Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Moliya vazirligi 2-ilovadagi chora-tadbirlarni 2023-2024-yillarda amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan mablag‘lar Davlat budjetidan “O‘zbekkosmos” agentligiga ajratilishini ta’minlasin.

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida normativ-huquqiy bazani shakllantirish va takomillashtirish

1.

Kosmik monitoring, shu jumladan davlat kosmik monitoringini yuritish va uning natijalarini taqdim etish tartibini belgilovchi nizomni ishlab chiqish.

1. Kosmik monitoring, shu jumladan davlat kosmik monitoringini amalga oshirish bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish.

2022-yil dekabr

-

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil yanvar

3. Hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2023-yil fevral

4. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil aprel

2.

O‘zbekiston Respublikasining kosmik soha faoliyatini tartibga soluvchi Yerni masofadan zondlash tartibini ishlab chiqish.

1. Yerni masofadan zondlash bo‘yicha xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish.

2022-yil dekabr

-

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov),

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov)

2. Hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2023-yil yanvar

3. Hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2023-yil fevral

4. Hujjat loyihasini o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil aprel

3.

“Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislari, shu jumladan xorijiy ekspertlardan iborat bo‘lgan tarkibda ishchi guruh tuzish.

2023-yil yanvar

-

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Kadastr agentligi

(F. Pulatov),

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev)

2. Davlat boshqaruvi organlari vakolatlari takrorlanishining oldini olish maqsadida qonunchilik hujjatlarini, shu jumladan xorijiy davlatlar tajribasini tahlil qilish.

2023-yil mart

3. Qonun loyihasini ishlab chiqish hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2023-yil avgust

4. Qonun loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil oktyabr

4.

O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan sun’iy yo‘ldosh orqali ishlovchi mobil qurilmalar va terminallarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish.

2023-yil iyul

-

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov),

Davlat bojxona qo‘mitasi

(A. Mavlonov)

2. Hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2023-yil dekabr

3. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil yanvar

II. Yer usti kosmik infratuzilmani yaratish va rivojlantir�sh

5.

Vazirlik va idoralarga yuklatilgan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirishga ko‘maklashish maqsadida ularning kosmik suratlar va kosmik suratlarni qayta ishlash natijalariga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirish va ushbu ehtiyojlarga muvofiq kosmik ma’lumotlar bilan ta’minlash.

1. Manfaatdor vazirlik va idoralarga ulardagi kosmik suratlar va kosmik suratlarni qayta ishlash natijalariga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish bo‘yicha so‘rovnoma yuborish.

Har yili may oyiga qadar

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Moliya vazirligi

(T. Ishmetov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Kosmik suratlar va kosmik suratlarni qayta ishlash natijalariga bo‘lgan ehtiyojni “O‘zbekkosmos” agentligiga taqdim etish.

Har yili iyul oyiga qadar

3. Vazirlik va idoralarni ulardagi ehtiyojlarga asosan kosmik suratlar va ularni qayta ishlash natijalari bilan ta’minlash.

Kelishilgan muddatlarda

6.

Kosmik apparatlarni loyihalash va ularning ayrim qismlarini ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish.

1. Ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish.

2023-yil mart

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari kreditlari

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov)

2. Kosmik apparatlarni loyihalash va ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish masalasi yuzasidan tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash.

2023-yil iyul

3. Kosmik apparatlarni loyihalash va ishlab chiqarish kompleksini moliyalashtirish manbalarini aniq ko‘rsatgan holda tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2023-yil dekabr

7.

O‘zbekiston Respublikasi kosmik tarmog‘ini rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot va ilmiy-amaliy faoliyatni amalga oshirish uchun “O‘zbekkosmos” agentligi tizimida Amaliy kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar ilmiy-ishlab chiqarish milliy markazini tashkil etish.

1. Xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish.

2024-yil yanvar

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari kreditlari

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev)

2. Amaliy kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar ilmiy-ishlab chiqarish milliy markazini tashkil etish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

2024-yil iyun

3. Amaliy kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar ilmiy-ishlab chiqarish milliy markazini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil iyul

III. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va tijoriy kosmik faoliyatni rivojlantirish

8.

“O‘zbekkosmos” agentligi xodimlarining malakasini oshirish maqsadida ularni kosmik sohaga oid xalqaro konferensiya va ko‘rgazmalarga yuborish.

1. Jahon kosmik sanoatining dolzarb tendensiyalarini doimiy ravishda o‘rganish, dunyoda o‘tkazilayotgan konferensiya va tadbirlar ro‘yxatini shakllantirish.

Har yili dekabr oyida

-

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov)

2. O‘zbekkosmos” agentligi xodimlarining malakasini oshirish maqsadida ularni xalqaro konferensiya va tadbirlarga yuborish masalasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish.

Har yili yanvar oyida

3. Xodimlarni kosmik sohadagi xorijiy ekspertlar ishtirokidagi seminarlar, maslahat uchrashuvlariga yuborish yuzasidan tashkiliy masalalarni o‘rnatilgan tartibda kelishish va tashkillashtirish.

Alohida grafik asosida

9.

O‘zbekiston Respublikasida kosmik sohadagi xorijiy ekspertlar, kompaniyalar, agentliklar hamda tegishli davlat organ va tashkilotlari, xo‘jalik birlashmalari ishtirokida kosmik texnologiyalarning ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga ta’siriga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya tashkillashtirish.

1. Konferensiyani o‘tkazish masalasini ishlab chiqish.

2023-yil yanvar

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar,

xorijiy tashkilotlarning beg‘araz ko‘mak mablag‘lari

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov)

2. Konferensiyani o‘tkazish yuzasidan puxta ishlangan tashkiliy masalalar bo‘yicha taklif tayyorlash va kelishish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil may

10.

Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda, sun’iy yo‘ldosh apparatlari orqali erni masofadan zondlash ma’lumotlarini tezkor qabul qilish maqsadida erni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldosh xorijiy operatorlari bilan kelishuv, memorandum, bitim va shartnomalar tuzish.

1. Masofadan zondlash yordamida favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha muvaffaqiyatli xorijiy tajribani o‘rganish.

2023-yil yanvar

-

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev)

2. Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldosh operatorlari bilan aloqa o‘rnatish.

2023-yil iyun

3. Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldosh operatorlari bilan kelishuv, memorandum, bitim, shartnomalar tuzish.

2023-yil dekabr

11.

Xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar, kompaniyalar va banklar bilan kosmik sohaga xorijiy sarmoya va ilg‘or texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish.

1. Xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar, kompaniyalar va banklar, chet el hukumat va nohukumat tashkilotlar, boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2023-yil dekabr

-

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov)

2. Doimiy ravishda muzokaralar o‘tkazish va ishchi aloqalarni rivojlantirish.

Doimiy

12.

BMT Bosh Assambleyasining 1966-yil 19-dekabrdagi 22- (XXII) rezolyutsiyasi bilan qabul qilingan Kosmosni, shu jumladan Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish va ulardan foydalanish bo‘yicha davlatlarning faoliyati tamoyillari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish.

1. Shartnomani o‘rganib chiqish va tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

2023-yil yanvar

-

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov)

2. Shartnomani ratifikatsiya qilish bo‘yicha Qonun loyihasini tegishli vazirliklar, idoralar va yuqori turuvchi organlar bilan kelishish.

2023-yil avgust

3. Qonun loyihasini Vazirlik Mahkamasiga kiritish.

2023-yil noyabr

4. Shartnoma ratifikatsiya qilinganligi to‘g‘risida BMTga nota kiritish.

2024-yil iyul

13.

Global sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya (GNSS) tizimlarioperatorlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish.

1. Global sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya (GNSS) tizimlarini o‘rganib chiqish.

2024-yil yanvar

-

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov)

2. Global sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya (GNSS) tizimlari operatorlari bilan aloqalar o‘rnatish.

2024-yil avgust

3. Global sun’iy yo‘ldoshli navigatsiya (GNSS) tizimlari operatorlari bilan hamkorlik yo‘nalishlarni aniqlash va ular bilan kelishuv, memorandum, bitim, shartnomalarini tuzish.

2024-yil dekabr

14.

Xalqaro astronavtika federatsiyasiga (IAF) a’zo bo‘lish.

1. Xalqaro astronavtika federatsiyasi bilan aloqa o‘rnatish.

2024-yil iyun

-

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov)

2. “O‘zbekkosmos” agentligining Xalqaro astronavtika federatsiyasiga (IAF) a’zo bo‘lish imkoniyatlari va shartlarini o‘rganib chiqish.

2024-yil noyabr

3. Xalqaro astronavtika federatsiyasiga (IAF) a’zo bo‘lish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil dekabr

15.

Tabiiy ofatlar va kosmos xalqaro xartiyasi (International Charter “Space and Major Disasters”) bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda Xartiyaga O‘zbekiston Respublikasi hududi uchun vakolatli foydalanuvchi sifatida qo‘shilish.

1. Tabiiy ofatlar va kosmos xalqaro xartiyasi (International Charter “Space and Major Disasters”) bilan aloqa o‘rnatish.

2024-yil may

-

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

(A. Kuldashev),

Tashqi ishlar vazirligi

(V. Norov)

2. Xartiyaga O‘zbekiston Respublikasi hududi uchun vakolatli foydalanuvchi sifatida qo‘shilish imkoniyati va shartlarini o‘rganib chiqish.

2024-yil iyul

3. Tabiiy ofatlar va kosmos xalqaro xartiyasiga (International Charter “Space and Major Disasters”) vakolatli foydalanuvchi sifatida qo‘shilish bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil noyabr

IV. Kosmik faoliyat sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash

16.

“O‘zbekkosmos” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning xodimlarini ilg‘or xorijiy mamlakatlardagi ta’lim tashkilotlari, o‘quv markazlari hamda ishlab chiqarish tashkilotlarining malakali mutaxassislarini jalb etgan holda kosmik tarmoqning turli yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish.

1. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasidagi yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari, o‘quv markazlari hamda ishlab chiqarish tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish.

2023-yil iyun

“O‘zbekkosmos” agentligiga davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari kreditlari

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov)

2. Yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini qo‘llash hamda ishlov berish bo‘yicha “O‘zbekkosmos” agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar hamda tegishli davlat organlari va ularning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari uchun malaka oshirish kurslari va o‘quv-seminarlarni tashkil etish.

2023-yil noyabrdan boshlab

3. Yerni masofadan zondlash va davlat kosmik monitoringi texnologiyalarini qo‘llashni qamrab oluvchi tarmoq mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘quv markazlarini tashkil etish masalasini o‘rganib chiqish va Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil may

17.

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash bo‘yicha “O‘zbekkosmos” agentligi faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha xorijda kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkani tashkil etish.

1. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlarining faoliyati, o‘quv dasturlari, ta’lim jarayonlarini o‘rganish.

2022-yil dekabr

“O‘zbekkosmos” agentligining budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari,

“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

“El-yurt umidi” jamg‘armasi

(A. Bekmurodov)

2. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasidagi yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlari, o‘quv markazlari hamda ishlab chiqarish tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish.

2023-yil iyun

3. Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, amaliyot ishlarini tashkil etish va tajriba orttirish bo‘yicha hamkorlik bitimlarini imzolash.

2023-yil avgust

4. Imzolangan bitimlarga muvofiq, xodimlarning malakasini oshirish, amaliyot va tajriba orttirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish va stajirovkalarga yuborish.

2024-yil yanvar

18.

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarsohasida kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish.

1. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida yetakchi xorijiy ta’lim tashkilotlarining faoliyati, o‘quv dasturlari, ta’lim jarayonlarini o‘rganish.

2024-yil fevral

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat byu�jetidan ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari kreditlari

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(A. Toshkulov)

2. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasidagi yetakchi xorijiy ta’lim va ishlab chiqarish tashkilotlari hamda o‘quv markazlari bilan aloqalar o‘rnatish.

2024-yil aprel

3. Olib borilgan o‘rganish va tahlil natijalariga ko‘ra, kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xorijiy ta’lim tashkilotlari hamda ishlab chiqarish tashkilotlari bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida ularning filiallarini ochish masalasini o‘rganib chiqish.

2024-yil sentyabr

4. Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida xorijiy ta’lim tashkilotlari hamda ishlab chiqarish tashkilotlarining O‘zbekiston Respublikasida filiallarini tashkil etish bo‘yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil dekabr

V. Milliy sun’iy yo‘ldoshlar guruhini yaratish

19.

O‘zbekiston Respublikasida erni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshlar milliy guruhini yaratish.

1. Kosmosdan erni masofadan zondlash ma’lumotlariga bo‘lgan ichki va xalqaro bozor talabini o‘rganish va baholash.

2023-yil mart

-

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov)

2. Ichki talabni qondirish va tashqi bozorlarga eksportni amalga oshirish uchun erni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshlar va yer usti kompleksining asosiy texnik parametrlari va xususiyatlarini aniqlash.

2023-yil dek�br

3. Tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

2024-yil avgust

4. O‘zbekiston Respublikasi erni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshlar milliy guruhini tashkil etish yoki mavjud sun’iy yo‘ldosh guruhlariga qo‘shilish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil dekabr

20.

O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya yo‘ldoshlari milliy guruhiniyaratish.

1. Telekommunikatsiya yo‘ldoshlari xizmatlariga bo‘lgan ichki va xalqaro bozor talabini o‘rganish va baholash.

2024-yil yanvar

-

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov),

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov)

2. Ichki talabni qondirish va tashqi bozorlarga eksportni amalga oshirish uchun telekommunikatsiya yo‘ldoshlari milliy guruhining asosiy texnik parametrlari va xususiyatlarini aniqlash.

2024-yil avgust

3. Tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

2024-yil sentyabr

4. O‘zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya yo‘ldoshlari milliy guruhini tashkil etish yoki mavjud sun’iy telekommunikatsiya yo‘ldosh guruhlariga qo‘shilish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2024-yil dekabr

21.

O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnologik sun’iy yo‘ldoshlari milliy guruhini yaratish.

1. O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnologik sun’iy yo‘ldoshlari xizmatlariga bo‘lgan ichki va xalqaro bozor talabini o‘rganish va baholash.

2024-yil fevral

-

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Fanlar akademiyasi

(B. Yuldashev),

Axborot texnologiyalari vazirligi

(Sh. Shermatov),

Mudofaa vazirligi

(B. Kurbanov)

2. Ichki talabni qondirish va tashqi bozorlarga eksportni amalga oshirish uchun ilmiy-texnologik sun’iy yo‘ldoshlar milliy guruhlarining asosiy texnik parametrlari va xususiyatlarini aniqlash.

2024-yil avgust

3. Tahliliy ma’lumotlar tayyorlash.

2024-yil sentyabr

4. O‘zbekiston Respublikasi ilmiy-texnologik sun’iy yo‘ldoshlari milliy guruhini tashkil etish yoki mavjud sun’iy yo‘ldoshlar guruhlariga qo‘shilish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil dekabr

VI. Innovatsion startap loyihalar va akseleratorlarni hamda ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash

22.

“SpaceBuzz” texnologik ta’lim loyihasi misolida STEM va VRga asoslangan kosmik ta’lim loyihasini amalga oshirish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish.

2023-yil yanvar

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro grantlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

“Kosmik monitoring va geoaxborot texnologiyalari markazi” DUK

(B. Aberkulov)

2. Loyihaning texnik hujjatlarini ishlab chiqish.

2023-yil mart

3. Kelishilgan hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2023-yil aprel

23.

Aerokosmikstartap inkubatorlar yaratish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish.

2023-yil iyun

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar,

xal�aro grantlar

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov)

2. Aerokosmik startap inkubatorlar konsepsiyasini ishlab chiqish.

2023-yil avgust

3. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2023-yil noyabr

4. Kelishilgan hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2024-yil yanvar

24.

NASA Space Camp” kosmik lageri misolida interaktiv o‘quv majmuasinitashkil etish.

1. Xalqaro tajribani o‘rganish.

2024-yil yanvar

Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar,

xalqaro grantlar

“O‘zbekkosmos” agentligi

(Sh. Kadirov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmonov)

2. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish.

2024-yil mart

3. Interaktiv o‘quv majmuasini yaratish uchun texnik hujjatlarni tayyorlash.

2024-yil iyun

4. Loyihani amalga oshirish va moliyalashtirish manbalarini aniqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2024-yil iyul

T/r

Tadbir nomi

O‘lchov birligi

Yillar

Moliyalashtirish manbai

Iste’molchi tashkilotlar

2023

2024

1.

Qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallash holatlarini hamda noqonuniy qurilgan bino va inshootlarni aniqlash.

Hududlar soni

6

13

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,

Kadastr agentligi

2.

Qishloq xo‘jaligi sohasida yerlardan foydalanishning joriy holati (boshqa maqsadlarda), ekinlarning turlari (asosan paxta, bug‘doy, shuningdek, sun’iy intellekt imkoniyatlariga ko‘ra boshqa ekin turlari) hamda haqiqatda ekilgan ekin maydonlarini aniqlash.

Hududlar soni

2

8

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

3.

Yer munosabatlari sohasida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishini aniqlash.

Hududlar soni

6

14

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Kadastr agentligi

4.

O‘rmon bilan qoplangan maydonlarning chegaralarini belgilash.

Hududlar soni

4

8

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

5.

O‘rmon fondi yerlarida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy bino va inshootlar qurilish holatlarini aniqlash.

Hududlar soni

4

8

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

6.

Geologiya va mineral resurslar sohasida yer qa’ridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash.

Hududlar soni

13

13

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

7.

Mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish, yangi paydo bo‘lgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash.

Hududlar soni

6

12

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

8.

Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy bino va inshootlar qurilish holatlarini aniqlash.

Hududlar soni

6

12

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

9.

O‘rmon yong‘inlari oqibatlarida zarar yetkazilgan maydonlarni aniqlash.

Hududlar soni

14

14

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

10.

Suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalarida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy bino va inshootlar qurilish holatlarini aniqlash.

Suv omborlari soni

25

35

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Suv xo‘jaligi vazirligi

11.

Suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan to‘lib borish dinamikasini monitoring qilish.

Suv omborlari soni

25

35

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Suv xo‘jaligi vazirligi

12.

Suv omborlarining suv sathi rejimini monitoring qilish.

Suv omborlari soni

25

35

“O‘zbekkosmos” agentligiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida

Suv xo‘jaligi vazirligi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi