O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi PQ-4796-son “O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Mazkur davlat standarti O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlari, shuningdek YUNESKO (UNESCO) tomonidan joriy qilingan “Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasi” (TXSK 2011) va “TXSK: Ta’lim va kasbiy tayyorlash sohalari”ga (TXSK-S 2013) muvofiq ishlab chiqilgan.
8.2. Malaka talablari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining har biri bo‘yicha mazkur davlat standarti, “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori”, milliy malaka ramkasi, kasb standartlari, kadrlar buyurtmachilari, ish beruvchi korxona, tashkilot va muassasalarning talab va ehtiyojlariga muvofiq ishlab chiqiladi.
muqovada oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi nomi, oliy ta’lim muassasasi nomi, “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori”ga muvofiq tegishli bilim, ta’lim sohalari va ta’lim yo‘nalishi (mutaxassislik)larining kodi va nomlari, harakatdagi o‘quv rejasiga muvofiq fanning to‘liq nomi, tasdiqlangan sanalari va belgilari ko‘rsatiladi;
o‘quv dasturlar o‘quv rejalarda belgilangan har bir o‘quv fani bo‘yicha mazkur davlat standarti, “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti. Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori”, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari hamda o‘quv rejalariga muvofiq davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;