Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 26.06.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 35-bobida belgilanganiga ko‘ra, shaxs pul mablag‘lari qo‘yilganligi haqida yoki qimmatli narsalar yoxud davlat zayomi obligatsiyalari saqlash uchun topshirilganligi to‘g‘risida bank tomonidan taqdim etuvchiga berilgan qiymatli hujjatni yo‘qotgan taqdirda, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda, suddan yo‘qolgan hujjatni haqiqiy emas deb topish va yo‘qotilgan hujjat bo‘yicha huquqlarini tiklash to‘g‘risida iltimos qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Taqdim etuvchiga deb berilgan hujjatlar yo‘qolgan taqdirda ularga bo‘lgan huquqni tiklash haqidagi ishlar alohida tartibda ko‘riladi, shuning uchun arizada FPKning 149-moddasida ko‘rsatilgan umumiy talablardan tashqari FPKning 301-moddasida belgilangan ma’lumotlar qayd etilishi lozim. Arizachi mazkur shartlarni bajarmasa, sudya arizani harakatsiz qoldirib, arizachiga bu haqda xabar berib, kamchiliklarni tugatishga muddat beradi. Agarda arizachi kamchiliklarni belgilangan muddatda bartaraf etmasa, ariza qabul qilinmagan deb hisoblanadi va arizachiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. FPKning 301-moddasida ko‘rsatilgan yo‘qotilgan hujjatning alohida belgilari deb hisob soni, nazorat varaqasi (talon)ning soni, omonat qo‘yilgan kun, omonat bo‘yicha operatsiya amalga oshirilgan kuni, omonatning miqdori yoki qolgan qismi, obligatsiya raqamlari, saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarning tavsifi va o‘ziga xos xususiyatlari tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Yo‘qolgan hujjat haqidagi mahalliy matbuotda berilgan e’lon istisnosiz FPKning 303-moddasi bilan belgilangan talablarni o‘zida aks ettirishi lozimligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Shu bilan birga e’lon yo‘qolgan hujjatning haqiqiy emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettirishi kerak emas. FPKning 308-moddasiga binoan yo‘qotilgan hujjatni haqiqiy emas deb topish ish mazmunan ko‘rib bo‘linganidan so‘ng sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. FPKning 301 -moddasida ko‘rsatilgan da’voning taalluqliligi fuqarolik-protsessual qonunchiligining umumiy qoidalari bo‘yicha belgilanadi va unga ko‘ra da’vo javobgar yashash joyida qo‘zg‘atiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Agar ish FPKning 308-moddasiga asosan hal qilinishida omonat yoki qimmatliklar sudning taqiqlovchi choralar haqidagi ajrimi olinishidan oldin tegishli muassasa tomonidan berilganligi yoki yo‘qolgan hujjatning alohida belgilari omonat yoki qimmatliklarning arizachiga tegishliligi haqida xulosa qilish uchun yetarli bo‘lmasa, sud hujjatni haqiqiy emas deb topish va tegishli muassasa zimmasiga arizachiga omonat yoki yo‘qolgan hujjat o‘rniga yangisini berish majburiyatini yuklashni rad etadi.
11. Agar ish FPKning 308-moddasiga asosan hal qilinishida omonat yoki qimmatliklar sudning taqiqlovchi choralari olinishidan muqaddam tegishli muassasa tomonidan berilgan bo‘lganligi yoki arizachi ko‘rsatilgan yo‘qolgan hujjatlarning alohida belgilari uni aniqlashga yetarli emasligi ma’lum bo‘lsa, sud arizachiga omonatni qaytarishni yoki haqiqiy emas deb topilgan hujjat o‘rniga yangi hujjat berish vazifasini tegishli muassasaga yuklatishni rad etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Asossiz boyish haqida da’vo taqdim etilganda (FPKning 309-moddasi) hujjatni saqlovchi o‘zining shu qimmatli hujjatning halol va qonuniy egasi ekanligini hamda boyish alomati borligi va uning hajmini isbotlashi kerak. Yo‘qolgan hujjat o‘rniga sudning qaroriga ko‘ra yangi hujjat olgan shaxs qonuniy saqlovchi oldida asossiz olingan va saqlangan mulkning miqdorida moddiy javobgardir.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Hujjat saqlovchining asossiz boyishi haqida da’vo tushsa, (FPKning 309-moddasi) u o‘zining shu qimmatli hujjatning halol va qonuniy egasi ekanligini hamda boyish alomati borligi va uning hajmini isbotlashi kerak. Yo‘qolgan hujjat o‘rniga sudning qaroriga ko‘ra yangi hujjat olgan shaxs qonuniy saqlovchi oldida qonunsiz olingan va saqlangan mulkning miqdorida moddiy javobgardir.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi