

mahalladagi xotin-qizlar faoli bilan hamkorlikda har bir mahallada istiqomat qilayotgan muammoli oilalarni aniqlash, muammolar sabablarini o‘rganish va har bir oilaga tegishli mutaxassislarni (mahalla faollari, fuqarolar yig‘ini huzuridagi jamoatchilik komissiyalari a’zolari, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, yoshlar ishlari agentligi vakillari, din ulamolari va h.k.) biriktirish hamda profilaktika ishlarini olib borish.

Muammoli oilalarni aniqlash va tegishli mutaxassislarni biriktirish

profilaktik ishlarni olib borish

2021-yil

noyabr



muntazam

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

O‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘p sodir etilayotgan hududlarda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan (zo‘ravonlikni boshidan kechirgan, yaqin odamini yo‘qotgan va boshqalar) xotin-qizlar va yoshlar uchun maxsus xizmatlar faoliyatini tashkil etish va ularga manzilli ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

muntazam

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Ayollarni reabilitatsiya qilish
va moslashtirish respublika markazi,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,
Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Mahallalarda tibbiy patronaj xizmatlari orqali ruhiy kasallangan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga tibbiy-psixologik xizmatlarni ko‘rsatish samaradorligini oshirish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

muntazam

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

8.

O‘z joniga suiqasd qilgan xotin-qizlarni sog‘lom hayotga to‘liq qaytarish maqsadida ularning har biriga alohida kompleks choralar belgilash va ijrosini nazoratga olish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

muntazam

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Respublikaning olis hududlarida yashovchi aholi orasida ruhiy kasal yoki ruhiyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarga moyilligi bo‘lgan shaxslar va ularning oila a’zolari ishtirokida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish.

Reja grafik tasdiqlash

alohida reja asosida muntazam

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan:

tarbiyaviy soatlarda bolalar va o‘quvchilar o‘rtasida ota-onaga hurmat, oila muqaddasligi, hayotning qadriga yetish kabi masalalarda suhbatlar tashkil etish;

ota-onalar majlislarida bola tarbiyasining nozik jihatlari, ularni kamsitmaslik, ruhiyatiga ta’sir etuvchi jazo choralarini qo‘llamaslik va boshqa shu kabi tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan mavzularda tushuntirish ishlarini olib borish.

Reja grafik tasdiqlash va uning asosida suhbatlar tashkil etish

Reja-grafik asosida

Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Bolalar huquqlari himoyasini ta’minlaydigan mexanizmlarni, jumladan, barcha muassasa va xizmatlarda bolalar huquqlarining buzilish holatlari to‘g‘risida tezkor xabardor qilishni joriy etish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

muntazam

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Ichki ishlar vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Hududlarda muammoli oilalarga hayotiy tajribaga ega bo‘lgan obro‘li keksa avlod vakillarini biriktirish va shu orqali oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishga ko‘maklashish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

muntazam

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Teleradiokanallar orqali oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida oilaning muqaddasligi, hayotning qadriga yetish va psixolog maslahat ruknlarini tashkil etish va muntazam efirga uzatib borish.

Media-reja tasdiqlash va amalga oshirish

2021-yil noyab?

Milliy teleradiokompaniya,
Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xalq ta’limi vazirligi,
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

Muqaddas diniy kitoblarda o‘z joniga qasd qilish eng yomon salbiy holat ekanligi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini faollashtirish.

Targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini tashkil qilish

Reja grafik asosida

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Aholi o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish ishlariga hududlardagi nodavlat tashkilotlarni jalb etish.

Bunda o‘z joniga qasd qilishga uringan, kuchli ruhiy tushkunlikka tushgan fuqarolar bilan sh�g‘ullanish borasida maxsus loyihalar tashkil etish.

Nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish memorandumini imzolash

2021-yil

noyabr

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi (kelishuv asosida)

16.

O‘z joniga qasd qilishning oldini olish sohasida belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qilib borish bo‘yicha ommaviy axborot vositalarida brifing va matbuot anjumanlarini o‘tkazish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Har chorakda kamida
bir marotaba

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Milliy teleradiokompaniya,
Milliy axborot agentligi,
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi

17.

Televideniye va kinoteatrlarda namoyish etilayotgan badiiy va videofilmlarni, reklama roliklarini oila muqaddasligi, yoshlar ma’naviyatiga hamda ularning hulq-atvoriga salbiy ta’sir etish nuqtai nazaridan tahlil qilib borish va bu borada tegishli takliflarni kiritish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

Respublika Ma’naviyat va ma’rifatmarkazi, Milliy teleradiokompaniya, Kinematografiya agentligi, Axborot
va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

18.

Ruhiy muammolar, jumladan, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bilan ishlovchi xizmatlar bilan aholini tanishtirish. (Sog‘liqni saqlash, fuqarolar yig‘ini, ta’lim muasassalari va boshqa joylarda mazkur xizmatlar telefon raqamlari va xizmat turlari haqidagi ma’lumotlarni joylashtirish)

Tashkiliy

chora-tadbirlar

Belgilangan muddatlarda

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

Xalq ta’limi vazirligi

III. Xotin-qizlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha kadrlar tayyorlash va xalqaro hamkorlik

19.

Aholi, ayniqsa, ruhiy kasal yoki ruhiyatning o‘zgarishi bilan bog‘liq boshqa kasalliklarga moyilligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish sohasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish.

Qo‘shma qaror ishlab chiqish

2021-yil dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,
Xalq ta’limi vazirligi

20.

O‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan ishlash sohasida xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish, shu jumladan, xorijiy davlatlarga tashrif buyurish orqali tajriba almashish.

Tashkiliy tadbirlar

2021-2022-yillarda

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Sog‘liqni saqlash, pedagog-psixologlarni attestatsiya qilish jarayonida mutaxassislarni o‘z joniga qasd qilishning oldini olish bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega ekanligi yuzasidan bilimlarini aniqlash.

Tashkiliy
chora-tadbirlar

2021-2022-yillarda

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi

22.

Xorijiy mutaxassislar ishtirokida xalqaro ilmiy konferensiyalar, mahorat darslari, seminarlar tashkil etish va o‘tkazish.

Tadbirlar
jadvali ishlab chiqish

2021-yil

noyabr

grafikni tasdiqlash

2022-yil

davomida

amalga oshirish

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi, ichki ishlar vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,

“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son)

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi