Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-son qaroriga muvofiq hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, ishchi xodimlari hamda yuqori malakali mutaxassislarining mehnat samaradorligi, kasbiy va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qarorning nomlanishidagi “Navoiy KMK” davlat korxonasi” so‘zlari “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) birinchi xatboshidagi “2017-yil 1-maydan boshlab “Navoiy KMK” davlat korxonasi” so‘zlari “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) ikkinchi xatboshidagi “Hazorasp” so‘zi “Tuproqqal’a” so‘zi bilan almashtirilsin;
v) uchinchi xatboshi “Zomin tumanlarida,” so‘zlaridan keyin “Navoiy viloyatining Navbahor tumanida” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
a) birinchi xatboshidagi “2017-yil 1-maydan boshlab” so‘zlari chiqarib tashlansin;
b) ikkinchi xatboshidagi “Navoiy KMK” davlat korxonasi” so‘zlari “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
4. 3-banddagi “Navoiy KMK” davlat korxonasi” so‘zlari “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi