Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Respublika jamg‘armasining mablag‘laridan faqat ushbu Qonunning 14-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar yoki Toshkent shahar hokimliklarining tashabbusiga ko‘ra yoki respublika davlat boshqaruvi organlarining tashabbusiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat yoki Toshkent shahar Kengashi (bundan buyon matnda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy Kengash deb yuritiladi) tomonidan kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinganligi munosabati bilan zararlarning o‘rnini jismoniy va yuridik shaxslarga qoplash uchun foydalaniladi.
 LexUZ sharhi
Ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida belgilangan maqsadlarda loyiha va ishlarni amalga oshirish uchun maqbul boshqa yer uchastkasi mavjud bo‘lmaganligi tufayli yer uchastkasini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga (bundan buyon matnda yer uchastkasini olib qo‘yish deb yuritiladi) zarurat va asos mavjud bo‘lgan taqdirda, tashabbuskor asoslantiruvchi materiallarni tayyorlaydi. Bunda yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan, shu jumladan jisman eskirganligi, avariya holatida ekanligi tufayli yashash uchun yaroqsiz bo‘lgan uylar va turar joylar (bundan moddiy madaniy meros obyektlari mustasno), foydalanilmayotgan obyektlar (imoratlar, inshootlar) joylashgan yer uchastkalari birinchi navbatda aniqlanadi, bunday yer uchastkalari aniqlanmagan taqdirda esa boshqa yer uchastkalari tanlanadi.
Moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan joylarda va ularga tutash hududlarda yer uchastkalarini olib qo‘yish “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining hamda boshqa qonunchilik hujjatlarining moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan joylarda va ularga tutash hududlarda yer qazish, yer tuzish, qurilish, melioratsiya, xo‘jalik ishlarini va boshqa ishlarni, moddiy madaniy meros obyektlarini asrashga oid ishlarni, shuningdek moddiy madaniy meros obyektlarida ilmiy va ilmiy-texnik tadqiqotlarni olib borishga doir talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida belgilangan maqsadlarda loyihalarning amalga oshirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish, shuningdek yer uchastkalarini olib qo‘yish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, loyihani amalga oshirish bo‘yicha tegishli tashabbus va asoslantiruvchi materiallar manfaatdor davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan maqsadlarda loyihaning amalga oshirilishi haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qaror qabul qilinganligi munosabati bilan yer uchastkalarini olib qo‘yish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, ushbu Qonun bilan tashabbuskorning zimmasiga yuklatilgan barcha majburiyatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyat yoki Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bajariladi, yer uchastkalarini olib qo‘yish esa ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha tashabbusning ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan jamoat ehtiyojlariga muvofiqligi hamda yer uchastkasini olib qo‘yish bilan bog‘liq kutilayotgan sarf-xarajatlarning oqilonaligi masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, mahalliy Kengashning asoslantiruvchi materiallar kiritilganidan keyin chaqiriladigan navbatdagi ochiq majlisida dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi.
ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida belgilangan maqsadlarda loyiha va ishlarni amalga oshirish uchun maqbul boshqa yer uchastkasi mavjud emasligi to‘g‘risidagi;
ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida belgilangan maqsadlarda loyiha va ishlarni amalga oshirish uchun maqbul boshqa yer uchastkasi mavjud bo‘lganda;
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan kompensatsiyalarning miqdorini baholash standartlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan belgilanadi.
Ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan maqsadlarda loyihalar va ishlarni amalga oshirish uchun rejalashtirilgan yer uchastkasida (bundan aholi punkti yerlari toifasiga kirmaydigan yerlar, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va muhofaza etiladigan hududlarda joylashgan yer uchastkalari mustasno) joylashgan turar joyga nisbatan huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan, ushbu turar joyga o‘n besh yil (egalik qilish huquqini yuzaga keltiruvchi muddat) mobaynida xuddi o‘z mulkidek halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxslarga, ushbu ko‘chmas mulk obyektlari uchun soliqlar to‘lab kelinganligi tasdiqlangan taqdirda, mazkur ko‘chmas mulk obyektlari qiymatining o‘rni qoplanadi.
 LexUZ sharhi
Kompensatsiya ushbu Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan tartibda tegishli markazlashtirilgan jamg‘arma mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan beriladi.
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Buziladigan ko‘chmas mulk obyektlarini, shu jumladan ko‘p yillik dov-daraxtlarni, shuningdek olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni baholash yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risida ushbu Qonunning 21-moddasida nazarda tutilgan tartibda qaror qabul qilinganidan keyin va kelishuv tuzilguniga qadar amalga oshiriladi. Bunday holda ko‘chmas mulk obyektlarining, shuningdek olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qiymati yer uchastkasi olib qo‘yilishi tartib-taomili boshlanguniga qadar bo‘lgan paytdagi yoki yer uchastkasi olib qo‘yilishi haqidagi xabar ko‘chmas mulk obyektining qiymatiga, shuningdek olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarga ta’sir ko‘rsatilguniga qadar bo‘lgan paytdagi holatga ko‘ra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi.
Agar yer uchastkalarini olib qo‘yish tartib-taomillari ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar boshlangan, biroq yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq qaror qabul qilinmagan bo‘lsa, mazkur yer uchastkalariga nisbatan ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar qo‘llaniladi.
Agar yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risidagi qaror ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq qabul qilingan bo‘lsa, mazkur yer uchastkalariga nisbatan kelishuv tuzish, kompensatsiya berish, buziladigan ko‘chmas mulkni va olib qo‘yilayotgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni baholash, ko‘chmas mulk obyektlarini buzish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish chog‘ida ushbu Qonunning 22 — 32-moddalarida nazarda tutilgan tartib-taomillar qo‘llaniladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi