Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 07.09.2009 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Davlat tender komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ishtirokida 1-ilovaga* kiritilgan korxona va obyektlarni xususiylashtirish natijalariga ko‘ra, investorlar tomonidan aniq investitsiya majburiyatlarini olish sharti bilan ularni bepul sotish to‘g‘risida qaror qabul qilishga ruxsat etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda 1—3-ilovalarga* kiritilgan korxonalar, obyektlar va boshqa davlat aktivlarini baholash, savdoga qo‘yish va sotish jadvallarini tasdiqlasin hamda ularning amalga oshirilishini ta’minlasin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda 1-2-ilovalarga* kiritilgan korxonalarning avval xo‘jalik boshqaruvi organlari (aksiyadorlik va xolding kompaniyalari) ustav jamg‘armalariga berilgan aksiyalari davlat paketlarini sotishdan tushgan mablag‘larni taqsimlash bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tegishli qaror qabul qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 20-iyuldagi “Iqtisodiyotning strategik tarmoqlari korxonalarini xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3897-sonli Farmoniga muvofiq berilgan “oltin aksiya”ni joriy etish bo‘yicha huquqni paxtani qayta ishlash va yog‘-moy sanoatining xususiylashtiriladigan korxonalariga, “Toshkent traktor zavodi” OAJga nisbatan qo‘llash maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi ushbu qarorning 2-ilovasiga* kiritilgan korxonalarni xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini (“oltin aksiya”) boshqarishda davlatning ishtirok etishiga oid maxsus huquqni qo‘llash maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi takliflarni o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasi (R. Azimov) mazkur qarorning 1 va 2-ilovalariga* kiritilgan korxonalarni xususiylashtirish yakunlari bo‘yicha aniq investitsiya majburiyatlari yuklangan holda (ularning davlat aksiyalari paketi oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq ijro etilishi davrida) potensial investorlarga sotilayotgan korxonalarning budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarini restrukturizatsiya qilishni ko‘rib chiqsin va ular yuzasidan qarorlar qabul qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi