Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish KONSEPSIYASI

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlashning strategik maqsadlari

3-bob. O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlari

1§. Seysmologiya yo‘nalishi

2§. Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini ta’minlash yo‘nalishi

3§. Seysmologik kuzatuvlar tarmog‘ini takomillashtirish yo‘nalishi

4§. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi davlat boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish yo‘nalishi

4-bob. Konsepsiyaning amalga oshirilishidan kutilayotgan natijalar

O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari

O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasini 2022-2023-yillarda amalga oshirish “YO‘L XARITASI”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar

Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PF-72-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini 2025-yilgacha takomillashtirish konsepsiyasi (keyingi o‘rinlarda — Konsepsiya)ning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyuldagi PQ-4794-son qarori ijrosini ta’minlash hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4794-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasining IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va ilmiy faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti tarkibida Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini muvofiqlashtirish shu’basi (keyingi o‘rinlarda — Shu’ba) tashkil etildi hamda Shu’baning asosiy vazifalari belgilab berildi.

T/r

Maqsadli ko‘rsatkichlar

O‘lchov birligi

Indikatorlar (yillar kesimida)

Jami

2022

2023

2024

2025

1.

Jahon tajribasidan kelib chiqib muhandislik ko‘rsatkichlarida tuzilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga ega respublika shaharlarining sonini oshirish.

ta

24

3

6

7

8

2.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar tumanlari va shaharlari hamda Toshkent shahar tumanlari kesimida seysmik xatarning baholanganlik sonini oshirish.

ta

208

40

50

55

63

3.

Bino va inshootlar hamda ularning konstruksiyalarini seysmik kuchlar ta’siriga mustahkamlik, bikrlik va ustuvorlik talablari bo‘yicha baholash (sinov) ishlarini bajarish uchun tajriba-sinov laboratoriyalari sonini ko‘paytirish.

ta

10

2

2

3

3

4.

Bino va inshootlarning haqiqiy o‘lchamdagi konstruksiyalarini murakkab kuchlanish (bir vaqtning o‘zida cho‘zilish-siqilish, egilish, siljish va buralish) holatida mustahkamligi va zilzilabardoshligini aniqlash bo‘yicha sinov ishlarini amalga oshirish.

ta

18

2

3

5

8

5.

Seysmologiya, bino va inshootlar seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlik sohasidagi chet el jurnallarida (Web of Science va Scopus) respublika olimlarining chop etilgan maqolalari sonini oshirish.

ta

250

40

60

70

80

6.

Seysmologiya, bino va inshootlar seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlik sohasida ilmiy darajali xodimlar sonini hamda himoya qilingan dissertatsiyalar (PhD, DSc) sifatini oshirish.

ta

100

15

25

30

30

7.

Seysmik xavfsizlik sohasida faoliyat olib borayotgan kadrlarni jahonning yetakchi institutlari va markazlariga malaka oshirish hamda stajirovka o‘tash uchun yuborish.

nafar

150

30

40

40

40

8.

Seysmik xavfsizlik bo‘yicha jahonning ilg‘or tashkilotlari mutaxassislari ishtirokida seminar va konferensiyalar tashkil etish.

ta

14

2

3

4

5

9.

Keng polosali seysmometrlar tarmog‘ini kengaytirish (25 ta keng polosali seysmometr o‘rnatish).

ta

25

4

6

7

8

10.

Seysmik stansiyalar tarmog‘ini optimallashtirish, respublika bo‘yicha ikki va undan yuqori (M≥2,0) magnitudali zilzilalarni qayd etish imkonini beruvchi yangi stansiyalar ochish.

dona

14

2

3

4

5

11.

Magnitometrik kuzatuvlar tarmog‘ini kengaytirish (Respublika bo‘yicha qo‘shimcha 15 ta magnitometr o‘rnatish).

dona

15

2

3

4

6

12.

Gidrogeoseysmologik kuzatuvlar tarmog‘ini kengaytirish.

dona

20

3

4

6

7

13.

Seysmoprognostik monitoring respublika markazida ishlovchi muhandis va texnik xodimlarning zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan ishlash va dasturlardan foydalanish bo‘yicha malakasini oshirish.

nafar

100

10

20

30

40

14.

Qo‘shni respublikalar bilan ma’lumotlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish (20 ta stansiya bo‘yicha).

dona

20

3

4

6

7

15.

Magnitometrik kuzatuv punktlarini to‘liq raqamli magnitometrlar bilan ta’minlash.

dona

15

2

3

4

6

16.

Prognoz yo‘nalishlarini jahon tajribasini o‘rgangan holda kengaytirish uchun deformometr (6 ta) va naklonomer (6 ta) asbob-uskunalarini xarid qilish.

dona

12

-

3

4

5

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi huquqiy asoslarni hamda qurilish me’yoriy hujjatlarini (QMQ, ShNQ) takomillashtirish

1.

“O‘zbekiston Respublikasining seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan xavflilik omili IV toifaga mansub bo‘lgan bino va inshootlarga zilzilabardoshlik bo‘yicha xulosalar berish tartibini joriy etish” to‘g‘risida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

1. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlarni keng jalb qilgan holda ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyun

-

Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Hujjat loyihasini ishlab chiqish, uni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.

2022-yil 15-iyul

3. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-avgust

2.

“O‘zbekiston Respublikasi aholisini zilzilaga tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarorini ishlab chiqish.

1. Soha olimlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-oktabr

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-iyun

3.

“Seysmik xavfsizlik sohasi a’lochisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida Hukumat qarorini ishlab chiqish.

1. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlarni keng jalb qilgan holda ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-avgust

-

Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Hujjat loyihasini ishlab chiqish, uni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish.

2022-yil 15-dekabr

3. Hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil 1-may

4.

“Ko‘p qavatli binolarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini ilmiy-tadqiqot va tajriba sinov natijalari asosida ishlab chiqish.

1. O‘zbekiston sharoitida so‘nggi zamonaviy usullarni o‘rganib, tahlil qilgan holda Ko‘p qavatli binolarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov natijalari asosida ishlab chiqish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

2022-yil 1-dekabr

-

Qurilish vazirligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xorijiy tashkilotlar va konsultantlarni jalb etgan holda “Ko‘p qavatli binolarni loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalarini ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov natijalari asosida ishlab chiqish.

2023-yil 1-dekabr

5.

“UMS-22” milliy makroseysmik shkalasini ishlab chiqish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyun

-

Fanlar akademiyasi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Rivojlangan davlatlarda qo‘llanilayotgan makroseysmik shkalalarni o‘rganish va tahlil qilish.

2022-yil 1-iyul

3. “UMS-22” milliy makroseysmik shkalasini ishlab chiqish.

2022-yil 1-dekabr

4. Tegishli hujjat loyihasini Qurilish vazirligiga tasdiqlash uchun kiritish.

2023-yil 1-fevral

6.

Seysmik hududlarda transport inshootlari qurilishiga oid tegishli hujjatni xorijiy tajribani inobatga olgan holda qayta ishlab chiqish.

1. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlardan iborat ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyul

-

Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti, Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Seysmik hududlarda transport inshootlari qurilishiga oid tegishli hujjat asosida qurib foydalanishga topshirilgan inshootlarda tabiiy sinovlar o‘tkazish.

2023-yil iyun

3. Xorijiy tajribani inobatga olgan holda tegishli hujjatni qayta ishlab chiqish hamda Qurilish vazirligining ilmiy-texnik kengashida muhokama qilish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2023-yil 1-sentabr

7.

QMQ 2.01.03-19 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” me’yoriy hujjatining IV bo‘limini to‘lqin nazariyasining hisoblash usullari bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqish.

1. QMQ 2.01.03-19 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” me’yoriy hujjatining IV bo‘limini to‘lqin nazariyasining hisoblash usullari bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqish.

2022-yil 15-dekabr

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘la?i

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Qurilish vazirligi

2. QMQ 2.01.03-19 “Zilzilaviy hududlarda qurilish” me’yoriy hujjatining IV bo‘limini to‘lqin nazariyasining hisoblash usullari bo‘yicha qo‘llanmani Qurilish vazirligining ilmiy-texnik kengashida muhokama qilish va chop etish.

2023-yil 15-aprel

8.

Shaharsozlikda o‘zlashtiriladigan hududlarni mufassal seysmik hududlashtirish va seysmik mikrohududlashtirish xaritasini yaratish hamda uning asosida normativ-texnik hujjat ishlab chiqish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, shaharsozlikda o‘zlashtiriladigan hududlarni mufassal seysmik hududlashtirish va seysmik mikrohududlashtirishning ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish.

2022-yil 1-iyul

Seysmologiya institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti, Qurilish vazirligi

2. O‘zbekiston hududining mufassal seysmik hududlashtirish va seysmik mikrohududlashtirish xaritasi asosida tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil 1-fevral

3. Hujjat loyihasini Qurilish vazirligiga tasdiqlash uchun kiritish.

2023-yil 1-aprel

9.

“Gidrotexnika inshootlariga bo‘ladigan yuklanish va ta’sirlar”, “Temir yo‘l va avtomobil yo‘llari tonnellari”, “Gidrotexnik inshootlar asoslari”, “Ko‘priklar va quvurlar” normativ hujjatlariga zilzilabardoshlik sohasidagi zamonaviy yutuqlar va ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda o‘zgartirishlar kiritish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, normativ hujjatlarga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni tegishli idoralar bilan kelishish.

2023-yil 1-oktabr

-

Suv xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, Qurilish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qo‘shimchalar kiritilgan normativ hujjatlarni Qurilish vazirligining ilmiy-texnik kengashida muhokama qilish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2023-yil 1-dekabr

II. Aholini zilzilaga tayyorlash ishlarini takomillashtirish

10.

Tashkilotlarda tegishli soha mutaxassislarini jalb etgan holda zilzila va uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy vositalar yordamida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish.

1. Tashkilotlarda zilzila va uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy vositalardan foydalangan holda amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2022-yil 1-iyul

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar, milliy teleradiokompaniya

2. Chora-tadbirlarni tasdiqlash uchun Seysmologiya, seysmik chidamli qurilish hamda O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligi bo‘yicha idoralararo ilmiy-texnik kengash (keyingi o‘rinlarda — Kengash)ga kiritish.

2022-yil 1-sentabr

3. Tasdiqlangan chora-tadbirlar asosida amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

2022-2023-yillar davomida

11.

Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholi qatlami, shuningdek, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun zilzilada harakat qilishga mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy materiallarni tayyorlash.

1. O‘quv-uslubiy qo‘llanmani ishlab chiqish.

2022-yil 1-avgust

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari

2. Tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanma bo‘yicha hududlarda ilmiy-amaliy seminar-treninglar o‘tkazish va aholiga yetkazish.

2022-2023-yillar davomida

III. Qurilish konstruksiyalarining mustahkamligini tajriba yo‘li orqali sinash hamda bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini oshirish

12.

Bino va inshootlar hamda ularning konstruksiyalarini seysmik kuchlar ta’siriga mustahkamlik, bikrlik va ustuvorlik talablari bo‘yicha baholash (sinov) hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish maqsadida maxsus mobil ko‘chma laboratoriya tashkil etish.

1. Maxsus mobil ko‘chma sifat laboratoriyasini xarid qilish bo‘yicha asoslangan takliflarni Jamg‘arma kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. Qurilish konstruksiyalarining sifatini tekshirishga mo‘ljallangan mobil laboratoriya jihozlarini xarid qilish choralarini ko‘rish.

2022-yil 1-dekabr

13.

Seysmik zaifligi aniqlangan ijtimoiy soha obyektlarini instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish.

1. Seysmik zaif ijtimoiy soha obyektlari ro‘yxatini shakllantirish.

har yili 1-aprelga qadar

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Ijtimoiy soha obyektlarini zilzilabardoshlik bo‘yicha instrumental-texnik tekshiruvdan o‘tkazish.

doimiy

IV. Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini ta’minlash hamda ularning monitoringini takomillashtirish

14.

Respublikamizdagi mavjud ko‘p kvartirali uy-joy fondini xatlovdan o‘tkazish.

1. Respublikamizdagi mavjud ko‘p kvartirali uy-joy fondini qaytadan xatlovdan o‘tkazish.

2022-yil 1-oktabrdan boshlab

-

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi

2. Ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan ko‘p kvartirali uy-joylar hamda seysmik zaifligi va avariya alomatlari aniqlangan uylarni buzib, o‘rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish.

doimiy

V. Ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va tonnellarning seysmik mustahkamligini hisoblash usullarini hamda monitoringini takomillashtirish

15.

Ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlarning texnik holatini baholashda zilzilabardoshlik talablarini e’tiborga oluvchi tavsiyalar ishlab chiqish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, ko‘priklar, yo‘lo‘tkazgichlar va tonnel inshootlarini texnik holatini baholashda zilzilabardoshlik talablarini e’tiborga oluvchi tavsiyalarni ishlab chiqish va uni mutaxassislar o‘rtasida keng muhokamadan o‘tkazish.

2022-yil 1-oktabr

Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mablag‘lari

Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti va Transport universiteti

2. Tavsiyalarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Kengashga kiritish.

2023-yil 1-iyun

16.

Respublikadagi barcha sun’iy inshootlarning (ko‘priklar, tonnellar, estakadalar, temir yo‘l ko‘priklari va boshqalar) yagona raqamlashtirilgan ma’lumotlar bazasini tashkil etish.

1. Respublikadagi barcha sun’iy inshootlarni xatlovdan o‘tkazish.

2. Aniqlangan egasiz sun’iy inshootlarni idoraviy mansubligi b�yicha biriktirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil 1-dekabrga qadar

Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti

17.

Respublikadagi barcha mavjud sun’iy inshootlarning elektron texnik pasportlarini shakllantirish va platformaga kiritish.

1. Respublika miqyosida mutaxassislar ishtirokida ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyul

Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot institutining �yudjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Transport vazirligi, Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti

2. Sun’iy inshootlarning elektron texnik pasportlashtirish amaliyotni yo‘lga qo‘yish.

2022-yil 1-avgust

3. Yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlash va ekspluatatsiya qilinayotgan sun’iy inshootlarning elektron texnik pasportlari bo‘yicha elektron bazani shakllantirish.

2023-yil 1-martga qadar

18.

Temir yo‘l ko‘priklarining zilzilabardoshlik darajasini hisoblashda unga ta’sir etuvchi seysmik yuklarni real yoki sintetik zilzilalarning yozuvlaridan (akselerogramma, seysmogramma) foydalangan holda hisoblash usulini ishlab chiqish.

1. Toshkent davlat transport universiteti professor o‘qituvchilari va olimlari ishtirokida xorijiy tajribani chuqur o‘rganish.

2022-yil 1-iyul

Toshkent davlat transport universitetining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari

Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti

2. Ilmiy-tadqiqot va tajriba sinov natijalarini tahlil qilgan holda temir yo‘l ko‘priklarining zilzilabardoshlik darajasini hisoblash usullarini ishlab chiqish.

2022-yil 1-dekabr

3. Ishlab chiqilgan hisoblash usullarini tasdiqlash uchun Kengashga kiritish.

2023-yil 15-mart

19.

Temir yo‘l ko‘priklarida seysmik himoyalash qurilmalari parametrlarini tanlash va hisoblash usullarini ishlab chiqish.

1. Toshkent davlat transport universiteti professor o‘qituvchilari va olimlari ishtirokida xorijiy tajribani chuqur o‘rgangan holda temir yo‘l ko‘priklarida seysmik himoyalash qurilmalarning optimal parametrlarini tanlash va hisoblash usullarini ishlab chiqish.

2023-yil 1-mart

Toshkent davlat transport universitetining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti

2. Ishlab chiqilgan hisoblash usullarini tasdiqlash uchun Kengashga kiritish.

2023-yil 15-mart

20.

O‘zbekiston Respublikasi sharoitida avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklarda seysmik himoyalash qurilmalari konstruksiyalarining joylashtirilishi bo‘yicha yangi texnik yechimlarni ishlab chiqish.

Toshkent davlat transport universiteti professor o‘qituvchilari va olimlari ishtirokida xorij tajribasini hisobga olgan holda avtomobil yo‘llaridagi ko‘priklarda seysmik himoyalash qurilmalari konstruksiyalarining joylashtirilishi bo‘yicha yangi texnik yechimlarni ishlab chiqish.

2023-yil 1-iyul

Toshkent davlat transport universitetining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti

VI. Gruntli inshootlar, suv omborlari to‘g‘onlari hamda gidrotexnik inshootlarning seysmik mustahkamligini nazorat qilishni takomillashtirish

21.

Gruntli inshootlar, suv omborlari to‘g‘onlarining seysmik mustahkamligini ta’minlash mezonlarini ishlab chiqish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish, gruntli inshootlar, suv omborlari to‘g‘onlarining seysmik mustahkamligini ta’minlash mezonlarini ishlab chiqish va uni mutaxassislar o‘rtasida keng muhokamadan o‘tkazish.

2022-yil 15-dekabr

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligiga seysmik mustahkamlikni ta’minlash mezonlarini bo‘yicha takliflar kiritish.

2023-yil 15-fevral

3. Suv omborlari to‘g‘onlarini mazkur mezonlar asosida sinovdan o‘tkazish.

2023-yil 1-oktabrga qadar

22.

Respublikadagi toifalangan suv omborlarining (birinchi navbatda seysmik zonalarda joylashganlar) zilzilabardoshlik bo‘yicha monitoringini yuritish.

1. Ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 15-iyul

Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Jamg‘arma mablag‘lari

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2. Ekspertlar bilan respublikadagi toifalangan suv omborlarini zilzilabardoshlik bo‘yicha monitoringini yuritish.

2023-yil 1-iyuldan boshlab doimiy

VII. Seysmoprognostik monitoring hamda seysmologik kuzatuvlar tarmog‘ini takomillashtirish

23.

Seysmoprognostik monitoring respublika markazini keng polosali zamonaviy seysmometrlar, magnitometrlar, deformometrik, impuls elektromagnit, naklonometriklar bilan ta’minlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish.

1. Keng polosali zamonaviy seysmometrlar, magnitometrlar, deformometrik, impuls elektromagnit, naklonometriklarning tavsiflari va narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash.

2022-yil 1-iyul

Jamg‘arma mablag‘lari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi

2. Xarid qilinadigan jihozlarning ro‘yxatini shakllantirish.

2022-yil 1-avgust

3. Xarid qilish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritish.

2022-yil 1-sentabr

24.

Milliy seysmik kuzatuvlar tarmog‘ini Seysmologiya bo‘yicha birlashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari (Incorporated Research Institutions for Seismology) global tarmog‘iga ulash.

1. Milliy seysmik kuzatuvlar tarmog‘ini Seysmologiya bo‘yicha birlashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari global tarmog‘iga ulash bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2022-yil 15-iyul

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi mablag‘lari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Milliy seysmik kuzatuvlar tarmog‘ini Seysmologiya bo‘yicha birlashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari (Incorporated Research Institutions for Seismology) global tarmog‘iga ulash choralarini ko‘rish.

2022-yil 15-oktabr

VIII. Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida oliy ma’lumotli, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni takomillashtirish

25.

“Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari” ro‘yxatini takomillashtirish.

1. “Asoslar, poydevor va yer osti inshootlari. Ko‘prik va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar”, “Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi” ixtisosliklarini xorijiy tajribani inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish hamda ularning negizida “Geotexnika” ixtisosligini tashkil etish.

2022-yil 15-iyul

-

Oliy attestatsiya komissiyasi, Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga “Seysmik xavfsizlik” ixtisosligini kiritish.

2022-yil 25-avgust

3. “Geotexnika” va “Seysmik xavfsizlik” ixtisosliklari bo‘yicha ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar tuzish.

2022-yil 15-sentabr

26.

Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Farg‘ona politexnika instituti o‘qituvchilari va magistrantlarining Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida zilzilabardoshlik bo‘yicha amaliyot o‘tashi tizimini yo‘lga qo‘yish.

1. Amaliyot o‘tash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash.

2022-yil 1-iyul

-

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahridagi Tu�in politexnika universiteti

2. Amaliyot o‘tashni tashkil etish.

doimiy

27.

Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmologiya instituti faoliyat yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish.

1. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmologiya instituti faoliyati bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash.

2022-yil 1-avgust

-

Vazirlar Mahkamasi, Fanlar akademiyasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

2. Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmologiya instituti faoliyatini jahon andozalariga mos ravishda qaytadan tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2022-yil 15-noyabr

3. Vazirlar Mahkamasi qarori asosida yangidan qayta tashkil etilgan Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda Seysmologiya instituti faoliyatini yo‘lga qo‘yish.

2023-yil 2-yanvar

IX. Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida ilm-fanni rivojlantirish

28.

Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasi ilmiy yo‘nalishlarida fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovini o‘tkazish va moliyalashtirish.

1. Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasi muammolari ilmiy yechimiga qaratilgan takliflarni (tematik mavzularni) o‘rnatilgan tartibda shakllantirilib, Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Taqdim etilgan tematik mavzular asosida belgilangan tartibda loyihalar tanlovini e’lon qilish.

2022-yil 15-avgust

3. Tanlov shartlaridan o‘tgan loyihalarni moliyalashtirish

2022-yil 1 noyabr

29.

Zilzilada amaliy harakatlanishni o‘rgatishga mo‘ljallangan ko‘chma mobil zilzila simulyatorini yaratish mavzusida maqsadli innovatsion ilmiy-texnik loyihasini ishlab chiqish.

1. Z?lzilada amaliy harakatlanishni o‘rgatishga mo‘ljallangan ko‘chma mobil zilzila simulyatorini yaratish mavzusida innovatsion loyihani ishlab chiqish.

2022-yil 15-iyul

Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi

2. Loyihani Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish.

2022-yil 15-avgust

X. Seysmologiya va inshootlar seysmik mustahkamligi sohasidagi ilmiy laboratoriyalar faoliyatini takomillashtirish hamda yangi ilmiy-o‘quv laboratoriyalar tashkil etish

30.

Seysmologiya instituti tarkibidagi “Axborot-tahlil markazi” shtat birliklari doirasida “Seysmik va seysmoprognostik ma’lumotlarning ilmiy tahlili” laboratoriyasini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

1. Laboratoriya vazifalarini, istiqboldagi tadqiqotlarning yo‘nalishlarini, shtat jadvalini belgilash.

2022-yil 1-iyul

-

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti

2. Laboratoriyani tashkil etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-noyabr

31.

Seysmologiya instituti tarkibidagi “Yangibozor geofizik observatoriyasi” noyob obyekti asosida “Geofizik ilmiy tajriba observatoriya”sini tashkil qilish.

1. Observatoriya vazifalarini, istiqboldagi tadqiqotlarning yo‘nalishlarini, shtat jadvalini belgilash.

2022-yil 1-avgust

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti hamda Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti

2. Observatoriyani zarur geofizik asbob-uskunalar bilan jihozlash.

2023-yil 1-avgust

32.

Namangan muhandislik-qurilish institutida “Bino va inshootlarni seysmik himoyalash” o‘quv-ilmiy laboratoriyasini tashkil etish.

1. Bino va inshootlarning zilzilabardoshlik bo‘yicha texnik holatini baholash, aktiv seysmik himoyalash usullari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borishga mo‘ljallangan “Bino va inshootlarni seysmik himoyalash” o‘quv-ilmiy laboratoriyasini tashkil etish.

2022-yil 1-iyul

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Jamg‘arma mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Laboratoriyani zarur jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash.

2022-2023-yillar davomida

33.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida zilzilabardoshlik bo‘yicha o‘quv-ilmiy laboratoriya tashkil etish.

1. Gruntli inshootlar, suv omborlarining to‘g‘onlari, asos va poydevorlarni zilzilabardoshlik bo‘yicha zamonaviy raqamli hisoblash usullari va dasturlari (Plaxis, Ansys, Abaqus va boshqalar) yordamida baholashga mo‘ljallangan o‘quv-ilmiy laboratoriya tashkil etish.

2022-yil 1-iyul

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti hamda Jamg‘arma mablag‘lari

Suv xo‘jaligi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Laboratoriyani zarur jihozlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash.

2022-2023-yillar davomida

XI. Seysmik mustahkamlikni oshiruvchi qurilish materiallarining yangi avlodini yaratish ishlarini kengaytirish

34.

Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini oshiruvchi yuqori qo‘shilgan qiymatli bazalt va shisha tolali lentalar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish.

1. Bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini oshiruvchi yuqori qo‘shilgan qiymatli bazalt va shisha tolali lentalar ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

2022-2023-yillar davomida

-

“O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi

2. Tadqiqot natijalarini respublikaning seysmik faol hududlarida qurilayotgan turar-joy binolarida qo‘llash choralarini qo‘rish.

2023-yil 1-oktabr

3. Tadqiqot yakunlari bo‘yicha yaratilgan ishlanmalarni butun respublikada joriy etish bo‘yicha takliflarni Kengashga kiritish.

2023-yil 1-dekabr

35.

Ilg‘or arxitektura va dizaynerlik tamoyillariga asoslangan seysmik mustahkamlikni oshiruvchi “kelajak materiallari” nomenklaturasini ishlab chiqish.

1. Seysmik mustahkamlikni oshiruvchi “kelajak materiallari” nomenklaturasini ishlab chiqish uchun ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 1-iyul

-

“O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi

2. Xorijiy tajribani chuqur o‘rgangan holda seysmik mustahkamlikni oshiruvchi “kelajak materiallari” nomenklaturasini ishlab chiqish va Kengashga tasdiqlash uchun kiritish.

2023-yil 1-mart

36.

Seysmik mustahkamlikni oshiruvchi qurilish materiallarini yaratishga qaratilgan aniq yo‘nalishlarni belgilash.

1. Seysmik mustahkamlikni oshiruvchi qurilish materiallarini yaratishga qaratilgan aniq yo‘nalishlar doirasida innovatsion va ilmiy-amaliy tadqiqotlar tanlovini e’lon qilish.

2022-yil 1-iyul

Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar

Innovatsion rivojlanish vazirligi, “O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi, Fanlar akademiyasi

2. Ilmiy-amaliy tadqiqot loyihasini tanlovga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

3. Tanlovda g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish choralarini ko‘rish.

2022-yil 1-dekabr

XII. Seysmik xavfsizlik sohasini raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish

37.

Aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakat qilishga mustaqil o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mobil ilovani yaratish.

1. Aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakat qilishga mustaqil o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mobil ilovani yaratish uchun texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2022-yil 1-iyun

Innovatsion rivojlanish vazirligining tanlovlari natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Ishlab chiqilgan mobil ilovani jamoatchilikka yetkazish choralarini ko‘rish.

2022-yil 1-avgust

38.

Respublika hududidagi seysmik maydonlar informativ xarakteristikalari asosida seysmik jarayonlarni kuzatish va prognozlash axborot tizimini ishlab chiqish.

1. Seysmik jarayonlarni kuzatish va prognozlash axborot tizim ishlab chiqish uchun ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

2022-yil 15-iyul

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2. Texnik topshiriqlar, loyiha-smeta hujjatlari va ish rejasini ishlab chiqish.

2022-yil 15-dekabr

3. Respublika hududidagi seysmik maydonlar informativ xarakteristikalari asosida seysmik jarayonlarni kuzatish va prognozlash axborot tizimini ishlab chiqish.

2023-yil 1-dekabr

39.

O‘zbekiston Respublikasi viloyat shaharlari markazlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

1. Andijon, Namangan, Farg‘ona shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

2. Toshkent, Guliston, Nurafshon, Jizzax shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

3. Samarqand, Qarshi, Termiz, Buxoro shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

4. �avoiy, Nukus, Urganch shaharlarining raqamlashtirilgan seysmik mikrohududlashtirish xaritalarini ishlab chiqish.

Reja-grafikka muvofiq

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti

40.

Bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning zilzilabardoshligi bo‘yicha elektron texnik pasportlarini shakllantirib, bino va inshootlar elektron texnik pasportlarining yagona integratsiyalashgan platformasiga kiritish.

1. Vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan o‘zlariga qarashli bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uy-joylarning elektron texnik pasportini vizual tekshiruv asosida to‘liq shakllantirish.

2022-yil 25-iyul

-

Vazirliklar va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlar

2. Bino va inshootlar, shuningdek, ko‘p kvartirali uylarning zilzilabardoshlik bo‘yicha elektron texnik pasportlarini yagona integratsiyalashgan platformaga kiritish.

2023-yil 1-mart

XIII. Seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasiga kosmik tadqiqotlarni keng joriy etish

41.

O‘zbekiston Respublikasidagi seysmik jarayonlarni (faol, o‘rta faol va tinch hududlar) hamda maydonlarni o‘zida mujassamlashtirgan interaktiv onlayn xarita ishlab chiqish.

1. Respublikadagi eng seysmik faol, o‘rta faol va tinch hududlarni aniqlash.

2022-yil 25-iyul

Jamg‘arma mablag‘lari

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

2. Texnik topshiriqlar, loyiha-smeta hujjatlari va ish rejasini ishlab chiqish.

2022-yil 1-avgust

3. Respublikadagi eng seysmik faol, o‘rta faol va tinch hududlar hamda maydonlarni o‘zida mujassamlashtirgan interaktiv onlayn xaritani ishlab chiqish.

2022-yil 1-dekabrga qadar

42.

Seysmik faol zonalardagi bino va inshootlar joylashgan maydonlarning zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, cho‘kishi kabi omillarni ko‘rsatib beruvchi radiolokatsion kosmik monitoring tizimini ishlab chiqish.

1. Ijodiy jamoani tuzish. Tahliliy materiallarni o‘rganish.

2022-yil 1-iyul

Jamg‘arma mablag‘lari

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Texnik topshiriqlar, loyiha-smeta hujjatlari va ish rejasini ishlab chiqish.

2022-yil 25-iyul

3. Seysmik faol zonalarda joylashgan bino va inshootlar maydonining zilzilalar oqibatida deformatsiyasi, siljishi, cho‘kishi kabi omillarni ko‘rsatib beruvchi radiolokatsion kosmik monitoring tizimini joriy etish.

2023-yil 1-avgust

43.

Suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish.

1. Ijodiy jamoani tuzish. Tahliliy materiallarni o‘rganish.

2023-yil 15-yanvar

Jamg‘arma mablag‘lari

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

2. Texnik topshiriqlar, loyiha-smeta hujjatlari va ish rejasini ishlab chiqish.

2023-yil 1-fevral

3. Suv omborlari to‘g‘onlarining seysmik mustahkamligi darajasini doimiy kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish.

2023-yil 1-may

44.

Suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlarning vizual 3D modellarini ishlab chiqish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Zilzila natijasida to‘g‘on o‘pirilishi oqibatida suv bosishi mumkin bo‘lgan hududlarning vizual 3D modellarini ishlab chiqish va doimiy ravishda ularning monitoringini amalga oshirish.

2023-yil 1-apreldan boshlab

Jamg‘arma mablag‘lari

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

45.

Zilzila natijasida to‘g‘on o‘pirilishi oqibatida qutqaruv ishlarini tashkillashtirishda tegishli vazirlik va idoralarni zarur kosmik suratlar hamda ishlov berilgan ma’lumotlar bilan ta’minlash tizimini ishlab chiqish.

1. Ijodiy jamoani tuzish. Obyekt bo‘yicha fond materiallarini o‘rganish.

2. Texnik topshiriqlar, loyiha-smeta hujjatlari va ish rejasini ishlab chiqish.

3. Vazirlik va idoralarni zarur kosmik suratlar hamda ishlov berilgan ma’lumotlar bilan ta’minlash tizimini yaratish.

2023-yil 1-aprelga qadar

Jamg‘arma mablag‘lari

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyal�r agentligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

XIV. Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida zamonaviy o‘quv adabiyotlari tayyorlashni takomillashtirish

46.

Aktiv seysmik himoya qurilmalarini qo‘llash va yasash bo‘yicha qisqa o‘quv kurslarini tashkil etish hamda aktiv seysmik himoya qurilmalarini qo‘llash va loyihalash bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish.

1. Aktiv seysmik himoya qurilmalarni qo‘llash va yasash bo‘yicha chet el mutaxassislarini jalb qilgan holda qisqa o‘quv kurslarini tashkil etish.

2022-yil 20-sentabr

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Qurilish vazirligi

2. Sohadagi yetuk mutaxassis va olimlarni keng jalb qilgan holda ishchi guruhni shakllantirish.

2022-yil 20-noyabr

3. Uslubiy qo‘llanmani ishlab chiqish va qo‘llash uchun Qurilish vazirligiga topshirish.

2023-yil 20-avgust

47.

Seysmik faol hududlarda quriladigan ko‘p qavatli binolarni hisoblash bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqish.

Ilmiy asoslangan amaliy tavsiyanomalarni ishlab chiqish, muhokama qilish va ularni Qurilish vazirligining Ilmiy texnik kengashiga topshirish.

2023-yil 15-mart

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, Qurilish vazirligi

48.

Zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan holda “Muhandislik seysmologiya asoslari”, “Umumiy seysmologiya” va “Instrumental seysmologiya” fanlaridan o‘zbek va rus tillarida darsliklar chop etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish.

2022-yil 1-iyul

Seysmologiya institutining budjet va budjetdan tashqari mabl?g‘lari

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. Zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan holda “Muhandislik seysmologiya asoslari”, “Umumiy seysmologiya” va “Instrumental seysmologiya” fanlaridan o‘zbek va rus tillarida darsliklarni tayyorlash.

2022-yil 20-iyul

3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan guvohnoma olish va darsliklarni chop etish.

2022-yil 1-dekabr

49.

Zamonaviy asbob-uskunalar yordamida bino va inshootlardagi mavjud yashirin shikastlanishlar va yoriqlarni buzmasdan turib aniqlash usullarini ishlab chiqish.

1. Soha olimlari va mutaxassislarini jalb qilgan holda ishchi guruhini shakllantirish.

2022-yil 1-avgust

Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti

2. Xorijiy tajribani o‘rgangan holda bino va inshootlardagi mavjud yashirin shikastlanishlarni buzmasdan turib aniqlash usullarini ishlab chiqish hamda ushbu usullar asosida uslubiy qo‘llanma chop etish.

2023-yil 1-dekabr

50.

“Bino va inshootlar zilzilabardoshligi” hamda “Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar” fanlaridan zamonaviy darslik chop etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish.

2022-yil 1-noyabr

Toshkent arxitektura qurilish institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Toshkent arxitektura qurilish instituti, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

2. “Bino va inshootlar zilzilabardoshligi” hamda “Gruntlar mexanikasi zamin va poydevorlar” fanlaridan zamonaviy darsliklarni tayyorlash.

2023-yil 15-aprel

3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan guvohnoma olish va darsliklarni chop etish.

2023-yil 1-iyun

51.

“Bino va inshootlarda aktiv seysmik himoya vositalarini qo‘llash” bo‘yicha zamonaviy o‘quv qo‘llanma chop etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish.

2022-yil 15-iyun

Namangan muhandislik-qurilish institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Namangan muhandislik-qurilish instituti

2. “Bino va inshootlarda aktiv seysmik himoya vositalarini qo‘llash” bo‘yicha zamonaviy o‘quv qo‘llanmani tayyorlash va chop etish.

2023-yil 1-aprel

52.

“Gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamligi” fanidan zamonaviy darslik chop etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish.

2022-yil 1-iyul

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti

2. “Gidrotexnika inshootlarining seysmik mustahkamligi” fanidan zamonaviy darslikni tayyorlash.

2022-yil 1-sentabr

3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan guvohnoma olish va darslikni chop etish.

2023-yil 1-may

53.

“Ko‘priklar, tonnellar va yo‘lo‘tkazgichlarning zilzilabardoshligi” fanidan o‘zbek va rus tillarida darslik chop etish.

1. Xorijiy tajribani o‘rganish.

2022-yil 15-avgust

Toshkent davlat transport universitetining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti

2. “Ko‘priklar, tonnellar va yo‘lo‘tkazgichlarning zilzilabardoshligi” fanidan o‘zbek va rus tillarida darsliklarni tayyorlash.

2023-yil 15-fevral

3. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan guvohnoma olish va darsliklarni chop etish.

2023-yil 15-may

54.

Respublikamiz va xorijda qo‘llanilayotgan seysmik mustahkamlikni oshiruvchi yangi qurilish materiallarining xususiyatlarini to‘liq ochib beruvchi zamonaviy o‘quv uslubiy qo‘llanma chop etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish.

2022-yil 1-iyul

Toshkent arxitektura qurilish institutining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

“O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi, Toshkent arxitektura qurilish instituti

2. Seysmik mustahkamlikni oshiruvchi yangi qurilish materiallarining xususiyatlarini to‘liq ochib beruvchi o‘quv qo‘llanmani tayyorlash va chop etish.

2023-yil 1-may

55.

“Seysmologiya muammolari” hamda “Mexanika muammolari” O‘zbekiston jurnallarining samaradorligini oshirish.

1. Tahririyat kengashini xorijiy olimlar bilan to‘ldirgan holda qayta ko‘rib chiqish.

2022-yil 15-iyul

Seysmologiya, Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutlarining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Seysmologiya instituti, Mexanika va inshootlar sey�mik mustahkamligi instituti

2. Jurnal nizomi va maqolalarga qo‘yiladigan talablarni jahon andozalari darajasida ishlab chiqish.

2022-yil 15-avgust

3. “Seysmologiya muammolari” hamda “Mexanika muammolari” O‘zbekiston jurnallarining alohida veb-saytini yaratish va doimiy faoliyatini tashkil etish.

2022-yil 15-dekabr

4. “Seysmologiya muammolari” hamda “Mexanika muammolari” O‘zbekiston jurnallarini xalqaro umum e’tirof etilgan jurnallar bazasiga kiritish.

doimiy

XV. Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi kadrlarning xorijda malakasini oshirish va qayta tayyorlash

56.

Aholini zilziladan himoya qilish va ularni harakat qilishga o‘rgatish, shuningdek, seysmoprognostik monitoring sohasidagi ilg‘or tajribani o‘rganish maqsadida xorijiy stajirovkalar tashkil etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganishga yuborish uchun soha xodimlari va Kengash a’zolaridan iborat delegatsiyani shakllantirish va Jamg‘arma kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

Jamg‘arma mablag‘lari

Favqulodda vaziyatlar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xodimlarni ushbu soha rivojlangan davlatlarga stajirovka o‘tash uchun yuborish va ularning malakasini oshirish.

2022-2023-yillar

57.

Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi sohasidagi ilg‘or tajribani o‘rganish maqsadida xorijiy stajirovkalar tashkil etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganishga yuborish uchun soha xodimlari va Kengash a’zolaridan iborat delegatsiyani shakllantirish va Jamg‘arma kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

Jamg‘arma mablag‘lari

Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xodimlarni ushbu soha rivojlangan davlatlarga stajirovka o‘tash uchun yuborish va ularning malakasini oshirish.

2022-2023 yillar

58.

Zilzilabardosh qurilish sohasida loyihalash, qurish va qurilish sifatini nazorat qilish usullarini o‘rganish maqsadida xorijiy stajirovkalar tashkil etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganishga yuborish uchun soha xodimlari va Kengash a’zolaridan iborat delegatsiyani shakllantirish va Jamg‘arma kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-avgust

Jamg‘arma mablag‘lari

Qurilish vazirligi, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Xodimlarni ushbu soha rivojlangan davlatlarga stajirovka o‘tash uchun yuborish va ularning malakasini oshirish.

2022-2023-yillar

59.

Seysmik xavfsizlik sohasida malakali kadrlarni tayyorlash sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida stajirovkalar tashkil etish.

1. Xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganishga yuborish uchun soha xodimlari va Kengash a’zolaridan iborat delegatsiyani shakllantirish va Jamg‘arma kengashiga taqdim etish.

2022-yil 1-iyul

Jamg‘arma mablag‘lari

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat transport universiteti, Toshkent arxitektura qurilish instituti, “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Farg‘ona politexnika instituti

2. Xodimlarni ushbu soha rivojlangan davlatlarga stajirovka o‘tash uchun yuborish va ularning malakasini oshirish.

2022-2023-yillar

60.

Yuksak ilmiy natijalarga erishgan, shuningdek, fan rivojiga munosib hissa qo‘shgan olimlarni, shu jumladan yosh ilmiy xodimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni moddiy rag‘batlantirish.

1. Seysmologiya, bino va inshootlarning seysmik mustahkamligi hamda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida faoliyat olib borayotgan hamda yuksak natijalarga etishgan xodimlar ro‘yxatini shakllantirish.

Har yili 1-avgustga qadar

Jamg‘arma mablag‘lari

Vazirlar Mahkamasi, Fanlar akademiyasi, Qurilish vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Jamg‘arma kengashi tomonidan munosib deb topilgan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish.

doimiy

61.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xodimlarining oylik ish haqlarini oshirish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish.

1. Soha xodimlarining ish haqlari to‘g‘risida tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

2022-yil 15-iyul

-

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Moliya vazirligi

2. Tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar asosida Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xodimlarining oylik ish haqlarini oshirish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2022-yil oxiriga qadar

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2023-y., 06/23/151/0661-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PF-72-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.05.2023-y., 06/23/72/0283-son)
b) o‘n beshinchi xatboshi tegishlicha o‘n oltinchi xatboshi deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi