Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 10.09.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq respublikada oliy ta’lim tizimining ikkinchi bosqichi sifatida magistraturaning normativ-huquqiy bazasi ishlab chiqildi, o‘quv jarayonini tashkil etishning asoslari belgilandi va o‘quv-metodika kompleksi, axborot ta’minotining yangi avlodi joriy etildi, ilmiy-pedagogik kadrlar tarkibi shakllantirildi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq magistratura faoliyatini tashkil etishni tubdan takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish, mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlashning sifatini hamda raqobatbardoshliligini oshirishni kuchaytirish, yuqori malakani va ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, shuningdek magistraturada ta’lim-tarbiya jarayonini normativ-huquqiy va ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 30-maydagi PQ-645-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
T/rTadbirlar mazmuniBajarish sanasiBajarish uchun mas’ullarMoliyalashtirish manbalariKutilayotgan natija
1.Quyidagilarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish:
— magistraturaning faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini tartibga soluvchi normativ-metodik hujjatlar;
— “Magistratura to‘g‘risida nizom” va uni belgilangan tartibda tasdiqlash;
— Bakalavriat va oliy ta’lim magistraturasi mutaxassisliklari klassifikatori
2007-yil dekabrOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarKo‘zda tutiladigan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasidaMagistraturada o‘quv jarayonini boshqarish, tashkil etish, o‘quv-metodik ta’minlashning yangi mexanizmlarini nazarda tutuvchi yangalangan normativ-metodik baza
2.Magistratura mutaxassisliklari uchun davlat ta’lim standartlari tuzilmasi va mazmunini takomillashtirish2007-yil dekabrOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarKo‘zda tutiladigan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasidaTarkibiy jihatdan takomillashtirilgan, mazmuni yangilangan, kadrlarning asosiy buyurtmachilari bilan kelishilgan Davlat ta’lim standartlari
3.Magistraturaning o‘quv rejalarini modernizatsiya qilish va ta’lim dasturlari mazmunini yangilash2007-yil dekabrOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarKo‘zda tutiladigan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasidaYangilangan va predmetlar ro‘yxati buyurtmachilari bilan kelishilgan o‘quv rejalari. Fan va texnikaning zamonaviy yutuqlari asosida tuzilgan, ishlab chiqarish mutaxassislari ekspertizasidan o‘tkazilgan o‘quv dasturlari
4.Magistraturani zamonaviy o‘quv, ilmiy, maxsus adabiyotlar va metodik materiallar bilan ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq magistratura uchun o‘quv va metodik adabiyotlar mualliflarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish2007-2008 o‘quv yiliOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarOliy o‘quv yurtlarining budjetdan tashqari mablag‘lari. Oliy o‘quv yurtlarini rivojlantirish jamg‘armasiYanada chuqur va keng ko‘lamli bilim beradigan o‘quv adabiyotlari
5.Magistrlar tayyorlash tizimini qayta ko‘rib chiqish hamda magistraturani respublika oliy ta’lim muassasalarida oqilona va samarali joylashtirishni ta’minlash2007-2008 o‘quv yiliOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarKo‘zda tutiladigan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasidaOliy o‘quv yurtlarida magistrlar tayyorlash mutaxassisliklari ro‘yxatini maqbullashtirish
6.Holatini puxta tahlil qilish asosida magistraturaning moddiy-texnika bazasini mustaxkamlashni ta’minlash, zamonaviy o‘quv va laboratoriya anjomlari, kompyuter texnikasi hamda dasturiy maxsulotlar bilan jihozlash2008-2009 o‘quv yiliOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarOliy o‘quv yurtlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan korxona va tashkilotlar mablag‘lari. Oliy o‘quv yurtlarini rivojlantirish jamg‘armasiZamonaviy laboratoriya anjomlari, kompyuter texnikasi bilan jihozlangan o‘quv-laboratoriya bazasi
7.Magistraturada o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirishning samarali va obyektiv mexanizmlarini ishlab chiqish va amalda joriy etish2007-2008 o‘quv yiliOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarKo‘zda tutiladigan budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar doirasidaHaftalik yuklamalarni maqbul rejalashtirgan holda magistraturada o‘quv jarayonini tashkil etish, auditoriyadagi va mustaqil mashg‘ulotlarni taqsimlash. Kafedralarning professor-o‘qituvchilar va laboratoriya tadqiqotlari salohiyatini hisobga olgan holda tanlov asosida magistrlik dissertatsiyalarini bajarish. Mutaxassislar tayyorlash sifati nazorat qilinishini ta’minlash
8.Magistratura tizimining professor-o‘qituvchilar tarkibi hamda boshqaruv kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash. Magistratura o‘qituvchilarining va yosh olimlarning mamlakatimizdagi va chet ellardagi yetakchi universitetlarda va ilmiy markazlarda tajribasini oshirish. Ilg‘or texnologiyaga ega bo‘lgan univ�rsitetlar va ilmiy markazlarda respublikaning oliy ta’lim muassasalariga pedagogik ishga yuborilgan magistratura bitiruvchilarining malaka oshirishi uchun ustuvor shart-sharoitlar yaratish. Ilmiy yutuqlar, o‘qitishning faol pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga joriy etish, magistraturaning o‘quv predmetlari bo‘yicha o‘quv-metodik materiallar yaratish uchun o‘qituvchilarga shart-sharoitlar yaratish2007-2008-yillarOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “Iste’dod” jamg‘armasi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarKo‘zda tutiladigan budjet mablag‘lari doirasida, oliy o‘quv yurtlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan korxona va tashkilotlar mablag‘lari, “Iste’dod” jamg‘armasiMagistraturada dars berish va o‘qitish sifatini oshirish, xorijiy professorlar bilan birgalikda magistrlik dasturlari uchun darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari nashr etish
9.Magistrlar tayyorlashni ishlab chiqarish, akademik va tarmoq fani, yetakchi xorijiy universitetlar bilan samarali integratsiyalash shakllari va mexnizmlarini joriy etish2007-2008-yillarOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarOliy o‘quv yurtlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan korxona va tashkilotlar mablag‘lariOliy o‘quv yurtlari akademik institutlar, magistrlar tayyorlashdan manfaatdor bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarning birgalikdagi harakat dasturlari. Magistrlarni ilmiy tadqiqotlarga, shu jumladan oliy ta’lim, o‘rta va kichik biznesni modernizatsiya qilish bilan bog‘liq iqtisodiyot tarmoqlari muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga jalb etish
10.Magistratura faoliyatini axborotlar bilan ta’minlashni takomillashtirish va uning axborot makonini rivojlantirish:
Internetga va oliy o‘quv yurtlariaro tarmoqlarga, vazirliklar va idoralarning portallariga, oliy ta’lim muassasalari saytlariga va shu kabilarga chiqishning maxsus shakl va yo‘llarini ta’minlash asosida magistrlarning mustaqil mashg‘ulotlarini axborotlar bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash;
magistrlarning markaziy va tarmoq kutubxonalari fondlarida ishlashi uchun maxsus shart-sharoitlarni ta’minlash;
shaxslararo axborotlar almashish, forumlar, munozara klublari va shu kabilarni tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratish
2007-2008-yillarOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarOliy o‘quv yurtlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan korxona va tashkilotlar mablag‘lariMagistrlar tayyorlash axborot makonini rivojlantirish
11.Magistrlar tayyorlashning davlat va jamoat boshqaruvi shakl va metodlarini takomillashtirish. Bitiruvchilarni samarali ravishda ishga joylashtirish bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar yaratish2007-2008-yillarOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarOliy o‘quv yurtlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan korxona va tashkilotlar mablag‘lariMagistrlar tayyorlash sifatini boshqarish tizimini takomillashtirish. Ushbu jarayonga manfaatdor idoralarni, korxonalarni jalb etish
12.Moliyalashtirish tizimi samaradorligini oshirish, budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan foydalanish shakllari va mexanizmlarini t�komillashtirish2007-2008-yillarOliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarOliy o‘quv yurtlarining budjetdan tashqari mablag‘lari, kadrlar buyurtmachilari bo‘lgan korxona va tashkilotlar mablag‘lariMagistrlar tayyorlashni rivojlantirishga sarflash uchun (turli budjetdan tashqari manbalardan tushadigan) mablag‘larni ko‘paytirish
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi