“Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonun hamda protsessual qonunchilikda belgilangan tartibda sudlarda ishlarni ko‘rishda prokuror vakolatini ta’minlash;
Ixtisoslashgan prokurorlar korpusi xodimi sudlarda ko‘rilayotgan ishlar bo‘yicha ayblovni (fuqaroviy da’voni) qo‘llab-quvvatlash, o‘zgartirish yoki undan voz kechish, shu jumladan Jinoyat kodeksi normalarini qo‘llash, jazo turi va me’yorini belgilash masalalari yuzasidan fikrini sudga bayon qilishda mustaqil bo‘lib, qonun talablariga va ishning barcha holatlaridan kelib chiqqan holda o‘z ishonchiga asoslanadi;

T/r

Ustuvor yo‘nalishlar, maqsad va vazifalar

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. Inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish

1.

“Xabeas korpus” institutini amaliyotga yanada kengroq joriy etish.

“Xabeas korpus” institutini keng qo‘llash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish:

tintuv o‘tkazish, telefon so‘zlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiya berish vakolatini prokurorlardan sudlarga o‘tkazish;

taraflarning tashabbusiga ko‘ra tayinlangan ehtiyot chorasini sud tomonidan yuqori qiymatda (jumladan, yetkazilgan zararga nisbatan) garov ehtiyot chorasiga almashtirish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil iyul

Oliy sud

(B. Islamov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Davlat xavfsizlik xizmati

(A. Azizov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Nizolarni hal etishning muqobilusullaridan keng foydalanish uchun zarur tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlarni yaratish.

1. Fuqarolarning buzilgan huquqlari tezkorlik bilan himoya qilinishini ta’minlash uchun nizolarni hal etishning muqobil usullarini, jumladan mediatsiya institutini qo‘llash doirasini kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2. Nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlari qo‘llanilishi lozim bo‘lgan fuqarolik ishlari toifasini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2023-yil oktyabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Sud ish yurituvida taraflarning tortishuvi va teng huquqliligiprinsipini amalda ta’minlash imkoniyatlarini yaratish.

1. Sud majlisida taraflarga shaxsning aybli yoki aybsiz ekanligini isbotlash, dalillarni taqdim qilish uchun teng imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish hamda asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish.

2. Ayblanuvchining malakali yuridik yordam olish huquqi amalda to‘liq ta’minlanishi bo‘yicha ta’sirchan mexanizmlarni ishlab chiqish.

3. Odil sudlovni ta’minlashda himoyachiga berilgan huquqlarni qayta ko‘rib chiqib, uning vakolatlarini kengaytirish, jumladan shartnoma asosida mutaxassislarni jalb qilish huquqini berish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

4. Ayblanuvchining o‘z himoyachisidan voz kechishi bo‘yicha har bir holatni tegishincha prokuror va sud tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganish tizimini joriy qilish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2024-yil sentyabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

II. Odil sudlov sifatini tubdan oshirish

4.

Sudyalar ixtisoslashuvini yanada kengaytirish.

1. Nizolar toifalari bo‘yicha sudyalar ixtisoslashuvini joriy etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish hamda sud amaliyotini tahlil qilish.

2. Murakkabligiga ko‘ra ixtisoslashuvni talab etadigan yo‘nalishlar, jumladan oilaviy, mehnat, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishga oid nizolar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sudyalar korpusini shakllantirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2025-yil fevral

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev)

5.

Huquqni qo‘llash amaliyotini tanqidiy tahlil qilish asosida hamda ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda ma’muriy sud ish yurituvini takomillashtirish choralarini ko‘rish.

Ma’muriy sud ish yurituvini takomillashtirish konsepsiyasini ishlab chiqish.

Bunda quyidagilarni belgilash:

ma’muriy organlar bilan fuqarolar va tadbirkorlar o‘rtasidagi barcha nizolarni xatlovdan o‘tkazib, sudlovga taalluqliligiga oid qoidalarni takomillashtirish;

ma’muriy sud ish yurituvi prinsiplarini tanqidiy o‘rganib, ommaviy-huquqiy munosabatlarning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi prinsiplarni kiritish;

ma’muriy sud ish yurituviga da’vo institutini kiritib, ma’muriy organlar ustidan beriladigan da’vo turlarini aniq belgilash;

fuqarolar va tadbirkorlarning ma’muriy hujjatga bo‘lgan ishonchini himoya qilish tizimini tanqidiy o‘rganib, yetkazilgan zararni undirish tartibini aniqlashtirish;

ma’muriy sudlar faoliyatiga huquqi buzilgan fuqaro — arizachining xohishiga ko‘ra eksterritorial sudlovga tegishlilik mexanizmini joriy etish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2023-yil noyabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

manfaatdor tashkilotlar

6.

Sud ishlarini ko‘rishda yagona sudamaliyotini ta’minlash.

1. Oliy sud Plenumining amaldagi qarorlarini to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazib, ularning qonun hujjatlariga muvofiqligini o‘rganish hamda tushuntirish talab qilinadigan yo‘nalishlarni aniqlash.

2. Oliy sud Plenumining amaldagi qarorlarini takomillashtirish, shuningdek, bugungi kunda mavjud bo‘lmagan, lekin tushuntirish talab qilinadigan yo‘nalishlar bo‘yicha sud amaliyotini umumlashtirish yuzasidan yillik reja-jadvalni ishlab chiqish va tasdiqlash.

3. Oliy sud Plenumi qarorlariga sharhlar tayyorlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil iyul







Doimiy ravishda

Oliy sud

(B. Islamov)

7.

Soliq va bojxona masalalari bo‘yicha yagona sud amaliyotini ta’minlash.

1. Ma’muriy va iqtisodiy sudlarda soliq idoralari ishtirokidagi nizolarni ko‘rib chiqish amaliyotini umumlashtirish hamda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2. Ma’muriy va iqtisodiy sudlarda bojxona idoralari ishtirokidagi nizolarni ko‘rib chiqish amaliyotini umumlashtirish hamda muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2023-yil aprel

Oliy sud

(B. Islamov)

8.

Soliq organlarining ma’muriy va iqtisodiy sudlardagi ishtirokini takomillashtirib, yagona amaliyotni ta’minlash.

1. Ma’muriy va iqtisodiy sudlarda soliq organlari ishtirokidagi nizolarni ko‘rib chiqish amaliyotini umumlashtirish.

2. Amaliyotda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2023-yil mart

Soliq qo‘mitasi

9.

Bojxona organlarining ma’muriy va iqtisodiy sudlardagi ishtirokini takomillashtirib, yagona amaliyotni ta’minlash.

1. Ma’muriy va iqtisodiy sudlarda bojxona organlari ishtirokidagi nizolarni ko‘rib chiqish amaliyotini umumlashtirish.

2. Amaliyotdagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tahliliy ma’lumotnoma

2023-yil mart

Bojxona qo‘mitasi

III. Sud hokimiyati mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish

10.

Sudyalar faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishgayo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish:

sudga hurmatsizlik qilish holatlarining oldini olishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, buning uchun ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish va jinoiy javobgarlik belgilash;

sud ishlarini hal etishga aralashganlik va sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish;

sudyaga nisbatan turar joy daxlsizligiga, yozishmalar, telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa so‘zlashuvlar, aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan pochta, kuryerlik jo‘natmalari va telegraf xabarlarining sir saqlanishiga bo‘lgan huquqlarni cheklovchi, shuningdek, abonentlar yoki abonent qurilmalari o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risidagi axborotni olishdan iborat tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazishga faqat Bosh prokurorning sanksiyasi asosida yo‘l qo‘yilishini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

11.

Sudyalar mustaqilligini ta’minlashning yangi mexanizmlarini yaratish.

1. Sudyalar hamjamiyati organlarining rolini yanada oshirish va sudyalarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini keng joriy etishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.

2. Sudyalar daxlsizligi buzilgan holatlarda sudyalar tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Sudyalar oliy kengashi raisiga onlayn platforma orqali murojaat qilish imkoniyatini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil mart

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Sudlarning moliyaviymustaqilligini to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rish.

1. Odil sudlov faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni sudlar tomonidan mustaqil ravishda belgilash bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda takliflarni tayyorlash.

2. O‘z vazifalarini vijdonan, shuningdek, alohida muhim va mas’uliyatli ishlarni bajarayotgan xodimlar mehnatini munosib rag‘batlantirish, ish unumdorligini oshirish maqsadida sudyalar va sud apparati xodimlariga har chorak yakuni bo‘yicha va rasmiy bayram kunlarida pul mukofotlari, shuningdek, mehnat ta’tili davomida munosib moddiy yordam ajratish mexanizmlarini yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Tahliliy ma’lumotnoma va normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktyabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

13.

Sudyalarga odilsudlovni amalga oshirish bilan bog‘liqbo‘lmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’minlash.

1. Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan vazifalar yuklash holatlarining oldini olish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali jismoniy va yuridik shaxslardan huquqiy tushuntirish yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarni adliya organlari tomonidan ko‘rib chiqish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

3. Respublika miqyosida, xususan olis hamda chekka hududlarni qamrab olgan holda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun sayyor qabullarni Oliy sud tomonidan mustaqil ravishda tashkil etishni belgilash.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil yakuniga qadar


2023-yil mart



2023-yil fevral

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. Sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish, sudyalarni tanlash, lavozimga tayinlash, o‘qitish va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish

14.

Sudyalar hamjamiyati organlarining huquqiy asoslarini belgilash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Sudyalar hamjamiyati organlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

sudyalar hamjamiyati organlarining vazifalari, funksiyalari va vakolatlari;

sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish, shu jumladan ushbu organlarga nomzod ko‘rsatish tartibi;

sudyalar hamjamiyati organlari faoliyati mexanizmlari, o‘zaro va boshqa idoralar bilan hamkorlik qilish tartibi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentyabr

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Sudyalar oliy kengashini haqiqiy sudyalar hamjamiyati organiga aylantirish choralarini ko‘rish.

1. Sudyalar oliy kengashi faoliyatini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2. Sudyalar oliy kengashi tarkibini shakllantirishda sudyalarning roli va o‘rnini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil aprel

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasinioshirish tizimini tubdantakomillashtirish.

1. Sudyalar oliy maktabining faoliyatini to‘liq tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash va uni tubdan isloh qilishga qaratilgan aniq choralarni belgilash.

2. Ta’lim va amaliyot o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni yetarli darajada ta’minlash, kasbiy fanlar hamda amaliyot o‘rtasida real integratsiyalashuv jarayonini yaratish.

3. Sudyalar va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish tizimini hozirgi zamon talablariga to‘liq moslashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil sentyabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

Sudyalar korpusini shakllantirishda ochiqlik va shaffoflik prinsipini yanada kengroq joriy etish.

1. Sud tizimidagi rahbarlik lavozimlariga tayinlashda demokratik tamoyillarni keng joriy etish.

2. Sudyalar korpusini shakllantirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda sohaga ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini keng joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil may

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Oliy sud

(B. Islamov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Sud jarayonlari va sud qarorlari yuzasidan jamoatchilik o‘rtasida to‘g‘ri va xolisona fikrni shakllantirish

18.

Sud hokimiyatining nufuzi, mavqeyi va obro‘sini yanada yuksaltirish choralarini ko‘rish.

1. Oliy sud va quyi sudlarning jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik qiluvchi tuzilmalarining ish faoliyatini tanqidiy jihatdan qayta ko‘rib chiqib, ularning faoliyatini yangicha yondashuv va usullar asosida yo‘lga qo‘yish, tuzilmalarni professional kadrlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish.

2. Sudlar faoliyati bilan bog‘liq turli manbalarda e’lon qilinadigan noxolis va bir tomonlama axborotlar bo‘yicha zudlik bilan munosabat bildirish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

3. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini to‘g‘ri va xolisona, qonun talablari doirasida yoritishni tashkil etish maqsadida budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan jurnalis?lar va blogerlar uchun maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish.

4. Keng jamoatchilikda sudlar faoliyati bo‘yicha obyektiv va xolisona fikr-mulohazalar hamda qarashlarni shakllantirish maqsadida media reja asosida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda turli shakl va ko‘rinishdagi chiqishlarni tashkil etish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy ken�ashi

(X. Yodgorov),

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

VI. Sud hujjatlari ijrosini ta’minlash

19.

Sud hujjatlarining o‘zvaqtida va to‘liqijrosini ta’minlash.

1. Undiruvni uzoq muddatli ko‘chmas mulk ijarasi huquqiga, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarga, intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mulkiy huquqlarga qaratish tartibining huquqiy asoslarini mustahkamlash.

2. Soddalashtirilgan tartibda sud hujjatlari ijrosini ta’minlash mexanizmlarini kengaytirish, jumladan qarzdor jismoniy shaxslardan elektr va issiqlik energiyasi, gaz, ichimlik suvdan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun qarzdorlikni soddalashtirilgan tartibda undirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

No�mativ-huquqiy hujjat loyihasi

2023-yil oktyabr

Bosh prokuratura

(N. Yo‘ldoshev),

Oliy sud

(B. Islamov),

Adliya vazirligi

(A. Tashkulov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

VII. Sudlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash

20.

Sud hokimiyati organlari faoliyatiniraqamlashtirishni yanada kengaytirish.

Sudlar faoliyatiga fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, sud hujjatlari loyihalarini avtomatik tayyorlash va sud amaliyotini tahlil qilish yo‘nalishida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha choralar ko‘rish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Idoralararo yagona integratsion platforma yaratish.

1. Idoralararo yagona integratsion platforma yaratish.

2. Sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvini to‘liq raqamli texnologiyaga o‘tkazish.

3. Yagona platforma asosida axborot tizimlarini integratsiya qilish.

4. Axborot va ma’lumotlarning kiberxavfsizligini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

22.

Sudlar arxividagi ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash va arxiv hujjatlarini tizimlashtirish.

1. Sudlar arxivini to‘liq xatlovdan o‘tkazish.

2. Sudlarning arxivida qog‘oz shaklida saqlanayotgan ishlar va hujjatlarni elektron shaklga o‘tkazish.

3. Sud arxivida ish va hujjatlarni saqlash tartibi hamda muddatlarini qayta ko‘rib chiqish, jumladan jinoyat ishlarini qog‘oz shaklida saqlash muddatlarini bir necha baravar uzaytirish, elektron shaklga o‘tkazilgan ishlar va hujjatlarni yo‘q qilmaslik tartibini belgilash.

Amaliy chora-tadbirlar

2024-yil dekabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Sh. Shermatov),

manfaatdor idoralar

VIII. Sudlarda korrupsiyaga qarshi kurashish

23.

Sudlarda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish.

1. Ekspert va mutaxassislarni jalb qilgan holda sudlarda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish.

2. Sudyalar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining mol-mulkini majburiy deklaratsiyalash tartibini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil oktyabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov)

24.

Sud tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish.

1. Ekspert va mutaxassislar bilan birga odil sudlov faoliyatini “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish bo‘yicha choralarni nazarda tutuvchi reja-jadval ishlab chiqish.

2. Xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda ochiq sud majlisida uzluksiz tarzda ko‘riladigan ishlar toifalarini belgilash hamda amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

3. “Sudlar korrupsiyaga mutlaqo qarshi” rukni ostida keng jamoatchilikka axborot berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2023-yil dekabr

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

IX. Xalqaro hamkorlik

25.

Xalqaro hamkorlikaloqalarini yanada rivojlantirish.

1. Hamkor mamlakatlar hamda xalqaro tashkilotlar bilan sud hokimiyati faoliyati samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan doimiy muloqot olib borish.

2. Hamkor mamlakatlar sud idoralari vakillari bilan ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni kengaytirish.

3. Hamkor mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan sud-huquq sohalarida maslahatlashuvlarni tashkil etish hamda qo‘shma dasturlarni amalga oshirish.

4. Ilg‘or xorijiy mamlakatlar bilan odil sudlov sohasida hamkorlikni kengaytirish.

Amaliy va tashkiliy chora-tadbirlar

2023-yil davomida

Oliy sud

(B. Islamov),

Tashqi ishlar vazirligi

(B. Saidov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

X. Sud hokimiyatini moddiy-texnik jihatdan ta’minlash

26.

Sudlarni moddiy-texnik va moliyaviy jihatdan ta’minlash ishlarini samarali tashkil etish.

1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va hududiy bo‘limlarining faoliyatini tahlil qilish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti va hududiy bo‘limlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

3. Quyi sudlarning moddiy-texnik va moliyaviy ta’minotini uzluksiz tashkil etish choralarini ko‘rish.

Tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar

2024-yil iyun

Oliy sud

(B. Islamov)

27.

Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibini takomillashtirish.

Sudyalarga pensiya tayinlashda amaliyotda yuzaga kelayotgan noaniqlik va muammolar tahlili asosida sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2023-yil avgust

Oliy sud

(B. Islamov),

Sudyalar oliy kengashi

(X. Yodgorov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev)

28.

Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirish.

Fuqarolarga har tomonlama qulayliklar yaratish, ularning sarf-xarajatlarini qisqartirish, shuningdek, sudlarning moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida yagona sud binolarini qurish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2025-yil avgust

Oliy sud

(B. Islamov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Sh. Kudbiyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar