Faoliyat turlari | Organning nomi |
1 | 2 |
Qurol-yarog‘ va unga o‘q-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, ularga butlovchi elementlar va priborlar, agar ular boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va maxsus asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Portlovchi va zaharli moddalar hamda ular shug‘ullangan buyumlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tashish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Jangovor zaharlovchi moddalar va ulardan himoya qilish vositalarini ishlab chiqarish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Raketa-kosmik komplekslar, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, tuzatish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Uran va boshqa parchalanuvchi materiallarni qazib olish, shuningdek, ulardan yasalgan buyumlarni ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlash, ko‘mish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarda elektr energiyasi ishlab chiqarish | Vazirlar Mahkamasi |
Bo‘shab qoladigan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilish, foydalanish, ko‘mish) va qayta ishlash | Vazirlar Mahkamasi |
Harbiy mahsulotlarni namoyish etish va reklama qilish | Vazirlar Mahkamasi |
Ov va sport o‘q otish qurollarini va ular uchun o‘q-dorilarni, shuningdek, sovuq qurollarni, (milliy turdagi pichoqlardan tashqari) ishlab chiqarish, tuzatish va sotish | Ichki ishlar vazirligi |
Neft va gazni qazib olish, qayta ishlash va neft mahsulotlarini sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish | Vazirlar Mahkamasi |
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslarni hamda chiqindilarni tayyorlash va qayta ishlash | Vazirlar Mahkamasi |
Radioaktiv moddalar va izotoplar foydalanilgan priborlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish hamda sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Atom energetikasi obyektlarini (qurilmalar, asbob-uskunalar, tizimlar va apparaturalar), magistral truboprovodlar, ko‘priklar, tunnellarni, shuningdek, mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish-montaj qilish, ishlatish va tuzatish | Vazirlar Mahkamasi |
O‘ta xavfli obyektlar va potensial xatarli korxonalarni qurish hamda ishlatish, ular uchun asbob-uskunalar, nazorat qilish va avariyaga qarshi himoya tizimlarini tayyorlash | Vazirlar Mahkamasi |
Xazina va bank biletlari, tangalar, qiymatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va shu kabilar), ordenlar va medallarni, pochta to‘lov belgilarini ishlab chiqarish | Markaziy bank |
Tibbiy yordam ko‘rsatish | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
Tarkibida narkotik moddalar bo‘lgan ekinlarni ekish, o‘stirish va sotish | Ichki ishlar vazirligi |
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat (tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan o‘simliklar o‘stirishdan tashqari) | O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi |
Tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan o‘simliklar o‘stirish bilan bog‘liq faoliyat | O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi |
Qimorxonalar tashkil etish, lotereya o‘yinlarini o‘tkazish va shu kabilar | Moliya vazirligi |
Yong‘inga qarshi avtomatika, qo‘riqlash, yong‘in va qo‘riqlash-yong‘in signalizatsiyasi vositalarini loyihalash, tuzatish, montaj qilish, sozlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish | Ichki ishlar vazirligi |
Yo‘lovchilar va yuklarni temir yo‘l, havo, dengiz hamda avtomobil transportida tashish | Vazirlar Mahkamasi |
Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsiya kinovideofilmlar va dasturlarni ishlab chiqarish | “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi |
Kinovideodasturlar nusxasini ko‘paytirish, dublyaj kilish, sotish | “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi |
Kinovideoma�sulotlar prokati | “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi |
Suratga olishlarni va kinovideo faoliyatning boshqa turlarini tashkil etish bo‘yicha xizmatlar, shu jumladan, vositachilik xizmatlari ko‘rsatish | “O‘zbekkino” davlat-aksionerlik kompaniyasi |
Magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalashtirish, qurish va ishlatish | O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi |
Shifrlash texnikasini ishlab chiqarish, tuzatish, sotish va ishlatish | Vazirlar Mahkamasi |
Metrologiya asbob-uskunalarini ishlab chiqarish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini bajarish | Vazirlar Mahkamasi |
Qiymatli qog‘ozlar bozorida investitsiya muassasasi sifatidagi faoliyat | Vazirlar Mahkamasi |
Qurilish loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish | Vazirlar Mahkamasi |
Balandliklarda sanoat alpinizmi usullari bilan tuzatish, qurilish-montaj ishlarini bajarish | Vazirlar Mahkamasi |
Mahsulot va xizmatlarni sertifikatsiyalash | Vazirlar Mahkamasi |
Auditorlik faoliyati | Moliya vazirligi |
Ishlab chiqarish, turar-joy, xo‘jalik va qishloq xo‘jaligi maqsadlaridagi binolarni loyihalashtirish va ularni qurish uchun muhandislik-texnik qidiruv ishlarini bajarish | Vazirlar Mahkamasi |
Davlat tasarrufida bo‘lmagan ta’lim muassasalarining, diniy ta’lim muassasalarining faoliyati | Vazirlar Mahkamasi |
Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash | Vazirlar Mahkamasi |
Atir, upa-elik va pardoz buyumlari maishiy kimyo tovarlari tayyorlash | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
Turizm sohasidagi faoliyat | Vazirlar Mahkamasi |
O‘zbekiston Respublikasi va uni tashqarisida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish | Vazirlar Mahkamasi |
To‘ylar, yubileylar va boshqa tantanalarga badiiy xizmat ko‘rsatish (konsert qo‘yish) | Vazirlar Mahkamasi |
Gramplastinkalar, audiokasetalar va lazer disklarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, yozish, ko‘paytirish va sotish | Vazirlar Mahkamasi |
Noshirlik faoliyati | Vazirlar Mahkamasi |
Oziq-ovqat spirti, aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish | Vazirlar Mahkamasi |