Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan o‘zgartirishlar

Hujjat 04.04.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qozog‘iston Respublikasi bilan ikki tomonlama mahsulot ayirboshlashni oshirish bo‘yicha integratsiyalashuv jarayoni va chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida” 2006-yil 25-apreldagi PQ-332-sonli qarori ilovasining 4.4.1-pozitsiyasidagi “SamKochavto” va “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” XK” so‘zlari tegishli ravishda “Samarqand avtomobil zavodi” MChJ” hamda “respublikaning qishloq xo‘jalik mashinasozligi korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 7-avgustdagi PQ-436-sonli qarori 2-ilovasining 20-pozitsiyasidagi “Matchonov Rafiq Doschonovich — “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi” so‘zlari “lavozimiga ko‘ra — “Toshkent traktor zavodi” OAJ boshqaruvi raisi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2010-yilgacha bo‘lgan davrda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2007-yil 21-maydagi PQ-640-sonli qarori 12-ilovasining 9.1.1-pozitsiyasidagi “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” kompaniyasining “O‘zagromashservis” uyushmasi”, “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” so‘zlari “O‘zagromashservis” uyushmasi, respublikaning qishloq xo‘jalik mashinasozligi korxonalari, “O‘zqishloqxo‘jalikmashlizing” kompaniyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida” 2007-yil 12-martdagi PQ-601-sonli qarori 1-ilovasining “Mutasaddilik qilinadigan idoralar va xo‘jalik birlashmalari” bo‘limidan “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2008-yil hosili uchun shudgorlash ishlarini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 10-oktabrdagi PQ-706-sonli qarori 4-bandining birinchi xatboshidagi “O‘zqishloqxo‘jalikmash-xolding” so‘zlari “respublikaning qishloq xo‘jalik mashinasozligi korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi