Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?
Авторизация қилиш
Рўйхатдан ўтиш
Ру
Ўз
O‘z|Ру
Асосий реквизитлар
Кодификация
Қайта кўриб чиқилган ҳужжатлар
Ҳужжатни қайта кўриб чиқишга асос бўлган ҳужжатлар
Корреспондентлар
Респондентлар
Жорий версия
03.07.2018
31.12.2005
Ҳаммаси
Кейинги таҳрирга ҳавола
Олдинги таҳрирга ҳавола
АПК бўйича индекслаш
ҚСУК бўйича индекслаш
ТТР бўйича индекслаш
ҚМҚ бўйича индекслаш
Ўзгартиришлар манбаси
Расмий нашр манбаси
Шарҳ
288 31.12.2005
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.07.2018
[
OKOZ:
1.
03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.01 Umumiy qoidalar. Debitorlik va kreditorlik qarzdorlik]
[
TSZ:
1.
Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MUDDATI O‘TKAZIB YuBORILGAN DEBITORLIK VA KREDITORLIK QARZLARNI QISQARTIRISh VA BUDJETGA TO‘LOVLAR INTIZOMINI MUSTAHKAMLASh BO‘YIChA RESPUBLIKA KOMISSIYASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-son Farmoni)”gi
qaroriga
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari kompaniyalari, uyushmalari va xo‘jalik birlashmalarini o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish borasida qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 182-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 4-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Muddati o‘tkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Respublika komissiyasi to‘g‘risidagi nizom III bo‘limining 8-bandiga
ikkinchi xatboshidan
keyin quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
“istisno hollarda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari xo‘jalik yurituvchi subyektlarining o‘zaro pullik majburiyatlari bo‘yicha qarzlarini to‘lash muddatini kechiktirish va (yoki) ularni bo‘lib-bo‘lib to‘lash masalasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli komplekslari rahbarlari bilan kelishgan holda ko‘rib chiqish”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-dekabr,
288-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 52-son, 392-modda)
×
×