Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

ILOVA
2022-yilda hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha “YO‘L XARITASI”

Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/91/0357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/91/0357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-91-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/91/0357-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4539-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha hududlarga biriktirilib, milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqish bo‘yicha mas’ul etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Amalga oshirish uchun mas’ullar:

vazirlik va idoralardan

Vazirlar Mahkamasidan

I. Hunarmandchilik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish

1.

2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 500 milliard so‘m ajratish.

Bunda:

imtiyozli kreditlarni hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 6 oygacha imtiyozli davr bilan 225 million so‘mgacha ajratish;

imtiyozli kreditlarni hunarmandning talabi bo‘yicha depozit hisob raqamiga o‘tkazish yo‘li bilan keyinchalik unga xizmat ko‘rsatuvchi bank tarif siyosatiga muvofiq, naqd pul olish imkoniyati bilan taqdim etish;

oldingi yillarda hunarmandlarga ajratilgan imtiyozli kreditlarning so‘ndirilgan qismidan hosil bo‘lgan mablag‘larni aynan hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirish uchun qayta yo‘naltirib borish;

hunarmandchilik subyektlariga oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish va ularni tijorat banklariga o‘z vaqtida qaytarish yuzasidan “Hunarmand” uyushmasi tomonidan tijorat banklari bilan birgalikda doimiy monitoring va nazorat tizimini o‘rnatish.

Tijorat banklari kreditlari

2022-yil davomida

Markaziy bank

(Zaxidov),

“Xalq banki” AT

(Atabayev),

“Mikrokreditbank” ATB

(Butayev),

“Agrobank” ATB

(Mamatqulov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Qo‘chqorov, Umurzakov)

2.

Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha “oilakredit.uz” elektron platformasida hunarmandlarni onlayn navbatga qo‘yish va loyihalarini kreditlash uchun alohida bo‘limni ishga tushirish.

2022-yil yanvar

Markaziy bank

(Zaxidov),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Qo‘chqorov)

3.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi hisobidan quyidagi maqsadlar uchun subsidiyalar ajratish tartibini joriy etish:

“usta-shogird” an’analari asosida yoshlarga hunar o‘rgatayotgan hunarmandlarga — shogirdlar tayyorlashi, zarur xomashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan ta’minlashi uchun bir oyda bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda;

shogirdlarga — mustaqil faoliyatini boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olishi, shuningdek, ustalarga — internet saytlarini yaratish, o‘z mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravaridan oshmaydigan qismiga.

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi

2022-yil yanvar

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(Ubaydullayev),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Qo‘chqorov, Umurzakov)

4.

2022-yil 1-yanvardan boshlab “Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun:

ijtimoiy soliq stavkasini yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida belgilash;

faoliyat yuritish joyidan qat’iy nazar kommunal infratuzilma xizmatlari (elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va issiqlik ta’minoti) haqini to‘lashni aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha va shartlar asosida amalga oshirish.

Doimiy

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Davlat soliq qo‘mitasi

(Kudbiyev),

Energetika vazirligi

(Sultanov),

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

(Xidoyatov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Qo‘chqorov, Umurzakov)

5.

Hunarmandlarning yuridik shaxs tashkil qilgan holda faoliyat yuritishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida, ularning faoliyatini iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi ro‘yxatiga qo‘shish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil yanvar

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Xolxo‘jayev),

Davlat xizmatlari agentligi

(Muxammadiyev),

Davlat statistika qo‘mitasi

(Begalov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Qo‘chqorov, Umurzakov)

II. Hunarmandchilik sohasida marketing va savdo tizimini takomillashtirish, eksportga ko‘maklashish va hunarmandchilik mahsulotlarini targ‘ib qilish

6.

1. Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida hunarmandlar ishlab chiqaradigan mahsulotlar savdosiga ixtisoslashgan hunarmandchilik mahsulotlari savdo pavilonlarini tashkil etish.

Bunda:

savdo pavilonlarini 150 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan maydonda, Qurilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy loyiha asosida tashkil etish;

foydalanishga topshirilgan savdo pavilonlarini Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalariga operativ boshqaruv huquqi bilan berish;

savdo pavilonlari orqali hunarmandchilik mahsulotlarini sotib olish hamda realizatsiya va eksport qilish ishlarini tizimli tashkil etish;

savdo pavilonlari manzilini xorijiy va mahalliy turistlar uchun mo‘ljallangan turistik marshrutlarga kiritish.

Mahalliy budjet va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar

2022-yil 1-iyunga qadar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi, Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Turizm va sport vazirligi

(Azamov),

Qurilish vazirligi

(Zakirov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Qo‘chqorov, Abduhakimov)

2. Har bir hududning o‘ziga xos hunarmandchilik an’analari asosida savdo pavilonlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish.

2022-yil fevral

Qurilish vazirligi

(Zakirov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

7.

Toshkent shahri tumanlari, Nukus shahri, viloyatlar markazlari hamda hunarmandchilik rivojlangan tuman va shaharlardagi Davlat xizmatlari markazlari binolarida doimiy faoliyat ko‘rsatadigan milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari va savdo rastalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 1-aprelga qadar

Adliya vazirligi

(Davletov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

8.

“O‘zekspomarkaz” pavilonlarida “Craft fair Uzbekistan” xalqaro hunarmandchilik mahsulotlari va texnologiyalari yarmarkasini tashkil etish.

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

Har yili

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Voitov),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

9.

“Hunarmandchilik markazlari” va “Usta-shogird” maktablarini turistik marshrutlarga kiritib borish.

Doimiy ravishda

Turizm va sport vazirligi

(Azamov),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Abduhakimov)

10.

Har bir hududning milliy urf-odatlari, xalq amaliy san’ati va milliy davlatchilik tarixini o‘zida aks ettirgan, shuningdek, xorijiy sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otadigan muzeylardagi noyob eksponatlar replikatsiyalari asosida yangi hunarmandchilik mahsulotlari namunalarini tayyorlab, hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tar�ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish.

O‘z mablag‘lari

2022-yil 1-mayga qadar

Madaniy meros agentligi

(Nurulloyev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Badiiy akademiya

(Nuriddinov),

San’atshunoslik instituti

(Pidayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Abduhakimov)

11.

Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqishda doimiy amaliy yordam ko‘rsatish, jumladan elektron tijorat (E-commerce) yo‘nalishi orqali sotishni kengaytirish.

Doimiy

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Voitov),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

12.

Milliy hunarmandchilik, xalq amaliy va badiiy san’ati tarixi hamda mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks ettirilgan videoroliklar va “Milliy hunarmandchilik jurnali”ni tayyorlab, yiliga kamida ikki marotaba yangilab borish.

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

2022-yil aprel

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

(Xadjayev),

O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

(Abduxoliqov),

O‘zbekiston milliy axborot agentligi

(Ko‘chimov),

“Dunyo” axborot agentligi

(Suyarov),

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

(Xodjayev),

Badiiy akademiya

(Nuriddinov),

Transport vazirligi

(Maxkamov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

(Xasilov),

“Uzbekistan Airways”

(Xusanov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Ramatov)

Bunda, ushbu materiallarni xorijiy va mahalliy sayyohlar va yo‘lovchilar e’tiboriga havola qilish maqsadida “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning aviareys va “O‘zbekiston temir yo‘llari”ning poyezd vagonlariga doimiy joylashtirib borish.

Doimiy

13.

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida hunarmandchilik mahsulotlarini chet el bozorlarida namoyish etish va savdo nuqtalarini tashkil etish bo‘yicha dasturni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda, mazkur savdo nuqtalarini tashkil etish xarajatlarining 50 foizi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan qoplab berilishini nazarda tutish.

2022-yil aprel

Tashqi ishlar vazirligi

(Kamilov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Voitov),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

14.

Hunarmandlar tomonidan tayyorlangan pichoqchilik, shuningdek, o‘choq, bolta, cho‘yan qozon kabi eksportbop mahsulotlarni eksportga tashish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish bo‘yicha Hukumat komissiyasiga taklif kiritish.

Eksportni rag‘batlantirish agentligi

2022-yil fevral

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Voitov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

15.

Hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini elektron savdo, jumladan “Amazon”, “Ebay” va “ETSY” kabi xalqaro onlayn savdo maydonlariga joylashtirish, reklama va targ‘ibot qilishlariga ko‘maklashish bo‘yicha har bir hududda tegishli o‘quv kurslarini tashkil etish.

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

Alohida grafik asosida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Shermatov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

III. Hunarmandchilik faoliyati uchun zarur bo‘lgan xomashyo bazasini yaratish

16.

Hunarmandchilik mahsulotlari uchun xomashyo yetishtirish, uni qayta ishlash va sotishga ixtisoslashgan klasterlar fa�liyatini to‘laqonli tashkil etish.

Bunda:

klasterlar ustav kapitalini teng ulushlarda Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi va Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi hisobidan shakllantirish;

klasterlarga hunarmandchilik va ipak mato, ipak gilamlari to‘qish faoliyatini tashkil etish hamda qayta tiklanadigan xomashyo (tutzorlar, qattiq turdagi daraxtlar) bazasini yaratishi uchun zarur bo‘lgan yer maydonlarini paxtadan qisqartirilgan yerlar hisobidan ajratish.

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi

2022-yil yanvar

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

(Marufova),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, G‘aniyev)

17.

Hunarmandchilikning yog‘och buyumlar yasash va yog‘och o‘ymakorligi yo‘nalishlari rivojlangan hududlarda zarur bo‘lgan daraxt turlarini ekish va parvarishlash maqsadida, tashabbuskor hunarmandlarga o‘zlashtirilmagan yoki paxtadan bo‘shagan yer maydonlaridan kamida 10 gektardanajratib berish.

Tashabbuskor hunarmandlar mablag‘lari

2022-yil fevral

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

(Xodjayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(G‘aniyev, Qo‘chqorov)

18.

Hunarmandchilik faoliyati uchun zarur bo‘lgan xomashyo bazasi, shuningdek, hunarmandlarning mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirish va ularni sotishga mo‘ljallangan “internet do‘kon” onlayn platformasini ishga tushirish.

2022-yil noyabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazir�igi

(Shermatov),

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

19.

Hunarmandchilik subyektlari faoliyati uchun zarur bo‘lgan, jumladan mis, oltin, kumush kabi xomashyo turlarini ularning ehtiyojidan kelib chiqib, cheklangan miqdorda xarid qilishga imkon yaratish maqsadida, Tovar-xomashyo birjasida hunarmandlar uchun alohida savdolar tashkil etish choralarini ko‘rish.

2022-yil aprel

Moliya vazirligi

(Ishmetov),

Tovar-xomashyo birjasi

(Badriddinov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Xolxo‘jayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Qo‘chqorov)

IV. “Usta-shogird” an’analarini yanada rivojlantirish orqali aholini hunarmandchilikka keng jalb qilish

20.

Farg‘ona viloyatida hunarmandchilik faoliyatini kengaytirish hamda hunarmandlarning mahsulotlariga yangi bozorlar topishga sharoit yaratish maqsadida, loyihalarni amalga oshirish uchun 20 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratish va shu orqali 20 mingta yangi ish o‘rinlarini tashkil etish.

Tijorat banklari kreditlari

2022 — 2024-yillar

Markaziy bank

(Zaxidov),

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi

(Xolxo‘jayev),

Farg‘ona viloyati hokimligi

(Bozarov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Qo‘chqorov, Umurzakov)

21.

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahridagi sobiq “Baxt uyi” o‘rnida “Milliy hunarmandchilik muzeyi va turizm markazi”ni tashkil etib, ushbu obyektlarni turistik marshrutlarga kiritish.

Mahalliy budjet

2022-yil dekabr

Farg‘ona viloyati hokimligi

(Bozarov),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Ortiqov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Turizm va sport vazirligi

(Azamov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Abduhakimov)

22.

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida yangi dizayndagi mahsulotlar ishlab chiqarish va qadoqlash, elektron savdo platformasi orqali sotish va hunarmandlarni marketingga o‘qitish bo‘yicha “Hunarmandlar o‘quv markazi”ni tashkil etish.

Mahalliy budjet

2022-yil o�tyabr

Xorazm viloyati hokimligi

(Ermanov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

23.

Xorazm viloyatida hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yich? “Xorazm brendi”ni yaratish va bozorlarga olib chiqish dasturini ishlab chiqish.

Mahalliy budjet

2022-yil aprel

Xorazm viloyati hokimligi

(Ermanov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi

(Voitov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

24.

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida “Hunarmandlar markazi”ni tashkil etish va Shahrixonga Butunjahon hunarmandlar kengashi “World craft counsil” tomonidan beriladigan hunarmandlar shahri maqomini olish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Respublika budjeti

2022 — 2024-yillar

Andijon viloyati hokimligi

(Abduraxmonov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

25.

Jizzax viloyatining har bir tumani va shahrida talab yuqori bo‘lgan tikuvchilik, pazandalik, sartaroshlik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlarda “Ayollar biznes markazlari”ni tashkil etish orqali 25 ming nafar xotin-qizlarni davlat hisobidan kasbga o‘qitish choralarini ko‘rish.

Mahalliy budjet, Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi, Bandlikka �o‘maklashish davlat jamg‘armasi

2022-2023-yillar

Jizzax viloyati hokimligi

(Saliyev),

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(Ubaydullayev),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Qo‘chqorov)

26.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz, Kitob, Kasbi tumanlari hamda Qarshi shahrida hunarmandchilik markazlarini tashkil etib, 15 mingdan ortiq yoshlarning shogirdlikka jalb etilishini ta’minlash.

Mahalliy budjet, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi

2022-2023-yillar

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Azimov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Qo‘chqorov)

27.

Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi “Oqsaroy” maydonida joylashgan sobiq “Chorsu” bozori negizida zamonaviy “Hunarmandchilik markazi”ni tashkil etib, “usta-shogird” an’analarini yo‘lga qo‘yish.

Mahalliy budjet

2022-yil noyabr

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Azimov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Turizm va sport vazirligi

(Azamov)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

28.

Qashqadaryo viloyatida q�dimiy Kasbi kulolchiligini qayta tiklash, shuningdek, tumanda yog‘och o‘ymakorligi va kasanachilikni rivojlantirish maqsadida “Kasbi hunarmandlar markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Mahalliy budjet

2023-yil aprel

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Azimov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

29.

Samarqand tumanidagi “Konigil” mahallasida tashkil etilgan “Turizm qishlog‘i” loyihasining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va ushbu loyiha doirasida 28 ta ixtisoslashgan hunarmandchilik ustaxonalarini tashkil etish.

Tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari

2022-yil dekabr

Samarqand viloyati hoki�ligi

(Turdimov),

Turizm va sport vazirligi

(Azamov)

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Abduhakimov)

30.

Sirdaryo tumani va Toshkent viloyati chegarasida zamonaviy “Karvonsaroy” majmuasini ishga tushirib, hunarmandchilik mahsulotlari bo‘yicha savdo do‘konlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Mahalliy budjet, tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari

2022-yil sentyabr

Sirdaryo viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

(Xolxo‘jayev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

31.

Buxoro shahrining Mirdo‘stim ko‘chasida joylashgan “Abdullaxon” va “Modarixon” madrasalarini ta’mirlab, zardo‘zlik va zargarlik markazlarini tashkil etish.

Mahalliy budjet

2023-yil mart

Buxoro viloyati hokimligi

(Zaripov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)

32.

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Sayilgoh ko‘chasida har yili mustaqillik bayrami arafasida “Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma-yarmarkasini tashkil etish.

Mahalliy budjet

Doimiy

Toshkent shahar hokimligi

(Ortiqxo‘jayev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Turizm va sport vazirligi

(Azamov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Abduhakimov)

33.

Milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati yo‘nalishlari bo‘yicha bolalar musiqa va san’at maktablari, “Barkamol avlod” bolalar markazlari hamda kasbga o‘qitish maskanlarida o‘quv-mashg‘ulotlarini tashkil etish.

Bunda, o‘quv jarayonlariga mentor sifatida Xalq amaliy san’ati ustalari milliy katalogiga kirgan va uzoq yillik tajribaga ega bo‘lgan ustalarni jalb etish.

Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi

Doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(Xusanov),

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(Ubaydullayev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Qo‘chqorov)

34.

Yosh hunarmandlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va sog‘lom raqobatni yo‘lga qo‘yish maqsadida “Yosh hunarmandlar”festivalini o‘tkazish.

Bunda, mazkur festivalning tuman va shahar hamda viloyat bosqichlarida saralangan yosh hunarmandlar ishtirokida respublika bosqichini Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yuksak darajada o‘tkazish.

Respublika va mahalliy budjet

2022-yil iyul — sentyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Yoshlar ishlari agentligi

(Sa’dullayev)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Qo‘chqorov)

35.

Har bir tuman va shaharda, jumladan hunarmandchilik kirib borgan 5 657 ta mahallada 10 mingdan ortiq loyihalarni amalga oshirish.

Bunda, loyiha tashabbuskorlariga har tomonlama ko‘maklashish yuzasidan joylardagi hokim yordamchilari va “Hunarmand” uyushmasi bo‘limlarining o‘zaro hamkorlik tizimini yaratish.

2022-yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi

(Ubaydullayev),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Qo‘chqorov)

36.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ellikqal’a tumanidagi “Jaloliddin Manguberdi istirohat bog‘i” hududida do‘ppi, gilam, kigiz to‘qish, teridan po‘stak, cho‘girma, yog‘och o‘ymakorlik buyumlarini tayyorlashga ixtisoslashgan “Hunarmandlar shaharchasi”ni tashkil etib, uni turistik marshrutga kiritish.

Tashabbuskor tadbirkor va h�narmandlar mablag‘lari

2022-yil sentyabr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Sariyev),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev),

Turizm va sport vazirligi

(Azamov)

Bosh vazir o‘rinbosarlari

(Umurzakov, Abduhakimov)

37.

Qadimiy qoraqalpoq milliy “ko‘k ko‘ylak” matosini o‘rganish va qayta tiklash, shuningdek, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritadigan hunarmandlarga zarur sharoit yaratish maqsadida Xo‘jayli tumanida “Hunarmandlar markazi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

Mahalliy budjet, tashabbuskor tadbirkorlar mablag‘lari

2023-yil iyun

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

(Sariyev),

Savdo-sanoat palatasi

(Ikramov),

“Hunarmand” uyushmasi

(Abdullayev)

Bosh vazir o‘rinbosari

(Umurzakov)


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi