Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BA’ZI QARORLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlariga kiritiladigan o‘zgartishlar

Hujjat 12.10.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2011-yillardagi davrda qurilish materiallari sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturi to‘g‘risida” 2007-yil 1-iyundagi PQ-646-son qarorining 5-bandidagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (N.M. Xanov), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasining qo‘shma taqdimnomasi bo‘yicha” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengashga (R.S. Azimov), O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasining qo‘shma taqdimnomasi bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2011-yillardagi davrda yog‘-moy sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnikaviy qayta jihozlash Dasturi to‘g‘risida” 2007-yil 12-iyundagi PQ-651-son qarorining 7-bandidagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (N.M. Xanov) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining qo‘shma taqdimnomasi bo‘yicha” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengashga (R.S. Azimov) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasining qo‘shma taqdimnomasi bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zmetkombinat” AIB ishlab chiqarishini 2007 — 2011-yillar davrida modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” 2007-yil 10-iyuldagi PQ-669-son qarorining 6-bandidagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (N.M. Xanov) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan “O‘zmetkombinat” AIBning birgalikdagi taqdimnomasi bo‘yicha” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengashga (R.S. Azimov) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan “O‘zmetkombinat” AIBning qo‘shma taqdimnomasi bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2011-yillar mobaynida Kimyo sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida” 2007-yil 27-iyuldagi PQ-677-son qarorining 10-bandidagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokida yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (N.M. Xanov) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan “O‘zkimyosanoat” DAKning qo‘shma taqdimnomasi bo‘yicha” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengashga (R.S. Azimov) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan “O‘zkimyosanoat” DAKning qo‘shma taqdimnomasi bo‘yicha” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi PQ-927-son qarori bilan tasdiqlangan xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish hamda o‘zlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomda:
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2009-yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida” 2008-yil 2-oktabrdagi PQ-969-son qarorining 8-bandi ikkinchi xatboshidagi “xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashga” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengashga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2009 — 2014-yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida” 2009-yil 12-martdagi PQ-1072-son qarori 6-bandining birinchi xatboshidagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha idoralararo kengash” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi