Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi KONSEPSIYASI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish

3-bob. Konsepsiyani amalga oshirish mexanizmlari

4-bob. Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

5-bob. Yakunlovchi qoida

2-ILOVA
2022 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish STRATEGIYASI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini rivojlantirish

3-bob. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning uslubiy asoslarini rivojlantirish

4-bob. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning ilmiy asoslarini rivojlantirish

5-bob. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy asoslarini rivojlantirish

6-bob. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning shakl va usullarini rivojlantirish

7-bob. Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini raqamlashtirish

8-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar

3-ILOVA
2022 — 2025-yillarda O‘zbekiston Respublikasida jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”

4-ILOVA
Ichki ishlar organlarining profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar RO‘YXATI

5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mamlakatimizda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada rivojlantirish hamda ushbu sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash maqsadida:
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.

T/r

Chora-tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning huquqiy asoslarini rivojlantirish

1.

Milliy gvardiya jamoat tartibini saqlashga mas’ul bo‘linmalarining huquqbuzarliklarni aniqlash va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2022-yil yanvar

Milliy gvardiya (Jo‘rayev),

Adliya vazirligi (Davletov),

Oliy sud (Kamilov)

2.

Qurol aylanmasi ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:

qurolga egalik qilishning eng kam yoshini oshirish;

qurol egalari va ularning yaqin qarindoshlarini tibbiy cheklovlar bo‘yicha davriy tekshirish tartibini belgilash;

qayta o‘qlamasdan uzluksiz o‘q uzish imkonini beruvchi silliq stvolli yarim avtomatik o‘qotar ov quroli mavqeyini soyli stvolli qurolga tenglashtirish;

g‘ayriqonuniy maqsadlarda ma’lum texnik sharoitlar va ko‘nikmalar yordamida qayta jangovar holatga keltirilishi mumkin bo‘lgan “pahtavon” (“oxoloщennoye”), o‘quv va vazn-gabaritli (“masso-gabaritnoye”) qurollar muomalasini taqiqlash;

pnevmatik qurolga egalik qilishni ruxsatnoma asosida amalga oshirish hamda fuqaro egaligida bo‘lishi mumkin bo‘lgan bunday qurollar sonini aniq belgilash;

fuqaroviy qurolga egalik qilishga to‘sqinlik qiluvchi holatlarni qayta ko‘rib chiqish hamda ular yuzaga kelganda qurolni zudlik bilan olib qo‘yish mexanizmini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2022-yil yanvar

IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Jo‘rayev), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Musayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Quyidagilarni inobatga olib va ilg‘or xorijiy tajriba asosida probatsiya faoliyati samaradorligini oshirish:

probatsiya nazoratidagi shaxslarga o‘rnatiladigan cheklovlar doirasini, cheklovlarga rioya etishni ta’minlash va nazorat qilishning mexanizmlarini aniq belgilash;

probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan yuritiladigan hujjatlarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish;

majburiy jamoat ishlari jazosini qo‘llashga doir normalarni, ushbu jazoni ijro etish mexanizmlarini takomillashtirish;

axloq tuzatish ishlari jazosini band bo‘lmagan shaxslarga tayinlamaslik;

ozodlikni cheklash jazosini qo‘llashda sutkaning vaqtini belgilash mezonini joriy qilish;

probatsiya nazoratidagi shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibini joriy etish, intizomiy jazo choralarini qo‘llash asoslarini aniq belgilash;

probatsiya nazoratidagi shaxslarga jamoat ta’sirini ko‘rsatish, ijtimoiy, tibbiy va psixologik yordam berish hamda kasb-hunar o‘rganish va ishga joylashishd� ko‘maklashish ishlarini yakka tartibdagi ijtimoiy moslashtirish dasturi asosida amalga oshirish;

probatsiya nazoratidagi shaxslar ijtimoiy-psixologik portretining yagona shaklini, ularni toifalarga ajratish mezonlarini, yangi jinoyat sodir etishning oldini olish tartibini belgilash.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2022-yil yanvar

IIV (Bobojonov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Jamoat tartibini saqlashga jalb qilingan kuch va vositalarning markazlashgan boshqaruvi tartibini joriy etish. Bunda:

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti huzurida yagona muvofiqlashtirilgan idoralararo boshqaruv tizimini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga soluvchi aniq mexanizmlarni ishlab chiqish;

Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladigan jamoat tartibini saqlash bo‘yicha faoliyatning mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish;

Milliy gvardiya va ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash bo‘linmalari hamda “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirishning samarali mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish;

alohida sharoitlarda vakolatli davlat organlari va jamoat tuzilmalarining huquq-tartibotni ta’minlash bo‘yicha kuch va vositalarini tezkor va yagona muvofiqlashtirilgan idoralararo boshqarishni amaliyotga tatbiq etish.

Qo‘shma qaror

2022-yil fevral

IIV (Bobojonov),

Milliy gvardiya (Jo‘rayev),

FVV (Qo‘ldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Quyidagilarni inobatga olib, huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish:

profilaktik hisob, ma’muriy va probatsiya nazoratidagi shaxslarga o‘rnatiladigan cheklovlar, shuningdek, ularning zimmasiga yuklanadigan majburiyatlar doirasini va ularga rioya etilishini ta’minlash mexanizmlarini aniq belgilash;

ma’muriy nazorat va profilaktik hisob institutlari negizida, shu jumladan takroran sodir etilgan taqdirda jinoyatni keltirib chiqaradigan ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha profilaktik nazorat institutini joriy qilish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2022-yil yanvar

IIV (Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Jamoat xavfsizligini ta’minlashda respublika ovchilik jamiyatlarining rolini oshirish va mas’uliyatini kuchaytirish, shuningdek, ularning faoliyatini tubdan takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil may

IIV (Abdullayev),

Milliy gvardiya (Jo‘rayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

“Yo‘lda bezorilik” holatlari bilan ifo�alanadigan, qasddan sodir etilgan xatti-harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikni joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi

2022-yil may

IIV (Bobojonov),

Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev),

Oliy sud (Kamilov)

II. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning uslubiy asoslarini rivojlantirish

8.

Quyidagilarni inobatga olib, mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish:

mahalla huquq-tartibot maskanining namunaviy loyihasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

mahalla huquq-tartibot maskanining tuzilmasini ishlab chiqish va tasdiqlash;

mahalla huquq-tartibot maskanlarida ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tuzilmalarining mahallalar kesimida birgalikda ishlash mexanizmlarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil mart

IIV (Abdullayev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

Guruhiy qonunbuzarliklar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish vaqtida shaxsiy tarkib tomonidan foydalaniladigan maxsus texnik vositalarni, shuningdek, tezkor axborot almashish, quyi tizimdagi bo‘linmalarni oqilona boshqarish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirish.

Qo‘shma qaror

2022-yil fevral

IIV (Abdullayev), Milliy gvardiya (Jo‘rayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Jamoat xavfsizligini ta’minlash, guruhiy qonunbuzarliklar va ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish bo‘yicha 14 ta “Hudud metodikasi”ni ishlab chiqish.

Qo‘shma qaror

2022-yil aprel

IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Jo‘rayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya jamoat xavfsizligi bo‘linmalari uchun xizmat otlarini yetishtirish maqsadida qorabayir zotli otlarning naslini ko‘paytirishga ixtisoslashgan korxonani tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil iyul

IIV (Bobojonov, Abdullayev), Milliy gvardiya (Jo‘rayev)

12.

Profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan ishlash borasida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Harakatlar protokollari”ni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish:

nazoratdagi shaxslarga tarbiyaviy va huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash hamda ularni ijtimoiy moslashtirish;

ularning o‘rnatilgan cheklovlarga rioya etishini va zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishini ta’minlash, tekshirish va nazorat qilish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil aprel

IIV (Bobojonov), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda probatsiya xizmati faoliyatiga yangi ish uslublarini tatbiq etish:

bir nafar probatsiya inspektori uchun probatsiya nazoratidagi shaxslar me’yorlarini belgilash;

probatsiya inspektori faoliyatini profilaktika in�pektori bilan kunlik uzluksiz hamkorlikda tashkil etish;

profilaktika inspektorlariga amaliy va uslubiy ko‘maklashish.

Idoraviy normativ hujjat

2022-yil fevral

IIV (Abdullayev)

14.

Alkogolli ichimlikka ruju qo‘ygan, giyohvand, zaharvand, tajovuzkor ruhiy kasal shaxslarni majburiy davolash bo‘yicha namunaviy dastur ishlab chiqish.

Qo‘shma qaror

2022-yil mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi (Musayev), IIV (Bobojonov)

15.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markaziga joylashtirishda shaxsni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni va unga nisbatan protsessual harakatlarni markazning o‘zida amalga oshirish tartibini joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil iyul

IIV (Bobojonov), Sog‘liqni saqlash vazirligi (Musayev), Bosh prokuratura (Yo‘ldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

III. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning ilmiy asoslarini rivojlantirish

16.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda, jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini ilmiy o‘rganish amaliyotini yo‘lga qo‘yish:

o‘quv jarayonida “Jamoat xavfsizligi asoslari” fanini joriy etish, shu jumladan “Jamoat xavfsizligi asoslari” darsligini tayyorlash;

jamoat xavfsizligi muammolarini o‘rganish, ilmiy tadqiq qilish borasida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi va Jamoat xavfsizligi universitetini tayanch metodik bazaga aylantirish;

jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi muammolarni hal qilish yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasi doirasida maqsadli fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta’minlash.

Qo‘shma qaror

2022-yil yanvar

IIV (Bobojonov, Xatamov), Milliy gvardiya (Jo‘rayev, Rustambayev), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshkulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov)

17.

Profilaktika inspektorlarining ma’muriy hududda ish faoliyatini olib borishi bo‘yicha to‘liq mexanizmlarni nazarda tutuvchi “shahar inspektori” va “qishloq inspektori” modellarini yaratish va ularni ichki ishlar organlarida kadrlar bilan ishlash amaliyotiga joriy etish choralarini ko‘rish.

Idoraviy normativ hujjat

2022-yil yanvar

IIV (Abdullayev)

18.

Profilaktika inspektorlarini tayyorlash va malakasini oshirish jarayoniga “shahar inspektori” va “qishloq inspektori” modellariga muvofiq o‘qitish tizimini joriy etish.

Tashkiliy tadbirlar

2022-yil fevral

IIV (Ikramov)

IV. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy asoslarini rivojlantirish

19.

Mahalla huquq-tartibot maskanlarida ichki ishlar organlari, boshqa huquq-tartibot organlari va jamoat tuzilmalarining mahallalar kesimida birgalikda ishlash mexanizmlarini belgilash.

Qo‘shma qaror

2022-yil yanvar

IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Jo‘rayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Milliy gvardiyaning umumiy rahbarligi ostida ichki ishlar organlari va boshqa mutasaddi davlat organlari xodimlarining maxsus tayyorgarlik darajasini oshirish, alohida sharoitlarda birgalikda harakat qilishiga doir amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘quv-mashqlarini tizimli ravishda o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil mobaynida

Milliy gvardiya (Jo‘rayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari va Internet tarmog‘idan foydalangan holda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarini obro‘sizlantirish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil iyun

IIV (Bobojonov), AOKA (Xodjayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Ichki ishlar organlari profilaktika va probatsiya inspektorlari, patrul-post va yo‘l-patrul xizmati xodimlarining faoliyatini baholash tartibiga samaradorlik indikatorlarini o‘z ichiga oluvchi reyting tizimini joriy etish.

Idoraviy normativ hujjat

2022-yil yanvar

IIV (Bobo�onov, Abdullayev)

V. Jamoat xavfsizligini ta’minlashning shakl va usullarini rivojlantirish

23.

Yo‘l harakati xavfsizligini to‘liq ta’minlash borasida quyidagi zamonaviy yondashuvni amaliyotga tatbiq etish:

maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalariga yondosh yo‘llarda tezlik me’yorlarini keskin kamaytirgan holda, ushbu me’yorlarni barcha joylar uchun yagona etib qat’iy belgilash;

shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yo‘lakchalariga piyodalar boshqaradigan svetoforlarni o‘rnatish;

umumta’lim muassasalarida “Harakat xavfsizligi sinfxonalari”ni, mahallalarda “Yo‘l harakatini o‘rgatish maydonchalari”ni tashkil etish;

maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga yo‘l harakati xavfsizligi asoslarini o‘qitish tizimini joriy etib, yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy hamda ko‘rgazmali tarzda o‘rgatishni yo‘lga qo‘yish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil fevral

IIV (Bobojonov, Abdullayev), Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), Maktabgacha ta’lim vazirligi (Shin), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (Toshqulov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

24.

Mahallalar kesimida uyushmagan yoshlar bilan ishlashni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro bog‘langan to‘liq mexanizmlarni joriy etish, shuningdek, bu boradagi ish yuritishni “Yoshlar daftari” axborot-tahlil tizimi orqali amalga oshirish.

Qo‘shma qaror

2022-yil fevral

IIV (Abdullayev), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Yoshlar ittifoqi, Mahalla vazirligi (Mamatov)

25.

Hududlarning o‘ziga xos va geografik xususiyatlarini inobatga olgan holda, ichki ishlar organlari patrul-post xizmati bo‘linmalari tomonidan patrul xizmati bosqichma-bosqich faqat avto- va mototransport vositalarida olib borilishini ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil fevral

IIV (Abdullayev), Moliya vazirligi (Xaydarov)

26.

Jamoat xavfsizligi fidoyisi” idoralararo ko‘krak nishonini ta’sis etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil sentyabr

IIV (Bobojonov), Milliy gvardiya (Jo‘rayev), FVV (Qo‘ldoshev), manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari bo‘yicha b�linmalari huzurida yoshlar orasidan “To‘maris izdoshlari” jamoaviy guruhlarini tashkil etish, ularni jamoat xavfsizligi tizimiga jalb etish hamda guruh a’zolariga huquq-tartibot idoralarining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda tegishli imtiyozlarni berish (alohida kvota ajratish va boshqa).

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil may

IIV (Abdullayev), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), Yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirlik va idoralar

28.

Ota-onasi nazoratisiz va qarovisiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvoldagi oilalarda yashayotgan voyaga yetmaganlar bilan ishlashning yangicha tizimni yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar — sentyabr

IIV (Abdullayev), Xalq ta’limi vazirligi (Saidov), Yoshlar ishlari agentligi (Sa’dullayev), manfaatdor vazirlik va idoralar

VI. Jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini raqamlashtirish

29.

Ichki ishlar organlari konvoy bo‘linmalari faoliyatiga konvoy ostidagi shaxslarni elektron brasletlar orqali nazorat qilish tizimini joriy etish.

Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi

2022-yil may

IIV (Bobojonov, Abdullayev), Mudofaa sanoati qo‘mitasi (Ismoilov)

30.

Profilaktik hisob, ma’muriy nazorat va probatsiya nazoratidagi shaxslarning jamoat xavfsizligi xizmatiga kelib ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlashda barmoq izini tanib olish tizimidan foydalanish amaliyotini joriy etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil avgust

IIV (Turaxodjayev, Abdullayev)

a) 19-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
g) 21-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosariga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘iga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 3-bandning ikkinchi xatboshisi va qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 7-band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
2-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin;
5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6 — 10 bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi” so‘zlari “Jamoat xavfsizligi departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4 va 6-bandlar hamda qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 8-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 9-band, 17-bandning ikkinchi xatboshisi va qarorga 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 3-bandning oltinchi xatboshisi “ta’sirchan ishlarni tashkil etish” so‘zlaridan keyin “, hududlarning kriminogen vaziyatidan kelib chiqib, jinoyat sodir etilmagan mahallalarning ijobiy tajribasini ommalashtirish” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
17-band quyidagi mazmundagi sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
sakkizinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin.
a) 8-bandning “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
6-bandning uchinchi xatboshisidagi “amaliy ish stajiga” so‘zlari, 65-banddagi “amaliy ish tajribasini” so‘zlari, 159-bandning ikkinchi xatboshisidagi “amaliy ish staji” so‘zlari tegishincha “amaliy xizmat stajiga”, “amaliy xizmat stajini” va “amaliy xizmat staji” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-bandning birinchi xatboshisidagi “dastlabki va yakuniy tanlovlar” so‘zlari “tanlov” so‘zi bilan almashtirilsin;
10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
birinchi xatboshidagi “Dastlabki tanlovlardan” so‘zlari “Tanlovlardan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
12 va 13-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
15 — 18-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a” kichik band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“e” kichik band quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
127-bandning birinchi xatboshisidagi “ilmiy unvoni” so‘zlari “ilmiy darajasi va ilmiy unvoni” so‘zlari bilan almashtirilsin;
132-band quyidagi mazmundagi ikkinchi — o‘ninchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
a) 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
v) 9-bandning birinchi xatboshisi “qayta tashkil etilsin,” so‘zlaridan keyin “unga axborot xizmati maqomi berilsin hamda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
a) 4-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 6-bandning uchinchi xatboshisidagi “Kadrlar bosh boshqarmasi” so‘zlari “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
b) 3-bandning ikkinchi xatboshisi “tuman (shahar)” so‘zlaridan keyin “ichki ishlar organlari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
v) 4 va 5-bandlar hamda qarorga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
a) 3-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi” so‘zlari “Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
v) 7-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “o‘n besh foizi miqdorida” so‘zlari “kamida yigirma besh foizi miqdorida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
birinchi xatboshi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,” so‘zlaridan keyin “Toshkent shahar hokimligi,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar tegishincha to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
b) 2-bandning birinchi xatboshisidagi “Jizzax mintaqaviy o‘quv markazining” so‘zlari “Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi va Toshkent mintaqaviy o‘quv markazining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“a” kichik banddagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazining” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi va Toshkent mintaqaviy o‘quv markazlarining” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
d) 7-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
e) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5076-son qarori 11-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “professor-o‘qituvchilar tarkibi, ilmiy va o‘quv-yordamchi xodimlarni har oylik moddiy rag‘batlantirishga” so‘zlari “Akademiya xodim va xizmatchilarini moddiy rag‘batlantirish hamda ularni ijtimoiy himoya qilishga” degan so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi