Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.02.2005
Hujjat 05.06.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini tuzayotgan, deputatlik vazifalarini bajarmayotgan yoki saylovchilarning, shuningdek deputatlikka nomzod qilib ko‘rsatgan organning ishonchini boshqacha tarzda oqlamayotgan Oliy Majlis deputati, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining deputati ushbu Qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin.
Ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, deputatlikka nomzod ko‘rsatgan tegishli organ, ya’ni siyosiy partiyaning oliy organi yoki u vakolat bergan organ, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari, viloyat, Toshkent shahar Kengashi Oliy Majlis deputatini chaqirib olish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Mazkur qaror bayonnoma bilan yoki bayonnomadan ko‘chirma bilan birga Oliy Majlis Kengashiga yuboriladi.
Ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda saylovchilar fuqarolar yig‘inida (vakillar yig‘ilishida) Oliy Majlis deputatini chaqirib olish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishlari mumkin. Fuqarolar yig‘ini (vakillar yig‘ilishi) unda aholining (delegatlarning) uchdan ikki qismi hozir bo‘lgan taqdirda bunday qaror qabul qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, deputatlikka nomzod ko‘rsatgan tegishli organ, ya’ni siyosiy partiyaning viloyat organi, xalq deputatlari shahar, tuman Kengashi yoki fuqarolar yig‘inida (vakillar yig‘ilishida) saylovchilar deputatni chaqirib olish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishlari mumkin. Fuqarolar yig‘ini (vakillar yig‘ilishi)ning qonuniy huquqqa egaligi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda deputatlikka nomzod ko‘rsatgan tegishli organ, ya’ni siyosiy partiyaning tuman, shahar organi yoki fuqarolar yig‘inida (vakillar yig‘ilishida) saylovchilar deputatni chaqirib olish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishlari mumkin. Fuqarolar yig‘ini (vakillar yig‘ilishi)ning qonuniy huquqqa egaligi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi