Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 08.08.2006 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Ijro uchun mas’ullar

Ijrosini nazorat qilish

1.

“O‘zkommunxizmat” agentligiga qarashli hududiy gaz ta’minoti korxonalarini hududlararo “O‘ztransgaz” AJ UShK etib qayta tashkil etishning vaqtinchalik tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Avgust

“O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zkommunxizmat” agentligi, Davlat mulk qo‘mitasi, O‘zdavneftgazinspeksiya

Tegishli VM ATD

2.

Tabiiy gaz iste’molchilari va ularning, shu jumladan aholi bo‘yicha qarzlarini xatlovdan o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Avgust

“O‘zbekneftgaz” MXK, O‘zdavneftgazinspeksiya, “O‘zkommunxizmat” agentligi

Tegishli VM ATD

3.

Hududiy gaz ta’minoti korxonalari mulkini xatlovdan o‘tkazish hamda qabul qilish-topshirishni rasmiylashtirish

Avgust

“O‘zkommunxizmat”, “O‘ztransgaz” AK, DMQ

Tegishli VM ATD

4.

Barcha tabiiy gaz iste’molchilari va ularning, shu jumladan aholi bo‘yicha qarzlarini xatlovdan o‘tkazish

Uch oy muddatda

“O‘zbekneftgaz” MXK, O‘zdavneftgazinspeksiya, “O‘zkommunxizmat” agentligi

Tegishli VM ATD

5.

Vazirlar Mahkamasiga tabiiy gaz bo‘yicha real bo‘lmagan debitorlik va kreditorlik qarzlarni tarkibiy o‘zgartirish masalalari bo‘yicha takliflar kiritish

Oktyabr

Moliya vazirligi, DSQ, “O‘zbekneftgaz” MXK

Tegishli VM ATD

6.

Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilariga gaz yetkazib berish qoidalarini yangi tahrirda tasdiqlatish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Uch oy muddatda

“O‘zbekneftgaz” MXK, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zdavneftgazinspeksiya

Tegishli VM ATD

7.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining “O‘zbekneftgaz” MXK korxonalari va tashkilotlari hisobvaraqlaridan to‘lovlarni amalga oshirish va ularga “O‘zkommunxizmat” agentligining hududiy gaz ta’minoti korxonalaridan tushadigan to‘lovlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga o‘zgartirish kiritish (ro‘yxat raqami 1441, 2005-yil 14-yanvar)

Avgust

Moliya vazirligi, DSQ, “O‘zbekneftgaz” MXK

Tegishli VM ATD

8.

Aholiga suyultirilgan gazni yetkazib berish tartibini ishlab chiqish.

Sentyabr

“O‘zbekneftgaz” MXK, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zdavneftgazinspeksiya

Tegishli VM ATD

9.

Ta’sis hujjatlarini tasdiqlash va hududlararo gaz ta’minoti korxonalari va ularning filiallarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Sentyabr

“O‘zbekneftgaz” MXK, Davlat mulk qo‘mitasi

Tegishli VM ATD

10.

Magistral ga� quvurlari obyektlari va gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanishning, shuningdek, tabiiy gazni yetkazib berish va hisobga olishning yagona texnik siyosati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash.

Sentyabr

“O‘zbekneftgaz” MXK, O‘zdavneftgazinspeksiya, “O‘zstandart” agentligi

Tegishli VM ATD

11.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan iste’molchilarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash va yetkazib berilgan tabiiy gaz haqini o‘z vaqtida to‘lash bo‘yicha hamkorlik shartnomasini tayyorlash va imzolash.

Sentyabr

“O‘zbekneftgaz” MXK, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Tegishli VM ATD

12.

Tabiiy va suyultirilgan gazni sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqiga tegishli litsenziyani qayta rasmiylashtirish.

Sentyabr

“O‘zbekneftgaz” MXK, O‘zdavneftgazinspeksiya

Tegishli VM ATD

13.

Gaz iste’molchilari bilan shartnomalarni qayta tuzish.

Oktyabr

“O‘ztransgaz” AK

Tegishli VM ATD

14.

Hukumat qaroriga muvofiq taqdim etiladigan xorijiy kreditlar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kreditlari bo‘yicha “O‘zkommunxizmat” agentligining qarz majburiyatlari bo‘yicha kredit hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish. Kredit hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarni hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi kafolatiga tegishli qo‘shimchalar berish.

Sentyabr

“O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, Moliya vazirligi, O‘zmilliybank

Tegishli VM ATD

15.

Gaz hisoblash asboblarini modernizatsiya qilishni hisobga olgan holda, tabiiy gaz uchun markazlashtirilgan kompyuter hisobini yuritish va to‘lovlarni amalga oshirish dasturini ishlab chiqish.

Oktyabr

“O‘zbekneftgaz” MXK

Tegishli VM ATD

Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi