O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunining 50-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi 402-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida lombardlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi
Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 17-sentabrdagi 402-son “O‘zbekiston Respublikasi hududida lombardlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ular faoliyatini litsenziyalash masalalari to‘g‘risida”gi
qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, fuqarolarga qisqa muddatli kreditlar berish va mol-mulkni saqlashga qabul qilish tartibini belgilaydi.