Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 31.12.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son qarorini bajarish yuzasidan, qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar asosida “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi ishtirokida uy-joylar qurishni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-dekabrdagi 415-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 605-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-martdagi 68-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 119-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-martdagi 68-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 119-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-martdagi 68-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 119-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-martdagi 68-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 119-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-martdagi 68-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 119-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-martdagi 68-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 119-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-martdagi 68-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 119-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-martdagi 68-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 11-son, 119-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-fevraldagi 37-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha “tayyor holda topshirish” shartlari asosida yakka tartibda uy-joy qurish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan tanlov savdolari o‘tkazish tartibining IX bobida nazarda tutilgan tartibda o‘tkazilgan qurilishi tugallanmagan obyekt bo‘yicha tanlov savdolari g‘olibi bilan tuzilgan shartnomani moliyalashtirish uchun maqsadli mablag‘lar yetarli bo‘lmagan taqdirda injiniring kompaniyasi o‘z mablag‘lari hisobiga, o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda esa — alohida shartnoma asosida bankning mablag‘larini jalb etish hisobiga moliyalashtirishga haqlidir.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 1-maydagi 116-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 235-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Yakka tartibda uy-joy qurishga buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish to‘g‘risida ____-son
NAMUNAVIY DASTLABKI ShARTNOMA

________________________

20__ yil “__” _____________

(aholi punkti)

“_______” yil _____________ da berilgan pasporti seriyasi ______, № _______, keyingi o‘rinlarda “Yakka tartibda imorat quruvchi” deb ataladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ______________________________ bir tomondan, keyinchalik “Buyurtmachi” deb ataladigan hamda Nizom va 20__ yil “___” ____________dagi -son bosh ishonchnoma asosida ish ko‘ruvchi “Ipotekaga oluvchi” deb ataladigan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyat nomidan ____________________ __________________ filiali direktori _________________________ ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchi, ushbu Shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:

1. Shartnoma predmeti

1.1. Tomonlar “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik-tijorat bankining________________________ filiali (keyingi o‘rinlarda Bank deb ataladi) tomonidan Yakka tartibda imorat quruvchiga ipoteka krediti berish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilingan va bu haqda Bank tomonidan Buyurtmachiga axborot taqdim etgan paytdan boshlab 10 (o‘n) ish kuni mobaynida O‘zbekiston Respublikasi, _____________ (viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) _____________ tumani, _______________ aholi punkti�agi manzilda joylashgan, _____ xonadan iborat _______ yer mavzesida qurilishi kerak bo‘lgan uy-joy qurishga buyurtmachi funksiyasini amalga oshirishga shartnoma (keyingi o‘rinlarda asosiy shartnoma deb ataladi) tuzish majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar.

2. Muhim shartlar

2.1. Tomonlar quyidagilarni asosiy shartnomaning muhim shartlari deb hisoblashga kelishdilar:
2.1.1. Buyurtmachiga qurish topshiriladigan uy-joyning boshlang‘ich qiymati ______________ (_______________________________________) so‘mni tashkil etadi.
2.1.2. Buyurtmachi tayyor holda topshirish shartlari bilan uy-joy qurish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini bajarish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi va pudratchilarni jalb etgan holda va o‘z mablag‘lari va/yoki jalb etilgan mablag‘lar bilan namunaviy loyihaga muvofiq uy-joy qurish bo‘yicha barcha ishlarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi, Yakka tartibda imorat quruvchi esa shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni zarur tarzda bajarish, shu jumladan shartnomada belgilangan narxni to‘lash, shuningdek qurilish ishlari tamom bo‘lgandan keyin uy-joyni qabul qilish majburiyatini oladi.
2.1.3. Qurilishning davom etishi va shartnomada nazarda tutilgan ishlarni bajarish muddatlari, shuningdek qurilish qiymati pudratchini tanlash bo‘yicha tanlov savdolari natijalariga muvofiq belgilanadi.

3. Hisob-kitob qilish tartibi

3.1. Qurilayotgan uy-joyning qiymatini to‘lash Bankning imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga, shuningdek Yakka tartibda imorat quruvchining o‘z mablag‘lari va/yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
3.2. Qurilayotgan uy-joy qiymati Yakka tartibda imorat quruvchi tomonidan to‘lanishi asosiy shartnomada nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

4. Shartnomaning amal qilish�

4.1. Ushbu Shartnoma uni Tomonlar imzolagan kundan boshlab amal qiladi va uning shartlarini Tomonlar bajargunga qadar (Tomonlar asosiy shartnomani imzolaguncha) amal qiladi.
4.2. Ushbu Shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlar quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
Tomonlar asosiy shartnomani tuzishlari kerak bo‘lgan muddat tamom bo‘lguniga qadar asosiy shartnomaning tuzilmasligi;
ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin 5 (besh) bank kuni mobaynida Yakka tartibda imorat quruvchi tomonidan uning nomiga ochilgan Bankdagi majburiy ulushli hisob raqamiga qurilayotgan uy-joyining boshlang‘ich qiymatining ______foizidan (uy-joyning namunaviy loyihasiga bog‘liq ravishda 15 yoki 25 foizi ko‘rsatiladi) kam bo‘lmagan miqdordagi dastlabki badal to‘lanmasligi;
Bankning kredit komissiyasi tomonidan ipoteka krediti berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi.

5. Yakunlovchi qoidalar

5.1. Tomonlarning har biri ushbu Shartnoma talablariga muvofiq o‘z majburiyatlarini zarur tarzda bajarishlari kerak.
5.2. Ushbu Shartnoma bo‘yicha Tomonlarning nizolari ularning kelishuvi bo‘yicha hal etiladi, bunday kelishuvga erishilmaganda — sud tomonidan hal etiladi.
5.3. Ushbu Shartnoma uch nusxada tuzilgan, ulardan biri Bankka beriladi, qolgan ikkitasi Tomonlarga beriladi. Barcha nusxalar bir xil va bir xil yuridik kuchga ega.

6. Tomonlarning rekvizitlari va imzolari

Yakka tartibda imorat quruvchi:

Buyurtmachi:

__________________________________________________________________________________________________________

(F.I.O. to‘liq)

(filialning to‘liq nomi)

__________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________

(indeksi, manzili, telefoni)

(indeksi, manzili, telefoni)

__________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________

(tug‘ilgan sanasi)

(bank rekvizitlari)

__________________________________________________________________________________________________________

(tug‘ilgan joyi)

(STIR)

__________________________________________________________________________________________________________

(STIR)

(filial direktorining F.I.O.)

_______________________

___________________________

(imzo)

M.O‘. (imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Uy-joy qurishga buyurtmachi funksiyalarini amalga oshirish to‘g‘risida ____-son
NAMUNAVIY ShARTNOMA (Asosiy shartnoma)

__________________________

20__ yil “___” ____________

(aholi punkti)

“______” yil _____________ da berilgan pasporti seriyasi _______, № _______, keyingi o‘rinlarda “Yakka tartibda imorat quruvchi” deb ataladigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi __________________________ bir tomondan, keyinchalik “Buyurtmachi” deb ataladigan hamda Nizom va 20__ yil “___” ___________dagi -son bosh ishonchnoma asosida ish ko‘ruvchi “Ipotekaga oluvchi” deb ataladigan “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyat nomidan __________________________ filiali direktori ______________ ikkinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataluvchi, ushbu Shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:

1. Asosiy tushunchalar

1.1. Keyinchalik ushbu Shartnoma matnida uchraydigan barcha atamalar, agar matndan o‘zgacha ma’no kelib chiqmasa, ushbu bo‘limda bayon qilingan ta’riflarga egadir:
namunaviy loyiha — tabiiy-iqlim sharoitlari va joyning relyefi, respublika mintaqalarining ijtimoiy-demografik xususiyatlari hisobga olingan holda zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarni qo‘llab namunaviy uy-joylar qurishga “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Namunaviy loyiha quyidagilardan iboratdir: yer osti va yer usti muhandislik kommunikatsiyalari; poydevorlar, yerto‘lalar, qavatlar, uy-joyning kesimlari va old tomonlari aks ettirilgan holda yer uchastkasining rejasi; smeta-moliya hisob-kitobi;
yakka tartibda imorat quruvchi — qishloq joylarda yashaydigan, tasdiqlangan namunaviy loyihalarga muvofiq yakka tartibda uy-joy qurishga buyurtmani belgilangan tartibda rasmiylashtiradigan (rasmiylashtirgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
pudratchi — tanlov savdolari natijalari bo‘yicha “tayyor holda topshirish” shartlarida uy-joy qurishga buyurtmalarni joylashtirishga injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasi asosida uy-joy qurilishini amalga oshiruvchi pudrat qurilish tashkiloti;
uzil-kesil to‘lov — yakka tartibdagi uy-joyning boshlang‘ich badal va ipoteka krediti bilan qoplanmagan qiymati qolgan qismiga teng bo‘lgan miqdordagi to‘lov (bunday tafovut mavjud bo‘lganda).

2. Shartnoma predmeti

2.1. Buyurtmachi ___-son tasdiqlangan namunaviy loyihaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi, ___________________ (viloyat, Qoraqalpog‘iston Respublikasi) _______________ tumani, ______________ aholi punktidagi manzilda joylashgan _________ mavzesida “tayyor holda topshirish sharti bilan” ____-son yakka tartibdagi uy-joyni (keyingi o‘rinlarda Obyekt deb ataladi) qurishga buyurtmachi funksiyalarini bajarish bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi, Yakka tartibda imorat quruvchi esa Shartnomada qayd etilgan narxni to‘lash va Obyektni qabul qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi.

3. Tomonlarning huquq va majburiyatlari

3.1. Yakka tartibda imorat quruvchi quyidagilarni zimmasiga oladi:
3.1.1. Obyekt qurilishiga ushbu Shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlarda o‘z mablag‘larini va/yoki jalb etilgan pul mablag‘larini yo‘naltirish.
3.1.2. Buyurtmachiga ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar Yakka tartibda imorat quruvchi tomonidan bajarilishiga tegishli bo‘lgan to‘lov hujjatlari va boshqa hujjatlar nusxalarini taqdim etish.
3.1.3. Ushbu Shartnomaga muvofiq Buyurtmachidan Obyektni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha qabul qilish majburiyatini oladi.
3.2. Yakka tartibda imorat quruvchi quyidagi huquqlarga egadir:
3.2.1. Qurilishning borishini kuzatish, takliflar kiritish hamda Buyurtmachi va pudratchiga da’volar taqdim etish.
3.2.2. Qurilishi tugallangan Obyektni foydalanishga qabul qilish bo‘yicha qabul qilish komissiyasi ishida qatnashish.
3.2.3. Ushbu Shartnomaga va pudrat shartnomasiga muvofiq qabul qilish-topshirishning oraliq va uzil-kesil dalolatnomalarini qabul qilish va imzolashda qatnashish orqali Buyurtmachi bilan birgalikda Obyekt bo‘yicha ishlarning bajarilishini tekshirish va nazorat qilish jarayonida qatnashish.
3.2.4. Qurilish pudrati shartnomasi shartlaridan chetga chiqish yoki ishlarni bajarishni tekshirish va nazorat qilishda aniqlangan hamda ish sifatini yomonlashtiradigan boshqa kamchiliklar to‘g‘risida darhol Buyurtmachiga ma’lum qilish.
3.3. Buyurtmachi quyidagilarni zimmasiga oladi:
3.3.1. Obyekt qurilishiga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish.
3.3.2. Qurilishni boshqarishni tashkil etish.
3.3.3. Pudratchilar orasida Obyekt qurilishiga buyurtmalarni tanlov asosida joylashtirish, potensial pudratchi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarori bilan belgilanadigan hollar bundan mustasno.
3.3.4. Loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash, pudratchi — tanlov savdolari g‘olibi bilan shartnomani imzolash.
3.3.5. Obyektni foydalanishga qabul qilish va uni Yakka tartibda imorat quruvchiga berish, qabul qilish-topshirish hujjatlarini imzolash.
3.3.6. Yakka tartibda imorat quruvchiga uning talabi bo‘yicha buyurtmalarni joylashtirish va amalga oshirish hamda Obyekt qurilishi bo‘yicha ishlarning bajarilishi to‘g‘risida ma’lum qilish.
3.3.7. Qurilish-montaj ishlarining loyiha hujjatlariga va normativ hujjatlarga muvofiqligini nazorat qilish.
3.4. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga egadir:
3.4.1. Obyekt qurilishi bo‘yicha ishlarni bajarish tartibini o‘z xohishi bo‘y�cha belgilash.
3.4.2. Ushbu Shartnomaning 4.2-bandida nazarda tutilgan mablag‘lar Yakka tartibda imorat quruvchi tomonidan belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda ushbu Shartnoma bekor qilinishidan bir oy oldin bu haqda Yakka tartibda imorat quruvchini yozma shaklda xabardor qilgan holda ushbu Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish.

4. Shartnoma bo‘yicha obyekt qurilishi qiymati va uni to‘lash tartibi

4.1. Buyurtmachiga topshiriladigan Obyektni qurish qiymati tanlov savdolari natijalari bo‘yicha belgilanadi va Shartnomaviy joriy narx (shu jumladan ma’muriy xarajatlar va tabiiy-iqlim sharoitlari va yer mavzesi relyefi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar) __________________ (_______________________________________) so‘mni tashkil etadi, undan:
(a) ________________ so‘m — Obyekt boshlang‘ich narxining kamida ___ foizidan (uy-joyning namunaviy loyihasiga ko‘ra 15 yoki 25 foizi ko‘rsatiladi) miqdoridagi boshlang‘ich badal;
(b) ________________ so‘m — “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik-tijorat bankining ___________________________ filiali (keyingi o‘rinlarda bank deb ataladi) ipoteka krediti;
(v) ________________ so‘m — Obyektni qurish uchun mablag‘larning yetishmayotgan qismi (bunday to‘lov to‘lanishi zarur bo‘lganda uzil-kesil to‘lov).
4.2. Uzil-kesil to‘lovni to‘lash Shartnoma tuzilgandan keyin, Obyekt qurilishi boshlangan paytdan, biroq Obyekt qurilishiga ipoteka krediti yo‘naltirilgan kundan boshlab bir oydan kechikmay amalga oshirilishi kerak.
4.3. Obyekt qiymatini moliyalashtirish bank tomonidan Yakka tartibda imorat quruvchining yozma topshirig‘i asosida Buyurtmachining 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga naqd pulsiz shaklda pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan Shartnomaga muvofiq quyidagi tartibda bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
(a) Buyurtmachi tomonidan Obyekt qurilishi bo‘yicha ishlar qiymatining ___ foizidan (uy-joyning namunaviy loyihasiga ko‘ra 15 yoki 25 foizi ko‘rsatiladi) miqdorda pudratchiga avans berish uchun boshlang‘ich badal mablag‘lari — Buyurtmachining 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga mablag‘lar o‘tkazishga belgilangan tartibda ruxsatnoma berilgandan keyin;
(b) Buyurtmachi tomonidan pudratchini har oyda joriy moliyalashtirish va Obyekt qurilishi bo‘yicha ishlarning qolgan qiymati uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish uchun ipoteka krediti mablag‘lari — Obyekt qurilishini joriy moliyalashtirish boshlangandan hamda Buyurtmachi va bank xodimlari tomonidan joyning o‘ziga borib bajarilgan ishlar sifati tekshirilgandan va bajarilgan ishlarning oraliq dalolatnomasi va/yoki uzil-kesil dalolatnomasi tuzilgandan keyin;
(v) ushbu bandning “b” kichik bandiga muvofiq Buyurtmachi tomonidan pudratchini har oyda joriy moliyalashtirish va Obyekt qurilishi bo‘yicha ishlarning qolgan qiymati uchun uzil-kesil hisob-kitob qilish uchun uzil-kesil to‘lov mablag‘lari (bunday tafovut mavjud bo‘lganda).
4.4. Yakka tartibda imorat quruvchining xohishi bo‘yicha qo‘shimcha qurilish amalga oshirilishi yoxud qurilish materiallari va asbob-uskunalarning loyihada nazarda tutilgan qimmatroq qurilish materiallari va asbob-uskunalar bilan almashtirilishi Tomonlarning qo‘shimcha bitimi asosida Yakka tartibda imorat quruvchining mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
4.5. Buyurtmachi tasdiqlangan loyihalarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish majburiyatini o‘z zimmasiga olmaydi.

5. Ishlarni bajarish muddatlari

5.1. Qurilishning qancha davom etishi va ushbu Nizomda nazarda tutilgan ishlarni bajarish muddatlari pudratchini tanlash bo‘yicha tanlov savdolari natijalariga muvofiq belgilanadi.
Qurilish ishlari 20__ yil “____” ___________da boshlanadi.
Qurilish ishlari 20__ yil “____” ___________da tamom bo‘ladi.
5.2. Normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zgarishi yoki Tomonlarga bog‘liq bo‘lmagan boshqa holatlar paydo bo‘lishi natijasida Tomonlarning ushbu Shartnomada kelishilgan o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun to‘siqlar yuzaga kelgan taqdirda qurilishning muddatlari va shartnomaviy narxini tegishli ravishda Tomonlar qo‘shimcha bitim bilan o‘zgartirishi mumkin.

6. Obyektning Yakka tartibda imorat quruvchi
tomonidan qabul qilinishi

6.1. Shartnomada kelishilgan namunaviy loyiha bo‘yicha qurilish-montaj ishlarining barcha hajmi bajarilgandan keyin Obyekt davlat qabul qilish komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilinadi va tegishli tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.
6.2. Pudratchi tomonidan qurilgan va Buyurtmachiga berilgan Obyekt Yakka tartibda imorat quruvchiga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bo‘yicha beriladi. Bunda uzil-kesil to‘lov bo‘yicha Yakka tartibda imorat quruvchining Buyurtmachidan qarzi mavjud bo‘lgan taqdirda Obyektni Yakka tartibda imorat quruvchiga berish qarzdorlik qoplanguniga qadar kechiktiriladi.
6.3. Yakka tartibda imorat quruvchi bank va Buyurtmachi bilan kelishuv bo‘yicha to‘liq qurilmagan uy-joyni qurish to‘g‘risidagi o‘z buyurtmanomasini rad etgan taqdirda (shartnomani bekor qilish to‘g‘risida murojaat qilganda) uy-joy bo‘yicha uzil-kesil hisob-kitob qilingandan keyin uy-joyga nisbatan ushbu buyurtmanoma bo‘yicha boshqa Yakka tartibda imorat quruvchi bilan Shartnoma tuziladi va zakalat olib qolingan holda Yakka tartibda imorat quruvchining o‘z mablag‘lari bankda Yakka tartibda imorat quruvchining nomiga ochilgan jamg‘arma hisob raqamiga qaytariladi, zakalat ushlamaslik to‘g‘risida Tomonlarning bitimi mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Qurilishi tugallangan Obyektni qabul qilish Yakka tartibda imorat quruvchi tomonidan asosli ravishda rad etilgan taqdirda Obyekt navbatdagi Yakka tartibda imorat quruvchiga sotiladi va Yakka tartibda imorat quruvchining o‘z mablag‘lari Obyekt sotilgandan keyin unga qaytarilishi kerak. Bunda Yakka tartibda imorat quruvchining o‘z mablag‘lari bankda Yakka tartibda imorat quruvchining nomiga ochilgan jamg‘arma hisob raqamiga qaytariladi.
Boshlang‘ich badal hamda Obyektning boshlang‘ich badal va ipoteka krediti bilan qoplanmagan qiymatining qolgan qismi yuridik shaxs, ya’ni Yakka tartibda imorat quruvchining ish beruvchisi tomonidan to‘langan taqdirda, ushbu mablag‘lar u bilan kelishuv bo‘yicha uning hisob-kitob raqamiga qaytariladi.

7. Fors-major

7.1. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun, agar ushbu bajarmaslik Shartnoma tuzilgandan keyin paydo bo‘lgan, Tomonlar oldindan ko‘rishi, oqilona choralar bilan bartaraf etishi mumkin bo‘lmagan yengib bo‘lmas kuch holatlari (fors-major) oqibati hisoblansa, javobgarlikdan ozod qilinadilar.
7.2. Yengib bo‘lmas kuch holatiga havola qiluvchi Tomon boshqa Tomonni bunday holatlar boshlanganligi to‘g‘risida yozma shaklda darhol xabardor qilishi shart, shuningdek istalgan Tomonning talabi bilan tegishli organ tomonidan berilgan tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi kerak.
7.3. Ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddati yengib bo‘lmas kuch holatlari amal qilgan davrga mutanosib ravishda kechiktiriladi.

8.Shartnomaning bajarilishini ta’minlash

8.1. Yakka tartibda imorat quruvchi tomonidan Obyektning butun qiymati to‘lanishini ta’minlash va ushbu Shartnoma bo‘yicha uning boshqa majburiyatlari bajarilishi uchun Yakka tartibda imorat quruvchining boshlang‘ich badal va uzil-kesil to‘lov jami summasining kamida 20 foizi miqdoridagi pul mablag‘lari zakalat hisoblanadi va ushbu pul mablag‘lari Buyurtmachining tasarrufida bo‘ladi.
8.2. Agar Yakka tartibda imorat quruvchi ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmasa yoki Obyektdan voz kechsa (shu jumladan ushbu Shartnomaning buzilishi) — zakalat Buyurtmachining ixtiyoriga o‘tadi.
8.3. Agar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar na Buyurtmachi, na Yakka tartibda imorat quruvchi javob bermaydigan holatlar bo‘yicha muddatida bajarilmasa — zakalat Tomonlarning kelishuvi bo‘yicha Yakka tartibda imorat quruvchiga qaytariladi yoki Yakka tartibda imorat quruvchi tomonidan ko‘rsatilgan shaxsning hisob raqamiga o‘tkazilishi mumkin.
8.4. Agar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilsa — zakalat Obyektning narxini to‘lashga hisoblanadi.

9. Tomonlarning javobgarligi

9.1. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq ushbu Shartnoma bilan o‘zlariga yuklangan majburiyatlar bajarilmaganligi yoki zarur tarzda bajarilmaganligi uchun javob beradilar.
9.2. Yakka tartibda imorat quruvchi Shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun Buyurtmachiga:
ushbu Shartnomaning 4.2-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganligi uchun — muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining 0.2 foizi, biroq shartnomaviy narxning 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi;
Yakka tartibda imorat quruvchi Obyektning berish uchun tayyorligi to‘g‘risida bildirishnoma olgan kundan boshlab o‘n ish kunidan ortiq qurilishi tugallangan Obyektni qabul qilishni boshlash kechiktirilganligi uchun — muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining 0,2 foizi, biroq shartnomaviy narxning 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.
9.3. Buyurtmachi tomonidan Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda u Obyekt qurilishi tamom bo‘lishi kechiktirilganligi uchun Yakka tartibda imorat quruvchiga muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun majburiyatlarning bajarilmagan qismining 0.2 foizi, biroq Obyekt shartnomaviy narxning 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda penya to‘laydi.
9.4. Neustoyka to‘lash Shartnoma bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlar bajarilishidan ozod qilmaydi.
9.5. Kompleksda boshqa uy-joylar bilan birgalikda uy-joy qurilishi amalga oshirilishi munosabati bilan, uy-joylar qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kommunikatsiya va infratuzilma tizimlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshqa pudratchilar tomonidan o‘z vaqtida bajarilmaganligi yoxud boshqa Yakka tartibda imorat quruvchilar tomonidan o‘z majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilmaganligi natijasida Buyurtmachi o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmaganda Buyurtmachi javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunda Bu�rtmachi Yakka tartibda imorat quruvchiga uning talabi bo‘yicha bunday holatning boshlanganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etishi kerak.

10. Nizolarni hal etish

10.1. Ushbu Shartnomani bajarish davomida paydo bo‘ladigan nizoli masalalarni Tomonlar muzokaralar olib borish yo‘li bilan hal etadilar.
10.2. Ushbu Shartnoma bo‘yicha nizolarni tartibga solishning da’vo qo‘zg‘ash tartibi majburiy hisoblanadi. Da’volarni ko‘rib chiqish muddati ular olingan paytdan boshlab 10 (o‘n) kalendar kunni tashkil etadi.
10.3. Agar kelishmovchiliklar va nizolarni Tomonlar muzokaralar yo‘li bilan 10 (o‘n) kalendar kun mobaynida hal etishmagan taqdirda, ushbu Nizolarni Tomonlar umumiy asoslarda sud tartibida hal etadilar.

11. Alohida shartlar

11.1. Obyektdan hamda unga kiradigan muhandislik tizimlari, asbob-uskunalar, materiallar va ishlardan foydalanishning kafolatli muddati Buyurtmachi va pudratchi tomonidan qurilishi tugallangan Obyektni qabul qilish to‘g‘risida dalolatnoma imzolangan kundan boshlab 12 oy etib belgilanadi.
Agar Obyektdan foydalanishning kafolatli muddati davrida ular bartaraf etilgunga qadar Obyektdan foydalanishni davom ettirish imkonini bermaydigan nuqsonlar aniqlansa, u holda kafolat muddati tegishli ravishda nuqsonlarni bartaraf etish davriga uzaytiriladi. Nuqsonlarni bartaraf etish Buyurtmachi va pudratchi tomonidan ta’minlanadi.
Ko‘rsatib o‘tilgan kafolatlar uchinchi shaxslar tomonidan Obyektni qasddan shikastlantirish holatlariga joriy etilmaydi.
11.2. Ushbu Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
11.3. Tomonlar o‘rtasidagi Shartnomada nazarda tutilmagan yangi vaziyatlarga olib keladigan har qanday ahdlashuv, agar uni Tomonlar qo‘shimcha bitim shaklida yozma shaklda tasdiqlagan bo‘lsa haqiqiy deb hisoblanadi.
11.4. Ushbu Shartnoma uch nusxada tuzilgan, ulardan biri bankka beriladi, qolgan ikkitasi esa Tomonlarga beriladi. Barcha nusxalar bir xil va bir xil yuridik kuchga ega.

12. Tomonlarning manzillari, rekvizitlari va imzolari

Yakka tartibda imorat quruvchi:

Buyurtmachi:

__________________________________________________________________________________________________________

(F.I.O. to‘liq)

(filialning to‘liq nomi)

__________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________

(indeksi, manzili, telefoni)

(indeksi, manzili, telefoni)

__________________________________________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________________________

(tug‘ilgan sanasi)

(bank rekvizitlari)

__________________________________________________________________________________________________________

(tug‘ilgan joyi)

(STIR)

__________________________________________________________________________________________________________

(STIR)

(filial direktorining F.I.O.)

__________________________________________________________________________________________________________

_______________________

___________________________

(imzo)

M.O‘. (imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.

Ipoteka krediti berish to‘g‘risida ___-son
NAMUNAVIY ShARTNOMA

____________________

20__ yil “__” ___________

(aholi punkti)

Keyingi o‘rinlarda “Bank” deb ataladigan, Nizom va 20___ yil “___” ______________dagi __-son bosh ishonchnoma asosida faoliyat ko‘rsatadigan ____________________________________________ filialining _________________ boshqaruvchisi nomidan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki, bir tomondan va keyingi o‘rinlarda “Qarz oluvchi” deb ataladigan, 20__ yil “___” ____________da berilgan pasporti seriyasi ___________ № _________ raqamli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ikkinchi tomondan, keyingi o‘rinlarda “Birgalikda qarz oluvchi” deb ataladigan, 20__ yil “___” ____________da berilgan pasporti seriyasi _________ № _________ raqamli, uchinchi tomondan, birgalikda “Tomonlar” deb ataladiganlar ushbu Shartnomani quyidagilar to‘g‘risida tuzdilar:

1. Shartnomaning predmeti

1.1. Bank Qarz oluvchiga (Birgalikda qarz oluvchiga) “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyat (keyingi o‘rinlarda “injiniring kompaniyasi” deb ataladi) ishtirokida ushbu Shartnomada nazarda tutilgan shartlarda O‘zbekiston Respublikasi, ____________ viloyati, _________________ tumanidagi _________________ aholi punktida umumiy maydoni ____ kv. metr, turar joy maydoni _____ kv. metr bo‘lgan ____ xonali ___-son uyni (keyingi o‘rinlarda uy-joy deb ataladi) yakka tartibdagi uy-joyni qurish uchun maqsadli mablag‘lar hisobidan _________ _______ (_______________________________) so‘m miqdorida ipoteka krediti beradi, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) esa ipoteka kreditidan kredit olishning umumiy prinsiplariga (maqsadining xarakteri, moddiy ta’minlanganligi, muddatliligi, qaytariluvchanligi va to‘lovliligiga) rioya etgan holda foydalanadilar.

2. Umumiy tushunchalar

2.1. Ushbu Shartnoma matnining keyingi o‘rinlarida uchraydigan barcha atamalar, agar kontekstdan boshqacha ma’no anglanmasa, quyidagi bo‘limda bayon qilingan tushunchalarni anglatadi:
ipoteka krediti — barpo etilayotgan uy-joy garovi ostida, injiniring kompaniyasi ishtirokida, tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarda yakka tartibda uy-joy qurishga beriladigan uzoq muddatli kredit;
yakka tartibdagi uy-joy — doimiy yashash, dam olish va xo‘jalik yuritish uchun mo‘ljallangan, bitta yer uchastkasida joylashgan, o‘ziga qarashli bo‘lgan yordamchi-xo‘jalik imoratlari va hovli inshootlari bilan birgalikdagi bir yoki bir nechta turar joylar (keyingi o‘rinlarda uy-joy deb ataladi);
namunaviy loyiha — tabiiy-iqlim sharoitlari va joyning relyefi, respublika mintaqalarining ijtimoiy-demografik xususiyatlari hisobga olingan holda zamonaviy qurilish materiallari va texnologiyalarni qo‘llagan holda namunaviy uy-joylar qurishga “Qishloqqurilishloyiha” mas’uliyati cheklangan jamiyat loyiha-qidiruv instituti tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan loyiha. Namunaviy loyiha quyidagilardan iboratdir: yer osti va yer usti muhandislik kommunikatsiyalari; poydevorlar, yer to‘lalar, qavatlar, uy-joyning kesimlari va old tomonlari aks ettirilgan holda yer uchastkasining rejasi; smeta-moliya hisob-kitobi;
qarz oluvchi — qishloq joyda yashaydigan, injiniring kompaniyasi ishtirokida qishloqda turar joy qurishga ipoteka krediti oladigan va olingan summani kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini oladiga� O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;
birgalikda qarz oluvchi — Qarz oluvchining ipoteka krediti bo‘yicha va uning bo‘yicha foizlarni har oyda to‘lashda qatnashadigan, shuningdek ipoteka krediti bo‘yicha birgalikda javob beradigan eri (xotini) va yaqin qarindoshlari (ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari, farzandlari);
pudratchi — “tayyor holda topshirish” sharti bilan uy-joy qurishga buyurtmalarni joylashtirishga tanlov savdolari natijalari bo‘yicha injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan pudrat shartnomasi asosida uy-joy qurilishini amalga oshiruvchi pudrat qurilish tashkiloti;
to‘lovga qodirlik — Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning kredit shartnomasi bo‘yicha o‘z to‘lov majburiyatlarini yalpi daromadlari tahlilidan kelib chiqqan holda belgilangan o‘z vaqtida va to‘liq bajarish qobiliyati;
kredit bo‘yicha ta’minlash — qurilayotgan yakka tartibdagi uy-joyni yer uchastkasi bilan birga belgilangan tartibda garovga qo‘yish;
dastlabki badal — Qarz oluvchining uy-joyning namunaviy loyihasiga bog‘liq ravishda qurilayotgan uy-joy qiymatining kamida 15 yoki 25 foizi miqdoridagi, bankda Qarz oluvchi nomiga ochilgan omonat qo‘yilma hisob raqamiga o‘tkazilgan Qarz oluvchining (Birgalikda qarz oluvchining), yuridik shaxs — Qarz oluvchining ish beruvchisining pul mablag‘lari yoki boshqa shaxslarning pul mablag‘lari shaklidagi o‘z mablag‘lari;
uzil-kesil to‘lov — yakka tartibdagi uy-joyning boshlang‘ich badal va ipoteka krediti bilan qoplanmagan qiymati qolgan qismiga teng bo‘lgan miqdordagi to‘lov;
ipoteka — yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan uy-joy ipotekasi ostida belgilangan tartibda beriladigan ipoteka kreditini olish maqsadidagi ko‘chmas mulk garovi;
ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma — tomonlarning kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlashda ipotekani belgilash to‘g‘risidagi bitimi;
kredit bo‘yicha foizlar — kreditdan foydalanganlik uchun to‘lov;
imtiyozli davr — kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilgan davr;
kreditni berish sanasi — mablag‘larni ssuda hisob raqamidan injiniring kompaniyaning depozit hisob raqamiga o‘tkazish sanasi;
kreditni to‘lash sanasi — Qarz oluvchining Bank oldidagi majburiyatlarini to‘liq bajarishiga olib keladigan ipoteka krediti bo‘yicha hisoblangan foizlarning jami qoldig‘ini va qarz qoldig‘ini qoplaydigan oxirgi to‘lov tushgan sana;
to‘lov majburiyatlari — Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ipoteka krediti, uning bo‘yicha foizlarni ushbu Shartnomada ko‘rsatilgan summada va muddatlarda hamda boshqa to‘lovlar (ipotekani rasmiylashtirish, sug‘urtalash va shu kabilar uchun xarajatlar) bo‘yicha majburiyatlar;
kredit bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarz — Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan belgilangan muddatlarda to‘lanmagan, ipoteka krediti yoxud uning bir qismi, kreditdan foydalanganlik bo‘yicha hisoblangan foizlar, penyalar va boshqa to‘lov majburiyatlari bo‘yicha qarzlar summasi;
kredit bo‘yicha qarz — kreditning hammasi yoxud Qarz oluvchi tomonidan foydalanilgan ipoteka kreditining qoldig‘i, tegishli hisob raqamlarida Qarz oluvchiga ochilgan hisob raqamlaridagi ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlar.

3. Qarz oluvchining tasdiqlari

3.1. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu bilan quyidagilarni tasdiqlaydi:
kreditni rasmiylashtirish va olish uchun bankka taqdim etilgan/taqdim etiladigan barcha hujjatlar va ma’lumotlar bunday hujjatlar hamda ma’lumotlar taqdim etilgan sanada haqiqiy va ishonchli hisoblanadi;
hozirgi vaqtda Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilmagan;
Birgalikda qarz oluvchi majburiyatlar bo‘yicha ushbu Shartnoma doirasida birgalikda javob beradi va bu majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi;
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu Shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu Shartnomaga va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘lishiga olib keladi;
Agar Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu Shartnomada belgilangan to‘lovni amalga oshirishga yoki belgilangan har qanday �alablardan istalganini bajarishga qodir bo‘lmasa Bank kreditni muddatidan oldin qaytarishni va hisoblangan foizlarni, shuningdek boshqa to‘lovlarni to‘lashni talab qilish huquqiga ega. Bu holda bank undirishni kredit bo‘yicha ta’minlashga va Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshqa mol-mulkiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaratish huquqiga ega;
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) Bankni kredit bo‘yicha istalgan ta’minlashni realizatsiya qilishga va undan foydalanishga va/yoki Bankning o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirib olishsiz va so‘zsiz tartibda vakil qiladi.

4. Kredit summasi va kreditdan foydalanganlik
uchun foiz stavkasi

4.1. Taqdim etilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurilayotgan uy-joyning umumiy qiymati ___________ (______________________) so‘mni tashkil qiladi.
Ipoteka krediti summasi ____________ (____________________) so‘mni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining __________ foiziga tengdir.
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshlang‘ich badali ____________ (___________________) so‘mni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining __________ foiziga tengdir.
Uzil-kesil to‘lov summasi ____________ (___________________) so‘mni tashkil qiladi, bu qurilayotgan uy-joy qiymatining __________ foiziga tengdir (uzil-kesil to‘lov mavjud bo‘lganda to‘ldiriladi).
4.2. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun quyidagi o‘rtacha foiz stavkasi belgilanadi:
dastlabki 5 yil mobaynida — yillik 7 foiz miqdorida;
qolgan 10 yil mobaynida — ushbu Shartnoma tuzilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida, aynan yillik ____ foiz miqdorida.
4.3. Ipoteka krediti bo‘yicha foizlar Bank tomonidan har kuni, ushbu Shartnomaning 4.2-bandida belgilangan foiz stavkasidan va kredit berilgan sanadan boshlab haqiqiy kunlar sonidan kelib chiqqan holda, Bank tomonidan Qarz oluvchining ssuda hisob raqamida hisobga olinadigan kredit summasi qoldig‘iga hisoblab yoziladi.

5. Ipoteka krediti bo‘yicha ta’minlash

5.1. Ushbu Shartnoma bo‘yicha berilgan kredit belgilangan tartibda yer uchastkasi bilan birga qurilayotgan uy-joy ipotekasi bilan ta’minlanadi.
5.2. Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlashning bir nechta usullarining mavjud bo‘lishi bir-biriga zid hisoblanmaydi, majburiyatlarni bajarishning har qaysi usuli mustaqil hisoblanadi va bir-biriga bog‘liq bo‘lmaydi.
5.3. Undirishni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullariga qaratish zarur bo‘lgan taqdirda tanlash huquqi Bankda qoladi, u o‘z ixtiyoriga ko‘ra majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash usullaridan istalganiga yoki barcha usullariga talab qo‘yishi mumkin.
5.4. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) kreditni ta’minlashni kredit summasi darajasida tutish, Bank foydasiga kredit shartnomasi amal qiladigan muddatga, ipoteka predmetini uning to‘liq qiymatida yo‘qotish va shikastlanish xavfi yuzasidan sug‘urta qilish majburiyatini oladi.
5.5. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) kreditning qaytarilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlarni zarur darajada rasmiylashtirish bo‘yicha har qanday xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.
5.6. Kreditning ta’minlanishini belgilaydigan hujjatlar ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadi.

6. Ipoteka kreditini berish tartibi

6.1. Kredit uch yillik imtiyozli davr bilan 15 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi. Ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun foizlarni to‘lash kredit berilgan sanadan keyingi oydan boshlanadi.
6.2. Kreditni berish Qarz oluvchi bilan injiniring kompaniyasi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq bosqichma-bosqich, Qarz oluvchining ushbu Shartnomaning 6.3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar ilova qilingan yozma topshiriqnomasi (arizasi) asosida mablag‘larni Bank ochgan alohida ssuda hisob raqamiga o‘tkazish, keyinchalik injiniring kompaniyasining 22626-son “Korxonalar va tashkilotlarning maqsadli mablag‘lari” moliyalashtirish maxsus depozit hisob raqamiga yuqorida ko‘rsatilgan shartnomada belgilangan shartlarda va muddatlarda o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
6.3. Bankning kredit berish bo‘yicha majburiyati Qarz oluvchi tomonidan Bankka quyidagi hujjatlar taqdim etilgandan keyin yuzaga keladi:
tuman hokimining yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarori nusxasi;
ipoteka predmetini yo‘qolish va shikastlanish xavfidan sug‘urta shartnomasi va sug‘urta polisi;
notarial tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma.

7. Ipoteka kreditini to‘lash tartibi

7.1. Kredit bo‘yicha qarzni to‘lash uchun Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan yo‘naltiriladigan to‘lovlar quyidagicha navbat bilan to‘lanadi:
kredit bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan foizlarni to‘lash;
kredit bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan qarzlarni to‘lash;
muddatli foizlarni to‘lash;
kredit bo‘yicha muddatli qarzlarni to‘lash;
Qarz oluvchining boshqa to‘lov majburiyatlarini to‘lash.
7.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) asosiy qarzni va hisoblab yozilgan foizlarni to‘lashni muddatidan oldin — ushbu Shartnomada belgilangan to‘lov muddati boshlangungacha yoki tugagungacha amalga oshirish huquqiga ega.
Kreditni muddatidan oldin to‘lashda Bank biron-bir qo‘shimcha vositachilik haqlarini undirmaydi.
7.3. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) ushbu Shartnomaning ajralmas qismi hisoblanadigan ilova qilinayotgan to‘lovlar jadvaliga muvofiq har oylik to‘lovlarni amalga oshirish yo‘li bilan ipoteka kreditini qaytaradi va kreditdan foydalanganlik uchun hisoblab yozilgan foizlarni to‘laydi. Kredit bo‘yicha asosiy qarz va foizlar o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda to‘lash jadvali to‘lanmagan summalar hisobga olingan holda o‘zgartiriladi.
7.4. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ipoteka kreditini to‘lash:
ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, gonorarlar, dividendlar, foizlar va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha boshqa daromadlar hisobiga mablag‘larni naqdsiz shaklda o‘tkaz�sh;
naqd pullar to‘lash;
mablag‘larni omonat qo‘yilmalar bo‘yicha hisob raqamlaridan o‘tkazish;
mablag‘larni plastik kartochkalardan o‘tkazish yo‘li bilan;
pul mablag‘larini Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ish beruvchisi tomonidan moddiy yordam va ipoteka kreditini to‘lash uchun ajratilgan boshqa mablag‘lar hisobidan naqdsiz shaklda o‘tkazish yo‘li bilan;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin.
7.5. Agar ushbu Shartnoma bo‘yicha istalgan summalarni to‘lash sanasi ish kuni hisoblanmaydigan kunga to‘g‘ri kelsa, u holda ushbu summalarni to‘lash keyingi ish kunidan kechikmay amalga oshirilishi kerak.

8. Tomonlarning huquqlari

8.1. Bankning huquqlari:
8.1.1. Qarz oluvchining aybi bilan ushbu Shartnomaning 6.3-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab 30 (o‘ttiz) bank kuni mobaynida taqdim etilmagan taqdirda Bank ushbu Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.
8.1.2. Kreditdan foydalanishning butun davri mobaynida doimiy monitoringni amalga oshirish. Bank monitoring davomida uy-joyni qurish jadvallariga amal qilinishi hamda kreditdan maqsadli foydalanilishi, ipoteka krediti va uning bo‘yicha foizlarning to‘lanishi, garovga qo‘yilgan mol-mulkdan foydalanish va ularni saqlash qoidalariga amal qilinishi, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
8.1.3. Bank majburiyatlarning bajarilmasligi hollari boshlangan taqdirda o‘z ixtiyoriga ko‘ra quyidagi harakatlardan istalganini amalga oshirishi mumkin:
Qarz oluvchiga majburiyatlarning bajarilmaslik hollari boshlanganligi to‘g‘risidagi yozma bildirishnomani uni bartaraf etish uchun muddatni belgilagan holda yuborish;
ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishini qo‘shimcha ravishda ta’minlanishini talab qilish;
Qarz oluvchidan (Birgalikda qarz oluvchidan) ushbu Shartnomada belgilangan tartibda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilish (q�nun hujjatlarida kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda kreditning hammasini yoki uning bir qismini muddatidan oldin qaytarishni talab qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi);
undirishni majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash shartnomalarida belgilangan tartibda kredit bo‘yicha ta’minlashga qaratish (undirishni ta’minlashga qaratish tartibi majburiyatlar bajarilishini ta’minlashning tegishli shartnomalarida belgilanmagan hollarda undirishni kredit bo‘yicha ta’minlashga qaratish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi);
ushbu Shartnomani mazkur shartnomada belgilangan tartibda bekor qilish (qonun hujjatlarida bunday shartnomani bekor qilishning boshqacha tartibi belgilangan taqdirda ushbu Shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilinadi);
kredit bo‘yicha foiz stavkasini oshirish (kredit o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda);
ushbu Shartnomaga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa har qanday huquqlardan foydalanish.
8.1.4. Uy-joyni qurish bo‘yicha kredit hisobiga bajarilgan ishlarni nazorat tartibida hisoblab chiqishni amalga oshirish.
8.1.5. Ushbu Shartnoma bo‘yicha talab qilish huquqini bunga Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning oldindan roziligini olmasdan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o‘zgaga berishni amalga oshirish.
8.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning huquqlari:
8.2.1. Bankda bo‘sh resurslar mavjud bo‘lgan taqdirda ipoteka kreditining ushbu Shartnomada nazarda tutilgan hajmda, muddatlarda va shartlarda berilishini talab qilish.
8.2.2. Olingan kreditni to‘liq qaytarib va uning bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni to‘lab Bank bilan ushbu Shartnomani muddatidan oldin bekor qilish.

9. Tomonlarning majburiyatlari

9.1. Bankning majburiyatlari:
9.1.1. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ipoteka krediti berish uchun barcha zarur shartlar bajarilgan taqdirda ushbu Shartnoma shartlariga rioya qilgan holda kreditni berish.
9.1.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ni kreditni muddatidan oldin undirib olish to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilish.
9.2. Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning majburiyatlari:
9.2.1. Ushbu Shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab 30 (o‘ttiz) kungacha bo‘lgan muddatda Bank xodimi bilan birgalikda quyidagi harakatlarni amalga oshirish:
a) ipoteka predmetini yo‘qolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sug‘urta qilish shartnomasini tuzish;
b) ipoteka to‘g‘risida shartnoma tuzish, uni notarial tasdiqlatish va ro‘yxatdan o‘tkazish.
9.2.2. Uy-joy injiniring kompaniyasi tomonidan topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bo‘yicha Qarz oluvchiga berilgan vaqtdan boshlab 30 (o‘ttiz) kungacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi organlarida qurilgan uy-joyga egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, so‘ngra uy-joyga egalik qilishning ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqi to‘g‘risidagi hujjat nusxasini Bankka taqdim etish.
9.2.3. Ilova qilinayotgan to‘lovlar jadvaliga muvofiq har oylik to‘lovlarni amalga oshirish yo‘li bilan kreditni va uning bo‘yicha hisoblab yozilgan foizlarni to‘lash.
9.2.4. Bank talabiga ko‘ra Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning ushbu Shartnoma amal qiladigan butun muddat mobaynidagi daromadlari to‘g‘risida Bankni qoniqtiradigan shakl va mazmun bo‘yicha axborot taqdim etish.
9.2.5. 5 (besh) kun mobaynida Bankka yashash joyi, ish joyi, familiyasi yoki ismi va ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishiga ta’sir ko‘rsata oladigan boshqa holatlarning o‘zgarganligi to‘g‘risida axborot taqdim etish.
9.2.6. Ushbu Shartnoma amal qiladigan muddat mobaynida Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) Bankning oldindan roziligini olmasdan, shartlari ushbu Shartnoma bo‘yicha Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning majburiyatiga nisbatan ustun darajada talab qilish huquqiga ega bo‘lgan uchinchi tomonlarning kreditlarini va/yoki qarzlarini jalb etishi kerak emas.
9.2.7. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy yashash uchun ketilgan taqdirda kreditni va uning bo‘yicha yozilgan foizlarni muddatidan oldin to‘lash.

10. Majburiyatlarni bajarmaslik holatlari

10.1. Ushbu bandda qayd etilgan hodisalardan istalgani majburiyatlarni bajarmaslik holati hisoblanadi:
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan kredit, foizlar va/yoki hamda boshqa to‘lovlarning ushbu Shartnoma, unga to‘lovlar jadvali, shuningdek tuzilishi ushbu Shartnomada belgilangan boshqa shartnomalar bo‘yicha zarur sanada to‘lashni amalga oshirmaganlik;
Bankni haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar taqdim etish yo‘li bilan ataylab chalg‘itish;
Bankka kredit, Bank xulosasi bo‘yicha Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan taqdim etilgan har qanday ta’minlashning o‘z qimmatini qisman yoki to‘liq yo‘qotganligi yoki haqiqiy bo‘lmay qolganligi;
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) to‘lov qobiliyatining yomonlashishi yoki ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning muntazam ravishda bajarilmasligiga olib keladigan aniq axborotning yashirilishi;
Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning Bank oldidagi majburiyatlari bajarilishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan boshqa hodisalar;
ushbu Shartnoma shartlarining buzilishi;
ushbu Shartnoma bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartnomalar (ipoteka, sug‘urta va shu kabilar) shartlarining buzilishi.

11. Undirishni kreditni ta’minlashga qaratish

11.1. Bank ushbu Shartnoma va ipoteka to‘g‘risidagi shartnoma shartlari bilan garov bilan ta’minlangan majburiyatning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi tufayli kelib chiqqan talablarni ushbu mulk hisobiga qondirish uchun undirishni majburiyatlarni ta’minlash sifatida garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.
11.2. “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23, 26 va 28-moddalarida nazarda tutilgan holatlarda Bank ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarning muddatidan oldin �ajarilishini talab qilishga, ushbu talab bajarilmagan taqdirda esa — undirishni garovga qo‘yilgan mol-mulkka qaratishga haqlidir.
11.3. Tomonlar shunday bitimga kelishdilarki, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlari bajarilmagan taqdirda Bank o‘z talablarini, undirishni ipoteka predmetiga qaratish uchun asoslar paydo bo‘lgandan keyin, Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) bilan Bank o‘rtasida tuzilgan, notarial tasdiqlangan bitim asosida suddan tashqari tartibda qondiradi.
11.4. Undirishni majburiyatni ta’minlash uchun garovga qo‘yilgan, ipoteka predmeti hisoblanadigan mol-mulkka qaratish Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan to‘lovlarni to‘lash muddatlari muntazam ravishda, ya’ni o‘n ikki oy mobaynida uch martadan ko‘p buzilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.
11.5. Agar garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan olingan summa Bank talablarini qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, u yetishmagan summani Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ning boshqa mol-mulkidan olish huquqiga ega.

12. Alohida shartlar

12.1. Bank o‘z ixtiyoriga ko‘ra Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi)ga nisbatan ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘zi ega bo‘lgan huquqlardan istalganini qo‘llashi yoxud qo‘llamasligi mumkin.
12.2. Bank tomonidan ushbu huquqlarning qo‘llanmasligi yoxud qisman qo‘llanishi ushbu huquqlardan voz kechishni anglatmaydi va ular kelgusida istalgan vaqtda qo‘llanishi mumkin.

13. Qo‘shimcha shartlar

13.1. Uy-joyning o‘zboshimchalik bilan qayta qurilganligi yoki qayta rejalashtirilganligi uchun Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi va ushbu uyni o‘z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.
13.2. Kredit muddati mobaynida uy-joyni sotish, o‘zgaga berishga, ijaraga topshirishga, tekin foydalanish uchun berishga, ipoteka predmeti manzili bo‘yicha yaqin qarindoshlarni va uchinchi shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazishga Bankning yozma roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi.
13.3. Tomonlar ushbu Shartnomaning unga binoan tartibga solinmaydigan qismi yuzasidan munosabatlarini tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga soladi.
13.4. Injiniring kompaniyasi bilan Qarz oluvchi (yakka tartibda imorat quruvchi) o‘rtasida tuzilgan asosiy shartnoma bekor qilingan taqdirda Bank ushbu Shartnomani bir tomonlama tartibda bekor qilish huquqiga ega.
Ushbu Shartnoma muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan to‘langan kredit bo‘yicha asosiy qarz summasi, agar Tomonlar o‘rtasida boshqacha ahdlashuv mavjud bo‘lmasa, qurilgan uy-joy sotilgandan keyin Qarz oluvchiga qaytariladi. Bunda Qarz oluvchi (Birgalikda qarz oluvchi) tomonidan to‘langan kredit bo‘yicha hisoblangan foizlar unga qaytarilmaydi.

14. Fors-major holatlari

14.1. Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi shartnoma tuzilgandan keyin, Tomonlar oldindan ko‘ra bilmagan, oqilona chora-tadbirlar bilan bartaraf eta olishmagan, favqulodda tusdagi hodisalar natijasida paydo bo‘lgan yengib bo‘lmaydigan kuch holatlari oqibatida sodir bo‘lgan taqdirda tomonlar majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar.
14.2. Yengib bo‘lmaydigan kuch vaziyatlariga asoslanadigan Tomon boshqa Tomonni bunday vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida yozma shaklda darhol xabardor qilishi shart, shuningdek istalgan Tomonning talabiga ko‘ra bunday vaziyatlarning yuzaga kelganligi holatini tasdiqlaydigan, tegishli organ tomonidan berilgan hujjat taqdim etilishi kerak.
14.3. Agar shartnomaning ushbu bo‘limida ko‘rsatilgan yengib bo‘lmaydigan vaziyatlar uch oydan ortiq davom etsa, u holda har qaysi Tomon boshqa Tomonni xabardor qilgan holda ushbu Shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega. Bunda Tomonlar ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarnin� bajarilgan va bajarilmagan qismlari bo‘yicha belgilangan tartibda uzil-kesil hisob-kitob qiladilar.

15. Shartnomaning amal qilish muddati

15.1. Ushbu Shartnoma Tomonlar uni imzolagan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va ushbu Shartnoma bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilgungacha amal qiladi.

16. Nizolarni hal etish

16.1. Ushbu Shartnomada nazarda tutilmagan kelishmovchiliklar va/yoki nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda Tomonlar, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qilgan holda, ularni muzokaralar yo‘li bilan hal qiladilar. Tomonlarning kelishuviga erishilmagan taqdirda nizo O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqish uchun sud organlariga o‘tkaziladi.

17. Yakunlovchi qoidalar

17.1. Ushbu Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish Tomonlarning kelishuvi bo‘yicha yoki O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida amalga oshirilishi mumkin.
17.2. Ushbu Shartnomaga barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar Tomonlar imzolagan qo‘shimcha bitim tarzida yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
17.3. Ushbu Shartnoma har qaysi Tomon uchun bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan uch nusxada tuzildi.

Keyingi tahrirga qarang.
a) 9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
b) 10-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin
Keyingi tahrirga qarang.
a) 2-bandning yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
b) 4-banddagi “boshqa oila a’zosi” so‘zlari “yaqin qarindoshlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 2-ilova 2.1-bandining beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi