Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

mazkur Farmonning 1-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan hollarda turar joy insofli egallovchidan talab qilib olinmasligi natijasida mulkdorga yetkazilgan zarar.
ushbu Farmonning 4-bandiga asosan respublika va hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan to‘lovlar keyinchalik aybdor shaxslardan to‘liq miqdorda regress tartibida undirib olinadi, bundan mazkur bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
qonunchilikda ushbu Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan zararlarni qoplashning boshqa manbalari belgilangan hollarda, kompensatsiya to‘lovlari respublika va hududiy kompensatsiya jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, keyinchalik ushbu manbalar hisobidan qoplab beriladi;
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini, loyihada ushbu qonun qabul qilinishi munosabati bilan Fuqarolik, Soliq, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslar va boshqa qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutsin;

T/r

Tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. Xususiy mulk daxlsizligi va himoyasi kafolatlarini kuchaytirish

1.

Xususiy mulk himoyasining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

xususiy mulk huquqini bekor qilish asoslarining qat’iy ro‘yxatini belgilash;

xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi bilan bog‘liq qoidalarga aniqlik kiritish;

mol-mulkdan sudning qarorisiz mahrum qilish mumkin emasligini qat’iy belgilash;

undiruvni mol-mulkka qaratish yo‘li bilan mol-mulk olib qo‘yilayotganda, mulkdor huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish;

xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish hamda uning bozor aktividagi ulushini oshirishni yanada kengaytirish.

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi, Oliy sud,

Bosh prokuratura,

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil,

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi,

Savdo-sanoat palatasi

2.

Yer va binolarni ijaraga olish va berish qonunchiligini takomillashtirish.

Qonun loyihasini ishlab chiqish. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

er va binolar ijara shartnomalarining muddatlarini qat’iy belgilash, yerlarni ijaraga olish muddatlarini uzaytirish;

er uchastkalarini birlamchi va ikkilamchi ijaraga berish shakllarini belgilash;

binolarni ijaraga olish shartnomasini yangilash, o‘zgartirish yoxud bekor qilish yuzasidan ogohlantirish muddatlarini aniq belgilash;

er uchastkalarini birlamchi va ikkilamchi ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (hisobga olish) bilan bog‘liq qoidalarni belgilash;

er va binolarni ijara oluvchining mulkdan uzoq muddat foydalanish kafolatlarini kuchaytirish;

er va binolarni ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchining huquq va majburiyatlarini qat’iy belgilash;

ikkilamchi ijara shartnomasi tomonlarining huquq va majburiyatlarini belgilash;

ijara haqini oshirish yoxud kamaytirishni (vaqtinchalik/doimiy) talab qilish huquqini ta’minlash;

ijaraga oluvchi tomonidan ijara obyektiga yetkazilgan zararni belgilash va ularni qoplash;

ijaraga olingan ko‘chmas mulklarni ijaraga olish davrida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlar, tabiiy ofatlar, favqulodda holatlarga qarshi sug‘urta qilish huquqi.

2022-yil oktyabr

Adliya vazirligi,

Kadastr agentligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Qurilish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

3.

Uy-joy oldi-sotdi shartnomasida sotib oluvchining mulkiy huquqlarini mustahkamlash.

Qonun loyihasini ishlab chiqish. Loyihadasotilayotgan uy-joy binosidan foydalanish huquqiga ega shaxslar ushbu uy-joyning oldi-sotdi shartnomasi imzolangandan so‘ng, agar shartnoma shartlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir oy ichida doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan chiqishi shartligini belgilash bo‘yicha Fuqarolik kodeksining 488-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish nazarda tutiladi.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi

4.

Mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlarni qayta ko‘rib chiqish.

Qonun loyihasi. Loyihada quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutiladi:

mol-mulkka egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlarni qisqartirish;

mol-mulk joylashgan hudud va ushbu mol-mulkka egalik qilib kelayotgan shaxsning doimiy yashash joyiga nisbatan egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi differensial muddatlarni belgilash;

egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddatlar asosida mulk huquqi qaysi holatlarda sud tomonidan va qaysi holatlarda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan e’tirof etilishini belgilash.

2022-yil dekabr

Adliya vazirligi, Oliy sud,

Bosh prokuratura,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar haqidagi ma’lumotlarni UZKAD tizimiga to‘liq o‘tkazish.

Amaliy chora-tadbirlar. Qog‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har bir ko‘chmas mulk obyektini identifikatsiyalagan holda quyidagi bosqichlarda UZKAD tizimiga to‘liq o‘tkaziladi:

Kadastr agentligi

1-bosqich — ko‘p kvartirali uylar;

2022-yil dekabr

2-bosqich — davlat tashkilotlariga tegishli obyektlar va ijtimoiy obyektlar;

2023-yil iyun

3-bosqich — tijorat tashkilotlariga tegishli obyektlar;

2023-yil dekabr

4-bosqich — yakka tartibdagi turar joylar va boshqa obyektlar.

2024-yil dekabr

6.

Mulkdor — jismoniy shaxsning ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulklari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada oilaviy meros, yagona daromad keltiruvchi mehnat quroli yoki aktivga, shuningdek, qarzdorning ulushlarga ajratilmagan birgalikdagi va (yoki) umumiy mulkiga undiruv qaratilmasligiga oid qoidalarni belgilash nazarda tutiladi.

2022-yil oktyabr

Adliya vazirligi,

Oliy sud,

Majburiy ijro byurosi

7.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirishda mulkiy huquqlardaxlsizligini ta’minlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihadayakka tartibdagi tadbirkorlarga eksport qiluvchi yuridik shaxslar kabi meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport kontraktini tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirish huquqini berish nazarda tutiladi.

2022-yil oktyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi,

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil,

Savdo-sanoat palatasi

8.

Davlat uy-joy fondidan foydalanishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada quyidagilarni belgilovchi davlat uy-joy fondidan foydalanish va uni tasarruf etish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash nazarda tutiladi:

yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tur�r joylar bilan ta’minlash;

uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish;

munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan xizmat turar joylarini foydalanishga berish;

davlat uy-joy fondini xususiylashtirish;

davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z tasarrufida bo‘lgan uy-joylarning hududlar kesimidagi reyestrini shakllantirib, o‘zl?rining rasmiy veb-saytlarida joylashtirish.

2022-yil noyabr

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

tasarrufida uy-joylar mavjud vazirlik va idoralar

9.

Yuridik shaxslarning yagona ta’sischisi, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor vafot etgandan so‘ng meros mulkidan foydalanish, unga egalik qilish va uni tasarruf etishga oid munosabatlarni takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi:

meros mulkini ishonchli boshqaruvga berish;

mulkdorning vafoti munosabati bilan tadbirkorlik faoliyatining to‘xtab qolmasligini ta’minlash mexanizmlari;

yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarga nisbatan meros munosabatlarini tartibga solish masalalari.

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi,

Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil,

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

10.

Fermer xo‘jaligi tugatilgan holatlarda ijaraga olingan yer uchastkasiga ekilgan ko‘p yillik dov-daraxtlarning xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi. Loyihadafermer xo‘jaligi tugatilgan holatlarda ijaraga olingan yer uchastkasiga ekilgan dov-daraxtlarning xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi ishlab chiqilib, tegishli qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

2022-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Moliya vazirligi

II. Mol-mulkning kapitallashuv darajasini oshirish

11.

Tijorat banklariga mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatishda “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali hujjatlar va ma’lumotlarni so‘rab olish imkoniyatini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar. Bunda quyidagilar amalga oshiriladi:

Adliya vazirligi,

Markaziy bank,

Kadastr agentligi,

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

1. Markaziy bank, Adliya vazirligi, Kadastr agentligi va tijorat banklari vakillaridan iborat ishchi guruh tuzish;

2022-yil oktyabr

2. Mavjud elektron ma’lumotlar bazalari va tijorat banklari ma’lumotlar bazalarining texnik jihatlarini o‘rganish;

2022-yil noyabr

3. Tijorat banklariga mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 23-martdagi PF-6191-son Farmonining 4-bandida nazarda tutilgan hujjat va ma’lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olish imkoniyatini yaratish.

2022-yil noyabr

12.

Avtotransport vositalarini garovga qo‘yish tartibini soddalashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar. Birlamchi bozordan olingan avtotransport vositasini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yishda garov reyestriga kiritilishi majburiy bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ko‘rib chiqib, avtotransport vositasining davlat raqami va avtomobil vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma haqidagi ma’lumotlarni kiritishni ixtiyoriy etib belgilash.

2022-yil noyabr

Adliya vazirligi,

Markaziy bank,

Ichki ishlar vazirligi

13.

Aktivlarni sekyuritizatsiya qilish (aktivlarni erkin ayirboshlanadigan qimmatli qog‘ozlarga aylantirish) istiqbollarini tahlil qilish va takliflar tayyorlash.

Tahliliy ma’lumotnoma va amaliy chora-tadbirlar rejasi. Unda:

mol-mulkning kapitallashuv darajasini oshirish maqsadida aktivlarni sekyuritizatsiya qilish istiqbollari o‘rganiladi;

xorijiy davlatlar tajribasi tahlil qilinadi;

aktivlarni sekyuritizatsiya qilish va ularni fuqarolik muomalasiga kiritish samaradorligi baholanadi;

ayrim davlat aktivlari eksperiment tariqasida sekyuritizatsiya qilinadi.

2022-yil oktyabr

Moliya vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

14.

O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta faoliyati amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi bilan bog‘liq cheklovni bekor qilish.

Qonun loyihasi. Loyihada chet ellik tashkilotlarga filial yoki vakolatxonalar ochish orqali sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga ruxsat berish nazarda tutiladi.

2022-yil noyabr

Moliya vazirligi

15.

Yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqish bo‘yicha yagona sud amaliyotini ta’minlash.

Sud qarorlarini umumlashtirish. Bunda, sud amaliyotini chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish bilan bog‘liq nizolarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti haqida sudlarga tegishli tushuntirishlar berish nazarda tutiladi.

Xususan, yer uchastkalari 2021-yil 1-avgustga qadar jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilgan hamda kompensatsiya tariqasida boshqa yer uchastkasi berish nazarda tutilgan hollarda ushbu kompensatsiya turini o‘zgartirish majburiyatini yuklash bilan bog‘liq sud qarorlari va ularning ijrosi umumlashtirilib, tahlil qilinadi.

2022-yil noyabr

Oliy sud,

Bosh prokuratura


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi