Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 04.05.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 9 - son, 142 - modda) 5-moddasiga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (6 - sonli BHMS) “Ijara hisobi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2004-yil 12-maydagi 75-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (6-sonli BHMS) “Ijara hisobi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1374, 2004-yil 22-iyun, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 25-son, 292-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 9 - son, 142 - modda), “Lizing to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, 5 - son, 108 - modda, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2003-yil, 3 - son, 63 - modda) asosan, O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 52 - son) muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Moliyaviy ijarada har bir hisobot davri uchun moliyaviy ijara obyekti bo‘yicha amortizatsiya ajratmasi kabi xarajatlar yuzaga keladi. Moliyaviy ijara obyektlari bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash ijarachi (lizingga oluvchi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 9-oktabrdagi 114-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) “Asosiy vositalar”ga (ro‘yxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 3-son, 35-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi