Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 06.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)
 LexUZ sharhi

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Mas’ullar

1.

Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning qo‘shimcha ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-iyuldagi “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 349-son qarorining 1-ilovasiga kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2007-yil 1-yanvarga qadar

“O‘zvinosanoat-xolding” XK, “O‘zstandart” agentligi

2.

Korxonalarni modernizatsiya qilish, shu jumladan birlamchi vinochilik korxonalaridagi texnologiyalarni takomillashtirishni nazarda tutuvchi mahsulotlar sifatini tubdan yaxshilash dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2007-yil 1-fevralga qadar

“O‘zvinosanoat-xolding” XK

3.

Xalqaro tajribani o‘rgangan holda alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarishni tartibga soluvchi davlat standartlariga o‘zgartirishlar kiritish.

2007-yil 1-yanvarga qadar

“O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zvinosanoat-xolding” XK

4.

Aksiz ma�kalarini buyurtirish va ularni berish tartibiga mahalliy ishlab chiqaruvchilarga aksiz markalari nominal qiymatining 50 foizi, import qiluvchilarga esa aksiz solig‘i miqdorining 50 foizini to‘lagandan keyin aksiz markalari berishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish.

2007-yil 1-fevralga qadar

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi

5.

Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2007-yil 1-fevralga qadar

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi

6.

Aksiz markalariga shtrix-kod kiritilishi hisobiga 2009-yil 1-yanvardan boshlab “aksiz marka�i ishlab chiqaruvchi — bank — alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi — ulgurji korxona — chakana savdo korxonasi” zanjiri bo‘ylab alkogolli mahsulotlar va aksiz markalarining harakatini qayd etishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2007-yil mobaynida

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zvinosanoat-xolding” XK, “Davlat belgisi”DIChB

7.

Alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish darajasini va budjetga soliq tushumlarini aniqlash maqsadida respublikaning alkogol bozorini o‘rganish. O‘rganish natijalariga ko‘ra, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar sonini, ishlab chiqarish hajmi va turlarini optimallashtirish hamda soliqlarni hisoblash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2007-yil 1-martga qadar

“O‘zvinosanoat-xolding” XK, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi mustaqil tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda

8.

Kontrabanda spirti va alkogolli mahsulotlarni olib kirish kanallari va realizatsiya faktlarini, shuningdek, noqonuniy, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tmagan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish manbalarini aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish.

Doimiy

Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

9.

“Yangiyo‘l Bioxim” OAJ hududida (oziq-ovqat spirti resurslarining bir xilda joylashuvini ta’minlash uchun) etil spirtini saqlash uchun “Andijon biokimyo zavodi” OAJ va “Qo‘qon spirt” OAJning ixtisoslashtirilgan omborlarini tashkil etish.

2007-yil 1-aprelga qadar

“O‘zvinosanoat-xolding” XK, “O‘zspirtsanoat” AK

10.

Vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiyalarni tashkil etish: o‘z tasarrufidagi hududda alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, olib kirish va sotish ustidan doimiy monitoring olib borish; chorak davomida ishlab chiqarish korxonalaridan alkogolli mahsulotlar xarid qilish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlamaydigan “Sharobsavdo” bazalari faoliyatini to‘xtatib turish yuzasidan takliflar kiritish; alkogolli mahsulotlarni sotuvchi savdo tashkilotlariga chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni yaratish yoki qaytarib olish to‘g‘risidagi takliflarni kiritish.

Doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari, “O‘zvinosanoat-xolding” XK

 LexUZ sharhi

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi