Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining kapital qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksiga rioya qilish hamda respublika aholi punktlari bosh rejalarini ishlab chiqishni (ularga tuzatishlar kiritishni) o‘z vaqtida moliyalashtirish yuzasidan ular zimmasiga yuklangan funksional vazifalar bajarilmagan taqdirda ularning egallab turgan lavozimiga muvofiq ekanligi yoki emasligi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritilsin.