Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
TIJORAT BANKLARIDA KASSA IShINI TAShKIL ETISh, INKASSATSIYA VA QIMMATLIKLARNI TAShIShGA DOIR YO‘RIQNOMANI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA

Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir YO‘RIQNOMA

I bob. Umumiy qoidalar

II bob. Banklarning kassa operatsiyalari boshqarmasi (bo‘limi) ishini tashkil etish

III bob. Kassa ishini tashkil etish

IV bob. Pul va tangalarni taxlash hamda ularni o‘rab-bog‘lash

V bob. Kirim kassalarida operatsiyalarni amalga oshirish qoidalari

VI bob. Pul va qimmatliklarni chiqim kassalari orqali berish

VII bob. Kechki kassa tomonidan pul va boshqa qimmatliklar solingan xalta (qop)larni inkassatsiya xizmati xodimlaridan qabul qilib olish tartibi

VIII bob. Naqd pulni qayta sanash

IX bob. Pul va tangalar ekspertizasi

X bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar huzurida bankning maxsus kassalarini tashkil etish

XI bob. Aylanma kassasida yakun chiqarish tartibi

XII bob. Kunlik kassa hujjatlarini taxlash tartibi

XIII bob. Saqlash uchun qabul qilingan qimmatliklar bilan operatsiyalar bajarish tartibi

XIV bob. Pul va boshqa qimmatliklarni saqlash hamda ularning butligi yuzasidan nazorat o‘rnatish

XV bob. Qimmatliklarni taftish qilish

XVI bob. Tijorat banklari va filial binolaridan tashqarida joylashgan operatsion kassalarini tashkil etish va ular faoliyatini yuritish bo‘yicha qo‘yiladigan talablar

XVII bob. Inkassatsiya xizmatini tashkil etish

XVIII bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul tushumini inkassatsiya qilishni tashkil etish

XIX bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning pul tushumlarini inkassatsiya qilish tartibi

XX bob. Bank qimmatliklarini tashishni tashkil etish

XXI bob. Mansabdor shaxslarning qimmatliklar but saqlanishi va qimmatliklar bilan ishlashda belgilangan qoidalarga rioya qilinishi bo‘yicha javobgarligi

1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki SO‘Mlarining to‘lovga yaroqlilik belgilarini aniqlash QOIDALARI

Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.07.2018
Hujjat 07.07.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
“Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassatsiya va qimmatliklarni tashishga doir yo‘riqnoma”ga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi 2005-yil 12-martdagi 3-A/3-sonli qarori (2005-yil 29-mart, ro‘yxat raqami 1263-1 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil,12-13-son, 98-modda);
Ushbu Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) qonunlari va boshqa qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, kassa operatsiyalarini amalga oshirish, pul tushumini inkassatsiya qilish, qimmatliklarni tashish va ularni saqlashning yagona tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Mijozlarga kassa xizmatini ko‘rsatish uchun banklar Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasiga kassa xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ruxsatnoma berish haqida ushbu Yo‘riqnomaning 14-ilovasida ko‘rsatilgan shakldagi pul saqlash omborining to‘ldirilgan pasporti va tegishli hujjatlarni Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Qimmatliklarni saqlash va ular bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan moddiy javobgarlik ushbu Yo‘riqnomaning 3-ilovasida keltirilgan to‘liq shaxsiy moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi namunaviy shartnomaga asosan bankning kassa mudiri zimmasiga yuklatiladi. Zarur bo‘lgan hollarda ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar bank rahbarining farmoyishiga asosan kassa operatsiyalari boshqarmasi (bo‘limi) boshlig‘i zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Agar pullar polietilen paketlarga joylanadigan bo‘lsa, pullarning dastalari bitta ko‘ndalang banderol bilan o‘raladi va ularga oddiy banderollarga qo‘yilishi lozim bo‘lgan hamda ushbu Yo‘riqnomaning 49-bandida qayd etib o‘tilgan rekvizitlar qo‘yiladi. Pullarni o‘rab-bog‘lash jarayonida esa 54-bandda qayd etib o‘tilgan tartibda rekvizitlar qo‘yilgan nakladkalardan foydalaniladi. Pul bog‘lamlari dastalarni shakllantirgan kassir tomonidan paketga joylashtiriladi va polietilen paketlarni payvandlab, yopishtiruvchi (multivak va h. k.) apparat yordamida yopishtiriladi hamda apparatga o‘rnatilgan klishe orqali paketning har ikki chokiga bank nomi, uning kodi va kassirning shaxsiy kodi qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
64. Tangali qoplarda noto‘g‘ri qo‘yilmalar aniqlangan taqdirda, ushbu Yo‘riqnomaning 316-bandi talablariga amal qilinishi shart. Dalolatnomaga tanga solingan qop, yorliq va albatta, qop tikilgan ikkala butun (oq va qizil) iplar ilova qilinishi kerak.
70. Mijozlardan naqd pullar ularning bank hisobvaraqlariga kirim qilish uchun mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasida keltirilgan 001-shakldagi naqd pul qo‘yish e’lonlari bo‘yicha, boshqa turdagi bir martalik to‘lovlarni qabul qilish esa 4-ilovada belgilangan 008-shakldagi kirim kassa orderi orqali 44-ilovada ko‘rsatilgan 004-shakldagi kvitansiyani berish bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
73. Mijozlar bank hisobvaraqlariga naqd pul qo‘yishlaridan avval buxgalteriya xodimlari hujjatlarni “O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘yicha yo‘riqnoma”da (1998-yil 16-noyabr, ro‘yxat raqami 533) ko‘rsatib o‘tilgan tartibda oldindan tekshirib chiqadilar va rasmiylashtiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
84. Bank amaliyot kuni mobaynida qabul qilingan pulni kassir ushbu Yo‘riqnomaning IV-bobida belgilangan tartibda dastalaydi hamda kirim hujjatlari va 109-shakldagi ma’lumotnoma bilan birga kassa mudiriga 155-shakldagi kitobga imzo qo‘ydirib topshiradi.
b) bankdan kredit olgan jismoniy shaxslarga, qarz oluvchilarga, omonatchilarga, pensionyerlarga mazkur Yo‘riqnomaning 11-ilovasida keltirilgan chiqim kassa ordyerlari bo‘yicha beriladi. Banklarning boshqaruv apparati ehtiyojlari va boshqa sarf-xarajatlar uchun beriladigan pullarni chiqim qilish ham aynan shu tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
91. Bankning pul saqlash ombori ochilganidan so‘ng, kassa mudiri, filial boshqaruvchisi va bosh buxgalter ishtirokida aylanma kassadagi naqd pul qoldiqlari qayta sanaladi. Naqd pul qoldig‘i mazkur Yo‘riqnomaning 40-ilovasida keltirilgan 120-shakldagi kitobning ma’lumotlariga mos kelishiga ishonch hosil qilinganidan so‘ng, kassa mudiri kassirlarga chiqim operatsiyalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan pul summasini, hisob berish sharti bilan o‘zining 155-shakldagi kitobiga imzo qo‘ydirgan holda beradi. To‘liq va to‘liq bo‘lmagan pul bog‘lamlari nakladkalardagi ma’lumotlarga qarab tekshiriladi, to‘liq bo‘lmagan dastalardan iborat bog‘lamlar esa birma-bir qayta sanalib (qayta sanash kassa mudiri tomonidan tayinlangan kassa xodimlaridan birining kuzatuvi ostida amalga oshirilishi mumkin) qabul qilinadi.
Bunday hollarda chiqim kassasi kassiri berilayotgan pul bog‘lamlaridagi plombalarni yoki kafolat choklarini kesmaydi, balki, plombalar, tugunlar, banderollar va hokazolar to‘liq saqlanishini kuzatib turadi. Pul dastasidan ortiqcha yoki kamomad chiqqan holda ikki nusxada mazkur Yo‘riqnomaning 31-ilovasida ko‘rsatilgan 145-shakldagi dalolatnoma, agarda to‘lovga yaroqsiz va qalbaki pullar aniqlansa, 145a-shakldagi dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, uning ikkinchi nusxasi buxgalteriya o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun buxgalteriyaga yuboriladi. Bunda barcha banderollar, plombali o‘ram materiali yoki polietilen paket va puli to‘g‘ri chiqmagan dastaning ustki nakladkasi, shuningdek tanga solingan qopning yorlig‘i plombali o‘ram bilan birga to‘liq saqlanib qoladi.
109. Bank amaliyot kuni oxirida kassir, hisobdorlik asosida qabul qilingan summani, chiqim hujjatlaridagi summaga va pul qoldig‘iga taqqoslab ko‘rganidan so‘ng, mazkur Yo‘riqnomaning 35-ilovasida keltirilgan 110-shakldagi hisobot ma’lumotnomasini tuzib imzolaydi va unda ko‘rsatilgan kassa aylanmalarini bank buxgalteriyasi xodimlarining kassa jurnallaridagi yozuvlari bilan taqqoslaydi. Taqqoslash kassir tomonidan chiqim kassa jurnaliga imzo qo‘yishi va buxgalteriya xodimlarining kassir ma’lumotnomasiga qo‘yilgan imzolari bilan rasmiylashtiriladi.
110. Kassaning chiqim aylanmalari mazkur Yo‘riqnomaning 36-ilovasida keltirilgan 111-shakldagi kassa aylanmalari haqidagi jamlama ma’lumotnomaga umumiy summa bo‘yicha kiritiladi.
117. Kassir naqd pulli qoplarni mijozlarga berishni ushbu Yo‘riqnomaning 97-bandiga muvofiq amalga oshiradi. Berilayotgan qoplardan plombalar qirqib olinmaydi.
122. Inkassatorlar pul tushumi solingan xalta (qop)larni topshirayotgan vaqtda mazkur Yo‘riqnomaning 19-ilovasida keltirilgan ushbu xaltalarga berilgan 006-shakldagi yuk xatlarini, 32-ilovada ko‘rsatilgan 107-shakldagi tashrif varaqlarini va bo‘sh xalta (qop)larning soni hamda 8-ilovada keltirilgan yo‘nalish bo‘yicha inkassatorlarga beriladigan bo‘sh xaltalar va tashrif varaqlarining soni to‘g‘risidagi ma’lumotnomani yuk xatlari bilan tashrif varaqalaridagi yozuvlar bir-biriga mos kelishini tekshirish uchun kechki kassaning nazoratchi-buxgalteriga taqdim etadi. Inkassatorlardan qabul qilib olinishi kerak bo‘lgan xaltalar (qoplar) mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasida keltirilgan qabul qilib olingan naqd pulli xalta, qop hamda bo‘sh xaltalarni qayd etish blankasida 2 nusxada to‘ldirilib, ro‘yxatga olingan yuk xatlarini kassirga beradi.
Shundan so‘ng, nazoratchi-buxgalter inkassatorlar tomonidan kassaga topshirilgan xalta (qop)larning sonini ma’lumotnomada (8-ilova) ko‘rsatilgan raqamiga mos kelishini tekshiradi va tashrif varaqlarini inkassatorlarga qaytarib beradi.
125. Har bir yo‘nalish (kirib o‘tish) bo‘yicha xalta (qop)larni qabul qilib bo‘lganidan so‘ng, kassir, nazoratchi-buxgalter, katta inkassator va yig‘uvchi inkassatorlar blankaning (7-ilova) ikkala nusxasiga imzo qo‘yadilar. Birinchi nusxasiga qimmatliklarni topshirgan inkassatorlar brigadasining muhri (shtamp) bosiladi, ikkinchi nusxasiga esa kechki kassaning muhri bosilgan holda, nazoratchi-buxgalter tomonidan brigadaning katta inkassatoriga beriladi. Muhr kechki kassa kassiriga biriktirilgan bo‘lib, unda saqlanishi shart.
126. Kassir yo‘nalish (kirib o‘tish) bo‘yicha qabul qilingan xalta (qop)larni nazoratchi-buxgalterning kuzatuvi ostida pul saqlash ombori (seyf)ga joylaydi. U nazoratchi-buxgalter bilan birga blankada (7-ilova) ko‘rsatilgan xalta (qop)lar sonini yo‘nalish bo‘yicha qabul qilib olingan xaltalar soni bilan solishtiradi va qabul qilingan barcha xaltalar pul saqlash ombori (seyf)ga joylanganligiga ishonch hosil qilgach, pul saqlash omborini (seyf) ikkita kalit bilan qulflab, ikkita surg‘uchli muhr bilan muhrlaydilar.
145. Brigada nazoratchisi xaltalarni blankalar (7-ilova) hamda yuk xatlari bo‘yicha ushbu Yo‘riqnomaning 124-bandida ko‘zda tutilgan tartibda mustaqil ravishda qabul qilib oladi. Xaltalarni qabul qilish-topshirish vaqtida xonada begona shaxslarning bo‘lishi qat’iyan taqiqlanadi.
Shundan so‘ng, kechki kassa kassiri bo‘sh inkassatsiya xaltalari, blankalar (7-ilova), ma’lumotnoma (8-ilova), xaltaning raqamlari qabul qilib olingan naqd pulli xalta, qop hamda bo‘sh xaltalarni qayd etish blankasida (7-ilova) ko‘rsatilgan raqamiga mos kelishini tekshirish uchun qayta sanash kassasiga rahbarlik qiluvchi nazoratchi kassirga beradi.
146. Bank amaliyot kuni davomida inkassatsiya xodimlari tomonidan keltirilgan naqd pul solingan xaltalarni brigada nazoratchisi tomonidan ushbu Yo‘riqnomaning 124-bandida belgilangan tartibda buxgalteriya tomonidan ajratilgan nazoratchi-buxgalter ishtirokida qabul qilib olinadi. Bunday hollarda blankaning (7-ilova) ikkinchi nusxasi qayta sanash kassasi nazoratchisining muhri bilan muhrlanadi. Muhr nazoratchiga biriktirilgan bo‘lib, unda saqlanishi shart. Bank amaliyot kuni mobaynida qabul qilingan naqd pulli xalta(qop)lar va bo‘sh xaltalar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (10-ilova) bir nusxada tuziladi.
161. Bank tomonidan ushbu Yo‘riqnomaning 155-bandida ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra, qabul qilinishi mumkin bo‘lmagan cheklar, xo‘jalik yurituvchi subyektga qaytarib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
168. To‘lovga yaroqsiz pul va tangalar aniqlangan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida mijozning talabiga ko‘ra bankdan tashqariga olib chiqmaslik sharti bilan, unga ko‘rsatilishi mumkin. Kelgusida ushbu to‘lovga yaroqsiz pullar inkassatorlar orqali Markaziy bank Toshkent shahar Bosh boshqarmasining Hisob-kitob-kassa markaziga ro‘yxatlar (1 va 23-ilova) bilan birga 90143 “Ekspertizaga qabul qilingan yo‘ldagi banknot va tangalar” hisobvarag‘iga o‘z nominal qiymati bo‘yicha yuboriladi. Ushbu to‘lovga yaroqsiz pul va tangalar tegishli mutaxassislar tomonidan ekspertiza qilinganidan so‘ng, belgilangan tartibda yo‘q qilinadi yoki almashtirib berish uchun tegishli bankka yuboriladi.
169. Aniqlangan qalbaki pullar ushbu Yo‘riqnomaning 203-bandida ko‘zda tutilgan tartibda chora ko‘rish uchun bank boshqaruvchisiga xabar qilinadi.
174. Kun oxirida kassir o‘zi qayta sanagan va o‘rab bog‘lagan naqd pul summalarini nazorat qaydnomasidagi (15-ilova) ma’lumotga mos kelishini taqqoslaganidan so‘ng, nazorat qaydnomasi kassir va nazoratchi tomonidan imzolanadi.
175. Ko‘rsatib o‘tilganlar solishtirib bo‘linganidan so‘ng, kassir to‘liq pul bog‘lamlarini kassa mudiriga 175-shakldagi nazorat varag‘iga (21-ilova) imzo qo‘ydirgan holda topshiradi. Kassa mudiriga bank amaliyot kuni davomida pul berish ehtiyoji tug‘ilgan taqdirda, kun oxiridagi taqqoslash xuddi shu tartibda amalga oshiriladi.
181. Bosh buxgalter (uning o‘rinbosari) kirim kassa daftari yakunlarini naqd pul joylangan xalta, qop hamda bo‘sh xaltalarni hisobga olish blankasini (7-ilova), kechki kassa tomonidan qabul qilib olingan naqd pulli va bo‘sh xaltalar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (10-ilova) bilan pulni qayta sanash vaqtida aniqlangan va nazorat qaydnomalarida ko‘rsatilgan (15-ilova) ortiqcha, kamomad, to‘lovga yaroqsiz, qalbaki pul va tangalarni hisobga olgan holda taqqoslaydi. Ushbu summani inkassatsiya bo‘limi boshlig‘ining inkassatorlar tomonidan topshirilgan umumiy tushum summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi bilan (9-ilova) taqqoslaydi va blanka (7-ilova) asosida qabul qilib olingan xaltalar sonini bo‘sh xaltalar soni, yo‘nalishga chiqish uchun beriladigan tashrif varaqalarida ko‘rsatilgan ma’lumotnoma bilan (8-ilova) solishtirib bo‘lganidan so‘ng, ma’lumotnomani (10-ilova) imzolaydi.
182. Inkassatorlar tomonidan topshirilgan ilova va nazorat qaydnomalari, tushumning umumiy summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (9-ilova), tashrif varaqlari va yo‘nalishga chiqish uchun berilgan bo‘sh xaltalarning soni to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (8-ilova), qabul qilib olingan naqd pulli xalta va qoplarni hisobga olish blankasi (7-ilova), kechki kassa tomonidan qabul qilingan naqd pulli va bo‘sh xaltalar (qoplar) to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar (10-ilova) kunlik kassa hujjatlariga tikiladi.
186. Dam olish kunlari qayta sanalgan tushum kechki kassaning kassiri va nazoratchi buxgalteriga topshirilishi mumkin va bu haqda bank bo‘yicha buyruq chiqariladi. Ko‘rsatib o‘tilgan tushum ushbu Yo‘riqnomaning IV-bobiga muvofiq dastalanadi va o‘rab bog‘lanadi hamda kechki kassa xodimlariga nazorat varaqasi asosida beriladi. Pul va cheklarning kassa mudiriga topshirilishi, keyingi ish kuni ertalab kechki kassa xodimlari tomonidan 155-shakldagi kitob bo‘yicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
207. Bankka olib kelingan naqd pulli qop (xalta)larni inkassatorlar kechki kassaga ushbu Yo‘riqnomaning 122 — 124-bandlarida ko‘zda tutilgan tartibda yoki bevosita kassa mudiriga topshiradilar. Bunday hollarda qop (xalta)larning ochilishi inkassatorlar ishtirokida amalga oshiriladi.
212. Pul tushumi inkassatsiya xaltalarida topshirilayotgan vaqtda xo‘jalik yurituvchi subyektning kassiri 006-shakldagi blankalar to‘plamini uch nusxada (19-ilova) to‘ldiradi. Ilova qaydnomasi xaltaning maxsus cho‘ntagiga joylanadi, yuk xati va kvitansiya xalta bilan birga bankning katta kassiriga taqdim etiladi.
214. Bank kassirlari ushbu Yo‘riqnomaning 149 — 157-bandlariga muvofiq xaltalarni ochish va pullarni qayta sanashni bank nazoratchisi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektning bosh kassiri nazorati ostida amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
216. Bank kassiri naqd pulni ushbu Yo‘riqnomaning IV-bobiga asosan belgilangan tartibda sanaydi, dastalaydi va o‘rab-bog‘laydi. Naqd pul miqdori nazorat qaydnomalari yoki kirim hujjatlarida ko‘rsatilganiga mos kelishini tekshirganidan so‘ng, uni kun oxirida katta kassirga ushbu Yo‘riqnomaning 174 — 177-bandlarida belgilangan tartibda topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
239. Kassa hujjatlari bankdan “Bank siri to‘g‘risida”gi Qonunning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 144-modda) 12-moddasiga asosan bank rahbarining imzosi qo‘yilgan va muhri bilan tasdiqlangan holda yopiq va muhrlangan konvertda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘lgan taqdirda huquqni muhofaza qilish organlariga berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
257. Ikki yoki undan ortiq pul saqlash omborlaridagi, stellaj va tokchalarga bir turdagi qimmatliklar va bir turdagi pul yoki tangalar joylashtirilganda, bunday ombordagi har bir stellaj (tokcha)ga qo‘yilgan qimmatliklar bo‘yicha ro‘yxat (26-ilova) tuziladi. Ro‘yxat pul qo‘yilgan sana va amaldagi summa ko‘rsatilgan stellajlardagi qimmatliklar bilan birga saqlanishi yoki pul saqlash omborida alohida yig‘majildda saqlanishi lozim.
266. Daftar va alohida varaq ko‘rinishdagi, qat’iy hisobda turuvchi barcha blankalar “Almashtirish shoxobchasi to‘g‘risidagi nizom”ga (2002-yil 14-mart, ro‘yxat raqami 1114 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5-son) asosan qo‘llaniladigan 09002 Valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali valyuta va yo‘l cheklarini sotib olishda beriladigan ma’lumotnoma sertifikati, 09004 Valyuta va yo‘l cheklarini inkassoga qabul qilish to‘g‘risidagi kvitansiya, 09005 Valyuta va yo‘l cheklarini ekspertizaga qabul qilishda ishlatiladigan ma’lumotnoma, 09006 Naqd chet el valyutasini xorijga olib chiqishda beriladigan ruxsatnoma, 09007 Valyuta va yo‘l cheklarini sotishda to‘ldiriladigan ma’lumotnoma, 09012 Shikastlangan valyutalarni yaroqligiga almashtirishda to‘ldiriladigan kvitansiya va 09015 Yo‘l cheklarini naqd xorijiy valyutaga almashtirib olishda ishlatiladigan kvitansiya kitobchasi 50 varaqdan iborat bo‘lishi shart va u to‘ldirilganda, qora qog‘oz orqali ikki nusxada to‘ldirilishi munosabati bilan daftarchalar 25 so‘m qiymatida baholanadi. Ularning har biri, daftarcha yoki har bir varaq bo‘yicha shartli ravishda bir so‘mga, saqlash uchun qabul qilingan aksiya, veksel, jismoniy shaxslar uchun chiqarilgan depozit sertifikatlari va Markaziy bank tomonidan chiqarilgan obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar o‘z nominal qiymati bo‘yicha baholanib, 93609 “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” hisobvarag‘ida hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
269. 94500 “Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq (talab)lar hisobvaraqlarida yuritilayotgan kreditlar ta’minoti sifatida qabul qilingan qimmatli qog‘ozlar kafolat va kafillik yoki garov sifatida saqlanayotgan mulklar va mulkiy huquq(talab)lar, garov shartnomalari bank kassasiga bank boshqaruvchisining farmoyishiga asosan “O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasi”da (2004-yil 13-avgust, ro‘yxat raqami 773-17 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 32-son, 369-modda) belgilangan tartibda balansdan tashqari kirim kassa orderi bilan kirim qilinadi va shu tartibda majburiyatlar to‘liq bajarilganidan so‘ng, boshqaruvchining farmoyishiga asosan balansdan tashqari chiqim kassa orderi orqali chiqim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Naqd chet el valyutasining qoldiqlari mazkur Yo‘riqnomaning 43-ilovasida keltirilgan 121-shakldagi kitobda alohida hisobga olinadi. Bunday holda 120-shakldagi umumiy kitobga ushbu qimmatliklar bo‘yicha qoldiqlar qayd etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
294. Barcha naqd pullarni kassirlar bir-birlariga 155-shakldagi kitobga yoki 175-shakldagi nazorat varag‘iga (21-ilova) imzo qo‘ydirib berishlari shart. Kassa operatsiyalari bo‘limlari (kassa mudiri) boshliqlari kassirlarning bir-birlariga pullarni to‘g‘ri berayotganliklarini muntazam nazorat qilishlari va ular bu haqda 155-shakldagi kitob va 175-shakldagi nazorat varag‘iga imzo qo‘yishlari shart.
297. O‘tkazilgan taftish yuzasidan “Xizmatda foydalanish uchun” grifi qo‘yilgan dalolatnoma (29-ilova) tuzilib, u alohida tartibda tikilishi va bankning bosh buxgalteri seyfida alohida yig‘majildda saqlanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
314. O‘tkazilgan barcha tekshiruvlar tekshirishni qayd etish kitobi (28-ilova)ga qayd etib boriladi. Unda tekshiruvchining familiyasi va lavozimi, u tekshirgan uchastka, tekshiruv o‘tkazilgan vaqt, tekshiruv hajmi va uning natijalari yoziladi (dalolatnomaga ilova qilinadi yoki kamchiliklar yo‘qligi haqida yozib qo‘yiladi).
315. Bank rahbarlari pul va tangalar hamda boshqa qimmatliklarni taftish o‘tkazishdan tashqari, har oyda kamida bir marotaba aylanma kassasi va naqd pul zaxirasidagi pullarning ushbu Yo‘riqnomadagi 310-bandining “a” literidagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshlarida ko‘rsatilgan tartibda nazorat uchun qayta sanalishini ta’minlashlari shart. Bunda ular asosan taftish o‘tkazilayotgan bank kassirlari tomonidan o‘rab-bog‘langan pul bog‘lamlarini va tangalar solingan qoplarni shaxsan o‘zlari tanlab olishlari va olib chiqilayotgan pul summasini 123-shakldagi kitobga (tekshirish maqsadini ko‘rsatgan holda) qayd etib borishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
334. Bankdan tashqarida joylashgan amaliyot kassalarida pul muomalasiga doir operatsiyalar Markaziy bankning “O‘zbekiston Respublikasi banklarida pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (2005-yil 10-oktabr, ro‘yxat raqami 1518 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 43-44-son, 334-modda) asosan tashkil etilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
337. Bankdan tashqarida joylashgan amaliyot kassalarida amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha buxgalteriya hisobi qat’iy ravishda “O‘zbekiston Respublikasi banklarida kassa amallarining buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari”ga (2006-yil 24-iyul, ro‘yxat raqami 1602 — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 30-son, 299-modda) muvofiq amalga oshirilish shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
354. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxati (18-ilova) inkassatorlar tomonidan pul tushumi yig‘iladigan inkassatsiya bo‘limining tegishli kitobida hamda elektron yozuv tarzida yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
358. Inkassatsiya bo‘limi boshlig‘i (navbatchi inkassator) pul tushumini yig‘ish uchun inkassatorlarga yo‘nalishga chiqishlaridan avval 172-shakldagi kitobga imzo qo‘ydirgan holda; yig‘uvchi inkassatorga — bir yil muddatga beriladigan 173-shakldagi ishonchnoma (33-ilova), 107-shakldagi tashrif varaqalari (32-ilova), inkassatsiya bo‘limining yo‘nalish raqami ko‘rsatilgan muhrni; brigada boshlig‘iga — yo‘nalishga beriladigan tashrif varaqlari va bo‘sh xaltalar soni haqidagi ma’lumotnomani (8-ilova) topshiradi.
Inkassatorlar yo‘nalishga olinadigan bo‘sh xaltalarni inkassatorlarga topshiriladigan bo‘sh xaltalar kitobi (22-ilova) bo‘yicha bankdan shartnomada belgilangan vaqtda oladilar. Banklar qulflanadigan va metall shkaflar o‘rnatilgan alohida xonani inkassatsiyaga ajratib berishlari va ushbu xonada yo‘nalishga chiqiladigan kuni ishlatilmaydigan xaltalarni saqlashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
359. Inkassatsiya xizmatida foydalaniladigan barcha surg‘uchli muhrlar, plombirlar, kalitlar va shtamplar inkassatsiya bo‘limi boshlig‘i yuritadigan maxsus daftarda (27-ilova) qayd etilishi lozim (inkassatsiya bo‘limi bo‘yicha navbatchi mavjud bo‘lgan boshqarmalarda ularning hisobi hududiy inkassatsiya boshqarmasi boshlig‘ining farmoyishi bo‘yicha yuritiladi). Barcha inkassatsiya bo‘limlarida plombirlar, kalitlar, shtamplar va surg‘uchli muhrlar shu daftarga imzo qo‘ydirib beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
370. Xaltalar o‘rnatilgan tartibda imzo qo‘yib topshirilganidan so‘ng, brigada boshlig‘i inkassatsiya bo‘limi boshlig‘i (uning o‘rinbosari, navbatchi inkassator)ga blankani (7-ilova), haydovchi inkassator yo‘nalishga chiqish uchun berilgan Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati guvohnomasini, yig‘uvchi-inkassator esa ishonchnomani, tashrif varaqalarini, muhrni, shuningdek brigadaning barcha a’zolari qurol, o‘q-dori va qurol olib yurish uchun berilgan ruxsatnomalarini topshiradilar.
Inkassatsiya bo‘limi boshlig‘i (uning o‘rinbosari, navbatchi inkassator) inkassatorlar tomonidan qabul qilib olingan naqd pulli xalta, qop hamda bo‘sh xaltalarni qayd etish blankasi (7-ilova) bo‘yicha topshirilgan pul tushumining umumiy summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (9-ilova)ni tuzib, uni tegishli bankning bosh buxgalteriga beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
374. Pulni qayta sanash kassasi ish boshlashidan avval inkassatorlar kelishilgan vaqtda kelishlari va pul tushumi solingan xaltalarni ushbu Yo‘riqnomaning 124-bandida ko‘zda tutilgan tartibda, qayta sanash kassasining nazoratchi kassiriga topshirishi, tashrif varaqalari, ishonchnoma, yo‘nalishga berilgan Davlat yo‘l harakati xavfsizlik xizmati guvohnomasi, muhr, seyflarning kalitlari va surg‘uchli muhr (plombir)larini esa tegishli kitoblar orqali inkassatsiya bo‘limi boshlig‘i (uning o‘rinbosari, navbatchi inkassator)ga topshirishlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
378. Inkassatorlardan biri boshliq etib tayinlanadi va u brigada (guruh)ning qimmatliklarni tashishga doir barcha ishlarini tashkil etadi. Unga bir martalik, old tarafida uning familiyasi, ism-sharifi ko‘rsatilib, imzo namunasi qayd etilgan hamda inkassatsiya boshqarmasi boshlig‘i va bosh buxgalterining imzolari qo‘yilib, muhri bilan tasdiqlangan mazkur Yo‘riqnomaning 38-ilovasida keltirilgan 179-shakldagi ishonchnoma beriladi. Ishonchnomaning orqa tarafida brigada tarkibiga kiruvchi qolgan barcha inkassatorlarning familiyalari yoziladi va ism-shariflarining bosh harflari ko‘rsatiladi hamda ushbu ro‘yxat boshliqning imzosi va inkassatsiya boshqarmasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
386. Naqd pul va tangalar yoki boshqa qimmatliklarni jo‘natuvchi bankning kassa mudiri tomonidan 4 nusxada ro‘yxat (23-ilova) tuziladi va ular jo‘natuvchi bankning mansabdor shaxslari tomonidan imzolanib, bank muhri bosilib tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
404. Kassaga kirim qilish uchun olib kelingan pullarni qabul qilish vaqtida to‘lovga yaroqsiz va qalbaki pullar aniqlangan taqdirda, shuningdek kamomad yoki ortiqcha pullar chiqqan hollarda, pulni qabul qiluvchi bank tomonidan 145 va 145a-shakldagi dalolatnoma tuziladi. Bunday hollarda ushbu Yo‘riqnomaning 316 — 318-bandlari talabiga amal qilishi va kamomad yoki ortiqcha chiqqan pullarning qanchaligidan qat’i nazar, ilova hujjatlarida ko‘rsatilgan summa kassaga kirim qilinishi lozim. Kamomad summasini aybdor shaxsdan undirib olish uchun tegishli hisobga o‘tkaziladi, ortiqcha chiqqan pullar esa bank foydasiga kirim qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi