[
OKOZ:
1.
14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.01.00.00 Sog‘liqni saqlash / 14.01.08.00 Aholining sanitariya-epidemiologik sog‘lomligi / 14.01.08.02 Sanitariya va gigiyena me’yorlari hamda qoidalari;
2.
16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.08.00 Sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi]
[
TSZ:
1.
Ijtimoiy-madaniy masalalar / Sog‘liqni saqlash. Sanitariyaga oid qonun hujjatlari]
O‘zbekiston Respublikasining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari
Radiotexnik inshootlarni joylashtirish va ulardan foydalanishga qo‘yiladigan gigiyenik talablar
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 16-noyabrda hisobga olindi, hisob raqami 54-son]
ID-52031 (V-2)
SanQvaN № 0019-21
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (keyingi o‘rinlarda — sanitariya qoidalari) 30 kNz — 300 GNz chastota diapazonida ishlaydigan radiotexnik inshootlarni joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha gigiyenik talablarni belgilaydi.
2. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
antenna — radio to‘lqinlarni qabul qilish yoki tarqatish uchun mo‘ljallangan vosita;
antenna inshooti — radiotexnik inshoot jihozlarining bir qismi bo‘lib, antennalarni joylashtirish uchun qurilma;
ikkilamchi nurlanish — elektromagnit energiyasini radiotexnik inshoot tomonidan tarqatiladigan elektromagnit maydonlarining ta’sirida hududdagi turli xil qurilma va inshootlar tomonidan qayta nurlanishi;
passiv himoya — elektromagnit ta’sir qiladigan hududni yoki ushbu hududda joylashgan aniq qurilma va inshootlarni elektromagnit maydon ta’siridan himoya qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan tashkiliy va texnik tadbirlar.
radiotexnik inshoot — umumiy maydonda joylashgan bir yoki bir nechta antennada ishlaydigan bir yoki bir nechta radio to‘lqin uzatgichlar;
radioto‘lqin uzatgich — radiochastotali nurlanishlarni hosil qiladigan qurilma;
sanitariya muhofaza zonasi — aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida radiotexnik inshoot va turar joylar oralig‘ida ajratilgan maxsus hudud;
sanitariya-epidemiologiya xulosasi — xo‘jalik va boshqa faoliyat turlari, mahsulotlar, ishlar va xizmatlar, shuningdek loyiha hujjatlari, qurilish loyihalari va foydalanish hujjatlari hamda elektromagnit maydoni darajasi o‘lchov natijalarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini tasdiqlovchi radiotexnik inshootning sanitariya pasporti;
sanitariya-epidemiologiya ekspertizasi — O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (keyingi o‘rinlarda — Sanitariya-epidemiologiya xizmati) organlari mutaxassislarining loyiha hujjatlari, inshootning xo‘jalik va boshqa faoliyati va jihozlar (mahsulotlar) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha faoliyati;
faol himoya — elektromagnit maydonidan himoya qilishning faol usullari va vositalari bo‘lib, nurlanish manbasida nurlanish quvvatini kamaytirish, antenna tizimlarining nur tarqatish xususiyatini va texnik jihozlarning ishlash tartibini o‘zgartirish nazarda tutilgan chora-tadbirlar;
elektromagnit maydon ta’siridan himoya qilish — aholini va atrof-muhitni elektromagnit maydon ta’siridan himoya qilish bo‘yicha tashkiliy, texnik va tibbiy-profilaktik choralar majmui.
3. Mazkur sanitariya qoidalari radiotexnik inshootlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va undan foydalanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar uchun mo‘ljallangan.
II. O‘lchov birliklari va ruxsat etilgan darajalar
4. Radiotexnik inshootlarning radiochastota diapazonidagi elektromagnit maydonlarining aholiga ta’siri quyidagicha baholanadi:
30 kNz — 300 MNz chastota diapazonida — elektr maydon kuchlanishining o‘rtacha kvadrat qiymati bo‘yicha (E), V / m;
300 MNz — 300 GNz chastota diapazonida — energiya oqimi zichligining o‘rtacha qiymati bo‘yicha (EOZ) mW / sm
2
.
elektr maydon energiyasi miqdori (EMEM), magnit maydon energiyasi miqdori (MMEM) va energiya oqimi zichligi (EOZ) bo‘yicha radiotexnik inshootga xizmat ko‘rsatadigan xodimlarga elektromagnit maydonining ta’siri baholanadi.
30 MNz — 300 MNz chastota diapazonlaridagi nurlanishlar energiyasi ta’siri quyidagi formulada hisoblanadi:
EMEM = E
2
∙T, (V/m) soat; MMEM = M
2
∙ T (A/m)
2
∙ soat, bunda:
E — elektr maydoni kuchlanishi;
M — magnit maydoni kuchlanishi.
300 MNz — 300 GNz chastota diapazonlaridagi nurlanishlar energiyasi miqdori ta’siri quyidagi formulada hisoblanadi:
EM
EOZ
= EOZ ∙ T, (W/m
2
) soat, mW/sm
2
, bunda:
T — ta’sir vaqti, soatda.
5. Turar-joy va jamoat binolari hamda aholi yashash joylari hududida radiotexnik inshootlarning antennalaridan hosil bo‘lgan elektromagnit maydonining quyidagi miqdorlariga ruxsat etiladi:
30 MNz gacha bo‘lgan chastota diapazonida — 1 V/m;
30 MNz — 300 MNz chastota diapazonlarida — 3 V/m;
300 MNz — 300 GNz chastota diapazonlarida — 10 mW/sm
2
.
6. Turar-joy va jamoat binolarida o‘rnatilgan tayanch tarmoqlarini ta’minlovchi va quvvatlovchi uskunalardan sanoat chastotasida (50 Nz) hosil bo‘ladigan elektr maydonining kuchlanish darajasi 0,5 kv/m dan oshmaydigan miqdorda bo‘lishi kerak.
III. Radiochastota diapazonidagi elektromagnit maydonining nurlanish manbalariga qo‘yilgan talablar
7. Jihozlarga bo‘lgan normativ va foydalanishga oid hujjatlarda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak:
a) normativ hujjatlarda — jihozlarni qo‘llash sharoitlari va sohalari, jihozlardan foydalanish davrida fizik omillarni ehtimoliy salbiy ta’sirining gigiyenik ahamiyati bo‘yicha ko‘rsatgichlar, zararli omillarning ruxsat etilgan haqiqiy darajasini nazorat qilish qoidalari va usullari hamda qabul qilish qoidalari;
b) foydalanish hujjatlarida — jihozlarni qo‘llash sharoitlari va sohalari, jihozning xususiyatlari va gigiyenik muhim ko‘rsatgichlari (radiochastota diapazonidagi elektromagnit nurlanishning insonga ta’sir darajasi, mahsulotdan foydalanishda xavfsizlik choralari, o‘tkir kasallik sodir bo‘lganda birlamchi choralar ko‘rsatish, berilgan sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatilgan gigiyenik xulosa).
IV. Radiotexnik inshootlarga belgilangan gigiyena talablari
8. Radiotexnik inshootga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xodimlarning ish o‘rinlarida radiochastota diapazonidagi elektromagnit nurlanishning sanoat sharoiti uchun belgilangan darajasi xodimlar ish o‘rinlarida 8 soat bo‘lishi mumkin bo‘lganda 25 mW/sm
2
, 12 soat bo‘lishi mumkin bo‘lganda esa 16,6 mW/sm
2
dan oshmasligi kerak.
9. Ommaviy dam olish joylarida, turar-joy binolari ichida, jamoat va ishlab chiqarish binolarida radiotexnik inshootlarda hosil bo‘ladigan radiochastota diapazonidagi elektromagnit maydon darajasi ikkilamchi nurlanishni hisobga olgan holda ushbu sanitariya qoidalarining
5-bandida
belgilangan darajadan oshmasligi kerak.
10. Bir vaqtda bir necha manbalardagi nurlanishlar ruxsat etilgan darajadan oshmasligi kerak. Bunda bir xil miqdordagi ruxsat etilgan daraja quyidagi shart asosida belgilanadi:
E
i
— elektromagnit maydoni manbasini i-son ostida hosil qilinadigan, elektr maydoni kuchlanishi;
EOZ
i
— elektromagnit maydoni manbasini i-son ostida hosil qilinadigan, energiya oqimi zichligi;
E
red
— normallashtirilgan diapazondagi elektr maydoni kuchlanishining ruxsat etilgan darajasi;
EOZ
red
— normallashtirilgan diapazondagi energiya oqimi zichligi;
n — elektromagnit maydonlari manbalari soni.
Bir vaqtda bir necha manbalardagi nurlanishlar ruxsat etilgan darajadan oshmasligi kerak, bunda har xil miqdordagi ruxsat etilgan daraja quyidagi shart asosida belgilanadi:
OEZ
summk
— normallashtirilgan diapazonda elektromagnit maydoni manbalari tomonidan hosil qilingan umumiy energiya oqimining zichligi;
OEZ
redk
— normallashtirilgan diapazonda energiya oqimi zichligining ruxsat etilgan darajasi;
m
— elektr maydoni kuchlanishi normallashtirilgan diapazonlar soni;
q
— energiya oqimi zichligi normallashtirilgan diapazonlar soni;
11. Radiotexnik inshootlarda hosil bo‘ladigan elektromagnit nurlanishlarni kamaytirish maqsadida antenna atrofidagi turar-joy binolariga nisbatan eng baland joyga joylashtiriladi.
12. Radiotexnik inshootlarning texnik va unga tutash hududida turar-joy va jamoat binolari qurilishiga ruxsat etilmaydi.
13. Radiotexnik inshootlarda hosil bo‘ladigan elektromagnit nurlanishlarning salbiy ta’siridan aholini himoya qilish uchun sanitariya muhofaza zonasi va qurilish cheklangan hudud tashkil etiladi.
14. Radiotexnik inshoot atrofida yuzaga keladigan elektromagnit maydon bulutining elektromagnit maydon nurlanish darajasi ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgan masofagacha bo‘lgan qismi sanitariya muhofaza zonasi, ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lmagan qismi qurilish cheklangan hudud hisoblanadi.
Ushbu zona va hududning kengligi Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy boshqarmalari tomonidan loyiha hujjatlarini sanitariya-epidemiologik ekspertizadan o‘tkazish natijasi bo‘yicha aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Bosh davlat sanitariya vrachlari tomonidan belgilanadi.
15. Radiotexnik inshoot va aholi yashash joylarining istiqbolli rivojlanishini hisobga olgan holda sanitariya muhofaza zonasi va qurilish cheklangan hudud tashkil etiladi.
16. Sanitariya muhofaza zonasi va qurilish cheklangan hudud hisoblash yo‘li bilan, xususan, radiochastota diapazonidagi elektromagnit maydoni darajasini o‘lchash yo‘li Bilan aniqlanadi.
17. Ma’lum bir hududga yo‘naltirilgan yoki takrorlanadigan nurlanish antennalariga ega bo‘lgan radiotexnik inshootlar uchun sanitariya muhofaza zonasi va qurilish cheklangan hudud elektromagnit energiya nurlarining yon va orqa tomon yo‘nalishi kengligini hisobga olgan holda belgilanadi.
Takrorlanadigan nurlanish antennalariga ega bo‘lgan radiotexnik inshootlardan tarqalayotgan elektromagnit maydoni nurlanish darajalari antennalarning asosiy nurlanishlari yo‘naltirilgan joylarda o‘lchanadi.
Elektromagnit maydoni nurlanishlar aylanma yoki ma’lum bir hududga yo‘naltirilmagan radiotexnik inshootlar uchun sanitariya muhofaza zonasi va qurilish cheklangan hudud aylanma shaklda belgilanadi.
18. Elektromagnit energiya nurlanishlarini ma’lum bir burchak ostida tarqatadigan radiotexnik inshoot antennalari radiochastota diapazonining elektromagnit nurlanishi intensivligi uning balandligiga qarab o‘zgaradi. Ushbu holatda qurilish cheklangan hudud turar-joy binolarining balandligiga vertikal ravishda tashkil etiladi.
19. Amaldagi radiotexnik inshootlarning sanitariya muhofazasi zonasida aholi yashashi uchun turar-joy binolari, davolash-profilaktika muassasalari va sanatoriylar, barcha turdagi ta’lim muassasalari va boshqa insonlar turishi uchun mo‘ljallangan binolarning qurilishiga ruxsat berilmaydi.
20. Radiotexnik inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash va kengaytirish mazkur sanitariya qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
21. Nurlanish quvvati samaradorligi 100 W dan 1000 W gacha bo‘lgan 3 — 30 MNz chastota diapazonli havaskor radiostansiya antennalar va 26,5 — 27,5 MNz chastota diapazonli fuqarolik radiostansiya antennalar joylashtirilgan joydan 10 metr masofadan kam bo‘lmagan hududga odam kira olmasligi ta’minlanishi kerak. O‘rnatilgan antenna bino tomidan 1,5 metr balandlikda, shu bilan birga uning har qanday nuqtasidan va nurlanish yo‘nalishidan qat’iy nazar qo‘shni binogacha 10 metrlik masofa bo‘lishi kerak.
22. Nurlanish quvvati samaradorligi 1000 W dan 5000 W gacha havaskor radiostansiya va fuqarolik radiostansiya antennalar joylashtirilgan joydan 25 metrdan kam bo‘lmagan masofaga odam kirishi va bino joylashtirilishiga ruxsat berilmaydi. Bino tomida 5 metr balandlikda antenna o‘rnatiladi.
23. Radiotexnik inshootni (shu jumladan, havaskor va fuqarolik radiostansiyalar) alohida o‘rnatilgan ustunlarda joylashtirish tavsiya etiladi.
Radio to‘lqin tarqatuvchi antennalar turar-joy, jamoat va boshqa binolar tomida mazkur sanitariya qoidalarining
5
,
10
,
11
,
21
,
22-bandlari
va mazkur bandning
birinchi xatboshisi
talablariga rioya etilgan holda joylashtirilishi mumkin.
V. Radiotexnik inshootlarda hosil bo‘ladigan radiochastota diapazonidagi elektromagnit maydon darajalarini nazorat qilishga qo‘yiladigan talablar
24. Radiotexnik inshoot tomonidan tarqatiladigan elektromagnit maydoni darajasini nazorat qilishda uslubiy qo‘llanmalar asosida o‘lchovlar o‘tkaziladi va hisoblash usullaridan foydalaniladi.
25. Loyihalashtirilayotgan, qayta ta’mirlanayotgan, kengaytirilayotgan va foydalanishga topshirilayotgan radiotexnik inshootlarni elektromagnit maydon ta’sirini baholash hisoblash usuli orqali amalga oshiriladi.
Hisoblash usuli uchun radiotexnik inshoot uzatuvchi vositalarning turi, ishchi chastotasi, quvvati, ish tartibi, antenna turi, uning tavsiflari va joylashuvi, joyning relyefi, qayta aks beradigan yuza mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
Radiolokatsiya tizimi uchun impulslarning chastotasi, davomiyligi va antennaning aylanish chastotasi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
26. Radiotexnik inshootlar va uning jihozlaridan tarqalayotgan elektromagnit maydon darajalarini nazorat qilish uchun o‘lchov usullaridan foydalaniladi. Bunda nurlantiruvchi vositalar o‘rnatilgan ish tartibida va maksimal quvvatda ishlab turishi lozim.
27. Elektr (magnit) maydon kuchlanishlarining o‘rtacha kvadrat qiymatini aniqlashdagi o‘lchovlar, radiotexnik inshootlarda hosil bo‘ladigan 30 kNz-300 MNz chastota diapazonlarida amalga oshiriladi.
28. Energiya oqimi zichligining o‘rtacha qiymatini aniqlashdagi o‘lchovlar, radiotexnik inshootlarda hosil bo‘ladigan 300 MNz — 300 GNz chastota diapazonlarida amalga oshiriladi.
29. O‘lchov vositalari o‘rnatilgan tartibda metrologik ko‘rikdan o‘tkazilishi hamda ularda qiyoslov guvohnomasi bo‘lishi talab etiladi. Ushbu o‘lchov uskunalarining nisbiy xatolik chegarasi ± 30% dan oshmasligi kerak.
30. O‘lchov uskunalarining nisbiy xatolik chegarasini hisobga olgan holda o‘lchov natijalariga gigiyenik baho beriladi.
31. Elektromagnit maydoni 300 MNz — 300 GNz chastota diapazondagi nurlanish darajalarini aniqlash uchun energiya oqimi zichligi o‘rtacha kvadrat qiymatini o‘lchash uchun mo‘ljallangan vositalardan foydalaniladi.
Elektromagnit maydoni nurlanish darajalarining o‘rtacha kvadrat qiymatini o‘lchash uchun mo‘ljallangan o‘lchov uskunalaridan foydalanishga ruxsat etiladi. Bunda elektr maydoni kuchlanish darajasi o‘lchangan ko‘rsatgichning energiya oqimi zichligi quyidagi formula orqali qayta hisoblab chiqiladi:
EOZ = E
2
/3,77 (mW/sm2 ), bunda E — elektr maydon kuchlanishining darajasi.
32. Elektromagnit maydoni o‘lchov ishlari quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
radiotexnik inshootni foydalanishga qabul qilishda;
radiotexnik inshoot uchun berilgan sanitariya-epidemiologik xulosani qayta rasmiylashtirishda;
elektromagnit maydon darajalariga ta’sir etuvchi radiotexnik inshootning ish tartibi va mehnat sharoitiga o‘zgartirish kiritilganda (antennalar yo‘nalishining o‘zgarishi, uzatgich quvvatining oshishi va boshqalar);
elektromagnit maydon darajasini pasaytirish bo‘yicha olib borilgan chora-tadbirlardan so‘ng;
radiotexnik inshoot o‘rnatilib, ishga tushirilgandan keyin bir yilda bir marta;
radiotexnik inshoot jihozlarini sanitariya-epidemiologik ekspertizadan o‘tkazishda.
VI. Radiotexnik inshootlardan tarqaladigan elektromagnit maydon nurlanishlarining inson salomatligiga salbiy ta’sirining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar
33. Elektromagnit maydon manbasi mavjud bo‘lgan kasbda ishlayotgan xodimlarni elektromagnit maydonining salbiy ta’siridan himoya qilish tashkiliy, texnik va tibbiy-profilaktik tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
34. Tashkiliy tadbirlar quyidagilardan iborat:
ishning oqilona tartibini tanlash, elektromagnit maydoni ta’sir qiladigan joyda xodimlarning bo‘lish vaqtini cheklash, ish o‘rinlarini elektromagnit maydon manbasidan uzoqroq joydan tashkil etish, me’yoriy talablarga rioya etilishini ta’minlash, elektromagnit maydon manbalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish;
35. Texnik tadbirlar quyidagilardan iborat:
elektromagnit maydon manbalarini oqilona joylashtirish;
jamoat va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, shu jumladan elektromagnit maydon manbasidan ekranli himoya qilishni tashkil etish.
36. Radiotexnik inshootlarning elektromagnit maydon manbalari bilan ishlovchi kasb xodimlari ishga qabul qilishdan oldin va ish faoliyati davomida Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
(ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) talablari asosida davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
37. Joylarda o‘rnatilgan radiotexnik inshootlarning mas’ul xodimlari xavfsizlik qoidalari bo‘yicha o‘qitiladi.
38. Radiotexnik inshootlarning mas’ul xodimlari loyihalashtirishda, qurishda va qayta qurishda elektromagnit maydonlari ta’siridan jamoat va ishlab chiqarish binolarini himoya qilish uchun faol va passiv himoya usullaridan foydalanishi maqsadga muvofiq.
39. Aholini elektromagnit maydoni radiochastotalarining ikkilamchi nurlanishidan himoya qilish maqsadida, ikkilamchi nurlanish manbalari (bino konstruktiv qismlari, kommunikatsiyalar va boshqalar) hosil bo‘lishini cheklash choralari ko‘riladi.
40. Radiotexnik inshoot joylashgan hudud o‘raladi va radiotexnik inshootlarga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari aholi kirishini ta’qiqlovchi ogohlantiruvchi belgilar qo‘yiladi.
Boshliq B. YuSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-noyabr,
0019-21-son