O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi va “
Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1999-yil 22-maydagi 10/4-son qarori bilan tasdiqlangan (1999-yil 13-iyul 773-son bilan ro‘yxatga olingan) “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasi”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin va uning yangi tahriri
ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “
Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “
Bank va banklar faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari talablariga muvofiq hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil etishning yagona metodologik asoslarini belgilab beradi. Tijorat banklari tomonidan buxgalteriya hisobi ular O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab qayta tashkil etilgunga yoki tugatilgunga qadar uzluksiz ravishda yuritiladi.