Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
ELEKTRON TIJORATNI AMALGA OShIRIShDA TO‘LOVLARNI O‘TKAZIShNI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Vazirlar Mahkamasining
2007-2008-yillarda elektron tijoratni amalga oshirishda to‘lovlarni o‘tkazish tizimlarini yanada takomillashtirish Tadbirlari rejasi

Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 22.02.2021 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi

T/r

Tadbirlar

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Mas’ul bajaruvchilar

1.

Tanlov asosida ishlab chiqilgan mamlakatimiz dasturiy mahsulotlari asosida milliy valyutaga bog‘langan internet-do‘konlardan foydalangan holda elektron to‘lov tizimini rivojlantirish bo‘yicha boshlang‘ich loyihani joriy etish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2007-yil III-IV chorak

Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, tijorat banklari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy xavfsizlik xizmati, mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar

2.

Pul mablag‘larini aniq vaqt rejimida masofadan boshqarishning faol tizimlarida, shu jumladan Internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqish.

Normativ hujjat

2007-yil IV chorak

Markaziy bank, Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi

3.

Internet tarmog‘ida elektron to‘lovlarni o‘tkazish uchun elektron tijorat qatnashchilari o‘rtasida bank ma’lumotlari va boshqa moliyaviy ma’lumotlarni o‘zaro ayirboshlashda standartlar va talablarni ishlab chiqish.

Normativ hujjat

2007-yil IV chorak

Markaziy bank, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy xavfsizl�k xizmati, “O‘zstandart” agentligi

4.

Elektron tijoratni amalga oshirayotgan chakana savdo korxonalarini soliqqa tortish va hisobga olish tartibini ishlab chiqish.

Normativ hujjat

2007-yil IV chorak

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi

5.

Bank hisob raqamlarini masofadan boshqarish tizimlarini (Internet-bankning, mobil bank va boshqalarni) joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2008-yil I-II chorak

Markaziy bank, tijorat banklari

6.

Bank kartalari asosida naqdinasiz hisob-kitoblar tizimlarini yanada rivojlantirish.

Chora-tadbirlar kompleksi

doimiy ravishda

Markaziy bank, O‘zbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlari

7.

Banklararo “Uzkart” to‘lov tizimi doirasida Internet tarmog‘i orqali bank to‘lov kartalari bilan haq to‘lash texnologiyasini ishlab chiqish va joriy etish.

Tijorat banklari va chakana savdo korxonalari uchun Internet tarmog‘ida elektron tijorat asosida elektron to‘lovlarni amalga oshirishning maxsus dasturiy ta’minoti

2008-yil I-II chorak

Markaziy bank, O‘zbekiston banklar uyushmasi, tijorat banklari, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi

8.

Budjet tashkilotlarining elektron tijoratda qo‘llaniladigan shartnomalari (kontraktlari)ni G‘aznachilikda majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi tartib-qoidalarini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2008-yil I-II chorak

Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

9.

Davlat budjetining g‘aznachilik ijrosi sharoitlarida savdoni elektron tijorat asosida amalga oshirishda budjet tashkilotlari xarajatlari to‘lovini o‘tkazish mexanizmini ishlab chiqish hamda G‘aznachilikda va budjet tashkilotlarida amalga oshirilgan operatsiyalarning buxgalteriya hisobini ta’minlash.

Chora-tadbirlar kompleksi

2008-yil I-II chorak

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank

10.

Import-eksport kontraktlarini hisobga qo‘yish, shuningdek bitishuvlarni elektron tijorat asosida amalga oshirishni nazarda tutuvchi tovarlarni olib kirish va olib chiqish tartibiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2008-yil II chorak

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi