Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 08.01.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. Ushbu Nizom “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirishga litsenziyasi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarning muomalada bo‘lishi bilan bog‘liq faoliyat bo‘yicha hisobotlar yuritish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlar sotish (berish)ga litsenziyasi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha sotilgan (berilgan) har bir narkotik vosita, psixotrop modda va prekursor miqdori va ularning hisobot davri oxiridagi holatiga ko‘ra qoldig‘i to‘g‘risida choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
4. Narkotik vositalar va psixotrop moddalar ishlab chiqaruvchilar, tayyorlovchilar hisoblangan hamda ularni sotishga litsenziyasi bo‘lgan yuridik shaxslar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha har bir sotilgan narkotik vosita va psixotrop modda miqdori va ularning hisobot davri oxiridagi holatiga ko‘ra qoldig‘i to‘g‘risida choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlardan tibbiyotda va veterinariyada foydalanishga litsenziyasi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha foydalanilgan har bir narkotik vosita, psixotrop modda va prekursor miqdori va ularning hisobot davri oxiridagi holatiga ko‘ra qoldig‘i to‘g‘risida choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Narkotik vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida foydalanishga litsenziyasi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha foydalanilgan har bir narkotik vosita, psixotrop modda va prekursor miqdori va ularning hisobot yil yakuni holatiga ko‘ra qoldig‘i to‘g‘risida yillik hisobot taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Prekursorlar ishlab chiqarishga, shuningdek ulardan ishlab chiqarish ehtiyoji uchun foydalanishga litsenziyasi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha prekursorlarning muomalada bo‘lishi bo‘yicha choraklik va yillik hisobotlar taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi